Samsung Galaxy'da Google Play ilovalarni qanday yangilash

Oxirgi yangilanish sanasi : 26.10.2026

Telefonizga ilova o'rnatganingiz va undan foydalanayotganingizda, dastur ishlab chiquvchisi uni qo'llab-quvvatlash va takomillashtirishni davom ettiradi. Ilovaning so'nggi versiyasidan foydalanish uchun yangilanishlarni muntazam ravishda o'rnating.

Yangilanishlar ilovalarning ishlashidagi xatolarni tuzatadi, ularning xavfsizligi va barqarorligini oshiradi, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni qo'shadi.

Samsung Galaxy smartfonida Google Play

Ilovani Google Play Market orqali o'rnatgan bo'lsangiz, siz

  • ilovalarni kerak bo'lganda qo'lda yangilashingiz,
  • yangilanishlarni avtomatik o'rnatishni sozlashingiz mumkin — shunda barcha ilovalarning so'nggi versiyasi doimo sizda bo'ladi.

Ilovalarni qo'lda qanday yangilash

Google Play'dagi profil tasviriga bosing Google Play'dagi profil tasviriga bosing

1. Google Play (Play Market) ilovasini oching. Ekranning o'ng yuqori burchagidagi profil tasviriga bosing.

"Ilovalar va qurilmalarni boshqarish" bo'limiga o'ting "Ilovalar va qurilmalarni boshqarish" bo'limiga o'ting

2. Ilovalar va qurilmalarni boshqarish bo'limiga o'ting.

"Hammasiniyangilash" yoki "Tafsilotlar" tugmalarini bosing "Hammasiniyangilash" yoki "Tafsilotlar" tugmalarini bosing

3. Ilovalar tiklanmoqda bandida ikki tugmalardan birini bosing: Hammasini yangilash — barcha mavjud yangilanishlarni yuklab olish va o'rnatishni boshlash uchun yoki Tafsilotlar — aniq ilovalarni tanlash uchun.

"Yangilash" tugmasini bosing "Yangilash" tugmasini bosing

4. Tafsilotlar tugmasini bosgan bo'lsangiz, yangilanishlari mavjud bo'lgan barcha ilovalar ro'yxatini ko'rasiz. Faqat kerakli ilovalar uchun Yangilash tugmasini bosing yoki barcha ilovalarni yangilash uchun Hammasini yangilash tugmasini bosing.

Ilovalarning avtomatik yangilanishini qanday sozlash

Google Play'dagi profil tasviriga bosing, so'ngra "Sozlamalar"ni tanlang Google Play'dagi profil tasviriga bosing, so'ngra "Sozlamalar"ni tanlang

1. Google Play (Play Market). ilovasini oching. Ekranning o'ng yuqori burchagidagi profil tasviriga bosing. Sozlamalar bo'limiga o'ting.

"Tarmoqqa ulanish sozlamalari" bo'limiga o'ting "Tarmoqqa ulanish sozlamalari" bo'limiga o'ting

2. Tarmoqqa ulanish sozlamalari tugmasini bosing.

"Ilovalarni avtomatik yangilash"ni bosing "Ilovalarni avtomatik yangilash"ni bosing

3. Ochilgan ro'yxatdan Ilovalarni avtomatik yangilash variantini tanlang.

Istalgan tarmoq orqali yoki faqat Wi-Fi orqali yuklash Istalgan tarmoq orqali yoki faqat Wi-Fi orqali yuklash

4. У Ilovalarni yuklab olish uchun sizga qulay variantni tanlang: istalgan tarmoq orqali yoki faqat Wi-Fi orqali.

Tavsiyalar Samsung tomonidan taqdim etilgan va tasdiqlangan.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!