Aksiyasida ishtirok etish qoidalari “Sovgʻaga Samsung oshxona havo tortgichi” [2021 yil dekabr]

1.       Aksiyada qatnashish orqali Ishtirokchi mazkur Aksiyada qatnashish qoidalariga (“Qoidalar”) rozilik bildiradi.

2.       Aksiyaning oʻtkazilish muddati: 2021-yil 10-dekabrdan – 31-dekabrgacha.

3.       Ishtirokchilar:

3.1.    Faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblangan, 18 yoshga toʻlgan (shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish bilan tasdiqlanadi) va Aksiyada qatnashish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar Aksiya Ishtirokchilari boʻlishi mumkin.  Aksiyada qatnashib, Ishtirokchi oʻz aloqa maʼlumotlarini va shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan: reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing maqsadlarida boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun familiyasi, ismi, telefon raqami maʼlumotlarini uzatishga rozilik beradi. Aloqa va shaxsiy maʼlumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qoʻshimcha haq toʻlamasdan foydalanish mumkin.  Sovgʻalarni topshirish uchun zarur boʻlgan shartlarni imzolash yoki shaxsiy maʼlumotlarni topshirishdan bosh tortish, sovgʻani olishdan bosh tortish deb hisoblanadi.

4.       Aksiyani oʻtkazish tartibi (“Qoidalar”):

4.1.    Mazkur Qoidalarga muvofiq, mazkur Qoidalarda koʻzda tutilgan barcha shartlarni bajargan Ishtirokchi sovgʻa sifatida Samsung brendi ostida chiqarilgan ikkita oshxona havo tortgichlaridan birini bitta nusxada olish imkoniyatiga ega boʻladi.

4.2.   Aksiyada qatnashish uchun Ishtirokchi quyidagi harakatlarni bajarishi lozim:

o   2021-yil 10-dekabrdan – 31-dekabrgacha boʻlgan davrda Samsung savdo belgisi ostida chiqarilgan quyidagi modeldagi duxovkali shkaf va pishirish panelini hamkorning yoki texnobozorning doʻkonlaridan xarid qilish:

Duxovkali shkaflar |

NV75N7646RB/WT

NV75J5540RS/WT

NV68R5540CB/WT

NV68R3541RS/WT

NV68R5345BB/WT

NV68R2340RB/WT

NV68R2340RS/WT

NV68R1310BS/WT

NV68R2325RS/WT

NV68A1110BB/WT

NV68A1110BS/WT

NV68R1310BB/WT

NV68A1145RK/WT

NV68A1145RS/WT

Pishirish panellari |

– induksion:

NZ64R9777GK/WT

NZ63F3NM1AB/WT

 

– gazli:

NA64H3030BS/WT

NA64H3030AK/WT

NA64H3030AS/WT

NA64H3010BK/WT

NA64H3010AK/WT

NA64H3010AS/WT

o   hamkor yoki texnobozorning doʻkonida toʻplam narxining 100 foizi miqdorida toʻlovni amalga oshirish;

o   Duxovkali shkaf va pishirish panelini mazkur Qoidalarning 2-bandida koʻrsatilgan muddatlardan oldin/keyin sotib olish Aksiyada ishtirok etish imkonini bermaydi.

5.       Aksiya boʻyicha sovgʻalar.

5.1.   Aksiya boʻyicha sovgʻa Samsung savdo belgisi ostida chiqarilgan ikkita oshxona havo tortgichlaridan biri (“Sovgʻa”) boʻladi: NK24M5060SS/UR; NK24M5070BS/UR.

5.2.   Sovgʻalar soni cheklangan. Sovgʻalar pul mablagʻlariga yoki boshqa tovarlarga almashtirilmaydi. Aksiya ishtirokchisi Sovgʻani olishdan bosh tortish huquqiga ega va Sovgʻani olishdan bosh tortgan taqdirda Ishtirokchiga hech qanday pul mablagʻi toʻlab berilmaydi.

6.       Boshqa shartlar.

6.1.   Aksiyada ishtirok etyotgan sotib olingan mahsulot qaytarilgan taqdirda, Sovgʻa ham qaytarilishi shart. Agar Ishtirokchi toʻplamdagi ikkinchi mahsulotni / Sovgʻanidan qaytarishdan bosh tortsa, Tashkilotchi mahsulotni qaytarib olmaslik huquqiga ega. Qaytarish va almashtirish Aksiya boʻyicha hamkor yoki texnobozor doʻkoni tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

6.2.    Aksiyaning barcha Ishtirokchilari unda qatnashish bilan Aksiya qoidalariga rozilik bildirgan hisoblanadi, hamda ularga amal qilishlari va ulardagi talablarni bajarishlari shart boʻladi.  Ishtirokchi Aksiya qoidalarini (jumladan aloqa va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish tartibini) buzgan taqdirda yoki Sovgʻani olish uchun firibgarlik va/yoki aldov harakatini sodir etsa/sodir etganlikda gumon qilinsa, u Sovgʻani olish huquqidan mahrum boʻladi.

6.3.    Aksiyada ishtirok etish bilan, shuningdek har qanday maʼlumotlarni, shu jumladan shaxsiy maʼlumotni taqdim etish orqali Ishtirokchi reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek, marketing maqsadlarida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini, xususan: joylashgan shahri, toʻliq ism-sharifi, telefon raqami, elektron pochta manzili, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlarini yigʻish, saqlash, uzatish va qayta ishlashga oʻz roziligini beradi.  Aloqa va shaxsiy maʼlumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qoʻshimcha haq toʻlamasdan foydalanish mumkin. Sovgʻani topshirish uchun zarur boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarni imzolashdan yoki taqdim etishdan bosh tortish, uni olishdan bosh tortish sifatida qabul qilinishi mumkin;

6.4.    Tashkilotchi mazkur Qoidalarni Aksiyaning quyidagi manzil boʻyicha joylashgan Internet tarmogʻidagi sahifasida tegishli xabarni joylashtirish yoʻli bilan Ishtirokchini oldindan xabardor qilgan holda bir tomonlama tartibda oʻzgartirish huquqiga ega: https://www.samsung.com/uz_uz/offer/hood-2021/

6.5.    Xabar berish sanasi tegishli maʼlumot saytda nashr qilingan sana yoki Aksiya sahifasida shartlar oʻzgartirilganda koʻrsatilgan qoʻshimcha sana hisoblanadi. Koʻrsatilgan oʻzgarishlarga norozi boʻlgan taqdirda, Ishtirokchi Aksiyada qatnashishdan bosh tortish bilan oʻzgartirishlarni qabul qilishni rad etish huquqiga ega. Ushbu sana oʻtganidan keyin Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish Ishtirokchining kiritilgan oʻzgartirishlarga rozilik berishi sifatida qabul qilinadi.

6.6.    Aksiyada ishtirok etish bilan Ishtirokchi oʻzi tushgan/ishtirok etgan fotosuratlar/video/promo rolikni Tashkilotchining saytida, shuningdek, Tashkilotchining/Aksiya bilan bogʻliq boshqa shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirilishiga oʻz roziligini bildiradi;

6.7.    Aksiya tanlov, lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa turdagi qiziqtiruvchi oʻyin emas.