Galaxy Tab S4

SM-T835NZKASKZ
Xotira 64 GB

The item is in the cart.

Samsung DeX dok-stansiyasi tufayli ishlash qulayligi

Samsung DeX dok-stansiyasi

U o‘chirilgan emas, u kutish rejimida

S Pen

Ko‘ngilocharlikka sho‘ng‘ing

Immersive display

O‘zingizni ovoz bilan o‘rab oling

Dolby Atmos texnologiyasi

Chegara bilmas ko‘p vazifalilik

Uydagi va yo‘ldagi band hayotingizga moslashtirilgan yangilangan Galaxy Tab S4 smartfoni - bu dam olish markazingiz va ko‘p vazifali rejimni qo‘llab-quvvatlaydigan yordamchingiz.

Cheksiz ko‘p vazifalilik

Samsung DeX dok-stansiyasi tufayli ishlash qulayligi

Samsung DeX dok-stansiyasi birinchi bo‘lib Galaxy Tab S4 modelidagi Samsung planshetlari uchun. Mobil planshetdan kompyuter unumdorligini oling. Ko‘p vazifalilik HDMI adapteri yodamida Samsung DeX dok-stansiyasisiz yoki DeX Pad dok-stansiyasisiz amalga oshiriladi. Bundan ham samarali bo‘lishi uchun klaviatura, sichqoncha yoki monitor qo‘shing.

Samsung DeX dok-stansiyasi tufayli ishlash qulayligi

* HDMI adapteri, klaviatura va monitor alohida sotiladi. ** Microsoft Office to'plamini ishlatish uchun litsenziya sotib olish talab qilinadi. *** Samsung DeX bir necha ekran o‘lchamlari (HD + / FHD) bilan video chiqishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Samsung DeX dok-stansiyasi yordamida tashqi monitorni ulash uchun HDMI adapteri talab qilinadi. **** Ba’zi ilovalar planshet va Samsung DeX rejimlarida farqlanishi mumkin. ***** Galaxy Tab S4 uchun tavsiya etilgan aksessuarlar: ko‘p portli adapter (EE-P5000B), HDMI adapteri (EE-HG950), DeX kabeli (EE-I3100). Modelning aniq raqami mamlakatga qarab farqlanishi mumkin.

Ishga tayyor

Hammasi samarali ishlash uchun Galaxy Tab S4 planshetida siz ish stoli, vazifalar paneli, ko‘p derazali imkoniyatlar va drag & drop kabi odatiy amallarga ega stol kompyuterida ishlaganday ishlash mumkin. Planshetni ish stoli kompyuteriga aylantirishni xohlasangiz, ekrandagi yorliq orqali Samsung DeX funksiyasini ishga tushiring va Android ga mos keladigan klaviatura va sichqonchani qo‘shing.

Ishga tayyor

* Klaviatura va sichqoncha alohida sotiladi. ** Ba’zi ilovalar planshet va Samsung DeX rejimlarida farqlanishi mumkin. *** Drag & drop amali hozirgi paytda faqat Messages, Myfiles, Samsung Notes, Gallery, E-Mail и Gmail ilovalarida qo‘llab-quvvatlanadi.

Ishingizni rang-barang qiling

Shaxsiy unumdorligingiz qulaylikka bog‘liq. Samsung DeX rejimi tashqi monitor bilan birgalikda sizga juda foydali bo‘ladi. Siz planshetda Android foydalanuvchi interfeysidan, Samsung DeX rejimida - katta ekrandan foydalanishingiz mumkin. Yoki monitorga qarang va planshetni sensorli panel, raqamlashtiruvchi yoki sensorli klaviatura sifatida ishlating.

Ishingizni rang-barang qiling

* HDMI adapteri va monitor alohida sotiladi. ** Samsung DeX bir necha ekran o‘lchamlari (HD + / FHD) bilan video chiqishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Samsung DeX dok-stansiyasi yordamida tashqi monitorni ulash uchun HDMI adapteri talab qilinadi. *** Ba’zi ilovalar planshet va Samsung DeX rejimlarida farqlanishi mumkin. **** Galaxy Tab S4 uchun tavsiya etilgan aksessuarlar: Ko‘p portli adapter (EE-P5000B), HDMI adapteri (EE-HG950), DeX kabeli (EE-I3100). Modelning aniq raqami mamlakatga qarab farqlanishi mumkin.

Kuchaytirilgan unumdorlik

Galaxy Tab S4 dagi LTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlash 1 Gb/s ma’lumot uzatish tezligiga erishishga imkon beradi. 64 GB va 256 GB ichki xotira va microSD kartasi tirqishi orqali 400 Gb gacha qo‘shimcha xotira bilan hujjatlaringiz va videolaringizni saqlash uchun yetarli joyingiz bo‘ladi.

Kuchaytirilgan unumdorlik

* Xotira hajmi mamlakatga bog‘liq ravishda farqlanishi mumkin. **MicroSD xotira kartasi alohida sotiladi. ***LTE tarmog‘ida ma‘lumotlar uzatish tezligi foydalanuvchining ulanish shartlariga bog‘liq ravishda farqlanishi mumkin. ****Tasvirlar faqat misol sifatida keltirilgan.

Ko‘ngil ochishga sho‘ng‘ing

Galaxy Tab S4 ixcham qurilmada keng ko‘rish maydonini ta’minlaydi. 10,5 dyuymli ekran minimallashtirilgan hoshiyalar va yuqoridagi logotip yoki Home tugmasining yo‘qligi tufayli imkonli bo‘ldi. 16:10 nisbatiga ega yaxshilangan sAMOLED displeyi sizning sevimli tarkibingizni tomosha qilishda ishtirok etish effekti bilan yanada hayajonli taassurotni ta’minlaydi.

Ko‘ngilocharlikka sho‘ng‘ing

O‘zingizni ohang bilan o‘rab oling

AKG tomonidan sozlangan to‘rt kanalli akustik tizim haqiqiy ohangni ta’minlaydi. Endi siz AKG mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan virtual stereo dinamiklarning avtomatik aylanishini baholay olasiz. Dolby Atmos texnologiyasi ham hajmli ohangni ta’minlash va yangi imkoniyatlarni qo‘shish bilan “ko‘chuvchi ohang” tizimiga o‘z hissasini qo‘shadi.

O‘zingizni ovoz bilan o‘rab oling

Ko‘plab soat davomida uzluksiz tomosha

Galaxy Tab S4 akkumulyatorli batareyasining hajmi 7300 mAs bo‘lib, bu 16 soat uzluksiz video ijro etishni ta’minlaydi. Tez-tez zaryadlash uchun tanaffuslarisiz, sevimli shoularingiz va seriallaringizni tomosha qilishdan lazzatlaning. Batareyangiz zaryadsizlanganda, uni «Fast Charging» tez zaryadlash texnologiyasidan foydalanib, atigi 200 daqiqada to‘liq zaryadlang.

Ko‘plab soat davomida uzluksiz tomosha

* Zaryadlash vaqti atrof-muhit sharoitlariga va zaryadlovchi qurilmaga bog‘liq.

Hatto kutish rejimida ham foydali

Kutish rejimida Galaxy Tab S4 plansheti “aqlli” uy uchun ekranga aylanadi. Planshetingizni quvvat olayotganda Daily Board ni sizning sevimli fotosuratlaringizni namoyish qilish uchun sozlash mumkin. Yoki uni o‘z yordamchingiz qilib oling, u nafaqat ob-havo ma’lumotini, balki joriy vaqtni ham aytib beradi va jadvalingizni ko‘rsatadi.

Hatto kutish rejimida ham foydali

* Ob-havo ma’lumoti funksiyasi ma’lumotlarga ulanishni talab qiladi. ** POGO zaryadlash dok-stansiyasi alohida sotiladi. Daily Board dan foydalanish uchun sizga POGO zaryadlash dok-stansiyasi yoki USB Type C ulagichi kerak.

Bixby sizga yordam bersin

Muhim bo‘lgan narsalarga diqqatni jamlang va qolganlarini Bixby Voice ga qo‘yib bering. Uy jihozlarini SmartThings ilovasi orqali boshqara olishingiz bilan bir qatorda, Bixby masalan, konditsionerni yoqish va o‘chirishni, kir yuvish mashinasini boshqarishni va ko‘plab boshqa vazifalarni bajara oladi. Bixby Voice funksiyasi MR orqali qo‘llab-quvvatlanadi va 2019-yilda dasturiy yangilanishning bir qismi sifatida mavjud boladi.

Bixby sizga yordam bersin

* Mavjud funksiyalar va imkoniyatlar mamlakatga bog‘liq ravishda farqlanishi mumkin.

Dunyoga qarashingizni kengaytiring

Bixby Vision yordamida real vaqt rejimida ma’lumotlarni qidirish uchun Live Result funksiyasini ishlating. Kamera viziridagi Bixby Vision belgisidan foydalanib, do‘kon oynasida ko‘rgan tovarlaringizni xarid qiling, istalgan hududda diqqatga sazovor joylar va kompaniyalarni qidirib toping va hatto ko‘cha belgilarini va restoran menyularini chet tilidan tarjima qiling.

Dunyoga qarashingizni kengaytiring

* Bixby Live Result dan foydalanish uchun GPS rejimini yoqish kerak.**Mavjud funksiyalar va imkoniyatlar mamlakatga bog‘liq ravishda farqlanishi mumkin.

Ko‘zingiz - bu kriptografik kalit

Galaxy Tab S endi yuzni aniqlash texnologiyasidan tashqari ko‘zning rangdor pardasini skanerlash funksiyasini taklif etadi. Qurilmaning qulfini ochish uchun yuz yoki ko‘zlarni tezkor skanerlashdan foydalaniladi. Bundan tashqari, siz fayllaringiz va ilovalaringizni shifrlash bilan himoya qilishingiz mumkin. Bioautifikatsiya imkoniyatlaridan Secure Folder funksiyasi bilan birga foydalanib, “mudofaa” toifasidagi xavfsizlikni ta’minlang.

Ko‘zingiz - bu kriptografik kalit

Mudofaa toifasidagi xavfsizlik

Ma’lumotlaringizning ishonchli himoyasi. Samsung Knox ""mudofaa"" toifasidagi o‘rnatilgan xavfsizlik platformasi planshetingizni yoqqaningizdan boshlab ishonchli himoyani ta’minlaydi. Bir necha xavfsizlik darajalarini faol etuvchi va real vaqt rejimida ishlaydigan tizim sizning ish ma’lumotlaringiz va shaxsiy ma’lumotlaringizni alohida saqlagan holda ma’lumotlaringizni faqat sizga kirish mumkin bo‘lgan xavfsiz papkaga joylashtiradi.

Mudofaa toifasidagi xavfsizlik
  • 2.35 GHz, 1.9 GHz CPU chastotasi
  • 10,5" (267,2 mm) O'lchami (Asosiy displey)
  • 13.0 MP Asosiy kamera - Ekran qobiliyati
  • 483 Og'irligi (gr)
  • 16 gacha Videoni namoyish qilish vaqti (soat.)
  • 7300 Akkumulyatorning standart sig‘imi (mAs)

O'xshash mahsulotlar

  • Samsung DeX dok-stansiyasi Samsung DeX dok-stansiyasi tufayli ishlash qulayligi
  • S Pen U o‘chirilgan emas, u kutish rejimida
  • Immersive display Ko‘ngilocharlikka sho‘ng‘ing
  • Dolby Atmos texnologiyasi O‘zingizni ovoz bilan o‘rab oling

O'xshash mahsulotlar

* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin
* Barcha tasvirlar faqat rasmlardir, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.
* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.
* Foydalanuvchi uchun mavjud bo'lgan ichki xotira miqdori qurilmaning umumiy xotirasidan kamdir, chunki xotiraning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashini ta'minlaydigan ilovalar tomonidan egallaydi. Fotosurat dasturini yangilaganidan so'ng ham, foydalanuvchi xotirasining haqiqiy miqdori tashuvchiga bog'liq bo'lishi mumkin.
* Batareyaning haqiqiy sig'imi (Wh) kuchlanish qiymati bo'yicha iste'mol qilinadigan mahsulot bilan aniqlanadi. Ushbu qiymat qurilmada ko'rsatilgan sig'imning qiymatidan (Wh) farq qilishi mumkin, chunki birinchisi ushbu qurilma tomonidan iste'mol qilingan haqiqiy quvvat, ulangan qurilmalarning mavjudligi va ish sharoitlariga bog'liq.
* Tarmoq: Qo'llab-quvvatlanadigan chastota diapazoni mintaqaga va tarmoq provayderiga qarab farq qilishi mumkin.

** Microsoft Office ni ishlatish uchun litsenziya sotib olish talab qilinadi.