Layfxaklar

Uglerod izingizni qisqartirish uchun 4 ta ekologik tozalik boʻyicha texnologik
maslahat

Mana, vaziyatni oʻzgartirishning bir nechta oddiy usullari – eski qurilmani yangi maqsadga moslashtirishdan tortib, kamroq marta quvvatlashgacha.

Iqlim oʻzgarishi muammosini jilovlash katta va dadil harakatlarni talab qiladi. Biroq siz har kuni qiladigan kichik tanlovlar ham bunga yordam bera oladi. Uglerod izingiz — qancha karbonat angidrid va issiqxona gazini ishlab chiqarishingiz koʻrsatkichini pasaytirish orqali kichik, izchil taʼsir oʻtkazayotgan boʻlasiz va bunda barqaror texnologiyalar borasidagi odatlaringizni oʻzgartirish boshlash uchun juda yaxshi nuqtadir. Mana, buni qanday qilish mumkin.

Galaxy Upcycling at Home (Uyda qayta ishlash)
Eski Galaxy qurilmalarini² aqlli uy sensorlariga aylantiring.

1

Eski qurilmalar uchun foydalanishning yangi yoʻlini toping

Energiya tejovchi uy yaratish uchun hammasini noldan boshlashingiz shart emas. Agar tortmada chang bosib yotgan eski telefonlaringiz boʻlsa, Galaxy Upcycling at Home (Galaxy uyda qayta ishlash)¹ dasturi yordamida ularga osongina yangi hayot baxshida qilish mumkin.

4
2

Energiyani tejash uchun uyingizni avtomatlashtiring

Energiya sarfini kamaytirish muammosining yarmini shunday qilish kerakligini yodda tutishdir, xoh u boʻsh xonalardagi chiroqlarni oʻchirish, xoh zarurat boʻlmaganda konditsionerni pasaytirish boʻlsin. Baxtingizga, uyni avtomatlashtirish sizni buni yodda saqlash masʼuliyatidan xalos qiladi. Galaxy S21 qurilmangizni SmartThings qurilmalariga ulash orqali aqlli chiroqlarni⁴ avtomatik yoqadigan va oʻchiradigan hamda ularning quvvat sarfini boshqaradigan Bixby tartibini yaratishingiz mumkin. Sayyoramiz uchun yaxshi. Energiya hisoblaringiz uchun yaxshi.

3

Quvvatni uzoqroq vaqtga yetkazing

Qancha kam marta quvvatlasangiz, shuncha koʻp energiya tejaysiz — va batareyangizning uzoqroqqa yetishiga yordam berishga moʻljallangan koʻpgina xususiyatlar mavjud. Galaxy S21 qurilmasida Battery Optimisation yoki Dark Mode kabi sozlamalarni yoqishingiz hamda koʻp quvvat ishlatadigan va har kuni 24 soat yoniq turishiga ehtiyoj boʻlmagan xususiyatlarni (masalan, Always On Display va Location) oʻchirishingiz mumkin. Telefon hattoki Adaptive Power Saving (Moslashuvchan quvvat tejash) rejimi yordamida oʻzining quvvat sarfini sizning shaxsiy odatlaringizga moslashtira oladi.

Global maqsadlar

Samsung va Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyoni oʻzgartirishingizda yordam berish uchun birlashadi.
4

Telefondan ezgu maqsad yoʻlida foydalaning

Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashni qoʻllab-quvvatlash xuddi bir nechta reklama eʼloni ustiga bosish kabi oson boʻlishi mumkin. Galaxy S21 qurilmangizda, Samsung va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan Global Goals nomli ilova bor. Ilovada siz munosabatga kirishgan har qanday reklama Global maqsadlarning biriga, jumladan, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash hamda masʼuliyatli energiya sarfi va ishlab chiqarish maqsadiga mablagʻ yoʻnaltiradi. Barmogʻingizni biroz koʻtarib qoʻyishingizning oʻzi kifoya. Yaxshi, reklama ustiga bir martagina bosish kifoya qiladi.

¹ Galaxy Upcycling at Home uchun beta xizmat AQSH, Birlashgan Qirollik va Koreyada mavjud. Mavjudligi operatorga qarab farq qilishi mumkin.
² Galaxy Upcycling at Home xususiyati 2018-yildan chiqarila boshlangan (S9, Note9 yoki undan keyingi) Android 9 yoki undan yuqori OSga ega barcha S, Note va Z seriyalarda mavjud. Kelgusida koʻproq qurilmalar qoʻllab-quvvatlanadi.
³ Dasturiy taʼminotni yangilashni SmartThings ilovasi ichidagi SmartThings Labs funksiyasida amalga oshirish mumkin.
⁴ Samsung hisobga kirish va maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga (Wi-Fi yoki maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga) ulanish talab etiladi. Bixby yordamida boshqa qurilmalarni boshqarish uchun barcha qurilmalar SmartThings ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak. Batafsil maʼlumot uchun https://www.samsung.com/uz_uz/apps/smartthings/ sahifasiga kiring.

Izingizni qisqartiring. Taʼsiringizni oshiring.

Galaxy S21 energiyani tejaydigan texnologik odatlaringiz uchun poydevor boʻla oladi.

Endi bu hikoyalarni oʻqing