Salomatlik

Sizning uyingiz. Muqaddas joyingiz.

Muqaddas makoningizga musaffolik baxsh eting

Endi Siz uyda ko'proq vaqt sarflayotganingiz sababli, uni ongni va hislarni tinchlantiradigan joyga aylantirsangiz yaxshi emasmi?

Efir moylarning quvvati

Efir moylari gullardan olinadi va mikroblarni o'ldiradigan, xonalarning havosini musaffolovchi va umumiy kayfiyatni ko’taruvchi xususiyatga ega.
Bizning eng sevimli turlardan birini sinab ko'ring: lavanda, ladan, evkalipt va yalpiz.

Qulaylik zonangizni himoya qiling

Uyingiz sizni tashqi dunyo tashvishlaridan holi qiladigan boshpana bo'lib qolishiga ishonch hosil qilish uchun o'zingiz xohlamagan narsalarni tashqarida saqlang. Shunday qilib, har safar ichkariga kirganingizda, sevimli kiyimlaringizni AirDresser bilan sterillashni unutmang. Shundagina qulaylik zonangiz xavfsiz va mikroblardan xoli bo'ladi*.

Ladan sokinligi

Ladan vaqt o'tishi bilan yig’ilib qolgan, uzoq vaqt turib qoladigan hidlarni ketkazadi va siz o'zingizni tinch va osoyishta his etishingiz uchun ularni sekin musaffo havoga almashtiradi. Quyida sizning xonadoningizga mos keladigan ba'zi xushbo'y hidlar bo’yicha maslaxatlar.

- Mehmonxona: Kremsimon, nafis hislarni uyg’otuvchi gul hidini sinab ko’ring. Kundalik foydalanish uchun eng zo'r hid.
- Yotoqxona: Botanik hidlarni tanlang. Evkalipt va qarag'ay stressni kamaytiradi, vanilning xushbo'y hidi esa tinch uyquni ta'minlaydi deb hisoblanadi.
- Oshxona: Sitrus o’simliklar oziq-ovqat hidini yo'q qilishga yordam beradi.

Har kuni kiyimlaringizni dezinfeksiyalang*

Kiyim-kechak, xonadon va hayotingiz uchun musaffo havo nafasi

*Quiydagilarni yo'q qiladi: 1) Korea Universiteti laboratoriyasi tomonidan o’tkazilgan dezinfeksiyalash tadbirlariga ko’ra 4 ta virusning 99,9% (Adenovirus, Gripp, Corona va Herpesvirus). 2) Dezinfeksiyalash kursidan foydalangan holda 2 turdagi bakteriyaning 99,9% (E.coli va S.aureus). 3) Dezinfeksiya kursidan foydalangan holda o'tkazilgan Intertek / BAF sertifikatlash sinoviga asosan uy changi oqadilarining 99%. 4) Oddiy kursdan foydalangan holda o'tkazilgan Intertek sinovlariga ko'ra hid keltirib chiqaradigan gazlarning 99% (Iso-Valerik kislota: ter, 4-Ethenil piridin: tamaki, Valeraldegid: qovurilgan go'sht va Tetraxloretilen: quruq tozalash). 5) Oddiy kursdan foydalangan holda Intertek sinovi asosida zararli moddalarning 99% (perxloretilen).

Ushbu hikoyalarni o'qing

O'zingizni asrang.
Bardam bo'ling.

O'z uyingizni havfsiz va ozoda saqlang