Galaxy A12
-
6.5" Cheksiz ekran
-
Toʻrtta kamera
-
Butun kun davomida ishlash uchun qudratli batareya
Katta va yorqin ekran: hammasini va hatto ko‘proq narsani ko‘ring
Kontentga butunlay gʻarq boʻlish uchun V-shaklda kamera tirqichi bor katta 6,5 duymli HD+ ekran. HD+ texnologiyasi tufayli Galaxy A12 ekranida yorqin va toʻyingan tasvir.
*Tasvirlar modellashtirilgan va matnlar uchun ko‘rgazmaviy vosita sifatidagina xizmat qiladi.
**Diagonal bo‘yicha o‘lchanganda, ekran o‘lchami to‘liq to‘rtburchakda 6,5 duym va yumaloq burchaklari bilan hisoblaganda 6,4 duymni tashkil etadi. Yumaloqlangan burchaklar va kamera teshigi sababli haqiqiy mavjud ko‘rish maydoni kichikroq.
Jozibali va ergonomik dizayn
Suzuvchi chiziqlar va ergonomik dizayn qulay boshqarish va smartfonni bir qoʻlda oson tutish imkonini beradi. Galaxy A12 uch mumtoz rangda taqdim etilgan: qora, qizil va koʻk.
*Telefon rangi tanlovi mamlakat yoki uyali aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin.
Toʻrtta kamera – har doim ideal suratlar
Yodda qolarli damlarni Galaxy A12 qurilmasining 48-megapikselli asosiy kamerasida suratga oling. Ultra keng burchakli kamera qamrab oluvchi panorama suratlar oladi, chuqurlik sensoriga ega kamera asosiy obyektga fokus oladi, makrotasvir kamerasi esa, eng mayda detal va obyektlarni hisobga oladi.
Ajabtovur kadrlar uchun ultra keng burchakli kamera
Ultra keng burchakli kamera keng ko‘rish burchagi tufayli dunyoni to‘liq ranglarda tasvirga olish imkonini beradi.
**Foto va videosuratga olishning ultra keng burchakli rejimiga faqat asosiy kamera orqali erishish mumkin.
**Foto va videosuratga olishning ultra keng burchakli rejimiga faqat asosiy kamera orqali erishish mumkin.
Makro-kamera eng mayda detallarni tasvirga olish uchun
Keng tafsilotlar bilan yirik planlar uchun moʻljallangan makrotasvir kamerasi oddiy koʻz bilan koʻrish qiyin boʻlgan narsalarni suratga olish uchun. Bundan tashqari, portret suratlariga yanada tabiiy Boke effektini qoʻshish mumkin
*Tasvirlar modellashtirilgan va matnlar uchun ko‘rgazmaviy vosita sifatidagina xizmat qiladi.
**Makro-kamera funksiyasi faqat asosiy kamera tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
*Tasvirlar modellashtirilgan va matnlar uchun ko‘rgazmaviy vosita sifatidagina xizmat qiladi.
**Makro-kamera funksiyasi faqat asosiy kamera tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Eng muhim narsaga e’tibor qarating
Chuqurlik sensori o‘rnatilgan kamera asosiy obyektni (odamlar, jonivorlar, sevimli taom) fokuslashga va sozlanuvchi xiralashtirish effekti bilan ajoyib surat olishga imkon beradi.
Xayratlanarli selfi – har safar
Galaxy A12 smartfonining 8MP old kamerasi maxsus ishlab chiqilgan “Jonli fokus” funksiyasi bilan ajoyib suratlarni olishga imkon beradi, bunda surat fonini chiroyli ravishda xiralashtirish mumkin
*Tasvirlar model sifatida tayyorlangan va matnlar uchun ko‘rgazma vosita sifatida xizmat qiladi.
*Tasvirlar model sifatida tayyorlangan va matnlar uchun ko‘rgazma vosita sifatida xizmat qiladi.
Butun kun davomida ishlash uchun qudratli batareya
5000 mAsoat quvvatga ega batareya (odatiy qiymat)* kun bo‘yi o‘ynash, jonli efirlarni amalga oshirish va fayllarni ulashish imkonini beradi. 15 Vt tezkor quvvatlash sizga hayotning dinamik ritmidan chiqmaslikka yordam beradi.
*Odatiy sinov natijalari qiymatlari uchinchi tomon laboratoriyalarida olingan. Standard ko‘rsatkich - bu IEC 61960 standartiga mos keluvchi metodikaga asosan bir necha batareyalar namunalari sig‘imini o‘lchash natijalaridagi farqlarni hisobga oluvchi o‘rtacha ko‘rsatkichdir. Sig‘imning nominal (minimal) qiymati 4900 mA/soatni tashkil etadi. Batareyaning amaldagi ish resursi tarmoq muhiti, foydalanish tartiblari va boshqa omillarga bog‘liq ravishda farq qilishi mumkin.
** 15 Vt tezkor quvvatlash adapteri birga yetkazib beriladi
Ishlash jarayoni
Galaxy A12 tezkor protsessor va katta xotira bilan jihozlangan. Yaxshilangan 8 yadroli protsessor va 3/4GB operativ xotira har qanday ilovaning bir maromda va samarali ishlashini ta’minlaydi. 32/64 GB ichki xotira va 1 TBgacha SD-kartani qoʻllab-quvvatlashi tufayli yanada koʻproq kontent saqlash mumkin.
*Operativ xotira (OX) va ichki xotira hajmi telefon sotilayotgan mamlakatga bog‘liq ravishda farqlanishi mumkin
Oddiy va qulay One UI Core interfeysi
Eng asosiysiga e’tiboringizni qarating. Apparat va dasturiy ta’minot bir-biri bilan to‘liq uyg‘unlikda ishlaydi, shunda siz kontent va smartfon funksiyalarini oson va tez ishlatishingiz mumkin. Tungi vaqtda smartfon o‘tuvchi “Tungi rejim” sizga kunning qorongʻu vaqtida ham kontentni qulay sharoitda tomosha qilish uchun ekran yorqinligini optimallashtirishga imkon beradi.
*One UI Core interfeysi, ilovalar va xizmatlari funksiyalarining mavjudligi telefon turi, operatsion tizim versiyasi va joylashgan mamlakatga bog‘liq bo‘lishi mumkin
**Tasvirlar model sifatida tayyorlangan va matnlar uchun ko‘rgazma vosita sifatida xizmat qiladi.
Endi ishonchli xavfsizlik tizimi barcha uchun mavjud
Samsung Knox bilan maʼlumotlarning mutlaq xavfsizligi. Samsung Knox ko‘p darajali xavfsizlik tizimi shaxsiy ma’lumotlaringizni ham apparat darajasida, ham dastur darajasida viruslardan va zararli hujumlardan himoya qiladi.
*TIMA - bu TrustZone texnologiyasiga asoslangan arxitektura yaxlitligini boshqarish tizimidir.
Cheklovlarsiz kontent tomosha qilish
Galaxy A12 Google xizmatlari va ilovalari ishlashini qoʻllab-quvvatlaydi.
*Ayrim Google ilovalarining mavjudligi sotilayotgan mamlakat va qurilma turiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
*Ayrim Google ilovalarining mavjudligi sotilayotgan mamlakat va qurilma turiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Qurilmangizni qanday qilib yaxshi holatda saqlab qolish kerakligini sizga ko‘rsatamiz
Samsung Members ilovamiz bilan smartfonning tez va maqbul ishlashidan rohatlaning. Ilovani interaktiv tashxis qilish va optimallashtirish telefon ishi samaradorligini tezda sozlash imkonini beradi.
*Samsung Members ilovasida ayrim funksiyalarning mavjudligi sotilayotgan mamlakat va qurilma turiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
** Qurilma va ekran tasvirlari modellashtirilgan va faqat matn uchun ko‘rgazmali vosita sifatida xizmat qiladi.
Ideal Galaxy A smartfoningizni tanlang
Haqiqiy innovatsiya barcha uchun mavjud boʻlishi kerak – shu sababli ham biz Galaxy A qatorini yaratdik. Unda siz hamyonbop narxdagi smartfondan xohlovchi barcha narsa bor: ajoyib hoshiyasiz ekrandan tortib, yuqori unumdorlikkacha.
Texnik xususiyatlari
-
Og'irlik (g) 205
-
Audioni ijro etish vaqti (soat) Up to 109
-
Protsessor tezligi 2.3GHz, 1.8GHz
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang