Galaxy A51

SM-A515FZBUCAC

The item is in the cart.

Butun dunyo sizning chegaralanmagan ekraningizda

Infinity O-displeyi

Mukammal uslub va qulaylik uyg‘unligi

Uskunaning dizayni

Ajoyib rakursdan tasvirga olish uchun to‘rtta kamera

Orqa kamera

2.3 GGS, 1,7 GGs

CPU Speed

Galaxy A51

Butun dunyo sizning chegaralanmagan ekraningizda

Chegaralanmagan Galaxy A51 ekrani vizual simmetriyani optimallashtiradi. Endi siz FHD+ aniqlikka ega 6,5 dyumli sAMOLED ekranida uzluksiz o‘ynashingiz, filmlar tomosha qilishingiz, tarmoqda sayr qilishingiz va ko‘p vazifalar rejimida ishlashingiz mumkin. Displeyning ingichka ramkasi va foydalanish mumkin bo‘lgan maksimal maydon tufayli kontent tarkibiga butunlay sho‘ng‘ib keting.

Butun dunyo sizning chegaralanmagan ekraningizda

*Tasvirlar model sifatida tayyorlangan va matnlar uchun ko‘rgazma vosita sifatida xizmat qiladi xolos. **Chegaralanmagan ekran: umuman romning yo‘qligi, himoya shishasiga ega ekran, ""bu chetdan u chetgacha ekran"". ***6,5 dyumli ekranning o‘lchami ekran atrofidagi to‘rtburchakning diagonaliga qarab belgilanadi. Ekranning burchaklari aylanaligini hisobga olsak, bu o‘lcham 6,3 dyumga teng. Kamera obyektivlari uchun yumaloq burchaklar va teshiklar mavjudligi sababli ekranning haqiqiy ish maydoni biroz kichikroq.

Mukammal uslub va qulaylik uyg‘unligi

Galaxy A51 ekrani mavzusidagi ritmik naqshlar qora, oq yoki qizil ranglarning nafis xira soyalari bilan uyg‘unlashadi. Orqa panelning premium darajada porlashi smartfonning umumiy uslubini to‘ldiradi, uning mukammal ergonomikasi uni qo‘lingizda qulay ushlab turishga imkon beradi.

Mukammal uslub va qulaylik uyg‘unligi

*Telefon rangi mamlakat yoki uyali aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin.

Ajoyib rakursdan tasvirga olish uchun to‘rtta kamera

48 MPli asosiy kamera kechayu kunduz yorqin va aniq ultra yuqori aniqlikdagi tasvirlarni olish uchun mo‘ljallangan. Ko'rish burchagi 123° bo‘lgan juda keng 12 MPli kamera ajoyib manzaralarni suratga olish va guruh suratlarini tayyorlash imkonini beradi. Eng kichik detallarni yaqinlashtirish uchun 5 MPli makro tasvirlarni oluvchi kameradan foydalaning va fonni xiralashtirish effekti bilan chiroyli portretlarni yaratish uchun chuqurlik sensori va “Jonli fokus” rejimini qo'llab-quvvatlaydigan 5MP kameraga o‘ting.

*Telefon rangi mamlakat yoki uyali aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin

Ajoyib rakursdan tasvirga olish uchun to‘rtta kamera

*Telefon rangi mamlakat yoki uyali aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin

Yagona kamera - turli xil imkoniyatlar

Ultra keng burchakli kamera bilan butun dunyoni ultra keng burchak ostida suratga oling. 48 MPli asosiy kamera tufayli esa sizning rasmlaringiz kun yoki tunning istalgan vaqtida yorqin va ravshan bo'ladi.

ㅤ
*Tasvirlar model sifatida tayyorlangan va matnlar uchun ko‘rgazma vosita sifatida xizmat qiladi xolos. **Ultra keng formatli foto va video tasvirga olish faqat asosiy kamera tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

ㅤ
*Tasvirlar model sifatida tayyorlangan va matnlar uchun ko‘rgazma vosita sifatida xizmat qiladi xolos. **Ultra keng formatli foto va video tasvirga olish faqat asosiy kamera tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Makro-kamera eng kichik tavsilotlarni tasvirga olish uchun

Makro tasvirga olish uchun 5 MPli kamera (F=40 mm) obyektlarning eng kichik tafsilotlarini suratga olib, ularni katta planda aniq tasvirga olish imkoniyatini beradi. “Boke” effektidan foydalaning va tasvirning asosiy obyektini ta’kidlash va vizual ta’sir darajasini oshirish uchun fonning xiralashishini moslashtiring.

*Tasvirlar model sifatida tayyorlangan va matnlar uchun ko‘rgazma vosita sifatida xizmat qiladi xolos. **Makro-kamera funksiyasi faqat asosiy kamera tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Macro Cam that captures the up-close details

*Tasvirlar model sifatida tayyorlangan va matnlar uchun ko‘rgazma vosita sifatida xizmat qiladi xolos. **Makro-kamera funksiyasi faqat asosiy kamera tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Ekshin kamera darajasidagi aniq rasmlar va videolar

Ultra keng burchakli Galaxy A51 kamerasi va aqlli dasturiy ta’minot sizga professional darajadagi videolarni ekshin kameralari kabi yozib olishga imkon beradi. Super barqarorlashtirish tizimi tufayli eng ajoyib sarguzashtlar davomida jonli va yorqin videolar yarating.

Shoots smooth and steady just like the pros

*Tasvirlar model sifatida tayyorlangan va matnlar uchun ko‘rgazma vosita sifatida xizmat qiladi xolos. Tasvirga olish natijalari tasvirga olish sharoitlariga, shu jumladan ko‘p sonli noaniq obyektlar miqdori (fokus markazida bo‘lmagan) yoki kadrda harakatlanuvchi narsalarning mavjudligiga bog‘liq. ***Ko‘rish burchagi ultra keng burchakli kamera yordamida eng yaxshi selfi holati uchun optimallashtirilgan. ****Kattalashtirish funksiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Tasvirni barqarorlashtirish tizimining ishlashi yorug‘lik sharoitlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. *****Tasvirni super barqarorlashtirish rejimi faqat Full HD formatida ultra keng kamera orqali sahnalarni suratga olishda mavjud.

Sizning obyektingiz diqqat markazida

Tasvir chuqurligi sensori bilan jihozlangan 5 MPli kamera rasmga tushirishdan oldin va keyin ravshanlik darajasini sozlash imkonini beradi. Chuqurlik sensori ega 5 MPli kameraning takomillashtirilgan dizayni sizning suratlaringiz professional ko‘rinishini oshirish uchun ulardagi keraksiz fon shovqin

ㅤ
*Tasvirlar model sifatida tayyorlangan va matnlar uchun ko‘rgazma vosita sifatida xizmat qiladi xolos.

ㅤ
*Tasvirlar model sifatida tayyorlangan va matnlar uchun ko‘rgazma vosita sifatida xizmat qiladi xolos.

G‘aroyib selfilar - yanada oson!

Siz ajoyib selfi haqida orzu qilasizmi? 32 MPli old kamera bilan diqqat markazida bo‘ling, u yuqori aniqlikda tasvirga olishni kafolatlaydi. “Selfi-fokus” rejimida fonning yengil xiralashishi sizni fotosuratda ajratib ko‘rsatadi.

*Tasvirlar model sifatida tayyorlangan va matnlar uchun ko‘rgazma vosita sifatida xizmat qiladi xolos.

Attention-grabbing selfies made easy

*Tasvirlar model sifatida tayyorlangan va matnlar uchun ko‘rgazma vosita sifatida xizmat qiladi xolos.

To‘liq quvvatlangan

4000 mA-soat quvvatga ega batareya (odatiy qiymat)* sizga kun bo‘yi o‘ynash, jonli efirlarni amalga oshirish va fayllarni almashish imkonini beradi. 15 Vtlik tezkor quvvatlash sizga hayoting dinamik ritmidan chiqmaslikka yordam beradi.

Power that keeps you going

*Odatiy sinov natijalari qiymatlari uchinchi tomon laboratoriyalarida olingan. Standard ko‘rsatkich - bu IEC 61960 standartiga mos keluvchi metodikaga asosan bir necha batareyalar namunalari sig‘imini o‘lchash natijalaridagi farqlarni hisobga oladigan o‘rta ko‘rsatkichdir. Sig‘imning nominal (minimal) qiymati 3890 mA-soatni tashkil etadi. Batareyaning amaldagi ish resursi tarmoq muhiti, foydalanish tartiblari va boshqa omillarga bog‘liq ravishda farql qilishi mumkin.

O‘yinlar va ko‘ngil ochish uchun ko‘proq erkinlik

Galaxy A51 tezkor protsessor va katta xotira bilan jihozlangan. Yaxshilangan 8 yadroli protsessor va 6 GB tezkor xotira har qanday ilovaning bir maromda va samarali ishlashini ta’minlaydi. 64 GB va 128 GB ichki xotira mavjudligi tufayli yanada ko‘proq fayllar yuklab oling va kamroq fayllar o‘chirib tashlang. 512 GBgacha bo‘lgan microSD kartasi bilan yanada ko‘proq kontentni saqlashingiz mumkin.

Give yourself more room to play

*Operativ xotira (OX) va ichki xotira hajmi telefon sotilayotgan mamlakatga bog‘liq ravishda farqlanishi mumkin. **MicroSD kartasi alohida sotiladi. *** Foydalanuvchi ishlata olishi uchun mavjud bo‘lgan ichki xotira hajmi oldindan o‘rnatilgan dasturiy ilovalar soniga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Game Booster ilovasi - bir qadam oldinda bo‘l

Game Booster ilovasi yordamida o‘yinlarda o‘z smartfoningiz samaradorligini oshiring. Dasturning foydalanuvchilarga qulay interfeysi butun o‘yin jarayonini boshqarishni osonlashtiradi. Game Booster bir maromdagi grafikani va o‘yinlarda obyektlarning tabiiy harakatlanishini ta’minlaydi. Ilova sizning harakatlaringizni tahlil qilib, batareya quvvatini tejashni optimallashtiradi va o‘yin jarayonidan uzoq vaqt davomida zavqlanishingiz uchun o‘yin yuklanishini tezlashtiradi.

Game Booster gives you the edge

Endi ishonchli xavfsizlik tizimi barcha uchun mavjud

Smartfonning uskuna va dasturiy ilovalariga o‘rnatilgan Samsung Knox platformasi qurilmangizni uni yoqqan lahzangizdan boshlab himoya qiladi. Ushbu ko‘p pog‘onali xavfsizlik tizimi viruslar va zarar keltiruvchi hujumlardan himoya bilan ham ta'minlaydi.

Defense-grade security available to everyone

Barmoq izi - smartfoningizning ishonchli himoyasi

Galaxy A51 foydalanuvchi shaxsini aniqlovchi yuqori texnologiyali biometrik tizimi bilan jihozlangan. Ekrandagi barmoq izlari skaneri sizning barmoq izingizni taniydi. Smartfoningizni bir marta bosish orqali qulfdan chiqaring va ma’lumotingiz xavfsizligi haqida qayg‘urmang. Faqatgina siz kontentga kira olasiz.

Your fingerprint is the key

*Agar siz himoya pleyenkasidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, uning ekrandagi barmoq izlarini tekshirish skanerining ishiga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qiling.

Bixby: Kamroq so‘zlab, ko‘proq ishlash

  • *Bixby Routines Driving ilovasi faqat Bluetooth mavjud avtomobillar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. **Grafik paroldan foydalanishdan oldin siz Samsung hisob qaydnomangizga kirishingiz va xizmat ko‘rsatish shartlarini qabul qilishingiz kerak. ***Xizmatning mavjudligi mamlakat yoki qurilma turiga qarab farq qilishi mumkin; foydalanuvchi interfeysi turli qurilmalarda har xil bo‘lishi va o‘zgarishi mumkin; turli mamlakatlarda Bixby Vision xususiyati va kontent ta’minotchilarining mavjudligi farq qilishi mumkin; uchinchi tomondan taqdim etilgan barcha ma’lumotlar, tarkiblar, rasmlar yoki sinov shartlari noaniq bo‘lishi yoki yangilangan ma’lumotlarga mos kelmasligi mumkin. ****Bixby ayrim tillarni va ba’zi aksent/lahjalarni taniydi, ammo Bixby xizmatining mavjudligi, uning funksiyalari va kontent ta’minotchilari mamlakat yoki tilga qarab farq qilishi mumkin. Bixby to‘liq ishlashi uchun ma’lumot uzatish tizimiga yoki Wi-Fi tarmog‘iga ulanishni talab qiladi.
  • *Bixby Routines Driving ilovasi faqat Bluetooth mavjud avtomobillar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. **Grafik paroldan foydalanishdan oldin siz Samsung hisob qaydnomangizga kirishingiz va xizmat ko‘rsatish shartlarini qabul qilishingiz kerak. ***Xizmatning mavjudligi mamlakat yoki qurilma turiga qarab farq qilishi mumkin; foydalanuvchi interfeysi turli qurilmalarda har xil bo‘lishi va o‘zgarishi mumkin; turli mamlakatlarda Bixby Vision xususiyati va kontent ta’minotchilarining mavjudligi farq qilishi mumkin; uchinchi tomondan taqdim etilgan barcha ma’lumotlar, tarkiblar, rasmlar yoki sinov shartlari noaniq bo‘lishi yoki yangilangan ma’lumotlarga mos kelmasligi mumkin. ****Bixby ayrim tillarni va ba’zi aksent/lahjalarni taniydi, ammo Bixby xizmatining mavjudligi, uning funksiyalari va kontent ta’minotchilari mamlakat yoki tilga qarab farq qilishi mumkin. Bixby to‘liq ishlashi uchun ma’lumot uzatish tizimiga yoki Wi-Fi tarmog‘iga ulanishni talab qiladi.

Diqqatingizni muhim narsaga qarating

“One UI” foydalanuvchi interfeysi siz uchun haqiqatan ham muhim bo‘lgan narsalar va ishlarga e’tiborni qaratishga yordam beradi. Apparat va dasturiy ta’minot shu qadar uzluksiz ishlaydiki, barcha funksiyalar va tarkiblarga avvalgidan tezroq kirish imkoniga ega bo‘lasiz. Qorong‘i vaqtda yanada qulay ishlash uchun “Tungi rejim”dan foydalaning va intuitiv interfeys sizning smartfoningizni sizning kengaytmangizga aylantiradi.

Made to focus

*One UI interfeysi, ilovalar va xizmatlari funksiyalarining mavjudligi telefon turi, operatsion tizim versiyasi va joylashgan mamlakatga bog‘liq bo‘lishi mumkin. ** Telefon va ekran tasvirlari modellashtirilgan va faqat matn uchun ko‘rgazmali vosita sifatida xizmat qiladi.

Biz qurilmangizni qanday qilib yaxshi holatda saqlab qolish kerakligini sizga ko‘rsatamiz

Galaxy smartfonini sotib olib, uning qulayliklariga baho bering. Interfaol nosozlik diagnostikasi va “Samsung Members” app ilovasidan foydalangan holda qurilmalaringiz ishini optimallashtirish sizga uning ish faoliyatini yuqori darajada ushlab turish va kerak bo‘lganda tezkor ravishda texnik yordam olish imkonini beradi.

Keep your device in tip top condition with us

*Samsung Members app ilovasida ba’zi funksiyalarining mavjudligi sotilayotgan mamlakat va telefon turiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. ** Telefon va ekran tasvirlari modellashtirilgan va faqat matn uchun ko‘rgazmali vosita sifatida xizmat qiladi.

  • 2.3 GGS, 1,7 GGs CPU Speed
  • 164.0mm (6.5") Size (Main_Display)
  • 48.0 MP + 12.0 MP + 5.0 MP + 5.0 MP Rear Camera - Resolution (Multiple)
  • 32.0 MP Front Camera - Resolution
  • 158.5 x 73.6 x 7.9 Dimension (HxWxD, mm)
  • 172 Weight (g)

O'xshash mahsulotlar

  • Infinity O-displeyi Butun dunyo sizning chegaralanmagan ekraningizda
  • Uskunaning dizayni Mukammal uslub va qulaylik uyg‘unligi
  • Orqa kamera Ajoyib rakursdan tasvirga olish uchun to‘rtta kamera
  • Protsessor chastotasi 2.3 GGS, 1,7 GGs

O'xshash mahsulotlar

* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin
* Barcha tasvirlar faqat rasmlardir, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.
* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.
* Foydalanuvchi uchun mavjud bo'lgan ichki xotira miqdori qurilmaning umumiy xotirasidan kamdir, chunki xotiraning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashini ta'minlaydigan ilovalar tomonidan egallaydi. Fotosurat dasturini yangilaganidan so'ng ham, foydalanuvchi xotirasining haqiqiy miqdori tashuvchiga bog'liq bo'lishi mumkin.
* Batareyaning haqiqiy sig'imi (Wh) kuchlanish qiymati bo'yicha iste'mol qilinadigan mahsulot bilan aniqlanadi. Ushbu qiymat qurilmada ko'rsatilgan sig'imning qiymatidan (Wh) farq qilishi mumkin, chunki birinchisi ushbu qurilma tomonidan iste'mol qilingan haqiqiy quvvat, ulangan qurilmalarning mavjudligi va ish sharoitlariga bog'liq.
* Tarmoq: Qo'llab-quvvatlanadigan chastota diapazoni mintaqaga va tarmoq provayderiga qarab farq qilishi mumkin.

* Yaqinlashishni virtual aniqlash: yaqinlashish sensorsiz dastur yordamida yaqinlashish haqidagi ma'lumotlarni olish

* Batareya quvvati (mA / soat, tipik qiymat) - Odatda qiymatlar uchinchi shaxslar tomonidan o'tkazilgan laboratoriya sinovlarida olingan. Oddiy qiymat - bu IEC 61960 ga mos keladigan usul bo'yicha bir nechta namunalarning sig'imini o'lchash natijalarining tarqalishini hisobga oladigan o'rtacha qiymat. Sig'imning nominal (minimal) qiymati - 3890 mA / soat. Batareyaning amal qilish muddati tarmoq muhiti, foydalanish tartiblari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.

* 6,5 dyuymli ekranning o'lchami ekran atrofida tasvirlangan to'rtburchakning diagonali kattaligiga qarab belgilanadi. Ekranning burchaklaridagi yaxlitlashni hisobga olsak, bu o'lcham 6,3 dyuymni tashkil etadi.Ekranning ishlaydigan maydoni kamera ob'ektivida yumaloq burchaklar va teshiklar mavjudligi sababli biroz kichikroq.