Galaxy Fit
key features
-
Foydalanish qulayligi
-
Suv o'tkazmasligi
-
Smart-bildirishnomalar
-
Nazoratli mashg'ulot
Galaxy Fit bilan yangi darajaga oʻting
Eng muhimini oʻtkazib yubormang
Galaxy Fit'ning barcha imkoniyatlarini bir qarashda baholang. Yorqin rangli AMOLED displeyi sizga real vaqt rejimida faollikni kuzatishga yordam beradi. Qoʻlda oson burash - va barcha ma'lumotlar Galaxy Fit ekranida yuqori aniqlikda koʻrsatiladi.
Har kuni foydalanish qulayligi
Harakatli hayot! Chidamli va oʻta yengil korpus materiallari tufayli Galaxy Fit qoʻlda qulay his etiladi. Fitnes-braslet faol hayot tarzi uchun juda yaxshi, shuning uchun qulay sport bilan shugʻullanishingiz mumkin va har bir oddiy kundan zavqlanishingiz mumkin. Galaxy Fit yordamida yangi maqsadlar qoʻying.
Natija uchun zaryadlangan
Galaxy Fit doimo yorqin va dinamik hayot ritmingizni qoʻllab-quvvatlaydi. 7 kungacha* boʻlgan zaryadsiz ishlaydigan keng batareyaga ega boʻlgan fitnes-braslet eng yuqori natijalarga erishishga yordam beradi va toʻplamdagi simsiz NFC zaryadlash qurilmani osongina va tez zaryad qilish imkonini beradi. Qiyin tong, mashaqqatli mashgʻulotlar yoki doʻstlar bilan yoqimli oqshom - Galaxy Fit sizni qiyin ahvolda qoldirmaydi.
* Batareyaning haqiqiy resursi ishlatiladigan funksiyalar, kiruvchi xabarlarning chastotasi, zaryadlash davrlarining soni va boshqa koʻplab omillarga bogʻliq.Yangi marralar sari
Sportda ufqingizni kengaytiring. Galaxy Fit harbiy standartlar boʻyicha sertifikatlangan va 5ATM (50 metrgacha*) suvga chidamlilik xususiyatiga ega, bu mashgʻulotlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Fitnes-brasletingizga chang va suv tushishidan qoʻrqmasdan oʻzingizga yoqadigan sport turini tanlang.
* Galaxy Fit suvda 50 metrgacha boʻlgan chuqurlikda turish imkonini beradi; braslet ISO 22810: 2010 boʻyicha sertifikatlangan. Bu uni dayving uchun yoki suv sportida, kuchli suv oqimlariga duch kelganda ham ishlatish mumkin degani emas. Agar braslet yoki qoʻlingizga suv tushsa, braslet quritilishi va shundan keyingina foydalanishni davom ettirish kerak. * AQSh MIL-STD-810G harbiy standartiga javob beradi.
Qoʻlingizni pulsga tuting
Salomatlik birinchi oʻrinda. Siz oʻylamagan vaqtda ham Galaxy Fit sizning yurak urish ritmingizni oʻlchaydi. Agar dam olish vaqtida yurak urish tezligi belgilangan qiymatdan yuqori boʻlsa, fitnes-braslet ogohlantiradi. Galaxy Fit bilan faol hayotda boʻling.
* Qurilma faqat salomatlik va mashqlar haqida umumiy maʼlumot olish uchun moʻljallangan.Aqlli yordamchi
Galaxy Fit faqat smartfondagi barcha bildirishnomalarni aks ettiribgina qolmay, balki oldindan oʻrnatilgan shablonlar* yordamida darhol javob qaytarishga imkon beradi. Fitnes-braslet smartfoningizning “bezovta qilmang” funksiyasi sozlamalari bilan sinxronlashgan va yangi vaqt zonasiga oʻtishda rouming** rejimida ekranda mahalliy vaqtni koʻrsatishni taklif qiladi.
* Bildirishnoma chiqadigan interfeys mamlakatga bogʻliq boʻlishi va baʼzi tillarning shriftlari qoʻllab-quvvatlanmasligi mumkin. Ushbu mamlakatlarda “Tezkor javob” funksiyasi ham mavjud boʻlmasligi mumkin. ** Funksiyadan dasturiy taʼminotni yangilanishidan keyin foydalanish mumkin. Funksiyalarning mavjudligi mamlakatga bogʻliq.Nazoratli mashgʻulot
Sport bilan shugʻullanayotganda chalgʻimasligingiz uchun Galaxy Fit 6 turdagi faoliyatni avtomatik rejimda kuzatib boradi. Samsung Health ilovasida siz 90 dan ortiq mashgʻulotlar toʻplamidan 10 tagacha sinflarni tanlashingiz va sozlashingiz mumkin. Bundan tashqari, vaqtni yoʻqotmaslik va darhol mashq qilishni boshlash uchun faoliyatlardan birining tezkor ishga tushirilishini sozlashingiz mumkin.
* Samsung Health ilovasidan Galaxy Fit brasleti orqali foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish va mos keladigan smartfon bilan ulanish talab etiladi.
Uyqu sifati haqida qaygʻurish
Galaxy Fit - kunu-tun sizning ishonchli yordamchingizdir. Fitnes-braslet avtomatik ravishda toʻrt uyqu fazasini tahlil qiladi va sizning uyqu sifatingiz haqida batafsil ma'lumot taqdim etadi. Samsung Health ilovasi yordamida siz uyqu umumiy davomiyligi kabi foydali maʼlumotlarni koʻrishingiz mumkin. Galaxy Fit uyquni yaxshilashga yordam beradi va oʻzingizni xotirjam his qilasiz.
* Samsung Health ilovasidan Galaxy Fit brasleti orqali foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish va mos keladigan smartfon bilan ulanish talab etiladi.
Oʻzingiz bilan hamohang boʻling
Stressni nazorat qiling. Galaxy Fit hayotning eng muhim daqiqalarida hayajonni yengishga yordam beradi. Agar stress darajasi oʻrtacha darajadan yuqori boʻlsa Fitnes-braslet uni aniqlaydi va stressni kamaytirish uchun maxsus nafas olish mashqlarini taklif qiladi.
* Baʼzi mamlakatlarda ayrim xizmatlar mavjud boʻlmasligi mumkin. ** Qurilma faqat salomatlik va mashqlar haqida umumiy maʼlumot olishga moʻljallangan.
* Baʼzi mamlakatlarda ayrim xizmatlar mavjud boʻlmasligi mumkin. ** Qurilma faqat salomatlik va mashqlar haqida umumiy maʼlumot olishga moʻljallangan.
Texnik xususiyatlari
-
Bluetooth versiyasi Bluetooth v5.0, faqat LE
-
Operatsion tizimi FreeRTOS
-
O'lchamlari (Asosiy displey) 0.95" (24.1mm)
-
Sensorlar Akseler o`lchagich, Giroskop, Yurak ritmini o`lchash datchigi
-
Og'irligi 23 gr.
-
Batareya quvvati (mАs) 120 mАs
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang