Galaxy Tab S5e LTE

SM-T725NZDASKZ
Rang Tilla rangTilla rang
Xotira 64 GB
Tahrir qilish

The item is in the cart.

2 GGs, 1,7 GGs

CPU chastotasi

10,5" (267,2 mm))

O'lchami (Asosiy displey)

2560 x 1600 (WQXGA)

Ekran qobiliyati (Asosiy displey)

13.0 MP

Asosiy kamera - Ekran qobiliyati

Hoshiyasi ingichka – imkoniyatlari koʻproq

Biz barcha keraksiz narsalarni olib tashladik va faqat planshet uchun zarur bo‘lgan narsalarni qoldirdik. Paradoks yuzaga keldi: Samsung Galaxy Tab S5e plansheti uchun kamroq degani ko‘proq degan ma’noni anglatadi.

Hoshiyasi ingichka – imkoniyatlari ko’proq

Maksimal mobillik uchun o‘ta yengillik

Tuzilishining yengilligi - bu foydalanishdagi qulaylik va osonlikdir. Qalinligi atigi 5,5 mm va og‘irligi 400 g. ga teng Galaxy Tab S5e plansheti shunchalik yengilki, uni har doim o‘zingiz bilan olib yurishingiz mumkin. Dam oling, film tomosha qiling yoki uy qurilmalarini* bajonidil boshqaring.

Maksimal mobillik uchun o‘ta yengillik

*Faqat SmartThings funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalarda ishlaydi. Qo‘llab-quvvatlanuvchi qurilmalar mavjudligi planshet sotiladigan mamlakatga bog‘liq. Qo‘llab-quvvatlanishini www.samsung.com/smartthings saytida tekshiring.

Ajoyib displey

Sizning uslubingiz va turmush tarzingizga mos keladigan dizayn. Galaxy Tab S5e uchta monoxrom ranglarda aks ettirilgan nozik metall qobiqqa ega: oltinrang, kumushrang va qora.

Ajoyib displey

*Planshet ranglarining mavjudligi mamlakat, mintaqa va operatorga bog‘liq ravishda farqlanishi mumkin.

Ekranda faqat sizga kerak bo‘lgan narsalar

Ko‘rishni xohlagan narsangizni ekranga joylang. Galaxy Tab S5e plansheti uchun One UI interfeysi eng mos tarkibni yaratish orqali ekran to‘lib ketishini minimallashtiradi. Faqatgina ekranga bosing va nimani ko‘rishni va o‘qishni istashingizni birin-ketin tanlang.

Ekranda faqat sizga kerak bo‘lgan narsalar

Siz orzu qilgan ekran

Siz tomosha qilishni yaxshi ko‘radigan kontetn bilan ko‘proq taassurot oling. Galaxy Tab S5e plansheti ajoyib rang koʻrsatish va optimallashtirilgan yoruglik darajalariga ega yorqin 10,5 dyuymli sAMOLED displey bilan jihozlangan. Endi siz Netflix* da sevimli filmlaringizni va seriallaringizni tomosha qilishga butunlay sho‘ng‘ishingiz mumkin.

Siz orzu qilgan ekran

*Netflix obunasi talab qilinadi, Netflix xizmatlari va tarkibi turli mamlakatda farqlanishi mumkin. Boshqa mamlakatga sayohat qilishdan oldin, Netflix televizion ko‘rsatuvlari va filmlari siz uchun mavjud bo‘lishidan ishonch hosil qiling.

Yuqori sifatli ohang

To‘rtta AKG dinamiklari yuqori sifatli sado bilan ta’minlash orqali Spotify* da sevimli musiqangizni tinglashingizga imkon beradi. Dolby Atmos texnologiyasi esa 3D hajmli sado va ekranda bo‘layotgan narsalarga to‘liq sho‘n‘gish tuyg‘usini yaratadi.

Yuqori sifatli sado

Spotify ilovasi faqat ushbu ilovani qo‘llab-quvvatlaydigan mamlakatlarda mavjud, shuning uchun siz davlatingizdan tashqarida bo‘lsangiz, u qo‘llab-quvvatlanmasligi mumkin.

Yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘ling

Galaxy Tab S5e planshetida “Oilaviy foydalanish” funksiyasining mavjudligi tufayli, siz har doim yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘lishingiz, ular bilan fotosuratlar, eslatmalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni bo‘lishishingiz mumkin. Endi siz oilangiz va do‘stlaringizga yana bir qadam yaqinroqsiz.

Yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘ling

Yuqori darajali unumdorlik

Ko‘ngilocharlik qiling va zaryadlashni unuting. Galaxy Tab S5e tez zaryadlanadigan hajmi oshirilgan 7040 mAs* batareya bilan jihozlangan. Siz planshetni deyarli 15 soat davomida zaryadlashsiz uzluksiz ravishda ishlata olasiz.

Yuqori darajali unumdorlik

*Odatiy qiymatlar uchinchi firmalar tomonidan o'tkazilgan laboratoriya sinovlari sharoitida olingan. Odatiy qiymat - bu IEC 61960 talablariga mos keladigan metodika bo‘yicha bir nechta namunalarning hajmini o‘lchash natijalarining tarqalishini hisobga oladigan o‘rtacha qiymat. Minimal hajm qiymati 6840 mAs. Batareyaning amaldagi ishchi manbai tarmoq muhiti, foydalanish tartiblari va boshqa omillarga bog‘liq ravishda farqlaniishi mumkin.

Ma’lumotlaringizning ishoncki xavfsizlik tizimi

Qurilmadan faqat siz foydalanishingiz kafolatlangan. Galaxy Tab S5e faqat o‘z tarkibingizga kira olishingiz uchun yuzni aniqlash funksiyasi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, barmoq izlari skaneri tufayli, zudlik bilan planshetni qulfdan chiqarishingiz kerak bo‘lsa, uzoq parollardan foydalanmasligingiz mumkin.

Ma’lumotlaringizning ishoncki xavfsizlik tizimi

Xotirani kengaytirish imkoniyati bilan qurilgan

Galaxy Tab S5e 4 GB tezkor va 64 GB ichki xotira bilan jihozlangan bo‘lib, uni microSD kartasi bilan 512 GB gacha kengaytirish mumkin. Endi siz o‘yin o‘ynayotganda yoki oqimli onlayn tarkibni uzatishda planshetingizning optimal ishlashini ta’minlashingiz mumkin.

Xotirani kengaytirish imkoniyati bilan qurilgan

* Operativ va ichki xotira hajmi sotiladigan mamlakatga yoki mintaqaga bog‘liq ravishda farqlanishi mumkin. **MicroSD kartasi alohida sotiladi. Kartalarning mavjudligi mintaqa va ishlab chiqaruvchiga qarab farqlanishi mumkin.

  • 2 GGs, 1,7 GGs CPU chastotasi
  • 10,5" (267,2 mm)) O'lchami (Asosiy displey)
  • 2560 x 1600 (WQXGA) Ekran qobiliyati (Asosiy displey)
  • 13.0 MP Asosiy kamera - Ekran qobiliyati
  • 400 Og'irligi (gr)
  • 15 gacha Videoni namoyish qilish vaqti (soat.)

O'xshash mahsulotlar

  • CPU chastotasi 2 GGs, 1,7 GGs
  • O'lchami (Asosiy displey) 10,5" (267,2 mm))
  • Ekran qobiliyati (Asosiy displey) 2560 x 1600 (WQXGA)
  • Asosiy kamera - Qobiliyati 13.0 MP

O'xshash mahsulotlar

* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin
* Barcha tasvirlar faqat rasmlardir, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.
* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.
* Foydalanuvchi uchun mavjud bo'lgan ichki xotira miqdori qurilmaning umumiy xotirasidan kamdir, chunki xotiraning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashini ta'minlaydigan ilovalar tomonidan egallaydi. Fotosurat dasturini yangilaganidan so'ng ham, foydalanuvchi xotirasining haqiqiy miqdori tashuvchiga bog'liq bo'lishi mumkin.
* Batareyaning haqiqiy sig'imi (Wh) kuchlanish qiymati bo'yicha iste'mol qilinadigan mahsulot bilan aniqlanadi. Ushbu qiymat qurilmada ko'rsatilgan sig'imning qiymatidan (Wh) farq qilishi mumkin, chunki birinchisi ushbu qurilma tomonidan iste'mol qilingan haqiqiy quvvat, ulangan qurilmalarning mavjudligi va ish sharoitlariga bog'liq.
* Tarmoq: Qo'llab-quvvatlanadigan chastota diapazoni mintaqaga va tarmoq provayderiga qarab farq qilishi mumkin.

* Uchinchi tomon laboratoriyasida tekshiruvdan o‘tgan standart qiymat. IEC 61960 standartiga mos ravishda tekshiruvdan o'tkazilgan akkumulyatorlar namunalari sig‘imi qiymatlari orasidagi meʼyordan og‘ishlarni hisobga olgan holda hisoblangan o'rtacha qiymat standart qiymat hisoblanadi. Nominal (minimal) sig‘im 6840 mA·soatni tashkil etadi. Akkumulyatorning avtonom ravishda ishlash muddati tarmoq muhitiga, foydalanish chizmasiga va boshqa omillarga bog’liq ravishda farqlanishi mumkin.