Galaxy store
Galaxy qurilmangiz uchun kontent va afzalliklar
Galaxy qurilmangizni haqiqatan o'zingizga moslashingiz uchun barchasi muhayyo. O'zingiz uchun turli-tuman o'yinlar, ilovalar, temalar va maxsus imkoniyatlarni Galaxy Store do'konida kashf eting.
Galaxy qurilmangizdan foydalanish tajribangizni yanada boyiting
O'yinlar
Oyin tajribasidagi yangi bosqich
Sevimli o'yinlaringizni butunlay yangi usulda kashf eting. Oʻyin tajribangizni keyingi bosqichga olib chiqadigan eksklyuziv Galaxy takliflari, aksiyalari va chegirmalaridan bahramand boʻling. Haqiqiy oʻyin sarguzashtingiz shu yerdan boshlanadi.
Sevimli o'yinlaringiz sizni kutmoqda
Ilovalar
Har kuni o‘rganing, o‘rnating va takomillashtiring
Galaxy Store ko'ngilochar tajriba, video va musiqa, samaradorlik, salomatlik va ko'plab boshqa maqsadlar uchun saralangan ilovalar to'plamini taqdim etadi. Sizni ilhomlantiradigan, imkoniyatlaringizni kengaytiradigan va hayotingzni osonlashtiradigan ilovalarni o'zingiz uchun kashf eting.
Asosiylar
Galaxy mahalliy ilovalari optimal ishlashini ta'minlang
Cheksiz imkoniyatlardan bahramand bo'ling. Samsung hamyonidan Samsung Health, SmartThings, Bixby, Samsung Browser, Gaming Hub va boshqalarga qadar. Samsung Galaxy ilovalari va xizmatlarining so‘nggi funksiyalari va yaxshilanishlarini hech qachon o‘tkazib yubormasligingizga ishonch hosil qiling.
Temalar
O'z uslubingiz va didingizga mos tarzda Galaxy qurilmangizni sozlang
Sizning shaxsiy uslubingiz va hissiyotlaringizni amalga oshiruvchi temalar, fonlar va shriftlar yordamida smartfoningizning har bir detalini sozlang.
Ommabop temalar
Afzalliklar
Noyob afzalliklardan foydalaning va ko'prog'iga erishing
Faqat Galaxy foydalanuvchilari uchun maxsus aksiyalar haqida bilib oling. O'yinlardan to vaucher, chegirma va ko'plab boshqa afzalliklarga ega kundalik ilovalargacha.
Sizning Galaxy jonga kiradi
O'z Galaxy qurilmangizni eng zo'r o'yinlar, ilovalar va ko'plab boshqalari bilan boyiting.
Galaxy Store — bu Galaxy qurilmasidan foydalanish tajribangizni yanada boyitish imkoniyati.
Ko'p beriladigan savollar
-
Galaxy Store do'konida qaysi turdagi kontent topishim mumkin?Galaxy Store do'konida siz ilovalar, o'yinlar, temalar, shriftlar va stikerlarni topishingiz mumkin.
-
Qanday qilib o'yin ichidagi predmetlar uchun kupondan foydalanishim mumkin?Galaxy Store kuponi faqat Galaxy Store do'konidan xarid qilingan o'yinlar uchun amal qiladi. Raqamli tovar ustiga bosilgandan so'ng Samsung buyurtmani tasdiqlash qalqib chiquvchi oynasi paydo bo'ladi. Chegirmalardan foydalanishni bosing va mos kuponlar aks ettiriladi.
-
Kuponlarimni qayerdan topishim mumkin?Siz o'z Galaxy Store kuponlaringizni Samsung qurilmangizda topishingiz mumkin. Galaxy Store yuqori o'ng burchagida Sovg'a Qutisiga bosing → Tadbirlar → Kuponlar. Yoki Menyu → Kuponlar va Reklama bonuslarini tanlang.
-
Qanday qilib kredit kartam yoki boshqa to'lov usullarini qo'shishim mumkin?To'lov usulini qo'shish uchun Samsung qurilmangizda Galaxy Store do'konini oching. Galaxy Store quyi o'ng burchagida Menyu → To'lov usullarini bosing.
-
Galaxy Store do'konida yuklab olingan o'yin ichidagi tovar uchun to'lovni qaytarishim mumkinmi? Tovarni olganim yo'q.Odatda o'yin ichida xarid qilingan predmetlar uchun to'lov qaytarilmaydi. Agarda o'yin/ilovadagi predmet sizga topshirilmagan bo'lsa, ilova/o'yin ishlab chiqaruvchisiga murojaat eting.
-
Galaxy Store do'konida ilova sotib olmoqchiman, ammo B7002/P xatolik haqidagi xabar oldim. Bu nima degani?B7002/P xatosining mazmuni shundaki, FDS (Firibgarlikni Aniqlash Tizimi) shubhali tranzaksiyalarni bloklaydi. Mazkur holat borasida mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatiga xabar berib, hisob qaydnomangiz tekshiring. Galaxy Store ilovasining quyi o'ng burchagida Menyu → Sozlamalar (yuqori o'ng burchakdagi shesternya belgisi) → Biz bilan aloqaga chiqishni bosing.
-
Qo'llab-quvvatlash xizmati bilan qanday aloqaga chiqsam bo'ladi?O'z smartfon/planshetingizda Galaxy Store ilovasini oching. Quyi o'ng burchakda Menyu → Sozlamalar (Yuqori o'ng burchakdagi shesternya belisi) → Biz bilan aloqaga chiqing.
-
Samsung qurilmamdagi Galaxy Store do'konida qanday qilib o'z Samsung hisob qaydnomamga kirishim mumkin?Ilk bora Galaxy Store ilovasiga kirayotgan bo'lsangiz, mobil qurilmangizda uni ochganingizda sizga o'z Samsung hisob qaydnomangizga kirish taklifi beriladi. Shuningdek, siz o'z qurilmangiz sozlamalariga o'tib, "Samsung hisob qaydnomasi" tugmasini bosishingiz hamda tizimga kirishingiz yoki ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.
- Mazkur hujjatda qayd etilgan barcha ilovalar, o'yinlar, xizmatlar, funksiyalar, imkoniyatlar, kontent, foydalanuvchi interfeyslari va afzalliklar oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin, ularning mavjudligi esa mamlakat/mintaq, qurilma modeli va operatsion tizim versiyasiga qarab farq qilishi mumkin. Pullik xizmatlar obuna sotib olingandan so'ng amal qiladi.
- Ekran va qurilma tasviri namuna maqsadida modellashtirilgan.