Ushbu telefon bular barchasini istagan kishilar uchundir. Biz siz muxlislarning so‘zlariga quloq tutib, murosani ortda qoldiradigan telefon yaratdik. Bu barcha turdagi muxlislar uchun yaratildi. Siz suratlar yoki o‘yinlar ishqibozi bo‘lishingiz yoki veb-kanalingizni o‘zingizni ilhomlantirgan narsalar bilan to‘ldirishingiz uchun S20 innovatsiyasining mukammal kombinatsiyasini to‘pladik. Bu sizga o‘zingiz istagan ko‘proq narsalarni bajarishingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsalaringizni beradigan telefondir.

Bu Galaxy S20 FE telefonidir.

Ranglar

Kamalakning rashkini qo‘zg‘aydigan rang tuslari

Telefoningiz deyarli hech qachon qo‘lingizdan tushmaydi, shu sababli u uslubingizno to‘ldirishi kerak. Katta va qalindan nafis va klassikkacha bo‘lgan, sirti yaltirtamaydigan va urfdagi ko‘plab telefonlardan birortasini tanlab oling.1

Infinity-O cheksiz ekrani

Infinity-O displeyidagi barcha ko‘zlar

Qarashingizni yangilang. 6,5 dyuymli to‘liq HD’li Infinity-O displeyining yassi chetlarini o‘rab turuvchi bilinar-bilinmas jiyagi va kameraga kiradugan sumba uchun o‘ta kichik teshigi bor.2 Bu o‘yinlaringiz, oqimli uzatishingiz va videoaloqangizni yanada jozibali qiladigan va voqeaga shohid bo‘lganday tasavvur beradigan ekranni anglatadi.

Galaxy S20 FE telefoni ekrandagi syorferlar surati bilan Infinity-O displeyi voqeaga shohid bo‘lganday tasavvur beradigan ekranni namoyish etmoqda.

Kengroq oling, yaqinlashtiring va bitta dublda suratga oling

Pro-grade kamerasi

Obyekt harakatiga mos harakatlanuvchi uchta odyektivli kamera

Orqa tarafidagi uchta kamera sizga professional, #filtrlash shart bo‘lmagan suratni osonlikcha olish imkonini beradi. Sahnani keng burchakli kamera yordamida bir butun holatga keltiring, so‘ngra o‘ta keng burchakli kamera bilan masshtabni kengaytiring yoki telefotokameradagi 3 marta optik kattalashtirish funksiyasi yordamida kattalashtiring.

Dengizning to‘yiq ko‘k bulut rangidagi ikkita Galaxy S20 FE telefoni – bittasi orqadan, bittasi esa oldindan ko‘rinmoqda. Orqadan ko‘rinayotgan telefonda 12 megapikselli o‘ta keng burchakli kamera, 12 megapikselli keng burchakli kamera va 8 megapikselli telefotokamera joylashuvi ko‘rinib turibdi. Oldindan ko‘rinayotgan telefon ekranida esa ayol kishi portreti va 32 megapikselli old kamera joylashuvi ko‘rinib turibdi.

Space zoom funksiyasi

Omma orasidan oldinga qatorga o‘ting

Hatto teatrning yuqori qavati singari joylardan ham VIP-suratlar oling – 30 marta kattalashtiradigan Space Zoom funksiyasi sizga xonaning bir tarafidan turib, boshqa tarafi tasvirga olinayotgan suratni kattalashtirish imkonini beradi. 3 marta kattalashtiradigan optik kattalashtirish funksiyasi bilan 30 marta kattalashtiradigan tasvirning o‘ta aniqligini ta’minlaydigan kattalashtirigish funksiyasi sizga oyoqlaringizni qimirlatmasdan turib sahnaga yaqinlashish imkonini beradi.3, 4

Istirohat bog‘ida o‘tirgan kishilarning hech bir kattalashtirishsiz olingan surati.
3 marta kattalashtirilgan surat, 1 marta kattalashtirilgan surat fonida stol yonida yolg‘iz o‘tirgan ayolga yaqinroq borish.
10 marta kattalashtirilgan surat, stol yonida yolg‘iz o‘tirgan ayolga yanada yaqinroq borish. Uning jurnal o‘qiyotgani, stol ustida bir to‘p kichik sharlar va zarg‘aldoqrang shisha idish turgani singari ko‘proq ikir-chikirlar oydinlashadi.

3marta gachaoptik kattalashtirish
. 30marta gachaSpace Zoom

Tunda bedor bo‘luvchilar uchun

Ayol ochiq derazada o‘tiribdi, orqa fonda qandil porlab turibdi. Galaxy S20 FE telefoni bilan Tun rejimisiz olingan bitta surat va Tun rejimida olingan bitta surat. Tun rejimida olingan surat tiniq va unda boshqa suratdagiga nisbatan ko‘proq ranglar aks etgan.

Tungi rejim

Bizning qo‘sh pikselli sensorimiz yorqin va tiniq tungi suratlar uchun

Galaxy S20 FE telefonining yirik pikselli va sun’iy aqli bor takomillashtirilgan orqa kamerasi hatto qorong‘i bo‘lgan paytda ham yorug‘likka moslashadi, shuning uchun olayotgan suratlaringiz mayda-chuyda narsalar aks etgan holda rangdor chiqadi.5 U bir vaqtda bir necha kadrni tasvirga oladi va ularni bitta tiniq tungi suratga aylantiradi.

Ikki nafar ayol ochiq derazada o‘tirib, tashqariga qaramoqda. Galaxy S20 FE telefoni bilan Tun rejimisiz olingan bitta surat va Tun rejimida olingan bitta surat. Tun rejimida olingan surat tiniq va unda boshqa suratdagiga nisbatan ko‘proq ranglar aks etgan.

Single Take funksiyasi

Bir marta suratga oling, ko‘proq opsiyalarga ega bo’ling. Barchasini sun’iy aql faollshtiradi

Zatvorni bir marta bosish bilan surat olish sizni professional darajadagi kontent yaratuvchiga aylantiradi. 15 soniyagacha tasvirga oling, so‘ngra ishni bajarishni telefoningizga qo‘yib bering. Ish bajarilib bo‘lgandan so‘ng turli videolar, suratlar va boshqa narsalarni kashf qilish uchun Galareyaga o‘ting.6

Play

Kamerasi interfeysi oldindan ko‘rinayotgan Galaxy S20 FE telefoni bir urinishda tasvirga olish rejimini namoyish etmoqda. Galaxy S20 FE telefoni bir urinishda tasvirga olish funksiyasidan foydalanayotganingizda yaratishi mumkin bo‘lgan turli uslublarni ko‘rsatish uchun bir necha turli suratlar paydo bo‘ladi.

Old kamera

Selfi suratlar olishdan selfi portretlar olishga o‘ting

32 megapikselli old kamera bor ekan, selfi va videobloglaringiz butunlay yangi darajaga ko‘tariladi. Surat yulduziga aylaning hamda surat va videolaringizdagi batafsil manzaradan bahramand bo‘ling.

32 megapikselli old kamera bilan yuqori sifatli va nihoyatda tiniq olingan uchta selfi surati. Dalada boshi bir-biriga tekkan holda ikki ayol yotibdi. Ayolning past nuqtadan olingan selfi surati. Telefoniga yuqoridan qarayotgan erkak va aoylning past nuqtadan olingan selfi surati.

Ulanish

LTE va Wi-Fi 6 oqimli tezlik bilan uzatishingizni qo‘llab turadi

1,6 Gb/s.gacha LTE sizga baquvvat ma’lumot uzatish tezligini taqdim etadi, ayni choqda Wi-Fi 6 odam ko‘p to‘planib qolgan ulanish nuqtasida ham sizni tarmoqqa xavfsiz va kam ushlanib qolishlar bilan ulaydi.7 Shu sababli LTE yoki Wi-Fi’ga ulanganingizdan qat’i nazar, bir oz kechikish bilan real vaqtda o‘yin o‘ynashingiz mumkin.

Galaxy S20 FE telefoni ekranidagi o‘yindan olingan sahnada LTE yoki Wi-Fi 6 tezligida o‘ynaladigan o‘yinlaringiz vaqtida siz his qiladigan tafsilotlarni namoyish qiladi.

120 Hz chastotasidagi supero'tkazuvchanlik

Barcha veb-kanallaringiz bilan birga odimlashingiz uchun eng silliq aylantiriladigan ekranimiz

Ko‘plab smartfon ekranlaridan ikki marta tez ishlaydigan Super AMOLED displeyi harakatlar aniqligini saqlab qolish va barmoq tekkizilganda buyruqlarni tezroq bajarish uchun o‘ta silliq 120 gertsda yangilanadi. Vaqt shkalasini aylantirayotganingiz yoki galereyani qarab chiqayotganingizdan qat’i nazar, ekran kamroq titrab, tez harakatlanadi.

60 gertsga sozlangan displey bilan 120 gertsga sozlangan displey o‘rtasidagi silliq aylanishlar farqini yonma-yonma qo‘yib solishtirish.

4500 mAs

Butun kunga yetadigan aqlli akkumulyator

Bir kunga yetadigan aqlli batareya, endi siz soatlab tinimsiz o‘ynashingiz mumkin

Telefoningizni ulaganingizda, xavotirsiz yashang. 4500 mAs.lik (odatiy) batareya quvvat kuningiz davomida uzoqroq saqlanib qolishi uchun ozuqa beradi va u sizga juda zarur bo‘lganda, quvvatni saqlab qolish uchun yetarli darajada aqllidir.8, 9

Galaxy S20 FE telefonida syorfing taxtasini boshi uzra ushlab turgan kishining soyasi tasvirlangan tunda olingan surat namoyish etilmoqda. Osmonda – to‘lin oy. To‘lin oyning yarmi ekran tashqarisida qolgan va bular barchasi Galaxy S20 FE telefonining batareyasi kunbo‘yi yetishini ko‘rsatadi.

AP va tezkor xotira

Tezdan ko‘ra tezroq o‘ylaydigan telefon

Eng yangi S20 kontrollerimiz va 6 gegabaytli operativ xotira yordamida ma’lumortlar uzatishning yuqori tezligi va bulutdagi kontent imtiyozlaridan foydalaning.10 Bular barchasi va takomillashtirilgan NPU (Neyron protsessori) ish bajarilishini yangi darajaga ko‘taradi, shu sababli bir ilova dasturidan boshqasiga o‘tish silliq kechadi, jonli ko‘rsatuvlar tiniq bo‘ladi va sizda o‘yinni g‘alaba bilan tugatish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.

An illustration of a chip providing powerful performance to Galaxy S20 FE.

Xotira

Minglab suratlar va videolar uchun joy11

128 gegabaytlik ichiga o‘rnatilgan xotira joyiga va 1 terabaytgacha microSD xotira kartasiga saqlash imkoniyati, siz saqlashingiz mumkin bo‘lgan narsalarga yagona cheklov yaratishingiz va yuklab olishingiz mumkin bo‘lgan narsalardir.

*MicroSD xotira kartasi alohida sotiladi. Mamlakatingiz va ishlab chiqaruvchiga qarab uni topish farq qilishi mumkin.

Galaxy S20 FE telefonining ekranda Galeraya ilovasi bilan oldindan ko‘rinishi. Telefon atrofida Galaxy S20 FE’da olingan suratlar eskizlari bor, bu 1 terabaytdan ortiqroq saqlash joyida qancha surat va videoni saqlash mumkinligini ko‘rsatishni nazarda tutadi.

IP68

Suv sachrashi, yomg‘ir tomchilari va changdan saqlang

Suv va changga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha IP68 himoya standartiga ega ushbu telefon 1,5 metrlik suv ostida 30 daqiqagacha turib berishi mumkin.12 Shuning uchun telefoningiz bir oz ho‘l bo‘lsa ham unda o‘ynash va tasvirga olish mumkin.

Dengizning to‘yiq ko‘k bulut rangidagi Galaxy S20 FE telefonining orqa tomondan atrofiga suv sashragan holda IP68 himoya standartini namoyish etish uchun ko‘rinishi.

Ekotizim

Dunyongizni Galaxy dunyosiga ulang

*Galaxy Tab S7, Watch3, Buds Live, va Fit2 alohida sotiladi. Ularni topish mamlakati va operatoriga qarab farq qilishi mumkin.

Dengizning to‘yiq ko‘k bulut rangidagi Galaxy S20 FE telefonlarining yuzi tepaga qaragan holda qator yotishi, dengizning to‘yiq ko‘k bulut rangidagi Galaxy S20 FE telefonlarining yuzi pastga qaragan holda qator yotishi, Galaxy Tab S7 planshetii mistik qora rangda, Galaxy Buds Live quloqchinlari mistik bronza rangida, Galaxy Fit2 fitned bilakuzugi qizil rangda va Galaxy Watch3 mistik qora rangda.

Asosiy, Galaxy sevimlilaridan tashqari hammasi

  • O‘ta barqaror

    Titrab turgan narsalarning olingan surati sun’iy aqlning takomillashtirilgan barqarorlashtirish funksiyasi yordamida silliqlanadi.

  • Super tezkor zaryadlash

    Telefoningiz uchun mizg‘ib olishga o‘xshaydi. 30 daqiqada 50 foizdan oshiq zaryadlash uchun uni 25 wattlik super tezkor zaryadlash qurilmasiga ulang.13

  • Tezkor simsiz zaryadlash 2.0

    Telefoningizni tezda kuchli quvvat olishi uchun sozlang.14

  • Simsiz PowerShare

    Siz quloqchinlaringiz, soatingiz va hatto do‘stingizning telefonini ham zaryadlashingiz mumkin.15

    *Quloqchin va soatlar alohida sotiladi.

  • Samsung DeX

    Ko‘p vazifali rejimda ishlash uchun televizoringizga butunlay yangicha usulda ulaning.16, 17

  • Tezkor bo‘lishish

    Oddiy tarzda bo‘lishish panelini oching va bo‘lishish uchun yaqin atrofdagi do‘stlarning ismini bosing.18

  • One UI 2

    One UI kundalik qulaylik uchun mo‘ljallangan. U muhim narsalarni Always On Display’da ko‘rsatib turadi va siz o‘zingizga kerak bo‘lgan narsani bir qarashda topishingiz mumkin. Bu “Qorong’i” rejimida ko‘z oldingizda turadi.

    One UI 2ga o‘tish

WHY GALAXY

Gʻayriodatiy narsalarga koʻniking

O'zingiz yoqtirgan va kerakli narsalar o'rtasida tanlov qilishni to'xtatish vaqti keldi. Biz qurilmalarimizni shunday quramizki, ular bilan birga yashasangiz, ularsiz qanday yashaganingiz haqida hayron bo'lasiz.

Batafsil

Kichkina qir old fonda qizilda yoritilgan shamol turbinalari bilan nuqtalangan, orqa fonda esa keng yulduzli tungi osmon.

Qanday qilib orzuingizdagi telefonni yaratishimizga yordam berdingiz.

Hikoyani o‘qing

Ikkita ayolning o‘tloqda yonma-yon yotganining havodan ko‘rinishi. Chap tomondagi ayol ko‘k yoqali ko‘ylak, o‘ng tomondagi ayol esa salat rangidagi top kiyib olgan. Ularning boshlari qarama-qarshi tomonlari bilan bir-birlariga tegib turibdi. Ularning har ikkalasi ham kameraga qarab kulib turishibdi.