Samsung Flip WM55R

LH55WMRWBGCXCI

Diagonal tanlang

  • A user draws on the WM55R by hand and using a pen. Icons for InGlass, Multi-writing up to 4 and more are shown.
    Qalam & Choʻtka rejimi
  • A close-up view of the rear port of the WM55R. On the left are the HDMI, USB, Screen mirroring and WIN10 icons.
    Versatile connectivity
  • Content is displayed on the screens of the WM55R and a laptop. Content moves simultaneously on the WM55R and on the laptop.
    Touch out

Chizing, yozing va yangi gʻoyalarni taqdim eting

Elektron qalamdan foydalanish rejimidagi qaydlar

Samsung Flip isteʼmolchilarga qaydlar yozish va chizishda elektron qalamdan foydalanishni taklif qilmoqda, elektron qalamda rang, uslub va xuddi qogʻozga odatiy ruchka yoki flomaster yordamida yozilganidek qalinlikni tanlash imkoni mavjud. Bitta flip-chartda bir vaqtning oʻzida yozish vositasi sifatida istalgan predmetdan foydalanib, 4 tagacha odam yozishi mumkin. Shu bilan birga, foydalanuvchilar yozuv yoki rasmlarni barmoqlari yordamida yoki shunchaki matnni kafti bilan sidirib oson va tez oʻchirib tashlashi mumkin.

Ijodiy asarning yaralishi

“Choʻtka” rejimidagi qaydlar

“Choʻtka” rejimida Samsung flip-charti chiziq qalinligini tanlashning keng diapazonini taniydi, shuning uchun foydalanuvchilar choʻtka moʻylari bilan boʻyashi mumkin. “Akvarel” va “Moyli” chizish rejimlari turli xil uslub va toʻqima uzorlarni tanlash imkonini beradi, shu bilan birga, flip-chart foydalanuvchi ixtiyoriga boy ranglar palitrasi va hatto boʻyoqlar aralashmasi imkoniyatini taqdim etadi.

Istalgan fonda yozing

Izohlar kiritilgan

Samsung Flip flip-charti foydalanuvchilarga istalgan fonda yozish imkonini beradi. Shunchaki qayd qatlami tugmasini bosish orqali foydalanuvchilar birlamchi qatlam tarkibiga zarar bermagan holda, istalgan fonda qayd yozuvlari yaratishi mumkin.

Rasmlarni moslashuvchan tahrirlash

Rasmlar bilan ishlash va vositalarni tanlash

Foydalanishning koʻpfunksiyaliligi. Samsung Flip yordamida foydalanuvchilar istalgan tasvirni tez va oson tanlashi, jildirishi, qirqib olishi, ajratib olishi va tahrirlashi mumkin. Tugmani bosish bilan har bir tasvir ishchi varaq bilan birlashishi mumkin, shundan keyin bu tasvirlarni tahrirlash yoki oʻchirib tashlash mumkin.

Biznes uchun foydalanishda tengi yoʻq mahsulot

Turli shakllarga ega

Samsung Flip oldindan oʻrnatilgan universal shablonlari mavjudligi hisobiga turli ilovalar bilan birgalikda ishlay oladi. Flip-chartdan taqvim, kunlik ishlar jadvali, qaydlar uchun bloknot yoki ishlar roʻyxati yozilgan planshet sifatida foydalanishingiz mumkin. Samsung Flip ekrandan turli maqsadlarda foydalanish imkoniyatini taqdim etish orqali istalgan biznes-loyihaga juda mos keladi.

Kontent boʻylab sodda navigatsiya va uning himoyasi

Skrolling va bloklash

Samsung Flip 20 tagacha ishchi varaqlarga ega boʻlib, zarur boʻlganida ularni varaqlashingiz mumkin. Bundan tashqari, flip-chart majlislar haqidagi maxfiy axborotlarni himoyalash tizimiga ega, shunday ekan, axborotlaringiz begona qoʻllarga tushib qolmaydi. Ishonchli qulflash tizimi foydalanuvchilarga kontentni begonalardan saqlash imkonini beradi.

Ulanishning keng imkoniyatlari

Ulanishning universal tizimi

Flip-chartni turli qurilmalarga va axborot manbalariga ulash uchun foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar taqdim etiladi. USB, HDMI portlari, NFC funksiyasi va ekran tasvirini nusxalash imkoniyatining mavjudligi majlis qatnashchilari bilan aloqa qilish va yozuvlar hamda qaydlar almashishning interfaol rejimini yengillashtiradi. Bundan tashqari, qurilmaning kommunikatsion imkoniyatlarini kengaytirish uchun alohida koʻp portga ega adapter sotib olish mumkin.

Ulanishning keng imkoniyatlari

Ulanishning universal tizimi

Flip-chartni turli qurilmalarga va axborot manbalariga ulash uchun foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar taqdim etiladi. USB, HDMI portlari, NFC funksiyasi va ekran tasvirini nusxalash imkoniyatining mavjudligi majlis qatnashchilari bilan aloqa qilish va yozuvlar hamda qaydlar almashishning interfaol rejimini yengillashtiradi. Bundan tashqari, qurilmaning kommunikatsion imkoniyatlarini kengaytirish uchun alohida koʻp portga ega adapter sotib olish mumkin.

  • * Koʻp portga ega adapter alohida sotiladi.

Ekranni nusxalash

Touch out funksiyasi

Sensorli boshqaruv foydalanuvchilarga mobil qurilmalaridagi kontentni flip-chart ekrani bilan sinxronlash va shu vaqtning oʻzida ularni boshqarish imkonini beradi. Flip-chart ekranidagi har qanday oʻzgarish ulangan qurilma ekranida koʻzgudek aks etadi va aksincha, bu majlis qatnashchilari bilan boʻladigan harakatlarda muhim.

*Touch Out Control funksiyasi yordamida boshqarish USB kabel yoki Android mobil qurilmasiga (2016 yil yoki keyinroq ishlab chiqarilgan) va Windows 10 tizimidagi kompyuterga UIBC-ulanish orqali amalga oshiriladi.

Katta auditoriya uchun ekranni nusxalash

Ekrandagi tasvirlarni almashish

Foydalanuvchilar Samsung Flip kontentini boshqa - katta ekranga real vaqtda Wi-Fi tarmoq orqali yoki HDMI portga ulanish yordamida uzatishlari mumkin. Flip-chart ekranini boshqa istalgan shaxsiy qurilmada aks ettirish mumkin. Bu funksiya – koʻp qatnashchilar bilan oʻtadigan majlislar uchun ajoyib yechimdir.

Majlis natijalarining oddiy joʻnatmasi

Natijalarni ulashishning oson usuli

Har qanday majlisdan keyin foydalanuvchilar qoʻlyozma materiallarni tarqatish bilan bogʻliq anʼanaviy muammolarni hal etgan holda, uning yakuniy natijalarini barcha qatnashchilarga va hamkasblarga yuborishi mumkin Flip-chart xotirasiga saqlangan muhim muhokamalar yozuvlari va kontent mobil yoki raqamli aloqa kanallari orqali osongina tarqatilishi mumkin.

Sifatli tasvir va yuqori funksionallik

UHD ekran va Tizen OT

Samsung Flip ekranida butun kontent UHD aniqlikda namoyish etiladi va xonadagi yorugʻlik sharoitidan qatʼiy nazar ajoyib koʻrinadi. Bularning barchasi ish jarayonida qulay muhit yaratadi. Tizen 5.0 operatsion tizimidan foydalanish ish yuritishda qulay sharoitni taʼminlaydi, oʻrnatilgan sensorlar esa, yengil tegishda ekranni avtomatik tarzda faol holatga keltiradi.

Qulay optimallashtirilgan boshqaruv

Funksionallikning yaxshilangan koʻrsatkichlari va qulaylik

Samsung Flip flip-charti qoʻshimcha imkoniyatlar bilan jihozlangan, jumladan, himoyalangan simsiz ulanish, operatsion tizimning avtomatik yangilanishi, LDAP (Lightweight Directory Access Protocol — kataloglarga kirishning oson kengayuvchan protokoli) protokoli boʻyicha sinxronlash, maʼlumotlarni himoya qilish va masofadan boshqaruv, bularning barchasi majlislardagi ish samaradorligi va qulayligini taʼminlaydi.

* Samsung’s Remote Management solution alohida sotiladi.

Texnik xususiyatlari

  • Ekran qobiliyati 3,840 x 2,160
  • Javob vaqti 8 ms
  • Displey 55"
  • Panel turi New Edge, 60 Hz

Qo'llab-quvvatlash

Mahsulot haqida savolingizga javob toping

Mahsulotni qo‘llab-quvvatlash Ko'proq kontent
Foydalanuvchi uchun qo'llanma va yuklab olish uchun materiallar
  • Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
    INGLIZ, ALBANIYA, BOLGARIYADA, XORVATIYA, CHEX, Daniya, GOLLAND, ESTONIYA, FINLYANDIYA, FRANTSUZ, Nemis, Yunoncha, VENGRIYA, ITALYANCHA, QOZOQ, LATVIYA, LITVA, Makedon, MO'G'ULISTON, NORVEGIYA, POLYAK, PORTUGALIYA, RUMINIYA, Rus, SERBIYA, SLOVAKIYA, SLOVENIYA, ISPANCHA, SHVETSIYA, UKRAIN, O'ZBEKISTON
  • Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
    QOZOQ
  • Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
    Rus
  • Quick Setup Guide
    INGLIZ, QOZOQ, Rus, UKRAIN
Ko'proq kontent

YAQIN O‘TMISHDA KO‘RILGANLAR