WindFree ™ texnologiyasiga ega split tizim, AR9500T, Oq

WindFree ™ texnologiyasiga ega split tizim, AR9500T, Oq

AR18BSFCMWKNER

  • WindFree™ Cooling rejimi
  • Sun’iy avtomatik sovitish
  • WindFree™ Good Sleep rejimi

Quvvat tanlang

  • `
    WindFree™ Cooling rejimi
  • `
    Sun’iy avtomatik sovitish
  • `
    WindFree™ Good Sleep rejimi

Sovuq qotmasdan salqin havodan bahramand boʻling

WindFree™ Cooling

WindFree™ Cooling rejimi yordamida sovuq qotmasdan salqin havodan bahramand boʻling. U 23 000 mikro havo teshiklari orqali havoni sekin va sokinlik bilan tarqatadi, shu sababli teringiz yoqimsiz sovuq shamolni his qilmaydi. Shuningdek, uning ilgʻor havo oqimi kengroq va kattaroq hududni yanada mutanosibroq tarzda sovitadi. Hamda Fast Cooling rejimiga qaraganda 77% kam energiyadan foydalanadi.***

* ASHRAE (Amerika isitish, sovitish va konditsioner muhandislari jamiyati) sovuq yelvizaklar boʻlmaydigan 0,15 m/s dan past tezlikdagi havo oqimlarini “Still Air (Turgʻun havo)” deb belgilagan.** AR12TXCAAWKNEU modelida sinovdan oʻtkazilgan. WindFree™ rejimi faqatgina 23 dB shovqin chiqaradi, odatiy Samsung modeli esa 26 dB shovqin chiqaradi.*** AR07T9170HA3 modelida, Fast Cooling rejimi va WindFree™ Cooling rejimining quvvat sarfini taqqoslash asosida sinovdan oʻtkazilgan.

Mablagʻni tejash uchun quvvat sarfini 77%* ga kamaytiradi

WindFree™ Cooling (Energiya tejovchi)

Energiya sarfi jihatidan yuqori samaradorlikka ega WindFree™ Cooling rejimi yordamida har kuni mablagʻingizni tejang. WindFree™ rejimidan ishlayotganda tashqi boʻlma minimal quvvat sarflaydi – Fast Cooling rejimiga qaraganda 77% gacha kamroq elektr energiyasi ishlatadi. Shunday ekan, elektr energiyasi toʻlovlaringiz haqida xavotirlanmasdan salqin havodan bahramand boʻlishingiz mumkin.

* AR07T9170HA3 modelida, Fast Cooling rejimi va WindFree™ Cooling rejimining quvvat sarfini taqqoslash asosida sinovdan oʻtkazilgan.

* AR07T9170HA3 modelida, Fast Cooling rejimi va WindFree™ Cooling rejimining quvvat sarfini taqqoslash asosida sinovdan oʻtkazilgan.

Aqlli hayot tarzidan rohatlaning

AI Auto Cooling (Sun’iy avtomatik sovitish)

AI Auto Cooling* bilan aqlli hayot tarzini sinab ko‘ring. U xona holati va foydalanish shakllarini tahlil qilish orqali turli rejimlarni avtomatik ravishda optimallashtiradi.** U siz afzal ko‘rgan haroratga asoslangan holda optimal sharoitlarni saqlab qolish uchun avtomatik ravishda eng maqbul rejimga o‘tadi.

* Wi-Fi ulanishi va Samsung hisob talab etiladi.** Eng foydali variantlarni taklif qilish uchun foydalanuvchi ma’lumotlari, afzal ko‘rgan holatlari va foydalanish shakllarini saqlab qoladi.

Shovqin va energiya sarfini 73% ga kamaytiradi*

Digital Inverter Boost (Raqamli inverter kuchaytirgich)

Yuqori darajada samarador Digital Inverter Boost texnologiyasi yordamida har doim mablag‘ingizni tejang. U kamroq o‘zgarishlar bilan istalgan haroratni saqlab turadi. Shuningdek, u neodimiy magnitlarga va Twin Tube Muffler qurilmasiga ega, shuning uchun u samarali va ovozsiz ishlaydi hamda ancha uzoq xizmat qiladi. Shuningdek, u energiya sarfini 73% ga kamaytiradi*.

Tunda yaxshiroq orom oling

WindFree™ Good Sleep

The WindFree™ Good Sleep rejimi yoqimsiz sovuq havo oqimini vujudga keltirmasdan uxlash uchun mukammal sharoit yaratadi. WindFree™ Cooling yordamidagi harorat boshqaruvi tizimi uyquga ketishingiz, chuqur va qulay uxlashingiz va toʻliq yangilangan holda uygʻonishingizga yordam beradi.

Tezroq, kengroq va uzoq muddat sovitish uchun mo‘ljallangan

Fast Cooling (Tezkor sovitish)

Xonaning har bir burchagini tezda soviting va doimo qulaylikni his qiling. Digital Inverter Boost texnologiyasi havoni 43% tezroq sovitadi.* Uning ilg‘or dizayni 15% kattaroq ventilyatorga, 18% kengroq kirish teshigiga va 31% kengroq parrakka ega. Shu sababli salqin havo uzoqroq va kengroq** tarqaladi va u 15 metrga yetadi.

* AR12TXCAAWKEU modelida odatiy Samsung model AQ12EASER bilan taqqoslangan holda sinovdan oʻtkazilgan.** AR24TXFCAWKNEU modelida sinovdan oʻtkazilgan.

Uni istalgan vaqtda va joyda masofadan turib boshqaring

SmartThings

Uyingizdagi haroratni istalgan vaqtda va joydan turib boshqaring. Siz SmartThings App* ilovasi yordamida sodda amallar orqali konditsionerni masofadan turib boshqarishingiz va nazorat qilishingiz mumkin. Yoki shunchaki sun’iy aql (AI) tizimiga* o‘zingiz xohlagan narsani** ayting va u buni amalga oshiradi. U hatto eng yaxshi sozlamalarni taklif etadi.

* Android va iOS qurilmalari uchun mavjud. Wi-Fi ulanishi va Samsung hisob talab etiladi.** Ovoz orqali nazorat qilish ingliz (AQSh, Buyuk Britaniya, Hindiston), xitoy, koreys, fransuz, nemis, italyan va ispan tillarida taqdim qilinadi. Portugal tili 2019-yil oxirida taqdim qilinadi.

* Android va iOS qurilmalari uchun mavjud. Wi-Fi ulanishi va Samsung hisob talab etiladi.** Ovoz orqali nazorat qilish ingliz (AQSh, Buyuk Britaniya, Hindiston), xitoy, koreys, fransuz, nemis, italyan va ispan tillarida taqdim qilinadi. Portugal tili 2019-yil oxirida taqdim qilinadi.

Avtomatik tarzda o‘z-o‘zini tozalaydi

Auto Clean (Avto tozalash) (3 bosqich)

Hech narsa qilmasdan konditsioneringizning ichki qismini gigiyenik tarzda holda saqlang! Ishlab boʻlgandan keyin Auto Clean funksiyasi avtomatik tarzda 3 bosqichli jarayon orqali issiqlik almashtirgichni quritadi. U 10 daqiqadan 30 daqiqagacha vaqt davomida havo purkash orqali namlikni yoʻqotadi. Shu tarzda u bakteriya va hidlar toʻplanishining oldini oladi.

Sokinroq va tinchroq uydan bahramand boʻling

Kamroq shovqin

Sizni bezovta qilmasligi uchun yashash joyingizni kamroq shovqin bilan soviting. Kompressor kuchli havo oqimini vujudga keltiradi, lekin u Twin Tube Muffler texnologiyasiga ega boʻlgani uchun shovqinsiz ishlaydi. U yuqori tezlikda ishlayotganda sovitish vositasi oqimi shovqinini pasaytiradi va past tezlikda ishlayotgan paytda atrof shovqinini minimallashtiradi.

* Ichki laboratoriyada amalga oshirilgan sinovga asoslangan. Insonlar sezishi mumkin boʻlgan eng zaif darajasi hisoblanuvchi 1 kHz shovqin diapazonida 40% pasayishni taʼminlaydi.

* Ichki laboratoriyada amalga oshirilgan sinovga asoslangan. Insonlar sezishi mumkin boʻlgan eng zaif darajasi hisoblanuvchi 1 kHz shovqin diapazonida 40% pasayishni taʼminlaydi.

Oson tozalanadigan bakteriyalarga qarshi filtr

Easy Filter Plus

Kamroq kuch sarflab konditsioneringizning samarali ishlashini ta’minlang. Easy Filter Plus tashqarida, yuqorida joylashgan, shu sababli u osonlik bilan olinadi va tozalanadi. Uning zich to‘ri issiqlik almashtirgichni toza saqlaydi va bakteriyalarga qarshi qoplama sizni havodagi xavfli ifloslantiruvchi moddalardan himoya qiladi.*

* Koreyaning sinov laboratoriyasida sinovdan o‘tkazilgan. Ma’lumotlar maxsus sinov sharoitida o‘lchangan va atrof-muhit omillariga hamda individual foydalanishga qarab farq qilishi mumkin.

* Koreyaning sinov laboratoriyasida sinovdan o‘tkazilgan. Ma’lumotlar maxsus sinov sharoitida o‘lchangan va atrof-muhit omillariga hamda individual foydalanishga qarab farq qilishi mumkin.

Yaxshiroq ishlovchi Heat Exchanger (Issiqlik almashtirgich)

DuraFin™

DuraFin texnologiyasidan foydalangan holda issiqlik almashtirgichning ishlashi va samaradorligini oshiring. U zichroq materialdan tayyorlangan bo‘lib, qalinroq dizaynga ega. Uning yaxshilangan qoplamasi korroziyaga qarshi yuqori chidamlilikka ega. Shunday qilib, u 100 kun davomida korroziyaga qarshi Sea Water Acetic Acid Test sinovidan (SWAAT — dengiz suvi sirka kislotasi testi) o‘tkazilgan*.

* An’anaviy Samsung R13TYHYBWKNST modeli bilan taqqoslagan holda AR18JRFNFWK modelida sinovdan o‘tkazilgan.

* An’anaviy Samsung R13TYHYBWKNST modeli bilan taqqoslagan holda AR18JRFNFWK modelida sinovdan o‘tkazilgan.

Uzoq vaqt sovitish uchun korroziyaning oldini oladi

DuraFin™ Plus

Uzoqroq vaqt davomida salqin havodan bahramand boʻling. DuraFin™ Plus kondensatorni zangdan himoya qilish uchun korroziyaga qarshi materialdan tayyorlangan bo‘lib, u issiqlik almashtirgichning maqbul ishlashini ta’minlashga yordam beradi. Uning korroziyaga chidamli yuqori chidamliligi 480 soat davomida Solt Spray Test (SST — Tuzli sprey testi) yordamida tasdiqlangan.*

* AR12TXFCAWKNEU modelida sinovdan o‘tkazilgan.

* AR12TXFCAWKNEU modelida sinovdan o‘tkazilgan.

Keskin sharoitlarda barqaror va bardoshli

Triple Protector Plus

Qiyin sharoitlarda uzoq muddat foydalaning. Triple Protector Plus texnologiyasi kuchlanishning o‘zgarishi va o‘zgaruvchan elektr toki oqimidan zararlanishning oldini oladi. Uning korroziyaga qarshi qoplamasi kondensator va qurilmani qiyin sharoitlarda ham himoya qiladi.

Energiya va mablag‘ni tejaydi, samarali sovitadi

ECO rejimi

Kamroq energiya, ko‘proq salqinlik. ECO rejimi Normal rejimga nisbatan kompressor imkoniyatidan kamroq foydalanadi, bu esa energiya sarfini kamaytiradi*. U tashqari juda issiq bo‘lmagan paytlarda sizga samarali salqinlikni taqdim etadi yoki istalgan vaqt energiya va mablagʻni tejashga imkon beradi, natijada siz elektr to‘lovlari haqida tashvishlanmaysiz.

* Fast Cooling va Eco rejimlarida quvvat sarfini o‘lchash orqali Samsung an’anaviy modellari bilan taqqoslagan holda AR07T9170HA3 modelida sinovdan o‘tkazilgan.

* Fast Cooling va Eco rejimlarida quvvat sarfini o‘lchash orqali Samsung an’anaviy modellari bilan taqqoslagan holda AR07T9170HA3 modelida sinovdan o‘tkazilgan.

4 tarafga avtomatik buriladigan keng havo oqimi

4way Swing texnologiyasi

Masofadan boshqarish pulti yordamida shamol yoʻnalishini tepaga/pastga, chapga/oʻngga boshqarish. Sizga zarur joyda shamolni boshqaring.

Texnik xususiyatlari

  • Ish quvvati (sovitish, bib/soat) 18084 bib/soat
  • Ish quvvati (sovitish, kVt) 5.30 kVt
  • Quvvat samaradorligi koeffitsiyenti (sovitish, Vt/Vt) 3.25 Vt/Vt
  • Korpusning oʻlchamlari (tashqi blok, E х B х Ch, mm*mm*mm) 790*548*285 mm

{{family.currentModel.displayName}}

{{family.currentModel.modelCode}}

Rang : {{chip.displayName}}
{{model.prices.currentPriceDisplay}}
Oyiga {{model.prices.monthlyPrice}} dan {{model.prices.months}} mos
yoki {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price without VAT: {{model.prices.vatFreePriceFormatted}}

Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}

Price before: {{model.prices.priceDisplay}}

{{model.prices.priceDisplay}} {{model.prices.savePrice}}
  • {{summary.title}}

    {{summary.value}}{{summary.unit}}

  • {{summary.title}}

Modellarni solishtiring

O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang

YAQIN O‘TMISHDA KO‘RILGANLAR

* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin