Galaxy mobil qurilma bilan ishlash uchun maxsus imkoniyatlar

Отображается меню «Специальные возможности». Здесь находятся пункты «Чтение с экрана», «Средства улучшения видимости», «Повышение слышимости» и «Нарушение координации и взаимодействие».

Voice Assistant va
Voice Assistant bo‘yicha o‘quv kursi

Voice Assistant telefoningizdan foydalanishda sizning ko'zingiz ishini bajarishi mumkin. Uning vazifalari, siz uni ko‘rmasangiz ham, telefoningizni maksimal darajada boshqarishni ta’minlaydi. Voice Assistant yoqilganda, sizning telefoningiz ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati zaif foydalanuvchilarga yordam beradigan ovozli teskari aloqa bilan ta’minlaydi. Masalan, u nimaga tegayotganingizni, nimani tanlaganingizni va faollashtirganingizni tavsiflaydi. Shuningdek, siz ekranga tegib va surish orqali tanish imo-ishoralar bilan matnni tahrirlashingiz va ovoz balandligi yoki nutq tezligi kabi turli xil sozlamalarni o‘zgartirishingiz mumkin.

Отображается меню “Чтение с экрана”. Включены параметры Voice Assistant и “Быстрый набор”. Отображается элемент управления “Скорость речи”.

Telefon bo‘yicha navigatsiya

Ekrandagi element bilan o‘zaro aloqada bo‘lganda, uning atrofida to‘rtburchaklar ramka ko‘rsatiladi, ya'ni uning ustiga fokus qo‘yilganligini anglatadi. Fokusni ekranga tegish va surish imo-ishoalari orqali boshqarishingiz mumkin. Siz uni ekran bo‘ylab harakatlantirganingizda, Voice Assistant u nimada o‘rnatilganligini aytadi.

  • Bevosita armog‘ingiz ostida nima joylashganligini eshitish uchun,

    ekranga tegib, barmog‘ingiz bilan suring.

  • Unsurni faollashtirish uchun,

    bir barmog‘ingiz bilan unga ikki marta teging.

  • Fokus oynasini ekranning boshqa unsuriga o‘tkazish uchun,

    bir barmog‘ingiz bilan chapga yoki o‘ngga suring.

  • Keyingi yoki oldingi sahifaga o‘tish uchun,

    ikki barmog‘ingiz bilan chapga yoki o‘ngga suring.

  • Ro'yxatni tepaga yoki pastga o‘tkazish uchun,

    ikki barmog‘ingiz bilan yuqoriga yoki pastga suring.

  • Ekran tarkibini yuqoriga yoki pastga o‘tkazish uchun,

    bir barmog‘ingiz bilan bir tomondan ikkinchi tomonga suring (yuqoriga o‘tkazish uchun chapga, keyin o‘ngga yoki pastga o‘tkazish uchun o‘ngga, keyin chapga).

  • Fokus ramkasini ekranning birinchi yoki oxirgi elementiga o‘tkazish uchun,

    birinchi unsurga o‘tish uchun bir barmog‘ingiz bilan oldin yuqoriga, so‘ng esa pastga, yoki so‘nggi unsurga o‘tish uchun oldin pastga so‘ng esa yuqoriga suring.

Отображается меню “Чтение с экрана”. Включены параметры Voice Assistant и “Быстрый набор”. Отображается элемент управления “Скорость речи”.

Tezkor ishlash

Voice Assistant tez-tez ishlatiladigan funksiyalar uchun klaviatura tugmalarining birikmalari bilan ta’minlaydi. Siz oddiy imo-ishoralar bilan sozlamalarni o‘zgartirishingiz va ovozli teskari aloqani to‘xtatishingiz mumkin.

  • Voice Assistant sozlamalarini o‘zgartirish uchun,

    o‘zgartirmoqchi bo‘lgan sozlamani tanlash uchun uch barmog‘ingiz bilan chapga yoki o‘ngga suring (sozlamalar ro‘yxati quyida ko‘rsatilgan), so'ng o'zgartirish uchun bir barmog‘ingiz bilan yuqoriga yoki pastga suring.
    - Nutq tezligi: nutq tezligini oshirish yoki kamaytirish
    - Punktuatsiya: ovozli teskari aloqada tinish belgilarining talaffuzi yoki qoldirilishi
    - Qorong‘i ekran: ekranni yoqish va o‘chirish
    - Qalin ramka: fokusda bo‘lgan unsur atrofidagi qalin ramkani yoqish yoki o‘chirish
    - Fokus ko‘rsatkichi rangi: fokusdagi unsur atrofidagi ramka rangini tanlash
    - Bildirishnoma: bildirishnomalar panelini ochish va yopish
    - Ovozli teskari aloqa: ovozli teskari aloqani yoqish va o‘chirish
    - Tebranishli teskari aloqa: tebranishli teskari aloqani yoqish va o‘chirish
    - Tezkor terish: bitta tugmachani bosish bilan Samsung klaviaturasini yoki qo‘shimcha klaviaturani ishlatish
    - Fokusni nutqni ovozli idrok etishga o‘rnatish: Voice Assistant o‘qiyotganida boshqa ovoz balandligini pasaytirish

  • Voice Assistant o‘qishining aniqligini sozlash uchun,

    quyidagi o‘qish aniqligi variantlaridan birini tanlash uchun uch barmog‘ingiz bilan yuqoriga yoki pastga suring, song esa tanlangan o‘qish aniqligini qo‘llash uchun bir barmog‘ingiz bilan yuqoriga yoki pastga suring.
    - Belgilar o‘qilish aniqligi: har bir belgining o‘qilishi.
    - So‘zlar o‘qilish aniqligi: har bir so‘zning o‘qilishi.
    - Satrlar o‘qilish aniqligi: bir martada bir satrning o‘qilishi.
    - Obzatslar o‘qilish aniqligi: bir martada bir obzatsning o‘qilishi.

Выбрана фраза, и отображается всплывающее меню для редактирования текста с параметрами “Вырезать”, “Копировать”, “Вставить” и “Выбрать все”.

Matnni oson tahrirlash

Voice Assistant ga nusxalash va kiritish uchun barmoqlaringiz bilan surishning o‘zi yetarli.

  • Tanlash rejimini yoqish yoki o‘chirish uchun,

    ekranni ikki barmog‘ingiz bilan ikki marta bosing va ushlab turing.

  • Belgilarni tanlash uchun,

    tanlash rejimi yoqilganda bir barmog‘ingiz bilan yuqoriga yoki pastga suring.

  • Tanlangan belgilarni kesish uchun,

    ikki barmog‘ingiz bilan chapga suring.

  • Belgilarni kiritish uchun,

    ikki barmog‘ingiz bilan o‘ngga suring.

  • Barcha belgilarni tanlash uchun,

    ikki barmog‘ingiz bilan pastga suring.

  • Tanlangan belgilarni nusxalash uchun,

    ikki barmog‘ingiz bilan yuqoriga suring.

  • Matn kiritish maydoniga kursorni o‘tkazish uchun,

    ovozni ko‘tarish va pastga tushirish tugmachalarini bosing.

  • Kiritish kursorini birinchi yoki oxirgi holatga harakatlantirish uchun,

    bir barmog‘ingiz bilan yuqoriga, so‘ng esa pastga, yoki pastga, so‘ngra yuqoriga suring.

Отображается меню “Чтение с экрана”. Включен параметр “Быстрый набор”. Текст описания: “Использование клавиатуры или дополнительной клавиатуры Samsung путем однократного нажатия клавиш”.

Voice Assistant ning sizning talablaringizga muvofiq sozlanishi

Voice Assistant ma’lumotlarga turli yo‘llar bilan kirishga imkon beradi.

  • Чтобы Voice Assistant holat satrida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘qishi uchun,

    Ikki barmog'ingiz bilan ekranga uch marta teging. Siz shuningdek eshitishni istagan aniq ma’lumotlarni tanlashingiz mumkin: vaqt, sana, batareya, signal kuchi, Bluetooth holati.

  • Voice Assistant ekran elementlarini birinchisidan oxirigacha o‘qishi uchun,

    ekranni uch barmoq bilan teging.

  • Tanlangan elementdan keyin ekrandagi elementlarni tarib bilan tinglash uchun,

    ekranni uch barmoq bilan ikki marta teging.

  • Voice Assistant aytgan so‘nggi so‘zlarni tinglash va nusxalash uchun,

    ekranni uch barmoq bilan uch marta teging.

  • Qalqib chiquvchi oynani qaytarish, bekor qilish yoki yopish uchun,

    to‘rt barmog‘ingiz bilan ekranga teging yoki uch barmog‘ingiz bilan tepaga, so‘ngra pastga suring.

  • Asosiy ekranga o‘tish uchun,

    to‘rt barmog‘ingiz bilan ekranga ikki marta teging yoki uch barmog‘ingiz bilan pastga, so‘ngra tepaga suring.

  • So‘nggi ilovalar ro‘yxatini tinglash uchun,

    ekranni to‘rt barmoq bilan uch marta teging.

  • Teskari ovozli aloqaning ovozini o‘chirish uchun,

    Ikki barmog'ingiz bilan ekranga ikki marta teging.

Для перехода между страницами главного экрана или экрана приложений с помощью функции “Voice Assistant” проведите влево или вправо двумя пальцами. Попробуйте прямо сейчас. Когда вы дойдете до последней страницы, начнется следующий раздел учебного курса

Voice Assistant bilan ishlashni boshlash.

  • To‘liq bosqichma-bosqich o‘quv kursiga o‘tish uchun,

    Sozlamalar> Maxsus imkoniyatlar> Ekranni o‘qish> Qo'llanmani oching

  • O‘rgangan imo-ishoralardan foydalanib mashq qilish uchun,

    Sozlamalar> Maxsus imkoniyatlar> Ekranni o‘qish> Qo'llanma -> “1ni oching Ushbu qo‘llanmadan foydalanish”

Отображается меню “Сочетания клавиш”. Выбрано сопоставление клавиш.

Tugmalari birikmasi

Mavjud tugmalar birikmasi quyida tavsiflangan.

  • Keyingi elementga o‘tish

    Alt + o‘ng tomon ko‘rsatkichi

  • Oldingi unsurga o‘tish

    Alt + chap tomon ko‘rsatkichi

  • Birinchi unsurga o‘tish

    Alt + Ctrl + chap tomon ko‘rsatkichi

  • So‘nggi unsurga o‘tish

    Alt + Ctrl + o‘ng tomon ko‘rsatkichi

  • Keyingi oynaga o‘tish

    Alt + Ctrl + pastki tomon ko‘rsatkichi

  • Oldingi oynaga o‘tish

    Alt + Ctrl + yuqori tomon ko‘rsatkichi

  • Tegish

    Alt + Enter

  • Tegish va ushlab turish

    Alt + Shift + Enter

  • Bir ekran ortga o‘tish

    Alt + Delete

  • Bosh ekranga o‘tish

    Alt + Ctrl + H

  • So‘nggi ilovalarga o‘tish

    Alt + Ctrl + R

  • Bildirishnomalar panelini ochish

    Alt + Ctrl + N

  • Teskari ovozli aloqani boshlash yoki to‘xtatish

    Alt + oraliq tugmasi

  • Maxsus harakatlarni bajarish

    Alt + Shift + oraliq tugmasi

  • Tezkor menyu orqali aylantirish

    Shift + Ctrl + chap yoki o‘ng tomon ko‘rsatkichi

  • Tezkor menyu sozlamalarini o‘zgartirish

    Alt + Ctrl + yuqori yoki pastki tomon ko‘rsatkichi

  • Keyingi yoki avvalgi oqish aniqligini tanlash

    Alt + Ctrl + yuqori yoki pastki tomon ko‘rsatkichi

  • Yuqoridan o‘qish

    Alt + Ctrl + Enter

  • Keyingi unsurdan boshlab o‘qish

    Alt + Shift + Ctrl + Enter

  • Sozlanuvchi harakatlarning namoyish etilishi

    Alt + Ctrl + oraliq tugmasi

  • Ekrandagi unsurlarni izlash

    Alt + Ctrl + qiya chiziq

  • Holat satridagi ma’lumotni o‘qish

    Alt + Shift + S

Отображается раздел веб-навигации меню “Сочетания клавиш”.

Tugmalari birikmasi

Veb-navigatsiya

  • Keyingi tugmaga o‘tish

    Alt + B

  • Oldingi tugmaga o‘tish

    Alt + Shift + B

  • Keyingi boshqaruv unsuriga o‘tish

    Alt + C

  • Oldingi boshqaruv unsuriga o‘tish

    Alt + Shift + C

  • ARIA mahalidagi keyingi belgiga o‘tish

    Alt + D

  • ARIA mahalidagi oldingi belgiga o‘tish

    Alt + Shift + D

  • Keyingi kiritish maydoniga o‘tish

    Alt + E

  • Oldingi kiritish maydoniga o‘tish

    Alt + Shift + E

  • Keyingi elementga o‘tish

    Alt + F

  • Oldingi unsurga o‘tish

    Alt + Shift + F

  • Keyingi tasvirga o‘tish

    Alt + G

  • Oldingi tasviga o‘tish

    Alt + Shift + G

  • Keyingi sarlavhaga o‘tish

    Alt + H

  • Oldingi sarlavhaga o‘tish

    Alt + Shift + H

  • Darajadagi keyingi sarlavhaga o‘tish

    Alt + [raqam]

  • Darajadagi oldingi sarlavhaga o‘tish

    Alt + Shift + [raqam]

  • Ro‘yxatning keyingi unsuriga o‘tish

    Alt + I

  • Ro‘yxatning oldingi unsuriga o‘tish

    Alt + Shift + I

  • Keyingi havolaga o‘tish

    Alt + L

  • Oldingi havolaga o‘tish

    Alt + Shift + L

  • Keyingi ro‘yxatga o‘tish

    Alt + O

  • Oldingi ro‘yxatga o‘tish

    Alt + Shift + O

  • Keyingi jadvalga o‘tish

    Alt + T

  • Oldingi jadvalga o‘tish

    Alt + Shift + T

  • Keyingi ro‘yxatli maydonga o‘tish

    Alt + Z

  • Oldingi ro‘yxatli maydonga o‘tish

    Alt + Shift + Z

  • Keyingi bayroqchaga o‘tish

    Alt + X

  • Oldingi bayroqchaga o‘tish

    Alt + Shift + X

* Qurilmalar tasvirlari tasviriy maqsadda o‘xshatib olingan.