SpaceMax™ va Metal Cooling texnologiyalari bilan ishlaydigan Samsung RS5000RC sovutgichi

RS64R5331B4/WT

The item is in the cart.

SpaceMax™ texnologiyasi

SpaceMax™ texnologiyasi

Metal Cooling™

Metal Cooling™

Hamma joyni bir maromda sovitish

Hamma joyni bir maromda sovitish

Raqamli invertor

Raqamli invertor

SpaceMax™ texnologiyasi

617 litrli* keng kameraga yanada ko'proq oziq-ovqat mahsulotlari sig'adi. Noyob SpaceMax™ texnologiyasi o'lchami kichik va yuqori samarali izolyatsiyadan foydalanish hisobiga devorlar qalinligini qisqartirish imkonini beradi. Bu usul bilan sovutgichning tashqi o'lchamlarini va elektr quvvatini tejash samaradorligini saqlab qolgan holda mahsulot saqlash uchun qo'shimcha bo'sh joy ochiladi.

SpaceMax™ texnologiyasi

* Hajm muayyan modelga bog'liq bo'ladi.

Hamma joyni bir maromda sovitish

Sovutgichning istalgan burchagida barcha oziq-ovqat mahsulotlari tegishli tarzda sovutiladi. All-around Coling bir maromda sovitish tizimi haroratni tinimsiz nazorat qilib turadi va sovuq havo oqimining kirib kelishini ta`minlaydi. Har bir oziq-ovqat mahsuloti uzoq muddat yangiligi, barraligini yo'qotmasligi uchun sovuqlik bir burchakdan boshqasiga tomon bir xil, bir maromda tarqaladi.

Hamma joyni bir maromda sovitish

Raqamli invertor

Samsung kompaniyasining raqamli invertori ko'proq muddat xizmat qiladi va elektr sarfini qariyb 50% ga qisqartiradi. An`anaviy kompressorlardan farqli o'laroq, sovitishga bo'lgan ehtiyojga bog'liq ravishda kompressor elektr motorning tezligini avtomatik tarzda boshqarib turadi va bu bilan motor qismlarining yemirilishi sur`atini pasaytiradi. Kompressorga 21 yillik xizmat qilish muddati* sertifikati va 10 yillik xizmat muddati uchun kafolat berilgan**.

* Ushbu mahsulotga Germaniyaning Elektrik, elektron va informatsion texnologiyalar Assotsiatsiyasining (Verband Deutscher Elektrotechniker – VDE) 21 yilga ishlash uchun sertifikati berilgan**. 10 yillik kafolat faqat kompressorning o'ziga tegishli.

Raqamli invertor

* Ushbu mahsulotga Germaniyaning Elektrik, elektron va informatsion texnologiyalar Assotsiatsiyasining (Verband Deutscher Elektrotechniker – VDE) 21 yilga ishlash uchun sertifikati berilgan**. 10 yillik kafolat faqat kompressorning o'ziga tegishli.

Metal Cooling plastinasi

Eshik tez-tez ochib-yopib turilsa ham oziq-ovqat mahsulotlari uzoq vaqt a`lo sifatini asrab qoladi. Sovutgich orqa devoridagi Metal Cooling metal plastinasi ish kameralarida optimal haroratini saqlab turishga yordam beradi. Bu plastina sovuqlikni ushlab turadi, eshik ochilganda sovutilgan havoning chiqib ketishining oldini oladi va eshik yopilganda kerakli haroratni tez muddatda tiklaydi.

Metal Cooling plastinasi

Xushbichim dizayn va suyri korpus

Interyeringiz uchun o'ziga xos uslub va zamonaviy qo'shimcha. Counter-depth modelining dizayni yo'g'onlik o'lchami boshqa maishiy texnikalar va oshxona jihozlariga mos keladi va oshxona interyerining uyg'unligini saqlab qoladi. Eshik devori ichiga kiritilib o'rnatilgan dastalar o'ziga xos uslub ko'rinishiga chiroy qo'shib turadi.

Xushbichim dizayn va suyri korpus

Power Cool / Power Freeze funktsiyasi

Tez sovitish imkoniyatlaridan foydalaning. Power Cool (Kuchli sovitish) tugmasi bosilgach, oziq-ovqat mahsulotlaringizni tez muddatda sovitish uchun ushbu funktsiya sovutgich kamerasiga shiddatli sovuq havo oqimini yo'llaydi. Power Freeze (Kuchli muzlatish) funktsiyasi muzlatish kamerasiga sovuq havo oqimi kelishini ta`minlaydi. Ushbu funktsiya oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish yoki muz tayyorlash uchun a`lo darajada mos keladi.

Power Cool / Power Freeze funktsiyasi

Avtonom ishlaydigan suv taqsimlagich

Sovutgichni suv ta'minoti quvurlariga ulamasdan va tozaligiga hech qachon to'la ishonch bo'lmaydigan quvurlarni ishlatmasdan sovutgichni qayerda xohlasangiz, o'sha yerda o'rnating. Suv va muz uchun o'rnatilgan katta idish mavjudligi tufayli suv ta'minoti quvurlariga ulanish talab etilmaydi va bu sovutgichni eng qulay bo'lgan joyga o'rnatish imkonini beradi. Bundan tashqari, narxi qimmat bo'lgan suv filtrini ham sotib olishga hojat bo'lmaydi.

* Faqat suv taqsimlash qutisi mavjud 2 eshikli modelda mavjud.

Avtonom ishlaydigan suv taqsimlagich

* Faqat suv taqsimlash qutisi mavjud 2 eshikli modelda mavjud.

Avtomatik muz ishlab chiqargich

Ushbu qurilmaning kichik o'lchamariga qaramay, sizda har doim yetarli miqdorda muz zahirasi bo'ladi. Auto Ice Maker* muz ishlab chiqaruvchi qurilma muz kubchalari ishlab chiqaradi va ularni saqlaydi. Uning o'lchamlari an`anaviy modellardan ikki barobar kichik va shu tufayli oziq-ovqat mahsulotlarini qo'yish uchun yana ko'proq joy ochilgan. Shunga qaramay, sizda avvalgi modellar ishlab chiqaradigan muz miqdori ishlab chiqariladi.

* Suv taqsimlagich o'rnatilgan modellarda mavjud.

Avtomatik muz ishlab chiqargich

* Suv taqsimlagich o'rnatilgan modellarda mavjud.

Havoni yangilash filtri

Sovitish kamerasidagi hidlarni yo'qotadi va oziq-ovqat mahsulotlarining tabiiy ta`mi va xushbo'y hidini uzoq muddatda saqlab turadi. Oldindan sovutgich tarkibiga o'rnatilgan tabiiy toladan qilingan havoni yangilash filtri havoni faollashtirilgan ko'mirdan yasalgan filtrlardan tinimsiz o'tkazib sovutgich ichidagi hidlarni yo'q qilib turadi. Yoqimsiz hidlar bilan kurashish uchun ortiqcha yechimlarga hojat yo'q.

Havoni yangilash filtri

Vege Box - sabzavotlar uchun mo'ljallangan bo'linma

Keng Vege Box bo'linmasida ko'p miqdordagi yangi uzilgan sabzavot va mevalarni saqlash qulay. Bu bo'linma oshxona ichida qimmatli joyni egallamasdan sizga kerak bo'lgan har qanday sabzavot yoki mevani tez orada topish imkonini beradi. Salomatligingiz uchun foydali sabzavotlar va mevalarni sovutgichda topish va olishning osonligi tufayli siz ularni o'z ovqatlaringiz tarkibiga yanada ko'proq qo'shishni istab qolasiz.

Vege Box - sabzavotlar uchun mo'ljallangan bo'linma
  • 660 ℓ Общий объём
  • 617 ℓ Полезный объем
  • 912 мм Общая ширина
  • 1780 мм Высота корпуса с учетом петель
  • Система Mono Cooling Тип охлаждения
  • 4 ед. Количество полок (всех)

O'xshash mahsulotlar

O'xshash mahsulotlar

* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.