QLED yordamida tomosha qilish taassurotingiz
zavqini oshiring

The Frame bir vaqtning oʻzida ham sanʼat asari, ham keyingi darajadagi QLED TV tajribasidir.

Mana, inqilobiy QLED tasvir, tovush va innovatsiyalar tomosha qilish taassurotlarini qay tarzda yaxshilaydi, bir vaqtning oʻzida yangi taassurotlarni ham yaratadi.

The Frame aniq rangning milliarddan ortiq tuslarini yaratadi

Rang hajmi 100% Quantum Dot texnologiyasi bilan

Quantum Dot texnologiyasi eng yaxshi tasvirni taqdim etish orqali sizga siz tomosha qilayotgan barcha narsaning, jumladan, sanʼat asaringizning, aynan koʻrinishi kerak boʻlgan tarzda, har bir yorqin rangi, och va toʻq tuslarini koʻrish imkonini beradi.

* Toko (2018), Volf Ademeyt * 100% rang hajmi film rejimida va DCI-P3 rang oraligʻigacha oʻlchangan boʻlib, VDE sertifikatiga ega.

Takomillashgan rang
realizmi uchun
Dual Led rang
tuslari

An overhead view of a city coastline photograph. An overhead view of a city coastline photograph.

Yaxshilangan
kontrast

Dual LED yoritkich texnologiyasi koʻproq asl rang tuslarini yaratish, shu bilan birga ularning yorqinligini saqlab qolish orqali rang kontrastini sezilarli darajada yaxshilaydi. Har qanday tasvir rejimi yoki koʻrish burchagida rasmlar hamda sanʼat asarlari oʻz vizual asliyatini saqlab qoladi.

Asl qora
tuslar

Qoʻshimcha iliq tusli LED chiroqlari murakkab tafsilotlarni saqlaydigan vizual tasvirlarga moʻljallangan rasmning qorongʻida berkingan joylarini qayta tiklovchi qora tus ifodasining chuqur diapazonini ham taqdim etadi.

* Berta (2016), Petros Kublis

The Frame tovush sozlamalarini har qanday yopiq sharoit uchun
avtomatik ravishda optimallashtiradi

SpaceFit Sound texnologiyasi

Endi televizorni qayerga yoki qay tarzda joylashtirishingizdan qatʼi nazar, betakror tovush sifatidan bahramand boʻlishingiz mumkin.

SpaceFit Sound texnologiyasi xonaning ichki muhitini tahlil qiladi va The Frame TV tovushini avtomatik tarzda optimal darajaga sozlaydi. Shunchaki, televizorni yoqing va qolganini SpaceFit Sound texnologiyasiga qoʻyib bering.

Keling, QLED innovatsiyasi va The Frame qanday qilib uydan chiqmasdan aqlliroq hayot kechirishingizga yordam berishi mumkinligini koʻrib chiqamiz

Uydan turib, aqlliroq usulda ishlang

Televizorda shaxsiy kompyuter

The Frame sizga uydan turib ofis fayllaringizga QLED koʻrish hajmi va sifatida tez va qulay tarzda kirish imkonini beradi. Bu uchun qilishingiz kerak boʻlgan yagona narsa PC on TV ilovasini ish kompyuteringizga yuklab olib, Bluetooth sichqoncha va klaviaturani ulashdir va ishingizni uydan turib bajaraverasiz.

* Kompyuterga masofadan ulanish faqatgina Windows 10 Professional yoki undan keyingi versiyalar hamda Mac OS 10.5 yoki undan keyingi versiyalarda amalga oshirilishi mumkin.
* Ofis kompyuterini avtomatik tanib olish xususiyati Easy Connection ilovasini kompyuterga oʻrnatishni talab qiladi (Mac OS qoʻllab-quvvatlamaydi).
* Easy Connection ilovasi xususiyatining qoʻllab-quvvatlanishi model turi va sanasiga qarab faqr qilishi mumkin. Har bir modelning mavjudligini bilish uchun mahsulotning texnik xususiyatlariga qarang.
* Smartfonni Samsung Dex orqali ulash uchun mos ravishda ishlay oladigan mobil qurilma boʻlishi kerak.
* Xizmatlarning mavjudligi oldindan ogohlantirishsiz oʻzgartirilishi mumkin.
* Televizor va kompyuterda internet aloqasi boʻlishi talab etiladi.

Smartfondan bir zumda katta ekranga

Mobile Mirroring (Mobil aks ettirish)

Video qoʻngʻirogʻingizni kattaroq ekranda davom ettirishni xohlaysizmi? Kattaroq, yaxshiroq video muloqot tajribasi uchun Android qurilmangizdagi SmartThings yoki iPhone qurilmangizdagi Apple AirPlay yordamida smartfoningizni The Frame ekranida aks ettirish mumkin.

* Xizmat televizor va mobil telefon yoniq boʻlgandagina ishlaydi.
* Apple va AirPlay 2 Apple Inc. tashkilotining AQSh va boshqa mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan savdo belgilari hisoblanadi. AirPlay 2 uchun iOS 12.3 yoki yangiroq versiya hamda macOS 10.14.5 yoki yangiroq versiya talab etiladi.
* Apple AirPlay model yoki geografik hududdagi qarab qoʻllab-quvvatlanmasligi mumkin.
* SmartThings ilovasini yuklab olish va o‘rnatish talab etiladi.

Umumiy xonadagi mukammal qomat mashqlaridan zavqlaning

Multi View

Mashq qilish uchun sport zaliga borish avvalgidek oson emas. Nega The Frame qurilmasiga shaxsiy trener boʻlish imkonini bermaslik kerak? Telefoningiz kamerasi yoki tashqi veb-kamerani ulang va oʻzingizning trener bilan bir vaqtda har bir mashqni bajarayotganingizni tomosha qiling.

* Mos Android OS yoki iOS smartfon, SmartThings ilovasini yuklab olish va oʻrnatish talab etiladi. Mos keluvchi mobil qurilmalar haqida batafsil axborot olish uchun yordam sahifasiga murojaat qiling
* 4 ekranli Multi View xususiyati 8K modellarida mavjud.
* 32" li modellar MultiView funksiyasini qoʻllab-quvvatlamaydi.

Bir marta teginish bilan yanada qulayroq mobil koʻrinish

Tap View funksiyasi

Smartfoningiz ekranidan kattaroq tasvir kerak boʻlganida The Frame qurilmasining innovatsion Tap View xususiyati mukammal vositadir. Shunchaki, smartfoningiz bilan The Frame qurilmasiga tegining va tushlik tayyorlayotgan paytingizda katta ekranda oʻyin tomosha qiling yoki televizor koʻrayotgan paytingizda doʻstlaringiz bilan video muloqot qiling.

* Tap View xususiyatidan Android OS 8.1 va undan yangi
operatsion tizimga ega Samsung Galaxy qurilmalarida foydalanish mumkin.

Siz xohlagan ovozli xizmat

Multiple Voice Assistant (Bir nechta ovoz yordamchi)

Televizoringizdan koʻproq narsalarni soʻrang. Ichki oʻrnatilgan ovozli yordamchilar, jumladan, Samsung Bixby, Amazon Alexa va Google Assistant sharofati bilan, The Frame qurilmasini, shunchaki, ovozingiz bilan boshqarishingiz, kanalni oʻzgartirishingiz, ilovalarni ochishingiz, musiqa qoʻyishingiz, aqlli uy qurilmalaringizni boshqarishingiz va boshqalarni amalga oshirishingiz mumkin.

* Samsung har qanday vaqtda va oʻz xohishiga koʻra, oldindan ogohlantirmasdan yoki xabar bermasdan xizmatlarini oʻzgartirishi yoki xizmat koʻrsatishni toʻxtatishi va/yoki vaqtincha cheklab qoʻyishi yoki xizmatlarning biron bir qismini vaqtincha cheklab qoʻyishi va/yoki toʻxtatishi mumkin. Tasvirlangan kontent, televideniye xizmatlari va uning imkoniyatlari barcha mintaqa va hududlarda mavjud boʻlmasligi mumkin.
* Bixby ovozli buyruqlari ingliz (AQSH/Buyuk Britaniya), fransuz, ispan, nemis, italyan, xitoy va koreys tillarini taniydi. Aksentlar, shevalar va iboralarning hammasi ham tanilmaydi.
* Amazon, Alexa va barcha tegishli logotiplar Amazon.com, Inc yoki uning filiallarining savdo belgilaridir.
* Google — Google LLC kompaniyasining savdo belgisi. Mos qurilmalar talab etiladi.

Samsung kompaniyasidan ilk eko-pultni kutib oling

Solar Cell Remote (Quyosh batareyali pult)

Qayta ishlangan plastikdan yasalgan. Ichki yorugʻlik bilan quvvatlanadi. Bizning yangi quvvat tejovchi pultimiz bir martalik batareyalarga boʻlgan ehtiyojga barham beradi, bu bizning atrof-muhitni saqlashga boʻlgan ahdimizni koʻrsatadi.

* 32 duymli The Frame bundan mustasno.
* Solar Cell Remote pulti tarkibiga taxminan 24% qayta ishlangan mahsulotlar kiradi.

QLED texnologiyasining keyingi avlod innovatsiyalarini kashf qiling

Aqlliroq tomosha qilish qiyinroq emas, qanchalar oson ekanini kashf qiling

* Sozlanuvchan ramka romi va boshqa aksessuarlar alohida sotiladi.

* Rasmlar faqat tasviriy maqsadlar uchun ishlangan. Mahsulotning ishlashiga ta’sir etmaydigan tashqi ko‘rinish, dizayn va foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI) xususiyatlari oldindan ogohlantirmasdan o‘zgartirilishi mumkin.

* Haqiqiy mahsulotlar, jumladan, masofadan boshqarish pulti koʻrsatilgan rasmdan farq qilishi mumkin. Mahsulotlarimiz galereyasi bilan tanishib chiqing.