One UI 6 yangiliklari
haqida

One UI 6 da siz o'zingiz istagan g'oyalarni osonlik bilan amalga oshirishga yordam beruvchi yangi funksiyalar paydo bo'ldi. Yanada samaraliroq bo'ling. Shaxsiy ma'lumotlaringiz esa doimo himoyalangan.

Galaxy AI

Ekraningizdagi istalgan obyektni izlang [6.1]

 

Google bilan aylana chizib qidirish funksiyasi ekraningizda aks ettirilgan istalgan narsa haqida oynalarni almashtirmasdan turib, osonlik bilan ko'plab ma'lumot olishni ta'minlaydi. Bosh tugma yoki boshqaruv tugmasini bosib turing va Google yordamida qidiruvni boshlang.  1, 2, 3, 4

Telefon orqali so'zlashuvlarni real vaqtda tarjima qiling [6.1]

 

Xorijit tilda gaplashadigan odamga qo'ng'iroq qilishingiz kerakmi? Muammo emas! Jonli tajima funksiyasi yordamida qo'ng'irog'ingiz davomida suhbatni real vaqtda tarjima qilishingiz mumkin. Suhbatdoshingiz sizning gaplaringizni o'z tilida, siz esa uning javoblarini o'z tilingizda tinglaysiz. Shuningdek, tarjima ekranda ham aks ettiriladi.5, 6, 7, 8 ,9

Shaxsiy suhbatlarni tarjima qiling [6.1]

 

Yangi "Tarjimon" funksiyasi sizga xorijiy tilda gaplashadigan odam bilan suhbatlashish zarur bo'lgan istalgan vaqtda tarjima qilish imkonini beradi. Tezkor panel orqali siz tarjimon funksiyasini osonlik bilan ishga tushirishingiz mumkin. Ikkala suhbatdosh ham nafaqat tarjimalarni og'zaki o'qishlari, balki uni ekranda ko'rib borishi ham mumkin.5, 6, 8 ,9

Tasvir, belgi, hujjat va boshqalardagi matnlarni tarjima qiling [6.1]

 

Matnni qayerda uchratishingizdan qat'iy nazar, uni bir zumda tarjima qiling. Tarjima qilishni istagan matningizga kamerani yo'naltiring, so'ngra T tugmasini bosib qo'shimcha parametrlarni oching. Shuningdek, siz Galereyangizdagi tasvirlarda aks ettirilgan matnlarni ham tajrima qilishingiz mumkin.5, 6, 8 ,9

Veb sahifalardan xulosa oling va tarjima qiling [6.1]

 

Samsung Internet ilovasidagi Browsing Assist funksiyasi yordamida veb sahifalarni ko'rib chiqing va tezda o'zingizga kerakli ma'lumotga ega bo'ling. Siz o'qish kerak bo'lgan matn hajmini eng kerakli joylarigacha qisqartirishingiz mumkin. Shuningdek, siz veb sahifalarni o'z tilingizga tarjima qilishingiz mumkin.5, 6, 8 ,9

Eslatmalar qiyinroq emas, aqlli [6.1]

 

Eslatmalar yordami funksiysasi bilan Samsung Notes ilovasida har doimgidan-da ko'proq vazifalarni bajarishingiz mumkin. Siz avtomatik tarzda formatlashingiz, xulosa olishingiz, xatolarni to'g'irlashingiz, tarjima qilishingiz va o'z eslatmalaringiz uchun muqovalar yaratishingiz mumkin.5, 6, 8 ,9, 10

Ovozli yozuvlardan avtomatik tarzda matn oling [6.1]

 

Transkripsiya yordami funksiyasidan foydalanib majlis, ma'ruza, ovozli eslatmalar va boshqalar yozuvlarini matnga o'zgartiring, so'ngra qulay ko'rib chiqish uchun ulardan xulosa oling. Shuningdek siz ovozli yozuv matnlari va xulosalarni tarjima qilib, boshqa tillarda ham ko'rishingiz mumkin.5, 6, 8, 9, 11, 12, 13

Samsung klaviaturasi yordamida ko'proq natijaga erishing [6.1]

 

Yozish bo'yicha yordam funksiyasi bilan o'z xabaringiz ohangini o'zgartiring va unga professional, sodda yoki ijtimoiy tarmoqlarga mos ohang bering. Ma'lum chat va messenjer ilovalarda siz nafaqat xabarlaringizni tarjima qilishingiz, balki to'g'ri talaffuz va grammatika borasidagi tavsiyalarga ham ega bo'lishingiz mumkin.5, 6, 8, 9, 10, 14

Suratlaringizga yangi mazmun bering [6.1]

 

Generativ tahrir suratlaringizni tahrirlash uchun ko'proq imkoniyatlar taqdim etmoqda. Endi siz suratlaringizdagi odamlar yoki obyektlarning joylashuvini almashtirishingiz, o'chirishingiz yoki o'lchamlarini o'zgartirishingiz, so'ngra bo'sh qolgan joylarni to'ldirish uchun fonni yangilashingiz ham mumkin.5, 8, 9, 15

Noyob fon tasvirlari yarating [6.1]

 

Bosh ekran hamda qulflash ekrani uchun noyob fon tasvirlari yaratish uchun sun'iy intellektdan foydalaning. Siz bir nechta kalit so'zlarni tanlashingiz kifoya, qolganini sun'iy intellekt bajaradi. 5, 8, 9

Qo'shimcha intellekt sozlamalari [6.1]

 

Siz qaysi sun'iy intellekt funksiyalaridan foydalanishingiz va ular sizning ma'lumotlaringizni qay tarzda qayta ishlashi borasida to'liq nazoratga egasiz. Shuningdek, siz bir tugma bilan barcha funksiyalar uchun ma'lumotlaringizning onlayn qayta ishlashini o'chirishingiz ham mumkin.5, 9

Qulflash ekrani

Qulflash ekrani uchun ko'proq vidjetlar [6.1]

 

Qulflash ekraningiz uchun qo'shimcha vidjetlar mavjud bo'lib, ular doimo ekrandaligi sababli ekranni qulfdan ochmasdan ham kerakli ma'lumotlarni bilib borishingiz mumkin. Yangi vidjetlar Ob-havo, Samsung Health, Batareya, Eslatma, Taqvim va Soat funksiyalarini o'z ichiga oladi.

Soat joylashuvini o'zgartirish

 

Endi siz qulflash ekranidagi soatni o'zingiz istagan joylashtirish uchun yanada ko'proq imkoniyatga egasiz.

Bosh ekran

Soddalashgan belgi matnlari

 

Tiniq va sodda ko'rinish uchun ilova yorliqlari ostidagi matn endi bir qator bilan chegaralangan. "Galaxy" va "Samsung" so'zlari ayrim ilovalar nomlaridan olib tashlanib, ularni topish uchun oson va qisqa holatga keltirildi.

Ikkita qo'l bilan ko'shirish

 

Bosh ekrandagi ilova yorliqlari va vidjetlarni bir qo'l bilan ko'chirishni boshlang hamda ikkinchi qo'l bilan ko'chirib o'tish uchun istagan ekraningizni tanlang.

Fon tasvirlari

Yangi tahrirlash imkoniyatlari [6.1]

 

Fon tasvirini o'zingiz istagandek o'rnating. Fon tasviri sifatida foydalanmoqchi bo'lgan tasvirni tanlaganingizdan so'ng siz unga ramka va qo'shimcha effektlarni ham qo'llashingiz mumkin. Agarda fon tasvirida odam yoki hayvon ifodalangan bo'lsa, siz chuqurlik effektini qo'llab, uning fondan ajralib turishini ta'minlashingiz mumkin.

Tezkor kirish paneli

Tugmalarning yangi ko'rinishi

 

Tezkor kirish panelining yangi ko'rinishi eng ko'p foydalaniladigan funksiyalarni ishga tushirishni osonlashtiradi. Wi-Fi va Bluetooth endilikda ekranning yuqori qismida o'zining maxsus tugmalariga ega, qorong'u rejim va ko'zlarni himoyalash kabi vizual funksiyalar esa ekranning quyi qismiga tushirildi. Tezkor sozlamalarning qolgan tugmalari esa markazdagi sozlanadigan sohada joylashadi.

Tezkor kirishning to'liq panelini bir onda oching

 

Odatiy sozamalarda, siz ekranning yuqorisidan pastga svayp qilganingizda ixcham ko'rinishdagi tezkor kirish paneli va bildirishnomalar paydo bo'ladi. Qayta svayp esa bildirishnomalarni berkitib, kengaytirilgan tezkor kirish panelini ko'rsatadi. Agarda siz tezkor sozlamalarga bir onda kirishni yoqsangiz, siz kengaytirilgan tezkor kirish panelini bir marta ekran yuqorisining o'ng tomonidan svayp qilish orqali ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Chap tomondan esa bildirishnomalaringizni ochishingiz mumkin bo'ladi.

Yorqinlik sozlamalariga tezkor kirish

 

Yorqinlikni sozlash endi odatiy tarzda ixcham ko'rinishdagi tezkor kirish panelida joylashadi va yorqinlik tez va oson sozlashingiz uchun ekran yuqorisidan bir marta svayp qilishingiz kifoya.

Albom muqovasining yangi ko'rinishi

 

Agarda musiqa yoki videoni ijro etayotgan pleyer albom muqovasini taqdim etgan bo'lsa, uning tasviri bildirishnomalar panelidagi medikontrollerda musiqa yoki video ijro etilganda to'liq namoyish etiladi.

Yangi ko'rinishdagi bildirishnomalar

 

Alohida bildirishnomalarni ajratib olish osonligi uchun endilikda har bir bildirishnoma alohida kartochka sifatida namoyish etiladi. Bildirishnomalar yorliqlari bo'lsa Asosiy va Ilovalar ekranidagi ilovalar yorliqlari kabi ko'rinishga ega bo'lib, bu bildirishnoma qaysi ilovaga tegishli ekanligini oson bilib olish imkonini beradi.

Yorqinroq bildirishnoma belgilari

 

Asosiy va ilovalar ekranlarida har bir ilova uchun ishlatiladigan bir xil toʻliq rangli piktogrammalardan foydalanishingiz mumkin. Buni sozlamalarda yoqishingiz mumkin.

Bildirishnomalarni vaqti bo'yicha tartiblash

 

Endi siz bildirishnomalaringiz sozlamalarini vaqt bo'yicha tartiblashga o'zgartirib, yangi bildirishnomalaringiz muhimlik darajasidan qat'iy nazar doimo eng yuqorida bo'lishini ta'minlashingiz mumkin.

Ko'pvazifalilik

Ikkiga ajratilgan ekran rejimida ko'rishdagi klaviatura tezkor tugmalari [6.1]

 

Ilovani bir zumda ekranning bir qismiga o'tkazish imkonini beradi. Agarda siz odatiy klaviaturadan foydalansangiz, Cmd + Ctrl + o'ng yoki chap yo'nalish tugmasini bosing. 16, 17

Barcha minimallashtirilgan ilovalarni bir vaqtda oching [6.1]

 

Agarda sizda bittadan ko'p qalqib chiquvchi oyna minimallashtirilgan bo'lsa siz yangi tugma yordamida barcha minimallashtirilgan ilovalarni bir vaqtda qaytadan ochishingiz mumkin.

Qalqib chiquvchi oynalarni ochiq holda saqlang

 

Eng So'nggilar oynasiga o'tganda qalqib chiquvchi oynalarni berkinish o'rniga endilikda ular Eng So'nggilar oynasini tark etganingizda ham ochiq holda bo'ladi va siz o'z ishingizni davom ettirishingiz mumkin bo'ladi.

Kamera

Sodda va tushunarli dizayn

 

Kamera ilovasining umumiy tashqi ko'rinishi soddalashtirildi. Ekranning yuqori qismidagi tezkor sozlamalar tugmalari tushunish osonligi uchun qayta ishlab chiqildi.

Kamera vidjetlarini sozlash

 

Siz kameraning foydalanuvchi vidjetlarini asosiy ekraningizga joylashtirishingiz mumkin. Siz har bir vidjetni tegishli suratga olish rejimida ishga tushishini sozlashingiz va suratlarni o'zingiz tanlagan albomlarda saqlashingiz mumkin.

Yashirin belgilarni tekislashning qo'shimcha parametrlari

 

Endi siz yashirin belgi suraning yuqori yoki quyi qismida joylashishini tanlashingiz mumkin.

Aniqlik sozlamalarini tezkor ishga tushiring

 

Aniqlik tugmasi ekranning yuqori qismidagi tezkor sozlamalarida Photo va Pro rejimlarida amal qilib, siz tasvirga olayotgan suratlaringiz aniqligini tezda o'zgartirishingiz mumkin.

Kengaytirilgan video o'lchamlari tanlovi

 

Endilikda "Video o'lchami" tugmasi bosilganda barcha parametrlarni ko'rish va kerakligini tanlash uchun qalqib chiquvchi oyna paydo bo'ladi.

Suratlaringizni bir darajada ushlang

 

Agarda kamera sozlamalarida to'r chiziqlari yoqilgan bo'lsa, u holda asosiy kameradan foydalanishda panorama rejimdan tashqari barcha rejimlarda ekran markazida daraja chizig'i namoyish etiladi. Sil olayotgan surat yer bilan bir darajada joylashganligini tekshirish uchun chiziq joyini o'zgartiradi.

Sifatni optimallashtirish

 

Siz o'zingiz olayotgan tasvirlar uchun sifatni optimallashtirishning 3 ta darajasidan birini tanlashingiz mumkin. Eng yuqori sifatdagi tasvirlarni olish uchun Maksimumni tanlang. Imkon qadar tezkor tasvirlar olish uchun minimumni tanlang. Tezlik va sifat o'rtasidagi balansga ega bo'lish uchun Mediumni tanlang.

Video uchun soniyadagi kadrlarni avtomatik sozlashning yangi parametrlari

 

Soniyada kadrlar chastotasini avtomatik oshirish funksiyasi sizga past yorug'lik sharoitida yorqinroq videolarni tasvirga olishga yordam beradi. Endilikda avtomatik FPS 3 ta tanlovda mavjud. Siz uni o'chirib qo'yishingiz, faqatgina soniyasiga 30 kadr chastotali ayrim videolar uchun foydalanishingiz yoki soniyasiga ham 30 ham 60 kadr chastotali videolar uchun ham foydalanishingiz mumkin.18

Effektlardan yanada osonroq foydalaning.

 

Yuz filtrlari va effektlaridan foydalanish uchun izlash shkalasi o'rniga endi diskdan foydalanib, bir qo'l bilan aniq sozlamalarni amalaga oshirishni soddalashtiradi.

Kameralarni almashtirish uchun yuqoriga/pastga svayp funksiyasyini yoqing

 

Old va orqa kamerani almashtirish uchun yuqoriga va pastga svayp qilish funksiyasidan foydalanish sizga bog'liq. Agarda siz keraksiz svayplardan xavotirlanayotgan bo'lsangiz, uni sozlamalarda o'chirishingiz mumkin.

Hujjatlarni skanerlash yanada oson

 

Hujjatlarni skanerlash funksiyasi Sahnani optimallashtirish funksiyasidan ajratilgan bo'lib, siz Sahnani optimallashtirish funksiyasi o'chiq holatda ham hujjatlaringizni skanerlashingiz mumkin. Yangi avtomatik skanerlash funksiyasi siz hujjatlarni har tasvirga olganingizda ularni avtomatik tarzda skanerlash imkoniyatini beradi. Hujjatni skanerlagandan so'ng siz tahrirlash ekraniga o'tasiz va o'zingiz istagandek tekislash uchun hujjatni aylantirib olishingiz mumkin.

Galereya

Ortiqcha harakatlarsiz suratlaringiz sifatini oshiring [6.1]

 

Tasvirlaringizni tomosha qila turib, ekranning quyi qismidan yuqoriga svayp qiling yoki "i" tugmasini bosib, sun'iy intellekt yordamida video va suratlaringiz sifatini oshirish bo'yicha tavsiyalarga ega bo'ling. Siz uchun yulduzlar yo'li, uzun ekspozitsiya, bo'yash va ko'plab boshqa effektlar qo'shish imkoniyatlari mavjud.

Ikkita qo'l bilan ko'chirish

 

Surat va videolarni bir qo'l bilan bosing va ushlab turing, ikkinchi qo'lingiz bilan esa ularni ko'chirib o'tishni istagan albomingizni tanlang.

Birinchi suratni ikkinchisiga ko'chirib o'ting [6.1]

 

O'z tasviringizga yetishmayotgan elementni qo'shing. Buning uchun suratdagi obyektni tanlang va uni ko'chirishni istayotgan suratingizga o'tib, "Qo'shimcha parametrlar" menyusida "Almashish buferidan ko'chirish" amalini tanlang.

Kesilgan suratlarni stiker sifatida saqlang

 

Suratlardagi biror qismni kesib olganingizda siz uni stiker sifatida saqlab qo'yib, ulardan foto va video tahrirlashda yana foydalanishingiz mumkin.

Osonlik bilan shaxsiy stikerlar yarating [6.1]

 

Shaxsiy stikerlar yaratish endi har doimgidan-da osonroq. Suratni kesib olganingizdan so'ng siz uni tezda stikerga aylantirishingiz hamda kontur, kesim, vintaj va multfilm kabi uslublarni qo'llashingiz mumkin.

Suratlarni yanada aniqroq kesib olish [6.1]

 

O'zingizga aynan kerak bo'lgan surat qismini ortiqcha fragmentlarsiz belgilan oling. Suratni kesib olganda eng aniq natija olish uchun siz uni saqlashdan oldin tahrirlash imkoniyatiga egasiz.

Galereyada takomillashtirilgan qidirish imkoniyati [6.1]

 

Qidirish oynasi foydalanish qulayligi uchun qayta ishlandi. Endi natijalar odamlar, joylar, albomlar va hikoyalar kabi toifalarga ajratilgan.

Kengaytirilgan hikoyalarni ko'rish imkoniyati

 

Hikoya tomosha qilish paytida ekran bo'ylab barmog'ingizni yuqoriga yurg'azganingizda hikoya yorliqlar'i paydo bo'ladi. Hikoyalar belgilarini ko'rish rejimida siz hikoyalaringizdagi surat va videolarni qo'shishingiz yoki o'chirishingiz mumkin.

Fototahrirlash

Yangilangan tashqi ko'rinish

 

Yangi Uskunalar menyusi sizga zarur tahrirlash uskunalarini izlashni osonlashtiradi. Tekislash va Perspektiva sozlamalari Transformatsiya menyusida birlashtirildi.

Bezaklarni saqlagandan so'ng tahrirlang

 

Endi siz suratga qo'shgan tasvirlar, yorliq va matnlarni saqlaganingizdan so'ng ham o'zgartirishingiz mumkin.

Bekor qilish va Qaytarish

 

Xato qilishingiz mumkinligidan aslo xavotirlanmang. Endilikda siz o'zgarishlar, filtr va tuslarni bekor qilishingiz va qaytarishingiz mumkin.

Foydalanuvchi yorliqlariga chizing.

 

Foydalanuvchi yorliqlarini yaratayotganda endi siz chizish uskunalaridan foydalanishingiz hamda ularni yanada betakror va o'zingizga mos tarzda ishlashingiz mumkin.

Yangi matnli fonlar va uslublar

 

Fotosuratga matn qo'shayotganingizda siz bir nechta fon va uslublardan birini tanlab mukammal ko'rinishidagi tasvirni yaratishingiz mumkin.

Studio (Video tahrirlash ilovasi)

Video tahrirlash uchun qudratli imkoniyat

 

Studio — bu loyiha asosidagi video tahrirlash ilovasi bo'lib, uning yordamida yanada qudratli va ko'proq imkoniyatli tahrirlashni amalga oshirishingiz mumkin. Siz Studio imkoniyatlaridan foydalanish uchun uni Galereya ilovasidagi qo'shimcha menyuda topishingiz yoki tezkor foydalanish uchun asosiy ekranga yorliqni joylashtirishingiz mumkin.

Vaqt jadvali tartibi

 

Studio (Video muharriri) butun loyihangizni bir nechta videokliplar bilan vaqt jadvali sifatida ko'rish imkonini beradi. Ko'p qatlamli struktura sizga kliplar, stikerlar, subtitrlar va boshqa ob'ektlarni qo'shish va ularning joylashuvi va uzunligini osongina sozlash imkonini beradi.

Ijro etish tezligini o'zgartiring [6.1]

 

Videoni Galereyada tahrirlayotganda endi yanada ko'proq videolar ijro etish tezligini o'zgartirish funksiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Siz o'z videoingizda o'zingiz tanlagan bir qismni yoki uni to'liqligicha ijro etish tezligini tezlashtirishingiz yoki sekinlashtirishingiz mumkin.19

Loyihalarni saqlash va tahrirlash

 

Tugallanmagan kino loyihalarini keyinroq tahrirlashni davom ettirish uchun ham saqlashingiz mumkin.

Videoni bir nechta qurilmalarda tahrirlang [6.1]

 

Endi siz tahrirlashni o'z telefoningizda, planshetingizda yoki shaxsiy kompyuteringizda davom ettirishingiz mumkin. O'z Studio loyihalaringizni boshqa Samsung Galaxy qurilmalarida ochish mumkin bo'lgan faylga eksport qiling.20

Video Pleyer

Takomillashtirilgan tashqi ko'rinish

 

Video pleyerni boshqarish endi har doimgidan-da osonroq. O'xshash funksiyali tugmalar bir guruhga birlashtirilib, ijro etish tugmasi esa ekran markaziga ko'chirildi.

Takomillashtirilgan ijro tezligini boshqarish

 

0,25x dan 2,0x gacha diapazondagi video ijrosi tezliklari orasidan birini tanlang. Endilikda tezlikni boshqarish elementrlaridan foydalanish maxsus tugmalar bilan yanada osonroq.

Quick Share

Ko'proq qurilmalar bilan ulashing [6.1]

 

Quick Share funksiyasi Google Nearby Share bilan birgalikda. Samsung Galaxy qurilmalari bilan bir qatorda siz boshqa Android qurilmalari bilan internetga ulanmagan holda ham ulashishingiz mumkin.21, 22

Samsung Find

Qurilmalaringiz joylashuvini aniqlang [6.1]

 

Yangi Samsung Find ilovasi xaritada sizning barcha Samsung Galaxy qurilmalaringiz joylashuvini ko'rish imkonini beradi. Agarda siz qurilmangizni yo'qotsangiz, qurilmangizni topish va ma'lumotlaringizni himoya qilish uchun qo'shimcha funksiyalar ham mavjud.22, 23, 24

Share your location with others [6.1]

 

You can share your location with family, friends, or anyone that you trust. Share for a limited time or all the time. You're always in control of who can see your location.22

Samsung DeX

Planshetlar uchun yangi Dex

 

Yangi Samsung DeX bilan siz matnli rejim va planshet rejimi o'rtasida asosiy ekranning bir xil joylashuvi bilan o'zgartirish imkoniyatini beradi. Sizning barcha odatiy ilovalaringiz, vidjetlaringiz va yorliqlaringiz DeX da mavjud. Agarda sizning planshetingizda avtomatik ekranni aylantirish yoqilgan bo'lsa siz DeX dan ham albom, ham portret holatlarda foydalanishingiz mumkin.25

WIndows bilan aloqa

Endi planshetlar uchun

 

Planshetingizni Windows tizimli kompyuterga ulang hamda kompyuterda bildirishnomalarni tekshiring va planshet ilovalaridan foydalaning, qurilmalar o'rtasida fayllarni ulashing va ko'plab boshqa vazifalarni bajaring.26

Samsung klaviaturasi

Klaviaturadan berkitmasdan ovozli boshqaruv [6.1]

 

Klaviatura endi ovozli kiritish usuli faolligida ham namoyish etiladi va siz zarur holatda matnli kiritish usuliga yana qaytishingiz mumkin bo'ladi. Ekranning quyi qismida mikrofon tugmasini bosib, istalgan vaqtda klaviaturadan foydalanganda ovozli kiritishdan ham foydalanish uchun.

Yangi emodzi dizayni

 

Xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va telefoningizdagi boshqa joylarda foydalaniladigan emodzilar yangi dizayn bilan taqdim etilmoqda.

Kontent ulashish

Tasvirlarni oldindan ko'rish

 

Istalgan ilovangiz orqali fotolaringizni ulashayotganingizda oldindan ko'rish imkoniyati ulashish panelining yuqori qismida paydo bo'ladi va siz fayllaringizni ulashishdan avval ularni yana bir bor ko'rib chiqish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Ob-havo

Ob-havo vidjetida ko'proq ma'lumot [6.1]

 

Ob-havo sizning mintaqangizdagi kuchli chaqmoq, qor yoki boshqa yog'ingarchilik kuzatilganda xabar berib boradi.22

Qo'shimcha ma'lumot

 

Qor yog'ishi, oy vaqti va fazalari, atmosfera bosimi, ko'rinish masofasi, shabnam nuqtasi va shamol yo'nalishi haqidagi ma'lumotlar endi Ob-havo ilovasida mavjud.22

Xaritada mahalliy ob-havoni osonlik bilan bilib oling

 

Xaritada barmog'ingizni yuritib kerakli manzilni bosib, mahalliy ob-havo ma'lumotlarini bilib oling. Siz shahar nomini bilmasangiz ham xarita sizga kerakli hududdagi ob-havo sharoitini bilish imkoniyatini beradi.22

Takomillashtirilgan tasvirlar

 

Ob-havo haqida yanada batafsil ma'lumot taqdim etish uchun Ob-havo vidjeti va ilovasidagi tasvirlar takomillashtirildi. Fon ranglari ham kun qismiga qarab o'zgaradi.

Samsung Health

Yangi ko'rinishdagi Bosh ekran

 

Samsung Health Bosh ekrani to'liq yangilandi. Yanada ko'proq ma'lumot namoyish etiladi, sizga eng zarur ma'lumot esa qalin shrift va ranglar yordamida ko'rishni yengillashtiradi. Ekranning yuqori qismida sizning so'nggi mashg'ulotlaringiz natijalari, sizning uyquingiz borasidagi qo'shimcha ma'lumot hamda qadamlar, faollik, suv va ovqatlanish bo'yicha kundalik maqsadlaringiz namoyish etiladi.

Takomillashtirilgan mashg'ulotlar tajribasi [6.1]

 

Avvalgi yugurish vaqtingizni zabt etish uchun o'z natijalaringizdan o'zishni maqsad qiling. Shuningdek, siz mashg'ulotlarni yakunlagandan so'ng bajarish vaqtini qisqartirib, boshlanishi va so'ngidagi keraksiz vaqtni olib tashlashingiz mumkin.27

Kundalik faollik ko'rsatkichlari uchun yanada ko'proq imkoniyatlar [6.1]

 

Kundalik faollik ko'tsatkichlarini belgilash uchun sizda endi yanada ko'proq imkoniyatlar mavjud. Bosilgan qadamlar soni ko'rsatkichi sizga mos kelmasa, siz ko'tarilgan qavatlar yoki umumiy faollik vaqtini maqsad sifatida belgilashingiz mumkin.27

Takomillashtirilgan sikl nazorati [6.1]

 

O'z jismoniy belgilaringiz va kayfiyatingiz haqidagi ma'lumotlarni kiritganingizdan so'ng ekranning yuqori qismida siz avval ko'p foydalangan parametrlar aks ettiriladi. Endi odatiy parametrlar sizning kayfiyatingizga mos kelmasa siz o'zingizga mos kayfiyatni ham sozlashingiz mumkin. 27

Individual o'lchamdagi suv stakanlari

 

Endi siz Samsung Health Water tracker funksiyasida stakan o'lchamlarini odatda foydalanadigan stakan o'lchamlariga moslashingiz mumkin.

Taqvim

Taqvimni foydalanuvchiga moslashtirish uchun qo'shimcha stikerlar [6.1]

 

Endi siz o'z Taqvimingizdagi har bir sanaga 2 tagacha stiker biriktirishingiz mumkin. Hodisalar uchun stikerlar oy ko'rinishida hodisa yonida ifodalanadi.

Yangilangan Taqvim sozlamalari [6.1]

 

Taqvim yanada intuitiv darajada tushunarli bo'lishi uchun uning sozlamalari takomillashtirildi. Shuningdek, to'liq ekranli Taqvim bildirishnomalari uchun fon tasviri va rangini ham sozlashingiz mumkin.

Sizning kun tartibingiz bir qarashda ayon

 

Yangi kun tartibi ko'rinishi sizning barcha kelayotgan voqealaringiz, vazifa va eslatmalaringizni vaqti bo'yicha ketma-ketlikda ifoda etadi.

Taqvimdagi eslatmalar

 

Endi siz Eslatmalar ilovasini ochmasdan ham Taqvim ilovasida eslatmalarni qo'shishingiz hamda ko'rib chiqishingiz mumkin.

Voqealarni ikki qo'lda siljiting

 

Kunlik yoki Haftalik ko'rinishda o'zingiz istagan voqeani bir qo'l bilan bosing va ushlab turing, ikkinchi qo'lingiz bilan esa ko'chirishni istagan kuningizga o'ting.

Eslatma

Yangilangan eslatmalar ro'yxatini ko'rish imkoniyati

 

Ro'yxatning asosiy ko'rinishi yangilandi. Siz ekran yuqorisidagi toifalarni boshqarishingiz mumkin. Toifalar ostida sana bo'yicha tartibdagi eslatmalaringiz ko'rsatiladi. Bundan tashqari, tasvir va veb havolali eslatmalarning ko'rinishi ham yangilandi.

Eslatmalar ogohlantirishlarini sozlang [6.1]

 

Har bir eslatmangiz uchun mos fon tasviri yarating. Endi siz to'liq ekranli eslatmalar uchun fon tasvirlari yoki ranglarini ham sozlashingiz mumkin.

Eslatmalar toifasi bilan ko'proq amallar bajaring [6.1]

 

Endi siz har bir eslatmalar toifasi uchun mos yorliqni tanlashingiz mumkin. Shuningdek, ko'p foydalanadigan toifalaringizni ro'yxat boshiga biriktirib qo'yishingiz mumkin.

Yangi toifadagi eslatmalar

 

"Joy" toifasida siz ma'lum joyga kelganingizda sizni odohlantiruvchi eslatmalar mavjud, "Ogohlantirishsiz" toiasida esa hech qanday ogohlantirish berilmaydi.

Eslatmalar yaratish uchun qo'shimcha imkoniyatlar

 

Eslatmalar ilovasidagi kontentni ulashganingizda sizning eslatmangiz yaratilishidan oldin barcha tahrirlash imkoniyatlariga ega bo'lasiz. Shuningdek, eslatma yaratish vaqtida kamera yordamida surat ham olishingiz mumkin.

Butun kun uchun eslatmalar

 

Endi siz butun kun uchun eslatmalarni yaratishingiz hamda ular xaqidagi bildirishnomani qaysi vaqtda olishingizni sozlashingiz mumkin.

Samsung Internet

Parolli kalitlar yordamidagi tezkor va xavfsiz kirish [6.1]

 

Murakkab parollarni yodda saqlash o'rniga veb sahifalarda parolli kalitlar yordamida osonlik bilan kirishingiz mumkin. Biometrik autentifilatsiyani qo'llab-quvvatlaydigan veb sahifalarga kirish uchun parolli kalitlardan foydalaning.

Yorliqlar guruhini boshqa qurilmalarda sinxronizatsiya qiling [6.1]

 

Qaysi qurilmadan foydalanganligingizdan qat'iy nazar endi siz so'nggi foydalanishdagi to'xtagan joyingizdan davom ettirishingiz mumkin. Bir qurilmada yaratgan yorliqlar guruhi endi sizning Samsung hisob qaydnomangiz bilan ro'yxatdan o'tkazilgan boshqa Samsung Galaxy qurilmalaringizdagi Samsung Internet brauzerida ham paydo bo'ladi.

Video fon rejimida ijro etiladi

 

Internet ilovasi yoki amaldagi sahifadan chiqqaningizda ham video tovushi ijro etishda davom etadi.

Katta ekranlar uchun kengaytirilgan sahifa yorliqlari ro'yxati.

 

Samsung DeX yoki albom ko'rinishdagi planshetdagi kabi katta ekrandagi Internet ilovasidan foydalanganingizda ekranda ko'proq ma'lumot ko'ra olishingiz uchun sahifa yorliqlari ro'yxati ikkita ustunda ifoda etiladi.

Brauzer xatcho'plari va yorliqlarini ikki qo'lda ko'chiring

 

Ko'chirishni istagan xatcho'p yoki yorlig'ingiz ustiga bir qo'l bilan bosing va ushlab turing, ikkinchisi bilan esa ko'chirib o'tishni istagan xatcho'plar papkasi yoki yorliqlar guruhiga o'ting.

Samsung Cloud

Takomillashtirilgan ma'lumotlar himoyasi [6.1]

 

Ma'lumotlaringiz yo'qotilganda ham ulardan sizdan boshqa hech kim foydalana olmasligiga ishonchingiz komil bo'lishi mumkin. Buning uchun Samsun Cloud orqali sinxronizatsiya qilingan ma'lumotlar uchun to'g'ridan-to'g'ri shifrlashni yoqishingiz mumkin.

Aqlli tanlov

Mahkamlangan kontent o'lchamini o'zgartiring yoki matnni ajratib oling

 

Tasvirni ekranda mahkamlab qo'yganingizda ham uning o'lchamini o'zgartirishingiz yoki undagi matnni ajratib olishingiz mumkin.

Kattalashtirilgan ko'rinish

 

Ekranning bir qismini belgilaganingizda, siz tanlovni mukammal tarzda boshlashingiz va yakunlay olishingiz uchun kattalashtirilgan ko'rinish paydo bo'ladi.

Text call

Qo'ng'iroq paytida Text call o'ting

 

Siz istalgan vaqtda matnli qo‘ng‘iroqiga o‘tishingiz mumkin, hatto qo‘ng‘iroq allaqachon davom etayotgan bo‘lsa ham.6, 28

Rejim va protseduralar

Asosiy ekranda rejimlarni yoqish va o'chirish [6.1]

 

Rejimlarni yoqish yoki o'chirish uchun yanada kamroq vaqt sarflang. Yangi rejimlar vidjeti yordamida rejimlarni bevosita asosiy ekranga qo'shishingiz mumkin.

Rejimlar tartibini o'zgartiring [6.1]

 

Endi siz Rejimlar bo'limida rejimlar tartibini o'zgartirishingiz mumkin.

Sizning rejimingizga mos noyob qulflash ekrani

 

Mashina haydash, ishlash, mashg'ulotlar va boshqa ko'plab faoliyatlar uchun turli qulflash ekranlarini sozlang va mos fon tasvirlari va soat uslublarini tanlang. Uyqu rejimi uchun qorong'u fonlar yoki dam olish uchun sokin fonlarni tanlang. Ma'lum rejim uchun qulflash ekranini tahrirlaganingizda siz ushbu fon tasvirini rejim faol bo'lgan hamma vaqtda ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Protseduralar uchun yangi shartlar [6.1]

 

Endi siz ilovangizda multimedia fayllari ijro etilganda, siz tanlagan budilnik chalinganda yoki Smart View yoqilganda yoki o'chirilganda protseduralarni ishga tushirishingiz mumkin.

Yangi amallar

 

Endi sizning protseduralaringiz har doimgidan ko'proq amallarni bajarishi mumkin. Misol uchun Samsun klaviaturasi sozlamalarini o'zgartira oladi.

Aqlli takliflar

Yangi tashqi ko'rinish va yangi hissiyotlar

 

Smart suggestions vidjeti sizning asosiy oynangizdagi boshqa yorliqlar bilan yanada ko'proq uyg'unlik yaratishi uchun yangi ko'rinishda ishlab chiqildi.

Sozlash uchun ko'proq imkoniyatlar

 

Endi siz shaffoflikni sozlashingiz hamda oq va qora fon o'rtasida tanlashingiz mumkin. Shuningdek siz ilovalarni takliflar ro'yxatidan chiqarilishini ham sozlashingiz mumkin.

Topuvchi

Google yordamida qidirish bo'yicha tavsiyalar [6.1]

 

Finder yordamida ma'lumotlarni izlaganingizda endi siz Google yordamida qidirish borasidagi tavsiyalarga ham ega bo'lasiz.

Ilovalar uchun tezkor amallar

 

Ilova izlash natijalarida chiqqanida, siz ilova ustiga bosib va ushlab turish orqali ilova yordamida amalga oshirishingiz mumkin bo'lgan amallarni tezkor ishga tushirish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Misol uchun, Taqvim ilovasida izlashni amalga oshirsangiz tadbirlarni qo'shish yoki taqvimingizda izlash tugmalari paydo bo'ladi. Agarda siz ilova nomi emas, amal nomi bilan izlasangiz, ilova amallari ham izlash natijalarida mustaqil ravishda ko'rsatiladi.

Mening Fayllarim

Saqlash uchun joy bo'shating

 

Xotirangizda bo'sh joy yaratish bo'yicha tavsiya kartochkalari paydo bo'ladi. Mening fayllarim funksiyasi keraksiz fayllarni o'chirishni taklif qiladi, bulutli xotirani sozlash bo'yicha tavsiyalar beradi, hamda telefoningizdagi qaysi ilovalar ko'proq joydan foydalanayotganini ko'rsatadi.22, 29

Galereya va diktofonli oldindan o'rnatilgan chiqindi qutisi

 

"Mening fayllarim", "Galereya" va "Diktofon chiqindi qutisi" funksiyalari birlashtirildi. Siz "Mening fayllarim" funksiyasida siz chiqindi qutisini ochib o'chirib yuborgan fayllaringiz, foto va video tasvirlaringiz hamda ovozli fayllaringizni ko'rishingiz hamda ularni tiklash va to'liq o'chirib yuborish takliflarini ko'rasiz.

Ikkita qo'l bilan fayllarni ko'chirish

 

O'zingiz ko'chirishni istagan faylingiz ustiga bir qo'l bilan bosing va ushlab turing, ikkinchi qo'l bilan esa ko'chirib o'tishni istagan papkangizni tanlang.

Samsung Pass

Kalit yordamida yanada himoyalangan kirish

 

Qo'llab-quvvatlanadigan ilovalar va veb sahifalarga kirish uchun kalitlardan foydalaning. Parollardan farqli ravishda kalit faqat sizning telefoningizda saqlanadi hamda veb sahifa xavfsizligining buzilishi orqali yo'qotilishi mumkin emas. Kalitlar faqatgina ro'yxatdan o'tgan veb sahifa va ilovalarda ishlaganligi sababli ular sizni fishing zararlaridan ham saqlaydi.

Sozlamalar

Batareyani himoya qilish uchun qo'shimcha usullar [6.1]

 

Batareyangiz ishlash davomiyligini uzaytirishga yordam beruvchi 3 ta himoya turidan birini tanlang. Odatiy himoya zaryad darajasini 95% dan 100% oralig'ida saqlaydi. Adaptiv himoya uyqu vaqtida zaryadlashni to'xtatib, bevosita uyg'onish vaqtidan avval yakunlaydi. Maksimal himoyaga erishish uchun zaryadning maksimal darajasini 80% gacha cheklab qo'yishingiz mumkin.

Auracast yordamida ovoz translyatisiya qiling [6.1]

 

Telefoningizdagi tovushni translyatsiya qilish orqali uni boshqa foydalanuvchilarga ham eshittirishingiz mumkin. Bluetooth LE audioqurilmasiga ega har qanday shaxs sizning translyasiyalaringizni tinglashi mumkin.30

Yanada aqlli parvoz rejimi

 

Agarda siz parvoz rejimida Wi-Fi yoki Bluetoothni ishga tushirsangiz, sizning telefoningiz buni yodida saqlab qoladi. Keyingi safar parvoz rejimidan foydalaningizda Wi-Fi va Bluetooth ham ishlagan holatda qoladi.

Batareya sozlamalariga osonroq kirish

 

Batareya sozlamalari endilikda o'zining yuqori darajali sozlamalar menyusiga ega bo'lib, siz osonlik bilan batareya zaryadi darajasini tekshirishingiz va batareya sozlamalarini boshqarishingiz mumkin bo'ladi.

Xavfsizlik tahdidlarini bloklash

 

Ilovalaringiz va ma'lumotlaringiz uchun qo'shimcha himoya darajasiga ega bo'ling. Avto bloklash funksiyasi notanish ilovalarning o'rnatilishini oldini oladi, zararli dasturlar mavjudligini tekshiradi hamda USB kabel orqali telefoningizga zararli buyruqlar yuborilishini oldini oladi.

Maxsus Imkoniyatlar

Relumino konturi [6.1]

 

Maxsus imkoniyatlar sozlamalarida Relumino konturlarini faollashtiring hamda surat va videolardagai obyektlar konturlariga urg'u berish orqali ko'rish muammolari bor shaxslarga ularni farqlashni osonlashtirishingiz mumkin.

Ko'rish qobiliyatini yaxshilashni topish osonroq

 

Tezroq va qulayroq foydalanish uchun Nutq yordami va Ko‘rinishni yaxshilash menyulari bitta ko‘rishni yaxshilash menyusiga birlashtirildi.

Yangi kattalashtirish imkoniyatlari

 

Kattalashtirish oynasining ko'rinishini sozlang. Siz to'liq ekranli va qisman ekranli rejimlar yoki ularni almashtirishni ruxsat berish orasidan birini tanlashingiz mumkin.

Kursor qalinligini sozlang

 

Endi siz matn tahrirlash vaqtida paydo bo'ladigan kursorni yaxshiroq ko'ra olish uchun uning qalinligini sozlashingiz mumkin.

Maxsus imkoniyatlar haqid batafsil bilib oling

 

Maxsus imkoniyatlarning sozlamalarida Samsung maxsus imkoniyatlari veb sahifasiga havola qo'shilgan bo'lib, u yerda siz maxsus funksiyalar hamda bizning mahsulotlarimizni barcha uchun foydalanish qulayligini ta'minlash borasidagi harakatlarimiz haqida bilib olishingiz mumkin.

Raqamli farovonlik

Yangilangan ko'rinish

 

Digital Wellbeing asosiy ekrani qayta ishlangan bo'lib, unda sizga kerakli ma'lumotni izlash osonlashdi.

Haftalik xisobotlaringizda ko'proq ma'lumotlar

 

Sizning haftalik foydalanish xisobotingiz noodatiy foydalanish odatlari, eng ko'p foydalanish vaqti hamda ekrandagi vaqtni bo'linishi haqidagi ma'lumotlarni ham bilish imkoniyatini beradi.

Telefon

Video qo'ng'iroq effektlari va mikrofon rejimiga osonroq kirish imkoniyati [6.1]

 

Endi qo'ng'iroq vaqtida suhbatdoshlaringiz sizni qanday ko'rishi va eshitishini nazorat qila olishingiz uchun video qo'ng'iroq effektlari va mikrofon rejimi ovozli va video qo'ng'iroqlar vaqtida tezkor panelda namoyish etiladi. Bunda siz fon rangini va tasvirini o'rnatishingiz yoki barcha fondagi shovqinlarni yo'qotib, o'z ovozingizga urg'u berishingiz mumkin.

Soat

Budilnik qo'ng'irog'ini sozlang [6.1]

 

Har bir budilnik qo'ng'irog'i uchun shaxsiy ogohlantirish ekranlarini yaratish uchun tasvir, video va AR emodzilardan foydalaning. Shuningdek, siz budilnik haqidagi ma'lumotning ekrandagi joylashuvini ham o'zgartirishingiz mumkin.

One UI avvalgi versiyasi haqida batafsil

 

Smartfonlar

Galaxy S24 | S24+ | S24 Ultra
Back and front view of a Galaxy S24 Ultra smartphone. Back and front view of a Galaxy S24 Ultra smartphone.
 

Ilovalar va
Xizmatlar

Galaxy smartphone is displaying different Apps & Services icons. On both sides of the smartphone, individuals can be seen using Galaxy devices and in poses associated with Galaxy Apps & Services. Galaxy smartphone is displaying different Apps & Services icons. On both sides of the smartphone, individuals can be seen using Galaxy devices and in poses associated with Galaxy Apps & Services.
  • Yuqoridagi elementlarning ta'rifi avvalgi versiyalarga nisbatan amaldagi versiyaga kiritilgan yangiliklarga asoslanadi.
  • Funksiyalar o'zgartirilishi mumkin.
  • Mavjud funksiyalar va/yoki kontent qurilma modeli, mamlakat/mintaqa va sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin.
  • Ayrim funksiyalar uchun Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etilishi mumkin.
  • Ayrim funksiyalar uchun internetga ulanish talab etilishi mumkin.
  • Galaxy AI funksiyalari mos Samsung Galaxy qurilmalarida 2025 yil so'ngiga qadar bepul taqdim etiladi. Uchinchi shaxs tomonidan taqdim etilayotgan sun'iy intellekt funksiyalari uchun o'zgacha shartlar amal qilishi mumkin.
  1. Galaxy S21 qator mavjud, Z Flip3, Z Fold3, S22 qator, Z Flip4, Z Fold4, Tab S8 qator, S23 qator, S23 FE, Z Flip5, Z Fold5, Tab S9 qator va S24 qator 2q sifatida 2024.
  2. Natijalar vizual tasodiflar tufayli farq qilishi mumkin. 
  3. Mahsulotning funksional imkoniyatlari qurilma va ilovangizning sozlamalariga bog'liq bo'lishi mumkin.
  4. Ayrim funksiyalar ma'lum ilovalar uchun mos kelmasligi mumkin.
  5. Galaxy S22 qator mavjud, Z Flip4, Z Fold4, Tab S8 qator, S23 qator, S23 FE, Z Flip5, Z Fold5, Tab S9 qator va S24 qator 2q sifatida 2024.
  6. Xizmatning mavjudligi tilga qarab faqr qilishi mumkin. Ayrim tillar uchun til to'plamini yuklab olish talab etilishi mumkin. 2024-yil 1-chorak holatiga 13 ta tilda mavjud. 
  7. Jonli tarjima funksiyasi faqatgina Samsung Phone ilovasida mavjud. 
  8. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
  9. Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. 
  10. Belgilar soni bo'yicha cheklovlar mavjud. 
  11. Mazkur funksiya faqatgina oldindan o'rnatilgan Samsung Voice Recorder ilovasida yoki Samsung Phone oldindan o'rnatilgan ilovasi yordamida yozib olingan fayllar uchun mavjud. 
  12. Ovozli fayllarni qayta ishlash uchun ularning davomiyligi 3 soatdan oshmasligi kerak. 
  13. Transkripsiya yordami funksiyasini faollashtirish uchun uzunlik talablariga rioya qilish kerak. 
  14. Funksiyani faollashtirish uchun uzunlik talablariga rioya qilish kerak. 
  15. Generativ tahrir funksiyasi yordamida tahrirlash tasvir o'lchamining 12 MP ga o'zgarishiga olib keladi. Tasvir saqlanganda, uning sun'iy intellekt yordamida yaratilganligini ko'rsatish uchun unga suvli belgi tushiriladi.
  16. "Cmd tugmasi" Windows tugmasi, Command tugmasi yoki izlash tugmasi bo'lishi mumkin. 
  17. Ayrim Samsung Galaxy planshetlari va Z Fold Series uchun mavjud. 
  18. Galaxy S24 Series, S23 Series va Z Fold5 uchun mavjud. 
  19. Ayrim turdagi videolar uchun taalluqli emas
  20. Ulashilgan kontentdan loyihani import qilish va tahrirlashni davom ettirish Studio qo'llab-quvvatlaydigan va One UI 6.1 yangilanishiga ega qurilmalarda mavjud. Mazkur funksiya faqat oldindan o'rnatilgan Studio ilovasida mavjud bo'lib, ilovalar do'konidan yuklab olish uchun mavjud emas. 
  21. One UI 2.1 va undan yangi, Android OS 10 (Q OS) yoki undan yangi versiyali qurilmalarda mavjud. Qo'llab-quvvatlanadigan shaxsiy kompyuterlarga Galaxy Book, jumladan Qualcomm asosidagi, 2020 yildan buyon ishlab chiqarilgan shaxsiy kompyuterlar hamda  Intel Bluetooth/Wi-Fi drayverlariga ega (OT: Windows 10 2004 va undan yangi versiya, Bluetooth drayveri: Intel 22.50.02 va undan yangi versiya, Wi-Fi drayveri: Intel 22.5-.07 va undan yangi versiya) boshqa ishlab chiqaruvchilarning Windows kompyuterlari taalluqli. Quick Share uchun Bluetooth yoki Wi-Fi orqali ulanish talab etiladi. Quick Share bir vaqtning o'zida ulanishi mumkin bo'lgan qurilmalar soni ulashayotgan qurilmaning Wi-Fi chipiga bog'liq tarzda farq qilishi mumkin. Haqiqiy tezlik qurilma, tarmoq holati va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin. "
  22. Xitoyda qo'llab-quvvatlanmaydi. 
  23. Galaxy S24 Series va undan yangi modellarda mavjud. 
  24. One UI 2 yoki undan yangi versiya hamda Android OS10 (Q OS) yoki undan yangi versiya o'rnatilgan qurilmalarda Galaxy Store do'konida yuklab olish uchun mavjud. 
  25. Galaxy Tab S8, S9, A9+ va x.k. kabi ayrim Galaxy Tab modellarida mavjud. 
  26. 22H2 Build 22621 va undan yangi versiyadagi Windows 11, v1.22082.111.0 yoki undan yangi versiyadagi Phone Link dasturi hamda telefonda v1.22082.142.0 yoki undan yangi versiyadagi Windows bilan ulanish ilovasi (Samsung qurilmalarida oldindan o'rnatilgan) talab qilinadi.
  27. Umumiy salomatlik maqsadlari uchun mo'ljallangan. 
  28. Rossiyada qo'llab-quvvatlanmaydi.
  29. Mazkur funksiya qurilmaning ichki xotirasi va SD karta uchun qo'llab-quvvatlanadi. 
  30. Galaxy S23 Series, S23 Series, Z Fold5, Z Flip5 va Tab S9 uchun mavjud.