Resurs samaradorligi

Resurslardan ko'p martalik foydalanish

Saqlash, uzoqroq foydalanish
va qayta ishlatish

Conserve, use longer, and reuse

Sanoat inqilobi davridan buyon iqtisodiy o'sish tabiat resurslarini qazib olish hamda ulardan foydalanishni nazarda tutib kelgan. Tabiat resurslarining kamayishi hamda atrof-muhitning yomonlashishi jiddiy ekologik muammolar keltirib chiqarishi mutaxassislar tomonidan ogohlantirilmoqda. Samsung Electronics bunday ogohlantirishlarga jiddiy yondashib, keng ko'lamdagi choralarni ko'rmoqda. Biz, chiqindilar hajmini maksimal darajada kamaytirish, mahsulotlar hayotiylik davrini oshirish hamda materiallardan foydalanish davri tugagandan keyin ularni qayta ishlatish imkoniyatlarini izlash uchun biz resurslardan oqilona foydalanamiz hamda texnologik innovatsiyalar yaratmoqdamiz. Bundan keyin ham, biz elektronik chiqindilarni qayta ishlab, yanada kamroq resurslardan foydalangan holda sifatli mahsulot ishlab chiqarishda davom etishni rejalashtirmoqdamiz.

Bizning maqsadimiz aylanma iqtisodiyotga erishish

Qaltis vaziyatda atrof-muhitni himoya qilish hamda resurslardan oqilona foydalanish uchun Samsung Electronics chiqindisiz ishlab chiqarishni rivojlantirishda davom etmoqda. Odatiy, resurlsardan bir marta foydalanish g'oyasi chegaralaridan chiqib, Samsung mahsulotlardan ko'proq foydalanish, resurslarni esa tiklab, qayta ishlab, ularning yaroqlilik davri tugagunga qadar qayta foydalanish ustida ishlamoqda.

Biz resurs sarfini kamaytirishga yordam beruvchi ishlab chiqarish yo'llarini ishlab chiqdik. Materiallar sarfini kamaytirishimiz hamda mahsulotlarni yig'ish usullarini optimallashtirishimiz natijasida chiqindi chiqarmasdan resurslarni qayta tiklashimiz mumkin bo'ldi. Yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlarni yig'ib olib, ulardagi foydali materiallarni tiklamoqdamiz. Chiqindisiz ishlab chiqarish evaziga Samsung tabiat resurslaridan foydalanishni kamaytiradi, chiqindilarni birlamchi yig'ish hamda yoqish jarayonidagi issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartiradi, hamda chiqindilarning yi'g'ish hududiga chiqarilishidagi yer hamda yer osti suvlarining ifloslanishini oldini oladi. Biz qurilmalarimiz mustahkamligi borasida jiddiy tekshiruvlar olib boramiz, butun dunyo bo'ylab servis markazlarida ta'mirlash xizmatlarini olib boramiz hamda muntazam ravishda dasturiy ta'minot yangilanishlarini taklif etamiz. Mahsulotlarning foydalanish davrini uzaytirish yordamida Samsung chiqindisiz ishlab chiqarishni rivojlantirmoqda hamda resurslarni saqlamoqda.

Aylanma iqtisodiyot tamoyillari va tuzilishi

Aylanma iqtisodiyot tamoyillari

  • 01

    Biz loyihalash bosqichidan
    boshlab resurslardan qayta
    foydalanish prinsiplarini yo'lga
    qo'yamiz hamda mahsulotlarimizdan
    foydalanish davrini uzaytiramiz.

  • 02

    Biz qayta foydalanish
    yordamida ishlab chiqarishdagi
    suv sarfi hamda chiqindi hajmini
    kamaytirmoqdamiz.

  • 03

    Kichik o'lchamdagi
    qadoqlar evaziga yuqori samaradorlikka
    ega logistika yordamida biz mahsulotlarning
    taqsimlanishi bosqichida kamroq
    resurslardan foydalanamiz.

  • 04

    Iste'molchilarga mahsulotlardan
    ko'proq vaqt foydalanishlari
    uchun ta'mirlash bo'yicha professional xizmat
    ko'rsatish tarmog'ini yo'lga qo'yganmiz.

  • 05

    Biz tizimli qayta
    ishlash mexanizmlarini yaratib,
    ularning yordamida mahsulotlarning
    yaroqlilik muddati tugaganidan
    so'ng yig'ib olamiz hamda
    ulardan qayta foydalanamiz.

Resurslar aylanishini boshqarish tizimi

Iste'molchi
Foydalanish
  • ‧ Bilvosita gazlar chiqindilarini kamaytirish uchun energiya tejaydigan mahsulotlardan foydalanish
  • ‧ Mahsulot ishlashini yaxshilash, dasturiy ta’minotni yangilash va mahsulot kafolatini uzaytirish
Ta’mirlash va qayta ishlatish
  • ‧ Dunyo bo‘ylab xizmat ko‘rsatish markazlarini doimiy ravishda kengaytirish
  • ‧ Masofaviy va ekspert tashxis xizmati bilan mahsulotning ishlash muddatini uzaytirish
Samsung
Electronics
Ishlanmalar
  • ‧ Kamroq energiya hamda resurslar sarf qiladigan mahsulotlarni yaratamiz
  • ‧ Tarkibiy qismlarga ajratish va qayta ishlash oson bo'lgan mahsulotlarni yaratamiz
  • ‧ Mahsulotlar yaroqlilik davrini oshiramiz
  • ‧ Tarkibida xavfli moddalar bo'lmagan material va detallarni xarid qilamiz va foydalanamiz
  • ‧ Qayta tiklangan materiallar kabi barqaror resurslardan foydalanishni kengaytiramiz
  • ‧ Eko hamkor sertifikatiga ega yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilamiz
Ishlab chiqarish
  • ‧ Tashkilotlarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytiramiz
  • ‧ Suv sarfini kamaytirib, undan qayta foydalanishni oshiramiz
  • ‧ Ishlab chiqarish chiqindilarini resurslar sifatida qayta tiklaymiz
  • ‧ Ishlab chiqarishda kimyoviy o'rinbosar resurslardan foydalanamiz
Taqsimlash
  • ‧ Resurslardan qayta foydalanish prinsipiga asoslangan qadoq yaratamiz
  • ‧ Qadoqni yengil va ixcham qilamiz
  • ‧ Logistika jarayonini optimallashtirish evaziga yoqilig'i sarfi va issiqxona gazlari chiqindilari hajmini kamaytiramiz
Chiqindilarni qayta
ishlash kompaniyasi
Ortga qaytarish va qayta ishlash
  • ‧ Har bir mamlakatda ortga qaytarish dasturlarini boshqarish
  • ‧ Chiqindi mahsulotlaridan materiallarni chiqarib olish va qayta ishlatish
  • ‧ Chiqindilarni qayta ishlashning yopiq sikli tizimini ishga tushirish

Yopiq zanjir sikliga ega mahsulotlar ishlab chiqaramiz

Qayta tiklanadigan va yangilanadigan materiallardan mahsulotlar ishlab chiqaramiz

Biz Samsung Electronicsdagi faoliyatimizda resurslardan samarali foydalangan holda uzoq muddatli mahsulotlarni yaratish ahamiyatini yaxshi tushunamiz. Shu sababli biz ekologik xavfsiz materiallar sarfini kengaytirgan holda, resurslarni tiklash va ulardan qayta foydalanishga harakat qilamiz.

Qadoqlash materiallarini ishlab chiqarishda resurslardan qayta foydalanish

2020 yildan buyon Samsung Electronics tayyor mahsulot uchun qadoq yaratishda 100% qayta ishlangan hamda sertifikatlangan o'rmonlardan olingan ekologik toza qog'ozdan foydalanadi. Yana bir rejamiz, qadoqlashdagi barcha plastik komponentlar o'rniga qayta ishlangan yoki biologik mos materiallarni qo'llashdan iboratdir.

Biz mahsulotlarimiz muddatini uzaytirishga intilamiz

Mahsulotni ishlab chiqish jarayonida Samsung Electronics iste'molchilar mahsulotlardan iloji boricha uzoqroq foydalanishini ta'minlash uchun turli sharoitlarda chidamlilik sinovlarini o'tkazadi. Shu maqsadda, shuningdek, ta'mirlash vaqtida qismlarga ajratish oson va qayta ishlanishi mumkin bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqamiz.

Uzoq xizmat muddati

Samsung Electronics o'z mahsulotlarining mustahkamligini, chidamliligini va ishlash muddatini sinab ko'rish uchun turli xil sharoitlarda sinovlarni o'tkazish orqali yaxshilashga intiladi. Mahsulotlarimiz nafaqat xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan, balki chidamlilik chegarasi bo'yicha noyob sinovlardan, jumladan, turli burchaklarga, turli sirtlarga tushish va suvga chidamlilik uchun turli xil sinovlardan o'tadi.

Yaxshilangan texnik xizmat

Muhim vazifamiz, ta'mirlashga qulay bo'lgan mahsulotlarni yaratishdir. Samsung Electronics tarkibiy qismlarga ajratish hamda arzon narxda ta'mirlash, detallarni esa qayta ishlatish mumkin bo'lgan mahsulotlarni o'rganish hamda ishlab chiqish bilab shug'ullanmoqda. 2021 yildan buyon Fransiyada ishlab chiqaruvchilar elektron qurilmalarda "ta'mirga yaroqlilik indeksi"ni (Indice de réparabilité) qayd etishlari shart. Samsungning qator old yuklamali kir yuvish mashinalari hamda smartfonlar uchun mahsulotlari eng yuqori bahoga (to'q yashil daraja) loyiq ko'rildilar. Samsung Electronics foydalanuvchilarga ta'mirlash bo'yicha ko'rsatma kabi ko'proq ma'lumotlarni taqdim etib, materiallar hamda detallarni hamyonbop narxlarda taqdim etish tarafdori.

Mijozlarga xizmat ko'rsatish

Samsung Electronics singan qismlarni almashtirishga va ta'mirlash vaqtlarini kamaytirishga intiladi. Bizning ta'mirlash bo'yicha mutaxassislarimiz mahsulotni ishlatish jarayonida yuzaga keladigan turli nosozliklarni tezda tashxislaydi va bartaraf qiladi va shu bilan uning xizmat muddatini uzaytiradi. Bundan tashqari, biz Samsung Care ta'mirlash markazlari tarmog'imizni kengaytirar ekanmiz, diagnostika va ta'mirlash xizmatlarini tezlashtirish uchun astoydil ishlamoqdamiz.

Resursdan foydalanilganidan keyin u qayta tiklanadi, qayta ishlanadi va qayta ishlatiladi

Samsung Electronics avvalgi resurslarni iste’mol qilish tuzilmasidan uzoqlashmoqda, bunda resurslar bir marta ishlatilgandan soʻng utilizatsiya qilinadi va yopiq siklda qayta ishlashni ko‘rib chiqadigan turli xil ishlarni olib boradi, ular qayta tiklanadi, qayta ishlanadi va keyin ishlatilgan resurslarni qayta ishlatadi. Resurslarni qayta ishlash bo‘yicha ijtimoiy tuzilmani yaratish bo‘yicha harakatlarimiz doirasida biz avvalambor asosiy mahsulotlarimiz tarkibini tahlil qilamiz va har bir moddaning ta’minot zanjiri xavfsizligi, atrof-muhit, jamiyat va iqtisodiyotga ta’sirini har xil tomondan qayta tahlil qilamiz.

Samsung Electronics Asana (Koreya) shahrida Qayta ishlash markaziga asos soldi va u yerda asosiy resurslarni qayta ishlash borasida jarayonlarni yo'lga qo'ymoqda.

Asana Qayta ishlash markazi 1998 yilda asos solingan. Asosiy metallar (temir, mis, alyuminiy va x.k.) hamda plastik eski sovutgich, kir yuvish mashinalari va konditsionerlardan qayta ishlash uchun ajratib olinadi.

Xususan, biz plastik chiqindilarni qayta ishlashning yopiq tizimini yo'lga qo'ydik. Biz chiqindilarni qayta ishlangan plastik ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beramiz, so'ngra esa ushbu materiallarni Samsung Electronics mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanamiz.
Bundan tashqari, yaroqlilik muddati nihoyasiga yetgan mobil telefonlarni yig'ishni yo'lga qo'ygan. Mobil telefonlar ikki asosiy korpus hamda akkumulyator qismiga ajratilib, ulardan asosiy resurslar ajratib olinadi. Asosan, tarkibida litiy va kobalt kabi noyob metallar mavjud akkumulyatorlarni qayta ishlashga yuboramiz.Asosiy metall resurslar ajratib olinadi, qayta ishlanadi hamda yangi akkumulyatorlar ishlab chiqarilishida foydalaniladi.

Asan qayta ishlash markazida chiqindilarni qayta ishlashning yopiq tsikli

ishlab chiqarish
/qismlar

sovutgich

iste'molchilar tomonidan qo'llaniladi
va tashlanadi

qayta ishlash markazi
Asan

plastmassani materiallar
bo'yicha saralash

xom ashyoni
qayta tiklash
jarayoni

Mahalliy qayta ishlash tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan holda elektron chiqindilarni qabul qilamiz hamda qayta ishlaymiz.

Iste'molchilar qulayligi uchun Samsung Electronics qayta ishlash uchun chiqindilarni turli mintaqalarda qabul qiladi.

Biz brenddan qat'iy nazar istalgan elektron chiqindilarni qabul qilamiz.
To'plangan elektron chiqindilarga birlamchi ishlov beriladi, taqsimlanadi va maydalanadi, so'ngra esa metall va plastik manba'i sifatida qayta qo'llaniladi.
Shu bilan birga bizda hamkorlar uchun qayta ishlash bo'yicha ichki talablar (Elektr va elektron chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha Samsung talablari) mavjud. Ularda atrof-muhitni himoya qilish, salomatlik va xavfsizlik, yetkazib beruvchilar bilan ishlash, chiqindilarni noqonuniy olib chiqish va xokazo masalalar borasidagi qonun va normativ hujjatlar jamlangan. Samsung Electronics mintaqalar bo'yicha qayta ishlash borasidagi bu kabi dasturlari quyida keltirilgan:

Qayta ishlash bo'yicha mintaqaviy dasturlar

Biz barcha tashkilotlarimizda chiqindilarni chiqindi yig'ish joyiga olib chiqarilishini to'xtatish harakatidamiz

Samsung Electrnoic ustuvor maqsadlaridan biri tashkilotlarda chiqindilar hosil bo'lish hajmini kamaytirish hamda qayta ishlash hajmini oshirishdir.
2021 yilda bizning chiqindilarni qayta ishlash ko'rsatkichimiz 96% ga yetdi. Yarim o'tkazgichlar ishlab chiqarish tashkilotlarida biz ilk bora chiqindilarni chiqindi yig'ish joyiga olib chiqish bo'yicha 0 ko'tsatkichga erishdik.

Bizning chiqindilarni chiqindi yig'ish joyiga olib chiqmaslik harakatlarimiz mustaqil tashkilot tomonidan tasdiqlangan. Biz butun dunyo bo'ylab tashkilotlarimizdagi chiqindilarni chiqindi yig'ish joylariga olib chiqarmaslik harakatimizni tasdiqlovchi sertifikatlash darajasini oshirish uchun faol ishlamoqdamiz.

Chiqindilarni qayta ishlash jarayoni

Qimmatbaho suv resurslarini tejash va qayta foydalanish

Qisqartirish, qayta ishlatish, qayta ishlash: qimmatbaho suv resurslarini qanday saqlashimiz kerak

Suv resurslarini boshqarish ish joylarimizni o‘rab turgan atrof-muhitni muhofaza qilishning tarkibiy qismi va shu bilan birga mahsulot ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismidir. Biz suv resurslarini boshqarishda 3Q’larga - qisqartirish, qayta foydalanish, qayta ishlashga e’tibor qaratamiz. Bizning ish joylarimizni optimallashtirish, eski klapanlarni almashtirish va ishlash standartlarini takomillashtirish kabi har kungi pasayish harakatlari orqali chiqindi suvlarni qayta ishlatish stavkalarini oshiramiz. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va qayta ishlash tizimlarini yaratish kabi tarkibiy yaxshilanishlarni amalga oshirmoqdamiz. Bundan tahqari, CDP’ning suv bo‘yicha ko‘rsatmalaridan foydalanib, suv bosimi bo‘lgan hududlarda joylashgan ish joylarimizdagi suv xavfini bartaraf etib, o‘ziga xos strategiyalar bilan javob beramiz.

Suv resurslari bo‘yicha siyosatlarimiz

Bizning falsafamiz

Barqaror rivojlanish hamda ishlab chiqarishdagi suv muhim o'rin tutishini tan olib, Xalqaro ijtimoiy mas'uliyati yuqori tashkilot sifatida auv resurslaridan oqilona foydalanamiz.

Faoliyatimizdagi ustuvor prinsiplar
  • Tashkilot boshqaruvida suv resurslari bilan bog'liq risklarni minimallashtiramiz

    Risklarni kamaytirish maqsadida ishlab chiqarishning suv resurslariga ta'sirini baholaymiz hamda yangi texnologiyalarni o'rganamiz va yo'lga qo'yamiz.

  • Korporativ madaniyatimiz doirasidagi suv resurslarining muhim ahamiyatini tan olamiz.

    Korporativ madaniyatimizga suv resurslarini asrash va barqaror rivojlantirish g'oyasini singdiramiz; xodimlarimizga suv resurslarini boshqarishdagi mas'uliyatni singdiramiz;faoliyatimizning mahalliy jamiyat va atrof-muhitga ta'sirini analiz qilishni ustuvor maqsad sifatida belgilaymiz.

  • Suv resurslarini himoya qilish borasida tashqi strategiyalarni qo'llab-quvvatlaymiz.

    Suv resurslarini himoya qilish va asrash strategiyalarini ishlab chiqish va yo'lga qo'yish maqsadida, biz asosiy prinsiplarga tayangan holda, mahalliy va markaziy boshqaruv organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlikni yo'lga qo'yamiz.

  • Suv resurslaridan foydalanish borasidagi strategiyalarimiz hamda faoliyat turlarimiz haqida ma'lumotlarni ochiqlaymiz.

    Mahalliy hamjamiyatlar kabi talab etilgan tashkilotlarga suv resurslari borasidagi strategiyalarimiz hamda faoliyat turlarimiz haqida aniq ma'lumot taqdim etamiz.

Suv resurslari bilan bog'liq risklar analizi hamda ularga qarshi strategiyalar

Jismoniy risklar

  • Qurg'oqchilik
    • Ishlab chiqarish uskunalari hamda qayta ishlash qurilmalari ishlashi uchun bir kunlik suv hajmini ta'minlovchi rezervuarlar o'rnatamiz.
    • *Mos mintaqalar: Meksika, Hindiston va x.k.
  • Suv toshqini
    • Daryo toshishidan himoya qilish uchun damba va suv-botqoqlik maskanlarini quramiz, yillik tabbiy ofatlardan sug'urtamizni uzaytiramiz, tabbiy ofatlardan himoya qilish uskunalarni muntazam ravishda tekshirib boramiz, tezkor ta'sir tizimlarini yaratamiz hamda o'quv mashg'ulotlarini muntazam ravishda o'tkazib boramiz.
    • *Mos mintaqalar: Indoneziya va x.k.
  • Suv sifatining yomonlashishi
    • Suv sifatini tekshirish bo'yicha ichki analizni tez-tez olib boramiz hamda suvni tozalash qurilmalarining samaradorligini oshiramiz.
    • *Mos mintaqalar: Braziliya, Misr, Hindiston va x.k.
  • Barqaror eko tizimlar
    • Atrof-muhitga ta'sirni kamaytirish uchun mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan birgalikda tozalash ishlarini olib boramiz hamda barcha zarur ishlarni amalga oshiramiz.
    • *Mos mintaqalar: Vietnam, AQSH, Polsha va x.k.

Qonunchilik borasidagi hamda obroga taalluqli risklar

  • Prinsip va qonunlar
    • Mahalliy ekologik normalarga amal qilamiz hamda ularning qo'llanilishini uzluksiz kuzatib boramiz
    • Chiqindilar borasida mamlakatda qabul qilinganda jiddiyroq standartlarni qo'llaymiz
  • Infratuzilma va investitsiyalar
    • Tashkilotlarda oqova suvlarni tozalash hamda sanoat majmualarida to'liq tozalash ishlarini olib boramiz
    • Tashkilotlardan chiqayotgan suv sifatini tekshiramiz hamda nazoratga olamiz, suv resurslarini tozalash qurilmalariga sarmoyalarni doimiy oshirib boramiz
  • Hokimiyat va boshqaruv
    • Tabiatni muhofaza qilish borasidagi tadbirlar borasida mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari hamda hamjamiyatlar bilan faol hamkorlikni olib boramiz
    • Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha o'z tadbirlarimizni olib boramiz