Samsung Smart TV televizorida Bixby qanday ishlatiladi?
Eslatma:
- Ushbu funksiya internetga ulanishni talab qiladi.
- Televizorda Samsung hisob qaydnomasi ro'yxatdan o'tgan va tasdiqlangan bo'lishi kerak.
- Videoda ko'rsatilgan qurilma ekrani va menyu ingliz tilida berilgan, ular shuningdek, sizning mamlatingiz tilida ham mavjud.
I qism. Ovoz registratsiyasi
Bixby ovozli buyruqlarni bajarish uchun ovozingizni tan olishi kerak. Shu sababli, avvalo ovoz identifikatorini yaratishingiz kerak – ya'ni ovoz namunangizni yozib olishingiz lozim.
1-qadam. Masofadan boshqarish pulti (MBP) dagi «Ovoz» tugmasini bosing va «Ovozli uyg'otish» funksiyasini yoqing.
Eslatma:
- Agar "Ovozli uyg'otish" funksiyasini yoqmagan bo'lsangiz, Bixbyni faqat pultdagi "Ovoz" tugmasini bosish orqali faollashtirishingiz mumkin.
- Pult batareyasining xizmat muddati "Ovozli uyg'otish" funksiyasidan foydalanish paytida qisqaradi.
2-qadam. Ovoz identifikatorini yaratish uchun "Boshlash" tugmasini bosing.
Eslatma:
- Orqa shovqin darajasi yuqori bo'lganda, ovoz identifikatorini faollashtira olmaysiz.
- Ovoz identifikatoringiz shuningdek, o'xshash yoki yozib olingan ovozlar orqali ham faollashtirilishi mumkin.
- Ovozingiz haqidagi ma'lumotlar faqat shu qurilmada ishlatiladi.
3-qadam. Ekranda ko'rsatilgan gaplarni ayting.
4-qadam. Pultdagi ovozli boshqaruv tugmasini bosib turing, ekrandagi gaplarni ayting va tugmani qo'yib yuboring.
Endi Bixby ovozingizni tan oladi.
II qism. Bixby qanday ishlatiladi
- Bixbyni ishga tushirishning 1-usuli – ovoz orqali. "Hi, Bixby" deb aytish orqali Bixbyni faollashtirishingiz mumkin. Funksiya faollanganda, Bixby belgisi paydo bo'ladi va pultdagi LED chiroq qizil rangda miltillaydi. Foydalanuvchi va masofadan boshqarish pulti o'rtasidagi masofa 1,5 m gacha bo'lishi mumkin.
- Bixbyni ishga tushirishning 2-usuli – masofadan boshqarish pultidagi ovozli boshqaruv tugmasi orqali. Buyruqni aytayotgan paytda ovozli boshqaruv tugmasini bosib turing. Keyin tugmani qo'yib yuboring.
- Hozir ko'rib chiqish. Bixbyning barcha xizmatlarini ko'rish uchun "Hozir ko'rib chiqish" tugmasini bosing.
Bixby ovozli yordamchisi yordamida siz Samsung televizorini boshqarishingiz, kerakli ma'lumotlarni qidirishingiz, rasmlarni ko'rishingiz va SmartThings orqali aqlli uyga ulangan boshqa qurilmalarni boshqarishingiz mumkin.
Bixbyning barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun ovozingizni ro'yxatdan o'tkazing. Bundan so'ng ovozli yordamchini "Hi, Bixby" iborasi yoki masofadan boshqarish pultidagi tugma yordamida faollashtirish mumkin bo'ladi.
Tavsiyalar Samsung tomonidan taqdim etilgan va tasdiqlangan.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.