«Galaxy A-Series Battery Pack Bundle Promo»

STIMULLASH AKSIYASIDA ISHTIROK ETISH QOIDALARI

«Galaxy A-Series Battery Pack Bundle Promo» (“Aksiya”) aksiyasida ishtirok etishning mazkur qoidalari “SAMSUNG ELECTRONICS CENTRAL EURASIA” MCHJ (Samsung Elektroniks Markaziy Yevroosiyo) (“Tashkilotchi”) va Aksiya ishtirokchisi o'rtasidagi kelishuv hisoblanadi. Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy bo’lib, bu orqali ishtirokchi https://www.samsung.com/uz_ru/; https://www.samsung.com/uz_uz/ (“Aksiya Sayti”) manzillaridagi rasmiy onlayn-do'kon saytida joylashtirilgan aksiya o'tkazishning mazkur qoidalari (“Qoidalar”) bilan tanishib chiqqani va ularga so'zsiz amal qilishga roziligini anglatadi:

1.         Umumiy qoidalar

1.1.      Tashkilotchi: “SAMSUNG ELECTRONICS CENTRAL EURASIA” MCHJ “SAMSUNG ELEKTRONIKS MARKAZIY YEVROOSIYO”, joylashgan manzili: Qozog'iston Respublikasi, Olmaota sh., A05D7M5, Olmali tumani, Jeltoksan ko'chasi, 115, 3-qavat;

1.2.      Aksiya o’tkazish Davri: 2023-yil 3-aprel soat 0:00 dan 2023-yil 30-aprel soat 23: 59 ga qadar (Toshkent vaqti bilan);

1.3.      Aksiya natijalarini aniqlash sanasi: 2023-yil 30-may;

1.4.      Aksiya o’tkazish Hududi: Tashkilotchining O’zbekistondagi Rasmiy hamkorlarining savdo nuqtalari

1.5.      Aksiyaning Rasmiy Hamkori (“Rasmiy Hamkor”):

˗          “Radius Mobile” MChJ, Radius: +99871 200 31 00;

˗          “BM Electronics” MChJ, Elmakon: +99871 203 12 03;

˗          “MEDIAPARK GROUP” MChJ, Mediapark: +99871 203 33 33;

˗          “Business Group XD” MChJ, Milliy Kredit: +99878 777 00 99;

˗          “Texnomart” MChJ, Texnomart: +99871 209 99 44;

˗          “Sifat-biznes-savdo” MChJ, Credit Asia +998 78 140 00 11.

˗          “Amir Group FZCO” MChJ, Amir Group: +998 97 034 19 09.

˗          “Sadaf Positiv” MChJ, Mercato Savdo Markazidagi Samsung Rasmiy do’koni: +998 97 147 88 88.

1.4.      Sovg'alarni taqdim etish nuqtalari:

1.4.1.   Ushbu qoidalarning 1.5-bandida ko'rsatilgan aksiyaning Rasmiy Hamkorlari tomonidan o’z savdo nuqtalari hududlarida o'rnatilgan kassa yoki maxsus promo peshtaxtalari;

1.5.      Aksiya Sayti Aksiyaga oid asosiy ma'lumotlar manbai hisoblanadi. Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi Aksiya to'g'risidagi ma'lumotlari qisqartirilgan bo’lib, barcha to'liq va batafsil ma'lumot mazkur Qoidalarda keltirilgan.

 

2. Aksiya Ishtirokchisi        

2.1. Aksiya Ishtirokchilari faqat 18 yoshga to'lgan, O'zbekiston Respublikasi rezidentlari, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega, hamda, O'zbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasiga ega chet el fuqarolari, ushbu Qoidalarning barcha shartlarini shaxsan, o'z kuchi va vositalari bilan bajargan (“Ishtirokchi”) muaomala layoqatiga ega jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin.

2.2. Aksiyada Tashkilotchi xodimlari, unga aloqador shaxslar, ularning oila a'zolari, shuningdek Aksiyani tashkil etish va o'tkazishda ishtirok etgan boshqa kompaniyalarning xodimlari ishtirok eta olmaydi.

2.3. Aksiyada ishtirok etib, shuningdek, ro’yxatdan o’tish paytida yoki boshqa usul bilan (shu jumladan Aksiya Saytida) har qanday ma'lumotni, shu jumladan shaxsiy ma'lumotlarni ham taqdim etish orqali ishtirokchi o'z shaxsiy ma'lumotlarini: yashash shahri, to'liq F.I.SH., shaxsni tasdiqlovchi hujjati (shaxsni tasdiqlovchi hujjati yoki chet el fuqarosining yashash ruxsatnomasi), telefon raqami, elektron pochta manzili, yashash manzilini tashkilotchi va uning vakolatli uchinchi shaxslari aksiyani nazorat qilish maqsadida, uning shartlari, reklama, marketing va axborot byulletenlarini amalga oshirish, shuningdek marketing maqsadida boshqa to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni amalga oshirish, shu jumladan transchegaraviy ravishda ham yig'ish, saqlash, uzatish va qayta ishlashga o’z roziligini bildiradi. Rozilik mazkur qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur ma'lumotlarni qayta ishlashning barcha turlariga taalluqlidir, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: qabul qilish, yozib olish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, uzatish (shu jumladan amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy uzatish), o’chirish, yo'q qilish, shu jumladan tashkilotchining vakolatli shaxslariga/boshqa vakolatli shaxslarga/uchinchi shaxslarga ham. Rozilik ma'lumotlar Tashkilotchiga topshirilgan paytdan boshlab va ushbu rozilik amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilingungacha amal qiladi.

2.4.      Aksiyada ishtirok etib, ishtirokchi tashkilotchiga foto/video suratga olish, saqlash, foydalanish, uning tasviri/ishtirokidagi tegishli foto/video materiallarni Tashkilotchining saytida, shuningdek Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirishga,  shuningdek boshqa maqsadlarda, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, buxgalteriya va hisobot uchun ham foydalanishga shartsiz va bepul rozilik beradi.

 

3.         Aksiya Tavsifi

3.1.      Mazkur Qoidalarga muvofiq, ishtirokchi mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan barcha shartlar bajarilgan taqdirda, quyida keltirilgan sovg'alardan birini olish imkoniyatiga ega.

 

4.         Aksiyada ishtirok etish shartlari

4.1.      Aksiyada ishtirok etish uchun ishtirokchi quyidagi harakatlarni amalga oshirishi kerak:

-        Aksiya o’tkazish Davri mobaynida hamda Qat’y ravishda ushbu Qoidalarning 1.4-bandida ko'rsatilgan Aksiya O’tkazish Hududida Samsung savdo belgisi ostidagi quyidagi mahsulotlardan birini xariq qilish: Galaxy A54 / Galaxy A34 (“Mahsulot”).

-        O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mobil qurilmaning IMEI kodini ro'yxatdan o'tkazish;

-        aksiya yakuniga qadar mahsulotlarning zavod qadoqlarini va mahsulotlarni sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, shu jumladan fiskal cheklarni saqlash, shuningdek qadoqlash va sotib olinganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni tasdiqlash uchun taqdim etish.

 

5.         Sovg'alar

5.1.      Sovg'a - bu Aksiya ishtirokchisiga mo'ljallangan, u sotib olgan tovarga qarab (“Sovg'a”) «Samsung 25W Battery Pack 10.000 mAh» mahsuloti hisoblanadi.

5.2.     Sovg'alarning umumiy soni 4 750 (to’rt ming yetti yuz ellik) dona.

5.3.      Agar aksiya ishtirokchisi aksiya doirasida bir nechta mahsulotlarni xarid qilgan bo'lsa, ishtirokchi ushbu aksiya doirasida umumiy soni 2 (ikki) dan oshmagan sovg'a olish huquqiga ega.

5.4.      Sovg'a Aksiya Saytidagi rasmdan farq qilishi mumkin, barcha rasmlar ma'lumot uchun ko’rsatilgan.

5.5.      Aksiya doirasida olingan Sovg'a ushbu turdagi mahsulotlar uchun standart kafolatga ega.

5.6.      Aksiyada ishtirok etgan mahsulotlar qaytarilgan taqdirda, sovg'a qaytarilishi kerak. Agar ishtirokchi sovg'ani qaytarishni rad etsa, Tashkilotchi tegishli mahsulotni qaytarmaslik huquqiga ega. Qaytish va almashtirish Rasmiy Hamkor tomonidan belgilangan tegishli qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

5.7.      Sovg'a uni sozlash yoki ulash borasidagi hech qanday ish/xizmatni o'z ichiga olmaydi.

5.8.      Quyidagi hollarda Ishtirokchi aksiyada qatnashish huquqidan mahrum bo'ladi va sovg'a olish huquqiga ega bo'lmaydi:

5.8.1.   Aksiyaning biror-bir shartini buzilishi;

5.8.2.   firibgarlik yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga urinish holatlarining aniqlanishi;

5.8.3.   Mahsulot, qadoq va Mahsulot xarid qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar uchinchi shaxslarga Sovg'a olish uchun topshirilishi;

5.8.4.   Mazkur Qoidalarni buzgan holda ma'lumot/hujjatlarni taqdim etishdan va/yoki foto/video suratga tushishdan bosh tortilishi.

5.9.      Hech qanday holatda tashkilotchi sovg'ani pul ekvivalentiga almashtirmaydi va/yoki tegishli Sovg'ani boshqa mahsulotga almashtirilishni ta'minlamaydi.

5.10.    Sovg'ani olish bilan bog'liq bo'lgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tashkilotchi tomonidan mustaqil ravishda va o'z hisobidan to'lanadi.

5.11.    Agar biror-bir shaxs Sovg'a qiymati, soliqlar yoki boshqa to'lovlarni to'lashni talab qilsa, iltimos, bunday to'lovlarni amalga oshirmang va darhol Tashkilotchiga murojaat qiling.

5.12.    Aksiya davomida u yoki bu sabablarga ko'ra taqdim etilmagan Sovg'alar Talab qilinmagan deb tan olinadi. Talab qilinmagan Sovg'alar tashkilotchi tomonidan saqlanmaydi va o'z xohishiga ko'ra foydalaniladi.

 

6.         Aksiya g'oliblarini aniqlash va Sovg'alar berish tartibi

6.1.      Sovg'a olish huquqiga ega bo'lgan Aksiya g'oliblari deb ushbu Qoidalarning 4.1-bandida ko'rsatilgan barcha shartlarni bajargan va Sovg'alarni taqdim etish Nuqtasiga Sovg'a olish uchun shaxsan va o'z mablag'lari hisobidan tashrif buyurgan dastlabki 4 750 (to’rt ming yetti yuz ellik) ishtirokchi tan olinadi.

6.2.      O'tkazilgan Aksiya natijalari Tashkilotchi tomonidan Aksiya Saytida 2023-yil 30-maydan kechiktirilmasdan e'lon qilinadi.

6.3.      Aksiya G'olibi ushbu Qoidalarning 1.6-bandida belgilangan  Mahsulotlarni sotib olish joyiga qarab Sovg'alarni taqdim etish Nuqtasida  Sovg'a olish imkoniyatiga quyidagilarga muvofiq ravishda ega:

6.3.1.   Ushbu Qoidalarning 1.5-bandida ko'rsatilgan Aksiyaning Rasmiy Hamkoridan Mahsulot sotib olingan taqdirda, sovg'a olish uchun kerak:

-          Aksiya Rasmiy Hamkorining tegishli savdo shoxobchasining kassasidagi promo-peshtaxtalariga murojaat qilish, mobil qurilma IMEI kodi ro'yxatdan o'tgan Mahsulotni va qutisini, sotuvchining muhri tushirilgan kafolat talonini, mahsulot nomini o'z ichiga olgan va uni sotib olginganligini tasdiqlovchi fiskal chekni taqdim etish,

-          O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini taqdim etish,

-          Sovg'ani qabul qilish va topshirish dalolatnomasini to'ldirish va imzolash,

-          tegishli foto / video hisobot qilsih.

6.4.      Sovg'a berish Nuqtalari Aksiya G'oliblariga faqatgina Aksiyaning barcha shartlariga qat'iy rioya qilingan holda Sovg'alar taqdim etadi.

7.         Aksiya Ishtirokchisining huquq va majburiyatlari

7.1.      Aksiya Ishtirokchisining Huquqlari:

-          Mazkur Qoidalar bilan tanishib chiqish;

-          Mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda Aksiyada ishtirok etish;

-          Aksiya Saytidagi ommaviy resurslar va aloqa kanallaridan Aksiya o'tkazish shartlari va muddatlari to'g'risida ma'lumot olish;

-          Aksiya Saytida mazkur Qoidalarning o'zgarishi haqida ma'lumot olish;

-          Ushbu o'zgarishlarga rozi bo'lmagan taqdirda, aksiyada ishtirok etishdan voz kechish orqali o'zgarishlarni qabul qilishdan bosh tortish. Ushbu sanadan keyin Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish Ishtirokchining kiritilgan o'zgarishlarga roziligi sifatida qabul qilinadi;

-          Aksiya Tashkilotchisi haqida ma'lumot olish;

-          Mazkur Qoidalarga muvofiq Sovg'a taqdim etilishini talab qilish;

7.2.      Aksiya Ishtirokchisining Majburiyatlari:

-          Qoidalarga rioya qilish, shu jumladan mazkur Qoidalarda belgilangan muddatda Aksiyada ishtirok etish bilan bog'liq barcha harakatlarni bajarish;

-          Aksiyada ishtirok etish bilan bog'liq barcha xarajatlarni, shu jumladan, (ammo ular bilan cheklanmagan holda) internet, telefon va boshqalar uchun xarajatlarni mustaqil ravishda amalga oshirish;

-          Mazkur Qoidalarda va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

 

 

 

 

8.         Aksiya Tashkilotchisining huquq va majburiyatlari

8.1.      Tashkilotchining Huquqlari:

-          Aksiya O’tkazish Muddati davomida Aksiya Saytiga tegishli ma'lumotlarni joylashtirish orqali Ishtirokchini oldindan ogohlantirgan holda mazkur Qoidalarni bir tomonlama ravishda o'zgartirish. Ogohlantirish sanasi - bu Aksiya Saytida tegishli ma'lumotlar e'lon qilingan sana yoki shartlar o'zgarganda ko'rsatilgan qo'shimcha sana. Ushbu sanadan keyin Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish Ishtirokchining kiritilgan o'zgarishlarga roziligi sifatida qabul qilinadi.

-          Ishtirokchilardan mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda zarur ma'lumotlar va hujjatlarni, shuningdek davlat organlariga taqdim etish uchun boshqa hujjatlarni so'rash;

-          Tashkilotchi ushbu Aksiya Qoidalari va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi;

-          Qoidalarning 4.1, bandida ko'rsatilgan barcha shartlarni bajarmagan Aksiya Ishtirokchisiga to'g'ri va to'liq sovg'alar berishni rad etish;

-          Aksiya Ishtirokchisi ushbu qoidalarga rioya qilmaslik holati aniqlanganda, Aksiya Ishtirokchisiga Sovg'a berishni rad etish.

8.2.      Tashkilotchining Majburiyatlari:

-          Qoidalarga rioya etish, aksiyani o'tkazish bilan bog'liq barcha harakatlarni Qoidalarda belgilangan muddatlarda bajarish;

-          Aksiyaning Qoidalarga muvofiq o'tkazilishini ta'minlash;

-          Aksiya Ishtirokchilarini Aksiya Saytida va tanlangan aloqa kanallari orqali aksiya qoidalarini joylashtirish orqali uni o'tkazish qoidalari to'g'risida xabardor qilinishni ta'minlash;

-          Qoidalarning barcha shartlarini to'g'ri bajargan Aksiyaning barcha Ishtirokchilariga Aksiya Sovg'alarini taqdim etish.

 

 

9.         Boshqa shartlar

9.1.      Aksiyaning barcha Ishtirokchilari unda ishtirok etib, Aksiya qoidalariga rozilik bildiradilar, ularga rioya va amal qilish majburiyatini oladilar. Ishtirokchi quyidagi hollarda sovg'a olish huquqini yo'qotadi:

-          Aksiyaning mazkur Qoidalarini buzish;

-          Sovg'a olish uchun firibgarlik va/yoki yolg’on harakatni amalga oshirish;

-          noto'g'ri/noaniq ma'lumotlarni taqdim etish;

-          Tashkilotchining ko'rsatilgan aloqa ma'lumotlari bo'yicha 30 kun ichida ishtirokchi bilan bog'lanishning imkoni bo’lmagan holda.

9.2.      Aksiyada ishtirok etib, ishtirokchi mazkur Qoidalarga so'zsiz roziligini bildiradi. Ishtirokchining Qoidalarga to'liq va/yoki qisman rioya qilishdan bosh tortishi, Ishtirokchining Aksiyada qatnashishdan bosh tortishi deb tan olinadi.

9.3.      Aksiyani ijro etish jarayonida Ishtirokchidan uni shaxsini tasdiqlash uchun pasport taqdim etilishi talab qilinishi mumkin;

9.4.      Aksiya tanlov, lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa qimor o’yini hisoblanmaydi;

9.5.      Ishtirokchiga Tashkilotchi/Hamkorning Sifat bo'limidan xizmat ko'rsatish sifatini nazorat qilish uchun qo'ng'iroq amalga oshirilishi mumkin. Ishtirokchi o'z fikrini bildirishdan bosh tortishi mumkin.

9.6.      Mazkur Internet-sayt va uning tarkibi faqat axborot berish maqsadiga ega va hech qanday sharoitda ommaviy oferta hisoblanmaydi.

 

Aksiya bilan bog'liq barcha savollar borasida Tashkilotchining aloqa ma’lumotlariga murojaat qiling.

 

Tashkilotchi qo'ng'iroq-markazining aloqa ma’lumotlari:

7799 - yagona qo'llab-quvvatlash xizmati.