Mobil qurilmadagi brauzerni kompyuter bilan sinxronlang

Galaxy AI va qurilmalar o‘rtasidagi internetdan foydalanish orqali to‘xtagan joyingizdan davom eting. Qidiruvlaringizga aniq javoblarni tezroq oling – maxfiylik va xavfsizlikning kuchaytirilgan himoyasi o‘rnatilgan.1,2

Internetdan foydalanishning aqlli usuli

Galaxy AI internetdan foydalanish imkoniyatlarini qanday kengaytirishini bilib oling. Ko‘rayotgan sahifalaringiz haqida savollar bering va ularning qisqacha mazmuni yoki o‘zingizga kerakli tildagi tarjimasini oling. Samsung Browser sahifalar, yangiliklar va boshqa kontentdagi ajratilgan matnlarni ovoz chiqarib ham o‘qib beradi.3,4

Himoyada bo‘ling. Internetdan ishonch bilan foydalaning

Samsung Browser maxfiy rejim, saytlarga biometrik kirish va reklamalarni bloklash funksiyasi yordamida internetdan xavfsiz va ishonch bilan foydalanish imkonini beradi. Samsung Galaxy xavfsizlik va maxfiylik himoyasi, jumladan, Smart Anti-Tracking bilan ma’lumotlaringizni himoya qiling.

Internetdan yanada qulay foydalaning

Galaxy qurilmalarida qulay va samarali internetdan foydalaning. Mobil qurilma va kompyuter o‘rtasida almashganda to‘xtagan joyingizdan davom eting. Galaxy qurilmalarining apparat optimallashtirilishi hisobiga akkumulyator quvvati uzoqroq yetadi va internetdan foydalanish yanada samarali bo‘ladi.5

Brauzerni o‘zingizga moslang

Internetdan yanada qulay foydalanish uchun ekranni o‘zingizga moslang. Menyu va manzil satrini xohlagan joyingizga ko‘chiring.6

Qulay internet va foydali funksiyalar

Internetdan yanada qulay foydalanish uchun Videoyordamchi, Menyuni sozlash, Tezkor kirish va boshqa foydali funksiyalarni kashf eting. Videolarni to‘liq ekran rejimida tomosha qiling va sevimli sahifalaringizni ortiqcha harakatlarsiz oching.

Brauzer imkoniyatlari haqida ko‘proq bilib oling

Ko‘proq imkoniyatlarni kashf eting. Internetdan foydalanishdan maksimal darajada bahramand bo‘lishga yordam beradigan foydali maslahatlarni bilib oling.

*Samsung orqali veb-kirish faqat Android 7.0 yoki undan keyingi versiyalarida ishlaydigan biometrik autentifikatsiyani qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalarda mavjud va Samsung hisob qaydnomasi hamda Samsung Pass xizmatiga tegishli shartlar va qoidalarni qabul qilingandan keyin ishlatilishi mumkin. Samsung Browser orqali veb-kirish haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi saytga kiring www.samsung.com/uz_uz/apps/samsung-pass/

Samsung Browser’dan foydalanishni o‘rganing4

Ko'p Beriladigan Savollar

  • Qanday qurilmalar Samsung Browser-ni qo'llab-quvvatlaydi?

    Samsung Browser Android operatsion tizimli smartfon va planshetlarda, shuningdek, Windows operatsion tizimli shaxsiy kompyuterlarda mavjud. Ko'rish ma’lumotlarini qurilmalararo sinxronlash uchun Samsung hisob qaydnomasi bilan kirish talab etilishi mumkin.10
  • Video yordamchi funksiyasi foydalanuvchilarga onlayn videolarni tomosha qilishda ko‘proq imkoniyatlar beradi. Veb-sahifaga qarab, u to‘liq ekran rejimi, qalqib chiquvchi pleyer va sensorli imo-ishoralar yordamida yorqinlik yoki tovushni boshqarish kabi imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.11
  • Tezkor kirish - bu Samsung Browser ishga tushirilganda eng ko‘p tashrif buyurilgan veb-saytlarni ko‘rsatadigan funksiya. U foydalanuvchilarga qayta qidiruvga murojaat qilmasdan sevimli sahifalariga tezda qaytishga yordam beradi. Hatto Samsung hisob qaydnomangiz yordamida boshqa qurilmada biriktirilgan papkalar va fayllar kabi Tezkor kirish elementlarini ko‘rishingiz yoki qo‘shishingiz mumkin.
  • Ha, Samsung Browser foydalanishni turli qurilmalarda qayta tiklash imkonini beradi. Siz sahifani o'qishni smartfonda boshlab, shaxsiy komyuteringizda osonlik bilan davom ettirishingiz mumkin.
  • Samsung Browser-ni mobil qurilma va shaxsiy kompyuterlar orasida sinxronlash uchun ikkala qurilmaga ham bir xil Samsung hisob qaydnomasi bilan kiring. Turli qurilmalarda brauzerda ishlashni davom ettirish uchun Wi-Fi va Bluetooth aloqasini yoqish hamda "Boshqa qurilmalarda ilovalar bilan ishlashni davom ettirish" funksiyasini faollashtirish talab etiladi.
  • Maxfiylik boshqaruv paneli bloklangan kuzatuv vositalari, maxfiylikni himoyalash vositalari va sahifalarni ko‘rish xavfsizligi sozlamalari haqida real vaqt rejimida ma’lumot beradi. U sizga ma’lumotlar himoyasini nazorat qilishingiz va boshqarishingizda yordam beradi.
  • "Maxfiy rejim" — bu Samsung Browser-dagi maxfiy ko‘rish rejimi. Maxfiy rejimdagi barcha sahifalar yopilgandan keyin cookie fayllar va brauzer tarixi o‘chirib tashlanadi va saqlangan elementlar faqat shu rejimda qoladi.
  • Shaxsiy kompyuter uchun Samsung Browser Smart Anti-Tracking va kontent blokerlarini qo‘llab-quvvatlash kabi oldindan o‘rnatilgan maxfiylik himoya funksiyalari bilan jihozlangan. Bu vositalar reklamalar sonini kamaytirishga va uchinchi tomon kuzatuv vositalarining foydalanish ma’lumotlarini to‘plashining oldini olishga yordam beradi. Android operatsion tizimi uchun Samsung Browser ham o‘rnatilgan Smart Anti-Tracking funksiyasiga ega, ammo reklamani bloklash uchun Samsung brauzeriga mos keladigan uchinchi tomon ilovasini o‘rnatish talab etiladi.
  • Samsung Browser-da "Ask AI" "Xulosa olish" "Tarjima" va "Belgilangan matnni og'zaki o'qish" kabi Galaxy AI funksiyalari mavjud. Ushbu uskunalar veb sahifalar mazmuni haqida savol berish, qisqacha xulosalar olish, sahifalarni tarjima qilish va ajratilgan matnni tinglash imkonini berib, internetdan foydalanishni osonlashtiradi.12,13,14
  • Ha. Samsung Browser-da ayrim Galaxy AI funksiyalaridan foydalanishda qurilmalar orasidagi ma’lumotlar sinxronlanishi uchun Samsung hisob qaydnomasi bilan kirish talab etiladi.
  • Samsung Browser Android Q yoki undan keyingi versiyadagi qurilmalarda bor.
  • Qurilma va ekran tasvirlari faqat namoyish maqsadida modellashtirilgan.
  1.  Tasvir faqat namoyish maqsadida modellashtirilgan. Unda tahrirlangan, AI yordamida yaratilgan tasvirlar bor. Funksiya va imkoniyatlarning mavjudligi mamlakat, hudud va tilga qarab farq qilishi mumkin.
  2. Qidiruv so‘rovlari soni cheklanishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Android uchun Samsung Browser va kompyuter uchun Samsung Browser o‘rtasidagi ma’lumotlar sinxronizatsiyasi Samsung Account’ga kirgandan keyin foydalanish mumkin.
  3. Ayrim Samsung AI funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung Account’ga kirish talab qilinishi mumkin.
  4. Galaxy AI funksiyalarining mavjudligi mamlakat yoki hudud, OT/One UI versiyasi, qurilma modeli va mobil operatorga qarab farq qilishi mumkin.
    • Samsung Browser uchun «Savol berish» funksiyasi tarmoq ulanishi va Samsung Account’ga kirishni talab qiladi. Xizmat Samsung Browser 29.0.4 va undan keyingi versiyalarida ishlaydi. Funksiya va imkoniyatlarning ishlashi mamlakat, hudud va tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
    • Browsing Assist’dagi Qisqacha mazmun funksiyasi tarmoq ulanishi va Samsung Account’ga kirishni talab qiladi. Xizmatning ishlashi tilga qarab farq qilishi mumkin. Ayrim pullik veb-saytlarda xizmatning funksional imkoniyatlari cheklangan yoki xizmat mavjud bo‘lmasligi mumkin. Belgilar soniga cheklov qo‘yiladi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
    • Browsing Assist’dagi Tarjima funksiyasi tarmoq ulanishi va Samsung Account’ga kirishni talab qiladi. Xizmatning mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Ayrim tillar uchun til paketini yuklab olish talab qilinishi mumkin.
    • Browsing Assist’dagi Ajratilgan matnni ovoz chiqarib o‘qish funksiyasi tarmoq ulanishi va Samsung Account’ga kirishni talab qiladi. Xizmatning mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Ayrim tillar uchun til paketini yuklab olish talab qilinishi mumkin. Ayrim pullik veb-saytlarda xizmatning funksional imkoniyatlari cheklangan yoki xizmat ishlamasligi mumkin. Belgilar soni cheklangan.
  5. Yaqinda tashrif buyurilgan veb-saytni boshqa qurilmada davom ettirish uchun ikkala qurilmada ham bir xil Samsung Account’ga kirish, Bluetooth’ni yoqish va «Ilovalardan boshqa qurilmalarda foydalanishni davom ettirish» funksiyasini yoqish kerak.
  6. «Manzil satrini pastda ko‘rsatish» opsiyasi faqat mobil qurilmalarda 16.0 yoki undan keyingi, planshetlarda esa 21.0 yoki undan keyingi versiyalarda mavjud.
  7. Qalqib chiquvchi pleerda ko‘rish cheklangan veb-sahifalarda mavjud emas.
  8. Boshqa foydali kengaytmalarni Galaxy Store’dan topishingiz mumkin.
  9. Kengaytmalarni sozlanadigan Asboblar paneliga qo‘shish mumkin.
  10. Samsung Browser Windows 10 yoki undan keyingi versiyadagi kompyuterlarda mavjud.
  11. Samsung Browser’dagi Videoyordamchi faqat Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarda qo‘llab-quvvatlanadi.
  12. «Ajratilgan matnni ovoz chiqarib o‘qish» funksiyasi Samsung Browser’da faqat Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarda ishlaydi.
  13. Android qurilmalaridagi Samsung Browser’da Galaxy AI funksiyalarining mavjudligi qurilma yoki hududga qarab farq qilishi mumkin.
  14. Kompyuterlardagi Samsung Browser’da «Savol berish» funksiyasining ishlashi mamlakat yoki hududga qarab farq qilishi mumkin.