Galaxy Tab S7 FE LTE

SM-T735NZKASKZ

Rang tanlang

Rang :

Xotira tanlang

  • Four Galaxy Tab S7 FE tablets, all seen from the rear at an angle to show the colors: Mystic Green, Mystic Pink, Mystic Silver and Mystic Black.
    Dizayn
  • Galaxy Tab S7 FE seen laying on its back with a vivid scene of a landscape onscreen. On either side of the tablet are circles representing soundwaves coming out from the dual speakers, and showing the immersiveness of the sound. AKG logo and Dolby Atmos logo.
    Displey
  • Galaxy Tab S7 FE seen from the front with a video chat onscreen between a woman and four friends. Icons say Stay in center of screen and clear voice.
    Kamera
  • Close-up of S Pen writing and leaving a black mark. A thumbnail of the search bar in Samsung Notes showing recipes. The word Recipe is handwritten and converted to text. Text says Handwriting to text in real time, Premium finish, No need to charge, Low latency.
    S Pen

* Ranglar mavjudligi mamlakat va yetkazib beruvchiga qarab farq qilishi mumkin.

Oddiylikdagi go‘zallik

Qo‘lingizdagi Galaxy Tab S7 FE nafisligidan zavqlaning. Minimal darajada turtib chiqqan asosiy kamera blokiga ega to‘liq metalldan yasalgan korpus sodda va nafis ko‘rinadi, yupqa form-faktor tufayli esa planshetni tutish juda qulay. Ajoyib ranglardan birini tanlang: Qora, Kumushrang, Yashil yoki Pushti.

* Ranglar mavjudligi mamlakat va yetkazib beruvchiga qarab farq qilishi mumkin.

Jozibali tovush va ajoyib surat

Galaxy Tab S7 FE 12,4” displeyining yorqin ranglariga baho bering. Planshetning katta ekranidagi ajoyib rang namoyishlari sizga eng kichik tafsilotlarni ko‘rish imkonini beradi, AKG dan taralgan ajoyib tovush esa kinematografik taassurotni kuchaytiradi. Dolby Atmos texnologiyasidan foydalanuvchi stereo karnaylar o‘zingizni ro‘y berayotgan sahna markazida his qilishingiz uchun qamrovli va jozibali tovush hosil qiladi.

O‘yinlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Galaxy Tab S7 FE kuchli Snapdragon 750G protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, oqim va o‘yinlarni yanada ravonligini va tezligini ta’minlaydi. Siz bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarishingiz va bitta ekranda uchtagacha ilovani ishga tushirishingiz mumkin. 1 TB gacha bo‘lgan microSD xotira kartalari qo‘llab-quvvatlanishi tufayli esa, barcha muhim fayllar doimo yoningizda bo‘ladi.

* Kengaytiriladigan xotira media-fayllarni (fotosuratlar, video va musiqalar) saqlash uchun ishlatilishi mumkin, lekin ilovalar uchun foydalanilmaydi. Xotira kartalarining mavjudligi mamlakatga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
** Qurilmaning quyidagi konfiguratsiyalari mavjud: 4 GB TXQ va 64 GB ichki xotira yoki 6 GB TXQ va 128 GB ichki xotiraga ega (microSD kartani hisobga olmaganda).

Sizga pand bermaydigan akkumulyator

10,090 mAs (odatdagi ifoda) yuqori quvvatli akkumulyator tufayli planshetingizda uzluksiz o‘ynang va ishlang. Video namoyishi rejimida Galaxy Tab S7 FE 13 soatgacha bardosh bera oladi, bu sizning sevimli film va seriallaringizni to‘xtovsiz rohatlanib tomosha qilishingizga imkon beradi. 45 Vt Super Fast Charging (Nihoyatda tez quvvatlantirish) xususiyati tufayli planshetingizni tezda quvvatlantirib olishingiz mumkin.

* Ta’minot adapteri orqali 45 Vt nihoyatda tez quvvatantirishga erishish mumkin.
** 45 Vt quvvatlantirish qurilmasi alohida sotiladi. (Qutida 15 Vt quvvatga ega tarmoq adapteri mavjud)

Video aloqa: aniq va markazlashtirilgan

Video qo‘ng‘iroq qilish uchun planshetingizni albom rejimiga aylantiring, shunda sizning ekrandagi tasviringiz aynan markazda joylashadi. Displey atrofida o‘rnatilgan 3 ta mikrofon tufayli gapirayotganingizda ovozingiz tiniq eshitiladi.

Oddiy ruchkami? Ancha katta!

To‘plamga kiritilgan S Pen to‘xtashning pastligi va uchligining yumshoqligi tufayli yozuvning tabiiyligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, S Pen qo‘lda yozilgan matnni real vaqt rejimida terilgan matnga aylantiradi va oddiy harakatlar orqali matnni tahrirlashga imkon beradi. Tugatganingizdan so‘ng, ko‘chirish oson bo‘lishi uchun shunchaki elektron qalamni yon chetiga magnit yordamida mahkamlab qo‘ying. Quvvatlantirishni esa esingizdan chiqarsangiz ham bo‘ladi, chunki S Pen uchun bunga hojat yo‘q.

Fikrlaringizni yozma ravishda qoldiring

-

Qo‘lda yozilgan matnni bosma matnga o‘tkazish

Sizning husnixatingiz bir zumda aniq tuzilgan matnga aylanadi. S Pen yordamida qidiruv satrida yozing, yoki Samsung Notes ilova sarlavhasini yozing va qaydlar yozib qoldirib birgina tegish orqali ularni matnga aylantiring.

Qidiruv uchun sarlavha va teglar

Qaydlarni kiritayotganingizda ilova kontentingizni tahlil etib sarlavha tavsiya qiladi va yozganlaringizni tartibga solishda yordam beradigan hashtaglar taklif qiladi.

O‘zingizdagi rassomni kashf eting

PENUP ilovasi – bu rasm chizishni, bir-birlari bilan muloqot qilishni va yangi g‘oyalarni o‘rtoqlashishni xush ko‘radigan ijodkorlikka moyil odamlar uchun ijtimoiy tarmoq.

Clip Studio Paint da o‘z san’at asaringizni yarating

Clip Studio Paint ilovasida ijodiy g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun S Pen qalamidan foydalaning. Kadrlarni joylashtirish, chizish va boshqa vositalar bilan illyustratsiyalar va haqiqiy komikslar yarating. Ilova siz uchun 6 oy davomida bepul. Shoh asarlarni yaratish vaqti keldi.

* Oldindan o‘rnatish faqat ayrim bozorlarda qo‘llab-quvvatlanadi. Clip Studio Paint ni Galaxy Store dan yuklab olish mumkin.
** Interfeysning mavjud tillari: ingliz fransuz, nemis, yapon, koreys, ispan va an’anaviy xitoy tili. Arab, ibroniy va urdu tillarida matn kiritish hozircha mavjud emas.

Canva: haqiqiy dizayner bo‘ling

Oldindan o‘rnatilgan minglab shablonlardan foydalangan holda bepul dizayn bilan shug‘ullanishni boshlang. Marketing materiallaridan tortib, media shiorlargacha istalgan loyihani yarating. O‘z mahoratingizni yangi bosqichga ko‘tarishni istaysizmi? Canva ilovasining Pro variantini sinab ko‘ring va vaqtingizni tejaydigan qulay vositalar yordamida noyob kontent yarating.

* Ilovalarning mavjudligi mahsulot sotiladigan mamlakat yoki mintaqaga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
** Ushbu xizmat 100 ta tilni o‘z ichiga oladi.
*** Qo‘shimcha to‘lovlar Canva Pro ning 30 kunlik bepul sinov vaqtidan so‘ng olinadi. **** Faqat Canva Pro -ning bepul sinov versiyasini ilgari sinab ko'rmagan foydalanuvchilar foydalanishi mumkin.

Noteshelf: yangi fikrlar toza sahifadan boshlanadi

Noteshelf dasturi sizga qayd qoldirishda katta erkinlik beradi. Mashg‘ulotlar yoki mustaqil ish paytida S Pen ni ishlatish yoki klaviatura yordamida matn kiritish juda qulay. Noteshelf Club versiyasi sizga yuzlab muqovalar va shablonlardan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatini beradi.

* Ilovalarning mavjudligi mahsulot sotiladigan mamlakat yoki mintaqaga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
** Ushbu funksiya 9 ta tilni o‘z ichiga oladi: ingliz, nemis, italyan, fransuz, koreys, yapon, an’anaviy va soddalashtirilgan xitoy, ispan. Noteshelf yuqoridagilardan farqli o‘laroq, standart sifatida til sozlamalari ingliz tilida taqdim etiladi.

* Ilovalarning mavjudligi mahsulot sotiladigan mamlakat yoki mintaqaga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
** Ushbu funksiya 9 ta tilni o‘z ichiga oladi: ingliz, nemis, italyan, fransuz, koreys, yapon, an’anaviy va soddalashtirilgan xitoy, ispan. Noteshelf yuqoridagilardan farqli o‘laroq, standart sifatida til sozlamalari ingliz tilida taqdim etiladi.

Samsung DeX bilan maksimal darajadagi unumdorlik

Samsung DeX sizga ilova va fayllarga kirish huquqini beradi va ularni intuitiv ravishda (ichki his bilan sezib) tushuniladigan va oddiy vazifalar paneli yordamida osongina ochish mumkin. Ushbu rejimdagi ilovalarning tartibi oddiy menyu bilan sinxronlashtiriladi, natijada siz kerakli dasturni tezda topishingiz mumkin. Bundanda qulay bo‘lishi uchun Samsung DeX ni Samsung klaviaturasi bilan birga ishlating.

* G‘ilof-klaviatura alohida sotiladi.

Ko‘p vazifalilik rejimi yoqilgan

Galaxy Tab S7 FEda yaxshilangan ko‘p vazifalilik rejimi yordamida oynalar sonini ko‘paytiring. Ilovalar juftligi bir vaqtning o‘zida uchta dasturni ishga tushirish imkonini beradi: sizdan faqatgina ularni Edge panelida sozlash talab etiladi. Ushbu ilovalarni sizning ehtiyojlaringizga mos ravishda, hatto bitta dasturning bir nechta oynalari bilan birga sozlash ham mumkin.

Bir qurilmadan ikkinchisiga o‘tishda hech narsani o‘tkazib yubormang

Galaxy Tab S7 FE ni boshqa Galaxy qurilmalari bilan simlarsiz sinxronlashtiring. Qurilmalar o‘rtasidagi brauzer sahifalarining joyini almashtiring yoki planshetdagi matndan nusxa olib smartfoningizga kiriting. Agar film tomosha qilayotganingizda sizga qo‘ng‘iroq bo‘lsa, Galaxy Buds avtomatik ravishda smartfoningizga ulanib, qo‘ng‘iroq tugagandan so‘ng qaytib planshetga ulanadi.

Bir qurilmadan ikkinchisiga o‘tishda hech narsani o‘tkazib yubormang

Galaxy Tab S7 FE ni boshqa Galaxy qurilmalari bilan simlarsiz sinxronlashtiring. Qurilmalar o‘rtasidagi brauzer sahifalarining joyini almashtiring yoki planshetdagi matndan nusxa olib smartfoningizga kiriting. Agar film tomosha qilayotganingizda sizga qo‘ng‘iroq bo‘lsa, Galaxy Buds avtomatik ravishda smartfoningizga ulanib, qo‘ng‘iroq tugagandan so‘ng qaytib planshetga ulanadi.

Bir qurilmadan ikkinchisiga o‘tishda hech narsani o‘tkazib yubormang

Galaxy Tab S7 FE ni boshqa Galaxy qurilmalari bilan simlarsiz sinxronlashtiring. Qurilmalar o‘rtasidagi brauzer sahifalarining joyini almashtiring yoki planshetdagi matndan nusxa olib smartfoningizga kiriting. Agar film tomosha qilayotganingizda sizga qo‘ng‘iroq bo‘lsa, Galaxy Buds avtomatik ravishda smartfoningizga ulanib, qo‘ng‘iroq tugagandan so‘ng qaytib planshetga ulanadi.

  • * Bir nechta qurilmalar bilan ishlash imkoni faqat Bluetooth yoqilganda mavjud bo‘ladi.

Texnik xususiyatlari

  • Protsessor 2.2GHz, 1.8GHz
  • Displey 12.4" (315.0mm)
  • Orqa kamera - aniqligi 8.0 MP
  • Ogʻirlik (g) 608

{{family.currentModel.displayName}}

{{family.currentModel.modelCode}}

Rang : {{chip.displayName}}
{{model.prices.currentPriceDisplay}}
Oyiga {{model.prices.monthlyPrice}} dan {{model.prices.months}} mos
yoki {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price without VAT: {{model.prices.vatFreePriceFormatted}}

Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}

Price before: {{model.prices.priceDisplay}}

{{model.prices.priceDisplay}} {{model.prices.savePrice}}
  • {{summary.title}}

    {{summary.value}}{{summary.unit}}

  • {{summary.title}}

Modellarni solishtiring

O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang

YAQIN O‘TMISHDA KO‘RILGANLAR

From $159.00/mo or $125,900.500
$1,000.00 Save $1,000.00

* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin

* Barcha tasvirlar faqat rasmlardir, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.

* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.

* Foydalanuvchi uchun mavjud bo'lgan ichki xotira miqdori qurilmaning umumiy xotirasidan kamdir, chunki xotiraning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashini ta'minlaydigan ilovalar tomonidan egallaydi. Fotosurat dasturini yangilaganidan so'ng ham, foydalanuvchi xotirasining haqiqiy miqdori tashuvchiga bog'liq bo'lishi mumkin.

* Batareyaning haqiqiy sig'imi (Wh) kuchlanish qiymati bo'yicha iste'mol qilinadigan mahsulot bilan aniqlanadi. Ushbu qiymat qurilmada ko'rsatilgan sig'imning qiymatidan (Wh) farq qilishi mumkin, chunki birinchisi ushbu qurilma tomonidan iste'mol qilingan haqiqiy quvvat, ulangan qurilmalarning mavjudligi va ish sharoitlariga bog'liq.

* Tarmoq: Qo'llab-quvvatlanadigan chastota diapazoni mintaqaga va tarmoq provayderiga qarab farq qilishi mumkin.