All Around Cooling texnologiyali pastki muzlatgichli sovutgich, RB29FERN, Sargʻish, 290 L
RB29FERNDEL/UZ
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Xususiyatlari
Easy Slide suriluvchi tokcha
G‘ildirakli Easy Slide tokchasini ko‘chirish va surish mumkin, shunda siz bo‘sh joyingizni samarali tashkil qilishingiz va orqa devorda qaysi oziq-ovqat mahsulotlari saqlanishini qiyinchiliklarsiz ko‘rishingiz mumkin.
Ko‘proq tartib. Ko‘proq qulaylik.
Bo‘sh joydan maksimal darajada samarali foydalanish tufayli tartib va qulaylik yangi bosqichga ko‘tariladi.
Raqamli invertor kompressori va 10 yillik xizmat kafolati
Faqatgina yoqish va o‘chirish mumkin bo‘lgan oddiy kompressorlardan farqli o‘laroq, Samsung raqamli invertorli kompressor namlik darajasi va foydalanish intensivligiga qarab besh xil turli jarayonlarni bajarish imkoniga ega. Shuning hisobiga, bir xil harorat saqlanadi, kompressorning eskirish darajasi pasayadi, kompressorning chidamliligi oshadi va uning ishlashida shovqin minimallashadi.
Easy Slide suriluvchi tokcha
Sovutgichdan biror narsani olishga urinish, ko‘pincha oziq-ovqatning to‘siq yo‘lini yengishga o‘xshaydi. Ushbu muammo Easy Slide tokchasi yordamida hal qilindi: g‘ildirakli tokchani ko‘chirish va surish mumkin, shunda siz bo‘sh joyingizni samarali tashkil qilishingiz va orqa devorda aynan qaysi oziq-ovqat mahsulotlari saqlanishini qiyinchiliklarsiz darhol ko‘rishingiz mumkin.
Raqamli invertor kompressori va 10 yillik xizmat kafolati
Faqatgina yoqish va o‘chirish mumkin bo‘lgan oddiy kompressorlardan farqli o‘laroq, Samsung raqamli invertor kompressorida sovutish zaruratiga qarab foydalanish mumkin bo‘lgan yettita tezlik mavjud. Shu tufayli kompressor ishonchli ishlaydi, uning eskirish darajasi qisqarib, chidamliligi oshadi va ishlash jarayonidagi shovqin darajasi minimallashadi. Bundan tashqari, qisqargan elektr energiya to‘lovlari va 10 yillik xizmat kafolati sizga yanada xotirjamlik baxsh etadi.
Full Open Box qutisi
Full Open Box qutisi odatdagi muzlatgich kamerasi qutilariga qaraganda ko‘proq surilib, katta hajmdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yuklash va olishni yengillashtiradi. Bo‘sh joydan samarali foydalanish uchun tortma to‘liq ochiladi va uning tuzilishi eshik hatto 90 daraja ochilgan bo‘lsa ham uni ochishga imkon beradi.
Big Guard katta tokchasi
Big Guard tokchasi oddiy sovutgichlar tokchalariga qaraganda chuqurroq, ular sovutilgan ichimliklarni sevuvchilar uchun ayni muddaodir. Endilikda siz sharbat va sutning katta qadoqlarini eshikda saqlashingiz, shuningdek, ikki qatorda banka va butilkalarni joylashtirishingiz mumkin. Big Guard tokchasi shuningdek, uzun shisha ichimliklarni sovutish uchun juda qulay.
Tepada o‘rnatilgan svetodiodli yoritish chirog‘i
Quvvat tejovchi svetodiodli chiroq mahsulotlar yaxshi ko‘rinishi uchun muzlatgich ichini to‘liq yoritadi. Siz qidirayotgan narsangizni tezroq topishingiz mumkin. Buning uchun eshikni uzoq vaqt ochiq holda saqlash shart emas. Shu tariqa siz vaqt va elektr energiyasini tejaysiz.
Muz qatqalog‘i umuman hosil bo‘lmaydi
Samsung No Frost texnologiyasi muzlatgichning har bir burchagida doimiy haroratni saqlaydi. Tez ayniydigan mahsulotlarni toza va ozuqaviy moddalarini yo‘qotmagan holda saqlab, qirov va muz qatqalog‘i paydo bo‘lishining oldini oladi. Ushbu texnologiya endilikda yanada samaraliroq bo‘lib, sovutish tizimidagi yuklanishni kamaytiradi, uning chidamliligini oshiradi va muzdan tushirish uchun energiya sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Texnik xususiyatlari
-
Jami hajm
311 ℓ
-
Umumiy eni
595 mm
-
Korpusning oshiq-moshiq bilan boʻyi
1780 mm
-
Sof ogʻirligi
65 kg
-
Sovitish turi
All Around Cooling
-
Energiya samaradorligi turi
A+
-
Jami hajm
311 ℓ
-
Muzlatgich kamerasining umumiy hajmi (l)
118 ℓ
-
Sovitish kamerasining umumiy hajmi
193 ℓ
-
Foydali hajm
290 ℓ
-
Muzlatgich kamerasining foydali hajmi (l)
98 ℓ
-
Sovitish kamerasining foydali hajmi
192 ℓ
-
Umumiy eni
595 mm
-
Korpusning oshiq-moshiq bilan boʻyi
1780 mm
-
Korpusning oshiq-moshiqni hisobga olmaganda bo'yi
1780 mm
-
Korpusning eshik dastasini hisobga olmaganda chuqurligi
675 mm
-
Qadoqning eni
654 mm
-
Qadoqning bo'yi
1877 mm
-
Qadoqning chuqurligi
702 mm
-
Sof ogʻirligi
65 kg
-
Qadoq bilan birga og'irligi
71 kg
-
Muz qatlami hosil bo'lishidan himoya
Ha
-
Ko'p oqimli havo aylanishi
Ha
-
Sovitish turi
All Around Cooling
-
CoolSelect Zone™ texnologiyasi
Yo'q
-
Tokchalar soni (hammasi)
4 (Easy Slide quti: 1 dona kiritilgan)
-
Sut mahsulotlari bo'limi
Ha
-
Vino uchun tokcha
Ha
-
Eshikda o'rnatilgan tokchalar soni
4 dona
-
Tuxum uchun konteyner (tuxum uchun quti)
Ha
-
Grab'N Go ("olib chiqib ketish uchun") konteyner
Yo'q
-
Interior Light
Yuqori LED
-
Tokchalar materiali
Qattiqlashtirilgan shisha
-
Sabzavot va mevalar uchun qutilar soni
1 dona
-
Qutilar soni (sabzavot va mevalar uchun)
3 dona
-
Power Freeze funktsiyasi (Kuchli muzlatish)
Ha
-
Muz bo'laklari tayyorlash qurilmasi
Ice Tray
-
Orqaga ochiladigan eshikcha
Ha
-
Eshik ochiqligida tovush signali
Ha
-
Sovitish moddasi (suyuqligi)
R-600a
-
Tsiklopentan izolyatsiya materiali
Ha
-
Kompressor
Raqamli Inverter Kompressor
-
Displey va boshqaruv (sovitish va muzlatish kameralari)
LED
-
Eshik dastasi
Recess
-
Rang
Sarg'ish
-
Energiya samaradorligi turi
A+
-
Shovqin darajasi
37 dBA
-
Iqlim turi
SN,N,ST
Tez-tez beriladigan savollar
- Samsung muzlatgichi sovutmayapti
- Agar Samsung muzlatgichingiz haroratni o'z-o'zidan o'zgartirsa nima qilish kerak
- Samsung muzlatgichida muz muzlab qolsa nima qilish kerak
- Samsung muzlatgichidagi muzlatgich kamerasi sovib ketmasa nima qilish kerak
- Samsung muzlatgichingiz ostidan suv sizib chiqsa nima qilish kerak
Yaqin o‘tmishda ko‘rilganlar