Add Wash™ texnologiyali kir yuvish mashinasi, WW6600R, 7 kg, Oq
- * Matolardan tayyorlangan narsalar, kiyim-kechak, yuvish vositalari va konditsionerlarni qo'shish mumkin. ** Xavfsizlik nuqtai nazaridan, AddWash ™ eshigi baraban ichidagi suv harorati 50°C dan yuqori bo‘lmaganda ochiladi. *** AddWash – EddVosh
- * Bixby – Biksbi. ** SmartThings – SmartSings *** Android va iOS operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlar uchun mavjud bo‘lgan Samsung SmartThings dasturi o‘rnatishilishi kerak. WiFi tarmog‘iga ulanish talab etiladi. **** Mashina egasiga foydali tavsiyalarni shakllantirish uchun foydalanuvchi ma’lumotlarini, foydalanuvchi afzal ko‘rishini saqlaydi. ***** Mashinaning shikastlanishiga yoki odamning jarohatlanishiga sabab boluvchi mashinaning ishlash qoidalariga rioya qilmaslikning barcha oqibatlari uchun foydalanuvchi javobgardir. * Tavsiya etilgan yuvish tsikli matoning turiga yoki kiyimning ifloslanish darajasiga emas, balki yuvish vaqtiga qarab belgilanadi.
Ifloslanishlarni samarali ketkazish
EcoBubble pufakchalari generatori
EcoBubble texnologiyasi sizning kiyimlaringiz yangi ko‘rinishi uchun g‘amxo‘rlik qiladi. Yuvishdan oldin maxsus generator yuvish vositasini suvda eritib, ko‘pikka aylantirish bilan havo pufakchalarini hosil qiladi. Mukammal qordek oppoq ko‘pik matoga tezda kirib borib, ifloslantiruvchi moddalarni nafaqat samarali, balki ehtiyotkorlik bilan olib tashlanishini ham ta’minlaydi. EcoBubble texnologiyasi shuningdek, kir yuvish kukunining matoga mexanik ta’sirini sezilarli darajada kamaytiradi, bu sevimli kiyimlaringiz asl ko‘rinishini saqlab qolishiga imkon beradi.
1. Sinovlar 4 kg yuklash uchun IEC 60456-2010 standarti bo‘yicha yuvish rejimida / Super Eco yuvish rejimida sovuq suvda (WF80F5E5U4W mashinasida) o‘tkazildi va "Paxta" rejimida 40°C haroratda EcoBubble (WF0702WKU mashinasida) texnologiyasiz yuvish natijalari bilan taqqoslandi. Alohida hollarda natijalar boshqacha bo‘lishi mumkin. 2. Ma’lumotlar oddiy yuvish eritmasi va mexanik ta’sirga ega bo‘lmagan "pufakchalar" texnologiyasidan foydalangan holda yuvish samaradorligini taqqoslash orqali Springboard Engineering tomonidan o‘tkazilgan EMPA kir yuvish namunalari natijalariga asoslangan. 3. EcoBubble - EkoBabl.
Tez va to‘liq yuvish
Tezkor rejim 49 daqiqada*
Tezlashtirilgan rejim sizga vaqtni tejashga va atigi 49 daqiqada mukammal yuvish natijasiga erishishga imkon beradi. Yuqoridan va pastdan beriluvchi qoshaloq suv ta’minoti tizimi sababli, EcoBubble generatori bilan uyg’uyg‘unlikda Tezkor rejim har qanday kirni samarali ravishda yo‘q qiladi. Shu bilan birga, yuvish vaqti to‘g‘ridan-to‘g‘ri barabanga qo‘shimcha suv etkazib berilishi tufayli qisqaradi, qazib olish samaradorligining oshishi barabanning Swirl+*** uyurma bortmalari va barabanning aylanish tezligining oshishi tufayli amalga oshadi.
* Standart sozlamalarni saqlagan holda va barabanni 4 kg ga yuklagan holda Tezkor rejim dasturidan foydalanganda. ** EcoBubble - EkoBabl. *** Swirl+ - Svirl+
Bir lahzada suv oqishining oldini olish
AquaProtect suyuqlik oqib ketishini ko‘rsatuvchi datchik
Ilg'or suyuqlik oqib ketishini ko‘rsatuvchi datchik yordamida polingizni va uyingizni tasodifiy shikastlanishdan saqlang. Kir yuvish mashinasining pastki qismida joylashgan bo‘lib, u hatto suvning kichik izlarini ham aniqlaydi, u suvning minimal miqdoriga qarab suyuqlik oqib ketishini aniqlaydi. Bunday holda, tsikl darhol to‘xtaydi, mashina suvni chiqarib yuboradi va displeyda bildirishnoma chiqaradi.
Gigiyenik tozalik
Barabanni eko-tozalash funktsiyasi
Mashinangiz gigiyenik tozaligini saqlang. Eco Drum Clean funktsiyasi baraban devorlarida hosil bo‘lgan bakteriyalardan kelib chiqqan kirlanish va hidlarni yo‘q qiladi. Barabanni tozalash uchun siz qimmat yuvish vositalarini ishlatishingiz shart emas, chunki mashina ho‘llash, pulsatsiyalovchi suv oqimi va barabanni yuqori tezlikda aylantirishni uyg‘unlantirish orqali tozalanadi. Kir yuvish mashinasining o‘zi barabanni tozalash zarurligi to‘g‘risida ogohlantiradi.
Yuvish vositalari uchun toza lotok
Har doim toza lotok
Lotokning maxsus tuzilishi tufayli va lotokni suv bilan ta’minlashning maxsus algoritmi tufayli yuvish vositasi qoldiqsiz to‘liq yuviladi. Shunday qilib, yuvish vositalari maksimal darajada samarali sarflanadi va lotok gigiyenik jihatdan toza qoladi.
Gigiyenik tozalik
Bug‘ bilan yuvish
Bug‘ yordamida chinakam chuqur tozalash. Bug‘ bilan yuvish oldindan ishlashsiz kiyimni tozalash sifatini yaxshilaydi. Bug‘ pastdan barabanga beriladi bu tufayli kiyimlar to‘liq to‘yintiriladi. Bug‘ ifloslantiruvchi zarrachalarni va 99,9% bakteriyalarni yo‘q qiladi hamda allergenlarni faolsizlantiradi*.
* Natijalar kompaniyaning laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlarga asoslanadi va Intertek kompaniyasi tomonidan tekshirilgan. Alohida hollarda natijalar farqlanishi mumkin.
Shovqinsizroq va tejamkor
Invertorli motor
Qisqartirilgan elektr quvvati sarfi, pasaytirilgan ish shovqini darajasi va katta ish resursiga baho berasiz. Raqamli inverterli motorda kuchli magnitlardan foydalaniladi, an’anaviy cho‘tkalar mavjud emas, bu tufayli shivqinsiz ishlash ta’minlanadi, yuvish samaradorligi oshiriladi va universal motor bilan taqqoslaganda energiya sarfini kamayadi. Bu elektromotor o‘ta uzoq xizmat muddati* bilan ajralib turadi, shuning uchun uning kafolat muddati 10 yil qilib belgilangan.
* Germaniyaning Verband Deutscher Elektrotechniker (VDE) uyushmasi ushbu elektr motorini 23 yillik xizmat muddatiga sertifikatladi.
Tozalash vositalarini samarali olib ketkazish
Super Rinse+ rejimi
Yuvishdan keyingi takomillashgan kiyim chayish jarayonini baholang. Super Rinse + opsiyasi qo‘shimcha suv miqdori va barabanning tez aylanishidan foydalanadi, bu tufayli yuvish vositalarining kiyimingizdan yanada intensiv ravishda olib tashlanishi ta’minlanadi. Natijada kiyim yanada toza bo‘ladi va ta’sirchan terini qo‘zg‘amaydi.
Dog‘larni ketkazish
Intensiv ivitish
Hatto juda iflos kiyimlar ham toza bo‘ladi. Pufakchalar bilan ivitish funksiyasi qon, choy, sharob va o‘t kabi turli xil dog‘larni ketkazishga yordam beradi. Kiyim ashyolari faol ko‘pik pufakchalari bilan to‘yintiriladi, bu tufayli barcha kirlanish va dog‘lar eriydi va yanada samarali ravishda ketkaziladi*.
* Sinovlar IEC 60456 5th edition standarti / Cotton Cold/40/60°C (9-kg yuklash) rejimi bo‘yicha Synthetic 40°C (4-kg. yuklash) Bubble Soak Wash rejimida (WW90J6410CW) o‘tkazildi va Bubble Soak Wash (WW90J6410CW) opsiyasisiz rejim bilan taqqoslandi.
* Sinovlar IEC 60456 5th edition standarti / Cotton Cold/40/60°C (9-kg yuklash) rejimi bo‘yicha Synthetic 40°C (4-kg. yuklash) Bubble Soak Wash rejimida (WW90J6410CW) o‘tkazildi va Bubble Soak Wash (WW90J6410CW) opsiyasisiz rejim bilan taqqoslandi.
Aqlli diagnostika
Smart Check funksiyasi
Qo‘shimcha xarajat va mashinaning buzilishi bilan bog‘liq noqulayliklarni unuting. Smart Check aqlli diagnostika funksiyasi - bu maxsus ilova yordamida smartfonda ishlatilishi mumkin bo‘lgan mashina vaziyatini nazorat etish avtomatik tizimidir*. Funksiya nosozliklarni erta bosqichda aniqlaydi va tezkor tashxis qo‘yish bilan birga, uni hal qilish uchun yechim taklif etadi. Bu vaqtni va ta’mirlash xarajatlarini tejaydi**.
* IOS va Android smartfonlarida mavjud. ** Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassisni chaqirish kerak bo‘lishi mumkin.
Xizmat qilish muddatining uzunligi
Keramik isitgich
Keramik isitgich (Ceramic Heater +) bilan mashinadan ancha uzoq vaqt foydalanish mumkin. Uning patentlangan konstruksiyasi* noyob antiadgezion materiallar va mikro tuzilmadan foydalanadi. Bu issiqlik o‘tkazuvchanligini pasaytiruvchi qasmoq** hosil bo‘lish ehtimolini kamaytiradi. Shu sababli isitish unsurining ishlash resursi oshiriladi.
* Patent raqami: 10-2012-0029920 ** Mustaqil isitgich sinovlarining natijalari an’anaviy Samsung isitgichi WF60F4E0N0W / ET ishlatilishi natijalari bilan taqqoslandi. Sinovlar paytida qattiq suv bilan ishlagandan keyin isitgichning og‘irligi o‘zgarishi o‘lchandi.
Elektr kuchlanishi pasayishidan himoya
Elektr kuchlanishi nazorati (Volt Control) funksiyasi
Elektr kuchlanishi nazorati (Volt Control) funksiyasi mashinani elektr kuchlanishidagi sakrashlardan saqlaydi. U elektr ta’minot kuchlanishining sezilarli darajada oshishini aniqlaydi va avtomatik ravishda mashinani o‘chiradi. Bu kir yuvish mashinasining shikastlanishining oldini oladi.
Texnik xususiyatlari
-
Kir yuvish mashinasi sig'imi (kg) 7.0 kg
-
Quvvat iste'moli (bir tsikl uchun) 0.91 kVt/soat
-
Suv iste'moli (tsikl) 42 L
-
Aylanish samaradorligi B
-
Korpusning o'lchamlari (ExBxCh) 600 x 850 x 450 mm
-
Sof og'irligi 55 kg
Qo'llab-quvvatlash
Mahsulot haqida savolingizga javob toping
-
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
- Versiya 1.0
- 8.48 MB
- 29.08.2019
INGLIZ -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
- Versiya 1.0
- 8.75 MB
- 29.08.2019
Rus -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
- Versiya 1.0
- 24.87 MB
- 12.06.2019
QOZOQ, Rus, O'ZBEKISTON
Ko'p so'raladigan savollar
- Agar Samsung kir yuvish mashinasida yuvish paytida ko‘pik bo‘lmasa nima qilish kerak
- Agar kir yuvish jarayonida Samsung kir yuvish mashinasida vaqt ortsa nima qilish kerak
- Samsung kir yuvish mashinasidan kuygan hid keladi
- Samsung kir yuvish mashinalari xatolik kodlari
- Samsung kir yuvish mashinasida 4E, 4C, E1 xatoliklari
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang