Yangilik

85" Micro RGB R95H 4K Samsung Vision AI Smart TV (2026)

85”
MRE85R95HAUXUZ

{{priceAnchor.priceWrapper.info.noLineOrignal}}

{{priceAnchor.priceWrapper.info.totalPrice}}
{{priceAnchor.priceWrapper.info.totalPriceMonthly}}

{{priceAnchor.priceWrapper.info.ceExchangePrice}}

{{priceAnchor.priceWrapper.info.orignalPriceAddText}}
{{priceAnchor.priceWrapper.info.lowestWasPricetext}}
{{priceAnchor.priceWrapper.info.orignalPrice}}
{{priceAnchor.priceWrapper.info.savePrice}}
{{priceAnchor.priceWrapper.info.disclaimer}}

Diagonal tanlang

85" Micro RGB R95H 4K Samsung Vision AI Smart TV (2026)
85”

{{item.name}}

{{item.summaryPrice}}

Samsung Reward points

{{rewards.formatted.totalPoint}}

{{rewards.rewardsDescription}}

{{price.priceWrapper.info.totalPrice}} {{price.priceWrapper.info.vatText}}

{{price.priceWrapper.info.orignalPriceAddText}}

{{price.priceWrapper.info.lowestWasPricetext}}

{{price.priceWrapper.info.orignalPrice}} {{price.priceWrapper.info.savePrice}}

Earn 5% back in rewards

{{price.priceWrapper.info.walkoutQtyText}}

{{price.priceWrapper.info.homeDeliveryQtyText}}

{{price.priceWrapper.info.salesPitch}}

{{price.priceWrapper.info.text}}

{{price.priceWrapper.info.text2}}

{{price.priceWrapper.info.text3}}

{{price.priceWrapper.info.shippingOrBack}}

{{price.priceWrapper.info.taxPriceDisplay}}

{{upgrade.title}}

{{upgrade.learnMoreCta.text}}

{{upgrade.description}}

{{upgradeResult.displayModelName}}

{{upgradeResult.discountText1}}

{{upgradeResult.description1}}

{{upgradeResult.description2}}

{{offerFinance.title}}

{{offerFinance.learnMoreCta.text}}

{{offerFinance.description}}

{{galaxyForever.title}}

{{galaxyForever.learnMoreCta.text}}

{{galaxyForever.description}}

{{galaxyForeverResult.displayModelName}}

{{galaxyForeverResult.discountText1}}

{{galaxyForeverResult.description1}}

{{galaxyForeverResult.description2}}

Bezel_Choose your color

Customizable bezels sold separately

Choose your skin color

Customizable skin sold separately

  • {{item.name}}

    Mahsulot tugadi

Modern Type

  • {{item.name}}

    Mahsulot tugadi

Beveled Type

  • {{item.name}}

    Mahsulot tugadi

Skin color

  • {{item.name}}

    Mahsulot tugadi

{{shippingOrBack.shippingOrBack}}
{{deliveryMessage.deliveryMessage}}

{{tradeIn.title}}

{{tradeIn.learnMoreCta.text}}

{{tradeIn.description}}

You have maximum number of Trade-in in cart already. If you wish to add in Trade-in, please remove from cart.

{{tradeInResult.displayModelName}}

{{tradeInResult.discountText1}}

{{tradeInResult.discountText2}}

{{tradeInResult.discountText3}}

{{tradeInResult.discountText4}}

{{tradeInResult.discountText5}}

{{tradeInResult.discountText6}}

{{tradeInResult.specialDiscountText}}

{{tradeInResult.description}}

{{tradeInResult.contentText}}

Dealer stock quantity

You can check the stock quantity for each region

Please select city

Only {0} left in stock.

Sorry, this product is not currently available in selected city.

{{assuredBuyBack.title}}

{{newAssuredBuyBack.title}}

{{newAssuredBuyBack.learnMoreCta.text}}

{{newAssuredBuyBack.description}}

Please select Samsung Assured Buyback or no coverage

{{care.title}}

{{care.learnMoreCta.text}}

{{care.description}}

Please select Samsung Care+ or No to continue

  • {{item.specialText}}

{{warranty.title}}

{{warranty.learnMoreCta.text}}

{{warranty.description}}

{{warrantyResult.displayModelName}}

{{warrantyResult.discountText1}}

{{warrantyResult.description1}}

{{warrantyVd.description}}

{{warrantyVdResult.title}}

{{warrantyVdResult.priceDisplay}}

{{delivery.headline}}

{{delivery.errorMessage}}

Apply

{{deliveryResult.priorityText}}

{{deliveryResult.mainText}}

{{deliveryResult.subText}}
Standard installation charges may apply.Click here for more details.

{{deliveryResult.decText}}

{{item.disclaimer}}

{{tariffOption.headline}}

Batafsil

{{tariffOption.description}}

{{tariffOptionResult.displayModelName}}

{{tariffOptionResult.discountText1}}

{{tariffOptionResult.description1}}

{{tariffOptionResult.description2}}

{{tariffOptionResult.description}}

{{tariffOptionResult.price}}

{{tariffOptionResult.disclaimer}}

{{embedAddon.title}}

{{embedAddon.description}}

  • {{item.imgAlt}} {{item.imgAlt}}
    {{item.iconTitle}}

    {{item.name}}

    {{item.modelCode}}

    {{item.description}}

    {{item.finalPrice}}

    {{item.originalPrice}} {{item.savePrice}} Mahsulot tugadi
  • {{item.imgAlt}} {{item.imgAlt}}
    {{item.iconTitle}}

    {{item.name}}

    {{item.modelCode}}

    {{item.description}}

    • {{item.dotList1}}
    • {{item.dotList2}}
    • {{item.dotList3}}

    {{item.finalPrice}}

    {{item.originalPrice}} {{item.savePrice}} Mahsulot tugadi
{{message.item.offerTitle}}

{{message.item.offerTooltip}}

{{message.item.linkText}}

{{message.item.tcCTAText}}

{{message.item.periodText}}

{{finance.item.emiText}} {{finance.item.emiText}}

{{finance.item.offerTooltip}}

{{finance.item.cta.label}}

Asosiy xususiyatlari

LED, Mini LED va Micro RGB televizor yoritgichlarini yonma-yon taqqoslash. Micro RGB boshqalarga qaraganda ancha kichikroq.

Micro RGB texnologiyasi

Mukammallik asosida kichik detallar yotadi

Micro RGB TV-ni turli yorug'lik effektlari yordamida quvvatlaydigan Micro RGB AI Engine Pro protsessorining vitrini.

Micro RGB AI Engine Pro

AI Engine bilan ranglar jonlanadi

Micro RGB va an'anaviy ranglarni ko'paytirishni taqqoslash. Micro RGB ranglari yanada yorqinroq va aniqroq. VDE logotipi, 01/2026 sinovdan o'tgan Micro RGB aniq rang, www.VDEinfo.com, ID. 40060498, VDE Germany tomonidan sinovdan o'tgan.

Micro RGB Precision Color 100

Aniq ranglardagi tabiiy tasvir

Samsung TVda futbol o'ynayotgan sahna, Bixby foydalanuvchilarning o'yin bilan bog'liq savollariga ekranda javob berayotganiga misollar.

Samsung Vision AI Companion funksiyasi

Samsung Vision AI shu yerda.

Xususiyatlari

Mukammal sifat uchun yechimlar

Samsung Vision AI so'zlari Samsung AI logotipi bilan birga keladi. Yaqin atrofda mavhum tasvirlarni ko'rsatish uchun televizor yoqiladi. Samsung Vision AI so'zlari Samsung AI logotipi bilan birga keladi. Yaqin atrofda mavhum tasvirlarni ko'rsatish uchun televizor yoqiladi.

Asosiy imkoniyatlar

Tasvir sifati

Mukammallik asosida kichik detallar yotadi

Micro RGB texnologiyasi

Mikro o‘lchamdagi RGB yoritish texnologiyasi tufayli Samsung Micro RGB televizorlari ranglarni nihoyatda aniq va tabiiy namoyish etadi. RGB ranglari va yorqinlik darajasini aniq boshqaradigan mahalliy xiralashtirish texnologiyasi bilan birgalikda esa, ekrandagi tasvir yanada jonlanib, o‘zining boyligi va chuqurligi bilan hayratga soladi.

AI Engine bilan ranglar jonlanadi

Micro RGB AI Engine Pro

Aqlli qayta ishlash orqali yanada takomillashtirilgan rang tuslaridan zavq oling. Sun’iy intellekt yordamida har bir RGB rangini aniq boshqaruvchi Micro RGB AI Engine texnologiyasi nihoyatda yorqin va tabiiy tasvir sifatini yaratishga yordam beradi.1

Neo QLED 4K 2026 (NQ4 AI Protsessori) bilan taqqoslanganda

AI Engine bilan ranglar jonlanadi

Micro RGB Precision Color 100

Micro RGB texnologiyasi va Micro RGB AI Engine Pro protsessori tufayli Samsung Micro RGB televizori dunyoda birinchi bo‘lib BT.2020 keng rang qamrovining 100% ko‘rsatkichiga erishadi. VDE tomonidan dunyodagi ilk Micro RGB Precision Color sertifikati bilan tasdiqlangan ushbu texnologiya ranglarni nihoyatda aniq va nozik boshqarishni ta’minlab, deyarli haqiqiy hayotdan ajratib bo‘lmaydigan tasvirni yaratadi.2

Tasvir sifati
haqida batafsil

Chalg'ituvchi yorug'liksiz kontentni barqaror tomosha qiling

Jilolarsiz

UL tomonidan sertifikatlangan Jilolarsiz texnologiyasi xona yorug‘ligi kabi yorqin sharoitlarda yorug‘lik jilolarini kamaytiradi. Endi siz kontentga sho‘ng‘ishga xalaqit beradigan chalg‘ituvchi jilolarsiz aniq tasvirdan bahramand bo‘lishingiz va Jilolarsiz texnologiyasi takomillashtirgan chinakam chuqur qora ranglarni ko‘rishingiz mumkin. 3

Betakror chuqurlik, yanada tabiiy tasvir va yorqin kontrast.

Micro RGB HDR Pro

Samsung Micro RGB televizorlarida betakror kontrast va ranglardan bahramand bo‘ling. Micro RGB HDR Pro texnologiyasi yorug‘ va qorong‘u sahnalardagi nozik detallarni yanada aniqroq namoyon etib, kontentning asl chuqurligini saqlab qoladi. Natijada tomosha yanada ta’sirchan va realistik tus oladi. 4

128 ta AI neyron tarmog‘i yordamida kontentni 4K sifat darajasigacha oshiring

4K AI Upscaling Pro

4K AI Upscaling Pro yordamida sevimli kontentingizni yanada yuqori darajadagi tafsilotlar bilan tomosha qiling. Micro RGB AI Engine Pro protsessori 128 ta AI neyron tarmog‘idan foydalanib tasvirni 4K aniqlik darajasigacha masshtablaydi va shu bilan birga nihoyatda tiniq hamda ravon tasvir sifatini saqlab qoladi. 5

AI asosidagi yanada boy va yorqin ranglar

Micro RGB Color Booster Pro

Micro RGB Color Booster Pro yordamida siz tomosha qilayotgan kontent jonlanishiga baho bering. AI asosidagi ushbu ilg‘or ranglarni yaxshilash texnologiyasi xira tuslarga ega sahnalarni aqlli tarzda aniqlab, ularni yanada boyitadi. Natijada ranglar jonli va yorqin ko‘rinib, go‘yo voqealarni o‘z ko‘zingiz bilan kuzatayotgandek real taassurot uyg‘otadi. 6

Harakatdagi obyektlar va matnlarni oson ko'ring

AI Motion Enhancer Pro

Micro RGB AI Engine Pro yordamida AI Motion Enhancer Pro texnologiyasi harakatlarni yanada ravon va aniq ko‘rsatib, harakatlanayotgan obyektlar va matnlarni yanada ravshan ko‘rishingizga yordam beradi. Jonli sport translyatsiyalari va tezkor sahnalar endi nihoyatda ravon va tiniq tasvirda namoyish etiladi. 7

Auto HDR Remastering Pro

AI yordamida film va seriallarni HDR darajasidagi yorqinlik va tafsilotlar bilan tomosha qiling.

AI yordamida Auto HDR Remastering Pro texnologiyasi SDR va HDR kontentni aniqlaydi, so‘ng SDR kontent har bir sahnasiga ishlov berib, uni HDR darajasiga yaqin ajoyib tasvir sifatiga aylantiradi. Endi nima tomosha qilishingizdan qat’iy nazar, yanada yorqin yorug‘ sahnalar, aniqroq detallar va boyroq ranglardan bahramand bo‘lishingiz mumkin. 8

PANTONE Validated sertifikati

Faqat Samsung ekranlarida PANTONE tomonidan tasdiqlangan tabiiy ranglardan bahramand bo‘ling.

PANTONE tomonidan tasdiqlangan to‘liq tabiiy rang namoyishiga baho bering. Soha mutaxassislari orasida rang aniqligining tan olingan ramzi hisoblangan “PANTONE Validated” sertifikati 2 140 ta PANTONE rangi va 110 ta teri tusining aniq aks ettirilishini tasdiqlaydi. “PANTONE Validated” sertifikatiga ega televizorda yanada aniq va qulay ko‘rish tajribasidan bahramand bo‘ling. 9

AI Customization Rejimi

Didingizga moslashtirilgan optimal tasvir sozlamalari bilan tomoshadan yanada ko‘proq zavq oling.

AI Customization rejimi yordamida AI protsessor tomosha qilinayotgan kontent turini — sport, filmlar yoki kundalik kontentni — avtomatik ravishda aniqlaydi va tasvir sozlamalarini sizning didingizga mos ravishda optimallashtiradi. 10

Suhbatdoshingizdan istalgan narsani so‘rang. Samsung Vision AI shu yerda.

Samsung Vision AI Companion funksiyasi

Televizoringizdagi Vision AI Companion funksiyasi bilan sun'iy intellektdan foydalanish yanada oson. Sizni kontent tafsilotlari yoki kundalik mavzular qiziqtirishidan qat'iy nazar, u tuli AI agentlari orqali video va tasvir javoblarini taqdim etib, ulkan ekrandagi yanada boy tomosha tajribasini beradi.11

Samsung Vision AI
haqida batafsil

Stadion shovqinini his eting — AI bilan futbolga yanada sho‘ng‘ing

AI Football Mode Pro

AI Football Mode Pro jonli futbol uchrashuvlarini avtomatik ravishda aniqlab, tasvir va ovoz sifatini stadion darajasigacha yaxshilaydi. Natijada siz boy ranglar, tiniq detallar va stadion muhitini his qildiruvchi hajmli ovozdan bahramand bo‘lasiz. Tomoshabinlar shovqini energiyasi va tiniq sharhlar uyg‘unlashib, o‘zingizni xuddi stadionda o‘tirgandek his qilishingizga yordam beradi. 12

AI Sound Controller Pro

Birgina buyruq bilan audio tovushni ovoz, musiqa va tovush effektlariga ajrating va boshqaring.

AI Sound Controller Pro sun’iy intellekt yordamida ovozni real vaqt rejimida tahlil qilib, uni uchta trekka — ovoz, fon musiqasi va tovush effektlariga ajratadi. Har bir trekning tovush balandligini ekrandagi menyu yoki ovozli buyruqlar orqali boshqaring va sevimli seriallar, filmlar hamda o‘yinlaringizga moslashtirilgan tovushdan bahramand bo‘ling. 13

AI yordamida kayfiyatingizga mos shaxsiy fon tasvirlaringizni yarating

Generativ fon tasviri

Generativ fon tasviri funksiyasi yordamida televizoringiz ayni lahzani aks ettiruvchi noyob va ta’sirchan tasvirlarni yaratib, xona muhitini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shunchaki kayfiyatingizga mos kalit so‘zlarni tanlang — ziyofat, oila davrasi yoki dam olish — va AI mo‘jiza yaratishiga imkon bering. 14

O'yin Tajribasi

VRR qo‘llab-quvvatlovi bilan o‘yinlarda nihoyatda ravon tasvirdan bahramand bo‘ling: 4K 165 Gs gacha va 2K 240 Gs gacha

Motion Xcelerator 165 Gs

Motion Xcelerator 165 Gs yordamida yuqori tezlikda ham barqaror va aniq tasvirdan bahramand bo‘ling. Samsung noyob dinamik yangilanish chastotasi texnologiyasi VRR qo‘llab-quvvatlanadigan o‘yinlarda harakatlarning nihoyatda ravon aks etishini ta’minlaydi — 4K 165 Gs gacha yoki 2K 240 Gs gacha.15

O'yin Tajribasi
haqida batafsil

Aqlliroq o'ynang — har o'yindagi mukammal sozlamalar

AI Gaming Optimizer

AI Gaming Optimizer yordamida o‘yinga yanada chuqurroq sho‘ng‘ing. Tizim real vaqt rejimida ekrandagi tasvirni tahlil qiladi, o‘yin janrini bir zumda aniqlaydi va optimal sozlamalarni avtomatik ravishda qo‘llaydi. Menyularni ochish yoki qo‘shimcha amallarni bajarish shart emas — faqat o‘yin janriga moslashtirilgan ravon va yuqori samarali o‘yin tajribasini his eting. 16

FreeSync Premium Pro

Tasvir uzilishlarisiz, titrashlarsiz va past kechikish bilan HDR o‘yinlardan bahramand bo‘ling.

Tasvirdagi titrash va uzilishlarni kamaytiruvchi AMD FreeSync™ asosiy texnologiyasiga tayangan AMD FreeSync™ Premium Pro haqiqiy HDR o‘yin tajribasini taqdim etadi. U maksimal unumdorlikdagi ravon o‘yin jarayonini yuqori dinamik diapazonli ajoyib tasvir sifati bilan uyg‘unlashtiradi, shu bilan birga past kechikishni saqlab, ravon va qulay o‘yin tajribasini ta’minlaydi. 17

O‘yin davomida sozlamalarni aniq va qulay tarzda boshqaring

Game Bar paneli

Game Bar paneli yordamida o‘yin jarayonini yanada optimallashtiring. Samsung televizorlari FPS, kiritish kechikishi, xarita masshtabi va boshqa parametrlarni sozlash uchun qulay o‘yin ichidagi menyuni taqdim etadi. Shuningdek, katta ekranlarda ko‘rish maydonini kengaytirish uchun 21:9 va 32:9 kabi ultra keng ekran nisbatlarini ham qo‘llashingiz mumkin. 18

Tovush

Ekrandagi voqealar markaziga to‘liq olib boruvchi hajmli tovush

Dolby Atmos®

Har bir sahnadagi hayajon va shiddatni yanada chuqurroq his qiling. Samsung yuqoriga yo‘naltirilgan kanalli dinamiklari Dolby Atmos texnologiyasi bilan birgalikda sizni har tomondan qamrab oluvchi ko‘p o‘lchovli ovoz muhitini yaratadi. Natijada siz haqiqatan ham kuchli va ta’sirchan audio immersiyadan bahramand bo‘lasiz.

Yashash xonasida bir er-xotin divanda o'tirib, televizor ko'rishadi. Televizorning old karnaylari yonadi va tovush to‘lqinlari televizorning yon tomonidagi va yuqoriga yo‘naltirilgan karnaylardan chiqib, er-xotinni tovush gumbazi bilan o‘rab olish va xonani to‘ldirish uchun bir necha yo‘nalishda harakatlanadi. Dolby Atmos logotipi. Yashash xonasida bir er-xotin divanda o'tirib, televizor ko'rishadi. Televizorning old karnaylari yonadi va tovush to‘lqinlari televizorning yon tomonidagi va yuqoriga yo‘naltirilgan karnaylardan chiqib, er-xotinni tovush gumbazi bilan o‘rab olish va xonani to‘ldirish uchun bir necha yo‘nalishda harakatlanadi. Dolby Atmos logotipi.
Yashash xonasida bir er-xotin divanda o'tirib, televizor ko'rishadi. Televizorning old karnaylari yonadi va tovush to‘lqinlari televizorning yon tomonidagi va yuqoriga yo‘naltirilgan karnaylardan chiqib, er-xotinni tovush gumbazi bilan o‘rab olish va xonani to‘ldirish uchun bir necha yo‘nalishda harakatlanadi. Dolby Atmos logotipi. Yashash xonasida bir er-xotin divanda o'tirib, televizor ko'rishadi. Televizorning old karnaylari yonadi va tovush to‘lqinlari televizorning yon tomonidagi va yuqoriga yo‘naltirilgan karnaylardan chiqib, er-xotinni tovush gumbazi bilan o‘rab olish va xonani to‘ldirish uchun bir necha yo‘nalishda harakatlanadi. Dolby Atmos logotipi.

Tovush
haqida batafsil

Ekrandagi voqealarga mos ravishda harakatlanuvchi dinamik va tabiiy tovush ijrosi

Object Tracking Sound+

O‘zingizni voqealar markazida his eting. 4.2.2 kanalli dinamiklar tufayli televizoringiz butun ekran bo‘ylab kuchli va boy tovushni uzatadi. Object Tracking Sound+ texnologiyasi esa uning ekrandagi obyektlar bilan birga harakatlanishini ta’minlab, hajmli audio effektni kuchaytiradi va yanada tabiiy tomosha tajribasini yaratadi.

Kontent va xonaga mos ravishda optimallashtirilgan hamda qayta ishlangan ovoz

Adaptive Sound Pro

Aniq dialoglar va muvozanatli ohanglar bilan tovushlarni aynan muallif g'oyasidagi kabi tinglang. Televizorning AI protsessori dialoglar va fon musiqasi kabi turli tovushlarni ajratib oladi hamda ularni kontent turi va xonangiz akustikasiga mos ravishda optimallashtiradi. Shundan so‘ng ovoz remastering texnologiyasi yordamida yanada takomillashtiriladi. 19

Har bir so‘zni ortiqcha shovqinlarsiz eshiting

Active Voice Amplifier Pro

Chalg‘ituvchi shovqinlar mavjud bo‘lgan muhitda ham yanada aniq ovozdan bahramand bo‘ling. Active Voice Amplifier Pro sun’iy intellekt yordamida ovozni fon shovqinlari va kontentdagi boshqa tovushlardan ajratadi, so‘ng nutqni kuchaytirib, dialoglarni yanada ravshan va tushunishga oson qiladi.

Televizor va saundbarning mukammal uyg'unlikdagi ijrosi

Q-Symphony

Q-Symphony televizor va saundbarni mukammal uyg‘unlikda bir vaqtning o‘zida tovush ijro etishi uchun birlashtiradi. Minglab audio manbalar asosida boyitilgan sun’iy intellekt yordamida tizim tomosha paytidagi immersiya effektini kuchaytiruvchi hajmli va boy tovush muhitini yaratadi. 20

One UI Tizen

Tomosha tajribasini o'z xohishlaringizga moslashtiring

One UI Tizen

One UI Tizen Samsung qurilmalaridagi yagona va uzluksiz foydalanish tajribasini taqdim etadi. Samsung Tizen OS operatsion tizimi eng so‘nggi innovatsion funksiyalar, jumladan, sevimli kontentga tezkor kirish, AI orqali qulay boshqaruv va Samsung Knox Security bilan ishonchli himoyaga yo'l ochadi. Bundan tashqari, One UI Tizen keyingi yetti yil davomida Tizen OS yangilanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa sizga eng yangi ilovalar va xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.21

7 yil davomida televizorning yangi imkoniyatlaridan zavq oling22

One UI Tizen
haqida batafsil

Xalqaro mashhur galereyalar sizning televizoringizda

Art Store Do'koni

Art Store sizga dunyoning yetakchi muzeylari va mashhur rassomlarining 5 000 dan ortiq san’at asarlaridan foydalanish imkonini beradi. Samsung san’at bo‘yicha ekspertlari yil davomida maxsus to'plamlarni saralaydi va har bir mavsum yoki kayfiyatga mos asarlarni kashf etishingizga yordam beradi. 23

Televizoringiz o'chirilganda ham kun davomida foydali ma'lumotlarni oling

Now Brief

Televizor o‘chirilganida ham muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘lib turing. Kundalik axborot ekrani vidjetlar yordamida siz uchun eng muhim ma’lumotlarning qisqacha mazmunini — ob-havo, kunlik reja, eslatmalar va aqlli uy yangilanishlarini ko‘rsatadi. U ovozli buyruq orqali yoki televizorga yaqinlashganingizda faollashadi va kerakli ma’lumotlarni aynan zarur paytda namoyish etadi. 24

Sizning maxfiyligingiz. Himoyalangan.

Samsung Knox Security

Samsung Knox Security televizoringizni doimiy ravishda himoya qilishga yordam beradi. Parollar kabi maxfiy ma’lumotlar ishonchli himoya ostida saqlanadi, ulangan IoT qurilmalari faol nazorat qilinadi, zararli ilovalar va veb-saytlar esa avtomatik ravishda bloklanadi. Muntazam xavfsizlik yangilanishlari tufayli televizoringiz himoyalangan holda qoladi va xavfsiz foydalanishga doimo tayyor bo‘ladi. 25

SmartThings

SmartThings imkoniyatlarini sinab ko'ring!

SmartThings

Uyingizdagi qurilmalarni yanada aqlli hayot tarzingiz uchun optimallashtiring. Kundalik hayotingizni osonlashtiradigan minglab SmartThings bilan mos qurilmalar bilan optimallashtirilgan aqlli uydan zavq oling.26

Devorga o'rnatilgan Samsung televizori bilan jihozlangan zamonaviy yashash xonasi, unda SmartThings boshqaruv paneli aks ettirilgan va turli xonalardagi ulangan qurilmalar ko'rsatilgan. Bo'shliq atrofidagi piktogrammalar bitta ekrandan boshqariladigan chiroqlar, konditsioner, pardalar, maishiy texnika va robot changyutgichni ifodalaydi. Ko'rinish televizorga yaqinlashib, SmartThings interfeysini batafsil ko'rsatadi. Stend chiroq belgisi tanlanadi va uning quvvat tugmasi yoqilganda, yashash xonasidagi pol chiroqchasi yonadi. Keyin interfeys parda belgisiga o'tadi va uning quvvat tugmasi yoqilganda, yashash xonasi pardalari ochiladi. Ko'rinish butun yashash xonasiga qaytadi, endi barcha ulangan qurilmalar faol va birgalikda ishlayotganini ko'rsatadi. SmartThings logotipi, matter logotipi. Devorga o'rnatilgan Samsung televizori bilan jihozlangan zamonaviy yashash xonasi, unda SmartThings boshqaruv paneli aks ettirilgan va turli xonalardagi ulangan qurilmalar ko'rsatilgan. Bo'shliq atrofidagi piktogrammalar bitta ekrandan boshqariladigan chiroqlar, konditsioner, pardalar, maishiy texnika va robot changyutgichni ifodalaydi. Ko'rinish televizorga yaqinlashib, SmartThings interfeysini batafsil ko'rsatadi. Stend chiroq belgisi tanlanadi va uning quvvat tugmasi yoqilganda, yashash xonasidagi pol chiroqchasi yonadi. Keyin interfeys parda belgisiga o'tadi va uning quvvat tugmasi yoqilganda, yashash xonasi pardalari ochiladi. Ko'rinish butun yashash xonasiga qaytadi, endi barcha ulangan qurilmalar faol va birgalikda ishlayotganini ko'rsatadi. SmartThings logotipi, matter logotipi.
Devorga o'rnatilgan Samsung televizori bilan jihozlangan zamonaviy yashash xonasi, unda SmartThings boshqaruv paneli aks ettirilgan va turli xonalardagi ulangan qurilmalar ko'rsatilgan. Bo'shliq atrofidagi piktogrammalar bitta ekrandan boshqariladigan chiroqlar, konditsioner, pardalar, maishiy texnika va robot changyutgichni ifodalaydi. Ko'rinish televizorga yaqinlashib, SmartThings interfeysini batafsil ko'rsatadi. Stend chiroq belgisi tanlanadi va uning quvvat tugmasi yoqilganda, yashash xonasidagi pol chiroqchasi yonadi. Keyin interfeys parda belgisiga o'tadi va uning quvvat tugmasi yoqilganda, yashash xonasi pardalari ochiladi. Ko'rinish butun yashash xonasiga qaytadi, endi barcha ulangan qurilmalar faol va birgalikda ishlayotganini ko'rsatadi. SmartThings logotipi, matter logotipi. Devorga o'rnatilgan Samsung televizori bilan jihozlangan zamonaviy yashash xonasi, unda SmartThings boshqaruv paneli aks ettirilgan va turli xonalardagi ulangan qurilmalar ko'rsatilgan. Bo'shliq atrofidagi piktogrammalar bitta ekrandan boshqariladigan chiroqlar, konditsioner, pardalar, maishiy texnika va robot changyutgichni ifodalaydi. Ko'rinish televizorga yaqinlashib, SmartThings interfeysini batafsil ko'rsatadi. Stend chiroq belgisi tanlanadi va uning quvvat tugmasi yoqilganda, yashash xonasidagi pol chiroqchasi yonadi. Keyin interfeys parda belgisiga o'tadi va uning quvvat tugmasi yoqilganda, yashash xonasi pardalari ochiladi. Ko'rinish butun yashash xonasiga qaytadi, endi barcha ulangan qurilmalar faol va birgalikda ishlayotganini ko'rsatadi. SmartThings logotipi, matter logotipi.

SmartThings
haqida batafsil

Televizorni smartfoningizdan boshqaring

Quick Remote

SmartThings ilovasidagi Quick Remote funksiyasi yordamida smartfoningiz masofadan boshqarish pulti vazifasini bajaradi — kanallarni almashtirish, ovoz balandligini sozlash va boshqa ko‘plab amallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mobil qurilmangiz orqali bajarishingiz mumkin. Shuningdek, Samsung Tizen televizorining asosiy funksiyalaridan foydalanish, media kontentni ko‘rish va sozlamalarni oson boshqarish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz. 27

Uyda bo‘lmaganingizda ham uy hayvonlaringizdan xabar oling

Uy hayvonlarini parvarishlash

Uyda bo‘lmaganingizda televizordan uy hayvonlaringizga qarashda yordamchi sifatida foydalaning. Televizor mikrofon orqali it ovozi kabi tovushlarni aniqlay oladi va shundan so‘ng uy hayvoningizni tinchlantirish uchun uning sevimli kontentini avtomatik ravishda yoqadi. 28

Galaxy qurilmangizdagi media fayllar katta ekranda bir zumda foydalanishga tayyor

Storage Share

Sevimli lahzalaringizdan katta ekranda oson va qulay tarzda bahramand bo‘ling. Storage Share funksiyasi Galaxy qurilmalaringizdagi fotosuratlar, videolar va boshqa fayllarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri televizorga uzatish imkonini beradi. Yaqin atrofdagi qurilmalarni avtomatik aniqlash funksiyasi tufayli Samsung qurilmalari o‘rtasida kontent almashish yanada ravon, tez va qulay bo‘ladi. 29

Energiyani aqlli tahlil yordamida boshqaring

AI Energy rejimi

SmartThings yordamida energiya sarfini boshqarishni yanada osonlashtiring. AI Energy rejimi yoqilganda tizim atrofdagi yorug‘lik darajasini avtomatik aniqlaydi va foydalanish odatlarini tahlil qilib, ekran yorqinligini mos ravishda sozlaydi. Shuningdek, u kontentni sahnama-sahna tahlil qilib, yorqinlikni izchil tarzda moslashtiradi va imkon qadar energiya sarfini kamaytirishga yordam beradi. 30

Televizoringizni karaoke sahnasiga aylantiring

Karaoke

Televizoringizni karaoke sahnasiga, smartfoningizni esa mikrofonga aylantiring yoki simsiz mikrofonlardan foydalaning. Do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz bilan birga qo‘shiq kuylang, mehmonxonangizni quvonch, energiya va ko‘ngilochar lahzalar bilan to‘ldiring. 31

Dizayn

Cheksiz tomosha taassurotlari

Infinity Air dizayni

Ultra ingichka Infinity Air dizayni bilan tomosha tajribangiz chegaralarini kengaytiring. Infinity Air podstavkasi tufayli Samsung Micro RGB televizori havoda muallaq turgan ulkan ekran kabi ko‘rinadi. Qora ramkalar ham deyarli ko‘rinmas darajagacha qisqartirilgan bo‘lib, chalg‘ituvchi elementlarni minimallashtiradi va yanada chuqurroq immersiv tomosha tajribasini taqdim etadi.

Barqaror rivojlanish

Yorug'lik bilan zaryadlang

SolarCell Remote pulti

Orqa qismidagi quyosh paneli tufayli SolarCell Remote pulti yorug‘likdan quvvat oladi va bir martalik batareyalarga ehtiyoj qoldirmaydi. O‘rnatilgan mikrofon va ovozli yordamchi kabi aqlli funksiyalar bilan ushbu pult bir vaqtning o‘zida bir nechta jihatdan innovatsion yechimni taqdim etadi.32

Texnik xususiyatlari

  • Micro RGB

  • Ekran o‘lchami

    85"

  • Ekran aniqligi

    3840 x 2160

  • Yangilanish chastotasi

    100 Gts(165 Gts gacha)

  • DLG

    240 Gts

  • Anti Reflection qo'llab-quvvatlash

    Glare Free

  • Tasvirni qayta ishlaydigan protsessor

    Micro RGB AI Engine Pro

  • Kengaytirilgan dinamik diapazon (High Dynamic Range)

    Micro RGB HDR Pro texnologiyasi

  • HDR 10+

    Bor (Moslashuvchan / Oʻyin / Kengaytirilgan)

  • AI HDR Remastering

    Auto HDR Remastering Pro texnologiyasi

  • Kontrastlik

    Micro RGB texnologiyasi

  • Rangli

    Micro RGB Precision Color 100

  • Ko'rish burchagi

    Keng Ko'rish Burchagi

  • Ekanning alohida hududlarida qorong'ilashtirish texnologiyasi: Micro Dimming (soyalar va yorqin joylarda tafsilotlarni ko'sata olish)

    Ultimate Micro Dimming Pro

  • Contrast Enhancer (Kontrastlikni oshirish) texnologiyasi

    Real Depth Enhancer

  • Motion Technology qo'llab-quvvatlash

    Motion Xcelerator 165 Gts texnologiyasi

  • AI Picture

    AI Optimized / AI Customization

  • SI (Sun'iy Intellekt) tasvir yaxshilashi

    4K AI Upscaling Pro texnologiyasi

  • AI Motion Enhancer

    AI Motion Enhancer Pro texnologiyasi

  • Supersize Picture Enhancer

    Bor

  • HDR Brightness Optimizer

    Bor

  • Color Booster

    Micro RGB Color Booster Pro

  • Filmmaker Rejimi (FMM)

    Bor

  • EyeComfort Mode

    Bor

  • Dolby Atmos

    Bor

  • Object Tracking Sound qo'llab-quvvatlash

    OTS+

  • Q-Symphony

    Bor

  • Tovushning chiqish quvvati (o'rt.kv.ko'rsatkich)

    70 Vt

  • Dinamik Turi

    4.2.2 kanalli

  • Active Voice Amplifier

    Active Voice Amplifier Pro texnologiyasi

  • Moslashuvchan tovush

    Adaptive Sound Pro

  • 360 Audio

    Bor

  • AI Sound Controller

    AI Sound Controller Pro texnologiyasi

  • Operatsion tizim

    Tizen™ Smart TV

  • Bixby -ni qo'llab-quvvatlash

    Bor

  • Ovoz bilan boshqaruv

    Bor

  • Veb-brauzer

    Bor

  • SmartThings Hub / Matter Hub / IoT-Sensor Functionality / Quick Remote

    Bor

  • Bir nechta qurilmalar bilan ishlash

    Ekran/tovushni takrorlash: smartfondan televizorga; Televizorni simsiz yoqish

  • Multi-Ko'rinish

    2 tagacha video

  • Apple AirPlay

    Bor

  • Now brief

    Ovoz / Foydalanuvchini Aniqlash

  • Storage Share

    Bor

  • Generative Wallpaper

    Bor

  • Karaoke Mic

    Bor

  • Google Cast

    Bor

  • Soccer / Football Mode

    AI Futbol Rejimi

  • Avtomatik oʻyin rejimi (ALLM)

    Bor

  • Game Motion Plus qo'llab-quvvatlash

    Bor

  • VRR

    Bor

  • Dinamik qora EQ

    Bor

  • Surround Sound qo'llab-quvvatlash

    Bor

  • Super ultra keng o'yin ko'rinishi

    Bor

  • Game Bar

    Bor

  • Mini xaritani kattalashtirish

    Bor

  • FreeSync

    FreeSync Premium Pro

  • HGiG

    Bor

  • AI Auto Game Mode

    Bor

  • AI Gaming Optimizer

    Bor

  • Raqamli teleko'rsatuv (Digital Broadcasting)

    DVB-T2CS2

  • Analog signali tyuneri

    Bor

  • CI (Common Interface) kartochkasini ulash uchun joy (Umumiy interfeys)

    CI + (1.4)

  • Ma`lumot uzatish (Data Broadcasting)

    HbbTV 2.0.4 (RU)

  • TV Key ilovasini qo'llab-quvvatlash

    Bor

  • Wi-Fi

    Bor (Wi-Fi 6E)

  • Bluetooth

    Bor (5.3)

  • HDMI ulagichi

    4

  • HDMI (High Frame Rate)

    4K 165 Gts (HDMI 1/2/3/4 uchun)

  • HDMI Ovozni qaytarish kanali

    eARC

  • One Connect qutisi

    Wireless One Connect Ready

  • Anynet+ (HDMI CEC) qo'llab-quvvatlash

    Bor

  • USB ulagichi

    2 x USB-A

  • Ethernet (mahalliy tarmoq)

    1

  • Raqamli audio chiqish (optik)

    1

  • Antenna kirish joyi (Yer/kabel TV)

    1/1(Efir televideniyasi uchun umumiy ulash joyi) /1

  • Qo'shimcha modullarni ulash uchun kengaytirish uyasi (CI Slot)

    1

  • Dizayn

    Infinity Air Dizayn

  • Rom turi

    4 tomondan ramkasiz

  • Old panel rangi

    Qora

  • Taglik turi

    Infinity Air Stand

  • Taglik rangi

    Qora

  • Art Store

    Bor

  • Oldindan o'rnatilgan ichki POP funktsiyasi

    Bor

  • EPG funksiyasi

    Bor

  • Takomillashtirilgan PVR funksiyasi

    Bor (UA : N/A)

  • IP Control

    Bor

  • Ekran menyusi tili

    Qo'llab-quvvatlanadigan tillar soni: 32

  • Ko'rish va xizmat ko'rsatishning qulayligi - Ovozli qo‘llanma

    Chexiya (Chexiya),Daniya (Daniya),Gollandiya (Niderlandiya),ingliz (buyuk Britaniya),Finlyandiya (Finlyandiya),Frantsiya (Frantsiya),Germaniya (Germaniya),yunon (Gretsiya),Vengriya (Vengriya),Italiya (Italiya), Koreya (Koreya), Norvegiya (Norvegiya), Polsha (Polsha), Portugaliya (Portugaliya), Ruminiya (Ruminiya),Rossiya (Rossiya), Slovakiya (Slovakiya),Ispaniya (Ispaniya), Shvetsiya (Shvetsiya)

  • Audio Description

    Bor

  • High Contrast

    Bor

  • Zoom Menu and Text

    Bor

  • SeeColors

    Bor

  • Colors Inversion

    Bor

  • Grayscale

    Bor

  • Auto Picture Off

    Bor

  • Magnification

    Bor

  • Relumino

    Bor

  • Closed Caption (Subtitle)

    Bor

  • Multi-output Audio

    Bor

  • Sign Language Zoom

    Bor

  • Slow Button Repeat

    Bor

  • Accessibility Remote

    Bor

  • Learn TV Remote

    Bor

  • Learn Menu Screen

    Bor

  • Accessibility Shortcuts Edit

    Bor

  • Auto Menu Sort

    Bor

  • Iste’mol quvvati (maksimal)

    450 Vt

  • Elektr quvvat ta'minoti

    100-240 V~ 50/60 Gts

  • Elektr quvvati iste'moli (kutish rejimida)

    0.50 Vt

  • Elektr quvvati iste'moli (an`anaviy rerjim)

    257 Vt

  • Yillik elektr quvvati iste'moli (YI standarti)

    375 kVts

  • Eko sensori

    Bor

  • Avtomatik quvvat tejash

    Bor

  • Energiya samaradorligi turi

    A

  • Elektr quvvati ta'minotini avtomatik tarzda uzish

    Bor

  • Qadoqdagi o'lchamlari (ExBxCh)

    2044 x 1200 x 225 mm

  • Taglik bilan birga o'lchamlar (ExBxCh)

    1880.6 x 1148.2 x 393.5 mm

  • Tagliksiz o'lchamlari (ExBxCh)

    1880.6 x 1077.0 x 29.9 mm

  • Taglik (Asosiy) (ExCh)

    375.7 x 393.5 mm

  • VESA xususiyatlari

    600 x 400 mm

  • Og‘irligi (qadoqdagi)

    50.6 kg

  • Stend bilan birga og‘irligi

    40 kg

  • Stendsiz og‘irligi

    37.9 kg

  • Devorga bo'shliqsiz o'rnatish (Y21 VESA)

    Bor

  • Full Motion Slim devorga oʻrnatish moslamasi (Y22)

    Bor

  • Veb-kamerani qo'llab-quvvatlash

    Bor

  • Zigbee / Thread moduli

    O'rnatilgan

  • Foydalanuvchi qo'llanmasi

    Bor

  • Tarmoq kabeli

    Bor

  • Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan. Mahsulotning ishlashiga ta’sir qilmaydigan tashqi ko‘rinishi va dizayn xususiyatlariga oid har qanday o‘zgarishlar oldindan ogohlantirmasdan amalga oshirilishi mumkin. Foydalanuvchi interfeysi, kontent va xizmatlar mintaqaga qarab farq qilishi va ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin. Bu sahifada AI yordamida yaratilgan rasmlar yoki videolar bo‘lishi mumkin.
  • 1. Ko‘rish sifati kontent turi va formatiga qarab farq qilishi mumkin. Masshtablashtirish funksiyasi kompyuterga ulanganda yoki y‘yin rejimida qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin. Go to feature
  • 2. “Odatiy” — bu Samsung televizori. Tasvirlar faqat namuna uchun modellashtirilgan va taqdim etilgan. Mahsulotlar Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tomonidan belgilangan UHD (4K) BT.2020 rang standarti asosida VDE sertifikatlash mezonlari bo‘yicha baholanib, “Micro RGB Precision Color” sertifikatiga sazovor bo‘lgan. Go to feature
  • 3. Jilolarsiz texnologiyasining samaradorligi UL Solutions tomonidan Unified Glare Rating (UGR) baholash mezonlari asosida tasdiqlangan. Tasdiq quyidagi ko‘rsatkichlar asosida berilgan: aks etuvchi jilolar (Reflection Glare) uchun UGR ≤ 10, noqulaylik tug'diruvchi jilolar (Discomfort Glare) uchun UGR ≤ 22 va ko‘zni qamashtiruvchi jilolar (Disability Glare) uchun UGR ≤ 34. Natijalar ichki yoritish sharoitlarida o‘tkazilgan sinovlarga asoslangan. Go to feature
  • 4. HDR10+ funksiyasining mavjudligi kontentga qarab farq qilishi mumkin. Micro RGB HDR Pro yorqinlik diapazoni ichki sinov standartlariga asoslangan bo‘lib, ko‘rish sharoitlari yoki texnik xususiyatlarga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 5. Ko‘rish tajribasi kontent turi va formatiga qarab farq qilishi mumkin. Masshtablashtirish kompyuterga ulanganda yoki o‘yin rejimida qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin. Go to feature
  • 6. Tasvir sifati asl kontent sifatiga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 7. Ko‘rish tajribasi kontent turi va formatiga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 8. Standart holatda Auto HDR Remastering Pro o‘chirilgan bo‘ladi va uni yoqish talab etiladi: Tasvir > Ekspert sozlamalari > Auto HDR Remastering Pro. O‘yin rejimida esa Auto HDR Remastering Pro avtomatik ravishda yoqiladi. Go to feature
  • 9. PANTONE sertifikati HDR ekran asosida olingan. Go to feature
  • 10. Ayrim striming va VOD xizmatlarida ushbu funksiyadan foydalanish ularning ichki siyosatiga muvofiq cheklangan bo‘lishi mumkin. Go to feature
  • 11. Funksiya ayrim hududlar va modellarda mavjud. Mavjudlik, qo‘llab-quvvatlanadigan funksiyalar hamda interfeys mamlakat, hudud, model va ko‘rish sharoitiga qarab farq qilishi mumkin. Ovozli buyruqlar ingliz, fransuz, ispan, portugal, nemis, italyan va koreys tillarida taniladi, biroq barcha aksentlar, dialektlar va ifodalar to‘liq qo‘llab-quvvatlanmaydi. Ushbu funksiya AI yordamida yaratilgan kontentni taqdim etadi — uning aniqligi kafolatlanmaydi, natijalarni tekshirib ko‘rishingizni tavsiya etamiz. Ayrim modellar uchun alohida Bluetooth pulti talab etiladi (alohida sotiladi). Ba’zi modellarda standart pult ovozni tanish funksiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Foydalanish uchun Quick Remote mobil pulti yoki alohida xarid qilinadigan Bluetooth pult talab etiladi. Funksiya AI tugmasi yoki AI tugmasi bo‘lmagan pultlarda Home tugmasini uzoq bosish orqali ishga tushiriladi. Go to feature
  • 12. Funksiyalarning mavjudligi va ishlash samaradorligi tomosha qilinayotgan kontent hamda foydalanilayotgan ilovalarga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 13. Qo‘llab-quvvatlanishi va ishlash samaradorligi kontent yoki foydalanilayotgan ilovalarga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 14. Kunlik yaratishlar soni cheklanishi mumkin. Go to feature
  • 15. 4K 165 Gs va 2K 240 Gs rejimlari faqat televizorga ulangan hamda ushbu parametrlarni qo‘llab-quvvatlaydigan kompyuter o‘yinlarida mavjud (buning uchun mos videokarta talab etiladi). Ishlash samaradorligi farq qilishi mumkin. 2K 240 Gs rejimidan foydalanish uchun O‘yin rejimini yoqish zarur. Go to feature
  • 16. Videolar AI vositalari yordamida yaratilgan. Go to feature
  • 17. Ko‘rish tajribasi kontent turi, grafik protsessor (GPU), shuningdek bulutli geymingda internet ulanish tezligi va ping darajasiga qarab farq qilishi mumkin. AMD FreeSync™ funksiyasidan foydalanish uchun FreeSync qo‘llab-quvvatloviga ega mos AMD videokartasi yoki APU talab etiladi. Go to feature
  • 18. Super Ultrawide GameView (21:9 va 32:9) funksiyasi faqat ultra keng ekranlarni qo‘llab-quvvatlaydigan ayrim kompyuter va konsol o‘yinlarida mavjud. Ayrim o‘yinlar ushbu funksiyani qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin. Game Bar panelidagi kattalashtirish rejimi ayrim yangilanish chastotalarida ishlamaydi. Game Bar paneli interfeysi oldindan ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin. Go to feature
  • 19. Foydalanish tajribasi kontent va atrof-muhit sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 20. Q-Symphony qo'llab-quvvatlanishini saundbar texnik xususiyatlarida tekshiring. Saundbar alohida sotiladi. Dinamiklarning joylashuvi va soni modelga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 21. Kontent va xizmatlar hududga qarab farq qilishi hamda oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgartirilishi mumkin. Foydalanishdan oldin Smart Hub Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirish talab etiladi. Ayrim kontent va xizmatlar uchun ro‘yxatdan o‘tish va obuna talab etiladi. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Tizen OS yangilanishlari 2026-yilda ishlab chiqarilgan qurilmalar uchun 2026-yildan boshlab 7 yilgacha qo‘llab-quvvatlanadi. Yangilanishlar qurilmaning apparat unumdorligi, funksiyalari yoki xizmat muddatiga taalluqli emasligini inobatga oling. Go to feature
  • 22. Kontent va xizmatlar hududga qarab farq qilishi hamda oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgartirilishi mumkin. Foydalanishdan oldin Smart Hub Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirish talab etiladi. Ayrim kontent va xizmatlar uchun ro‘yxatdan o‘tish va obuna talab etiladi. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Tizen OS yangilanishlari 2026-yilda ishlab chiqarilgan qurilmalar uchun 2026-yildan boshlab 7 yilgacha qo‘llab-quvvatlanadi. Yangilanishlar qurilmaning apparat unumdorligi, funksiyalari yoki xizmat muddatiga taalluqli emasligini inobatga oling. Go to feature
  • 23. Art Store do'konidan foydalanish uchun internetga ulanish va Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Art Store pullik obuna asosida ishlaydigan xizmat bo‘lib, uning faoliyati ayrim mamlakatlar yoki hududlarda hamda ayrim televizor modellarida cheklangan yoki mavjud bo‘lmasligi mumkin. Shu bilan birga, mamlakat/mintaqa va qurilma modeliga qarab cheklangan hajmdagi bepul kontent taqdim etilishi mumkin. Kontent va funksiyalar to‘plami mamlakat/mintaqa hamda televizor modeliga qarab farq qilishi, shuningdek hamkorlar yoki Samsung kompaniyasiga bog‘liq sabablarga ko‘ra oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgartirilishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Pullik va bepul kontentning yangilanish davriyligi ham mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 24. Qo‘llab-quvvatlanadigan vidjetlar mintaqaga qarab farq qilishi va oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgartirilishi mumkin. Aniqlash funksiyasi televizordan taxminan 2 metr masofada joylashgan voyaga yetgan odam o‘lchamidagi obyekt taxminan 30 sm yoki undan ko‘proq harakatlanganda ishga tushadi. Aniqlash samaradorligi atrof-muhit sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 25. Samsung Knox Security 2015-yildan boshlab ishlab chiqarilgan Tizen® operatsion tizimiga ega Samsung televizorlarida qo‘llaniladi. Eng so‘nggi dasturiy ta’minot yangilanishi talab etiladi. Go to feature
  • 26. Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan. Mavjud texnologiyalar, funksiyalar va imkoniyatlar mamlakat, xizmat yetkazib beruvchisi, tarmoq holati va mahsulotga qarab farq qilishi va ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin. Wi-Fi, Bluetooth yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulanish hamda Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Ulanadigan qurilmalar alohida sotiladi. Foydalanuvchi interfeysi oldindan ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin. Go to feature
  • 27. Televizorni mobil qurilma orqali boshqarish uchun push-bildirishnomalar Android 10.0 va undan yuqori versiyadagi mobil qurilmalarda, 2020-yilda ishlab chiqarilgan va undan yangi Samsung televizorlari bilan foydalanilganda mavjud bo‘lib, mobil qurilma televizor yaqinida bo‘lganda ishlaydi. Samsung Smart TV funksiyalaridan foydalanish 2024-yilda ishlab chiqarilgan va undan yangi Samsung televizorlarida, Android 10.0 va undan yuqori yoki iOS 15.0 va undan yuqori versiyadagi mobil qurilmalar bilan foydalanilganda mavjud. Go to feature
  • 28. Mobil qurilmalarga jonli translyatsiya Android 11.0 va undan yuqori yoki iOS 16.0 va undan yuqori operatsion tizimlarda qo‘llab-quvvatlanadi hamda 2025-yilda ishlab chiqarilgan va undan yangi Samsung televizorlarida mavjud. Funksiya faqat televizor o‘chirilgan holatda ishlaydi. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun televizor elektr tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak. Bildirishnomalarni yuborish va qabul qilish uchun televizor va mobil qurilma SmartThings xizmatiga ulangan bo‘lishi zarur. Go to feature
  • 29. Har bir qurilma bitta Samsung hisob qaydnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi hamda unda Storage Share, Wi-Fi va Bluetooth funksiyalari yoqilgan bo‘lishi kerak. Storage Share funksiyasi One UI 7.0 va undan yuqori versiyaga ega, 2023-yilda ishlab chiqarilgan va undan keyingi ayrim Galaxy smartfonlari hamda planshetlarida qo‘llab-quvvatlanadi. Storage Share faqat qurilmalar o‘rtasidagi 1:1 ulanishni qo‘llab-quvvatlaydi (masalan, televizor–smartfon yoki televizor–planshet). Bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmani ulash qo‘llab-quvvatlanmaydi. Go to feature
  • 30. Eco rejimida yetkazib beriladigan qurilmalarda AI Energy funksiyasining ayrim imkoniyatlari standart tarzda yoqilgan bo‘lishi mumkin. Shu sababli AI Energy rejimi yoqilganda energiya sarfi standart rejim bilan solishtirganda pastroq ko‘rinishi mumkin. AI Energy rejimi o‘yin rejimida ishlamaydi. Energiya sarfi kontent turi va atrofdagi yorug‘lik darajasiga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 31. Faqat Samsung rasmiy hamkorlari tomonidan taqdim etilgan ayrim mikrofon modellari qo‘llab-quvvatlanadi va ular alohida sotiladi. Televizorning bitta USB portidan foydalanilganda maksimal 2 ta mikrofonni ulash mumkin, umumiy hisobda esa funksiya 2 ta USB portigacha bo‘lgan ulanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Mobil qurilmada SmartThings ilovasi o‘rnatilgan bo‘lishi va u televizor bilan bir xil Wi-Fi tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak. Mobil mikrofon funksiyasi faqat Android 16 va undan yuqori versiyadagi Galaxy A seriyasi qurilmalari, 2023-yilda va undan keyin chiqarilgan Galaxy S Series hamda buklanadigan modellar, shuningdek iPhone 13 va undan yangi modellari uchun optimallashtirilgan. Go to feature
  • 32. SolarCell Remote pultining dizayni va tugmalar joylashuvi mintaqa va modelga qarab farq qilishi mumkin. Tugmalar funksiyalarini qo‘llab-quvvatlash istalgan vaqtda oldindan ogohlantirilmasdan to‘xtatilishi mumkin. Pultni quyosh energiyasi yordamida quvvatlash uchun uni quyosh paneli yuqoriga qaratilgan holda joylashtiring. Uni yoritilgan xonada qoldiring yoki tabiiy quyosh nuri tushadigan deraza yoniga qo‘ying. Agar pult batareyasi quvvatsizlansa, uni USB-C kabeli orqali ham zaryadlash mumkin. Pult batareyasining qolgan quvvat darajasini tekshirish uchun televizor menyusini oching (Sozlamalar > Umumiy va maxfiylik > Energiya tejash > Pultning mavjud quvvati). Go to feature

* E’tiboringizni shunga qaratamizki, ushbu veb-sayt va undagi ma’lumotlar faqat axborot berish xususiyatiga ega bo‘lib, hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.

* Funksional imkoniyatlari va xususiyatlari oldindan ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.

* Ayrim Samsung Smart TV funksiyalari shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rozilik berilmaganda mavjud bo‘lmasligi mumkin.

* Asosiy funksiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin.