Galaxy Watch Active SM-R500

SM-R500NZKASKZ

The item is in the cart.

Ha

NFC

Bluetooth v4.2

Bluetooth versiyasi

1.1" (28.1мм)

O'lchami (Asosiy displey)

1.15 GGs

CPU chastotasi

Galaxy Watch Active modelining
keyingi avlodi

Galaxy Watch Active'ning keyingi avlodini kutib oling. Barcha fitnes-soatlar maʼlumot toʻplaydi. Watch Active - bu siz bilan faol aloqada boʻladigan va siz har doim bir qadam oldinda boʻlishingiz uchun foydali maslahatlar beradigan noyob fitnes-soatlar.

Galaxy Watch Active'ning<br/> keyingi avlodi

Hayot tarzingizga
aʼlo darajada toʻgʻri keladigan uslub

Fitnes-soatlaringiz sizni har doim formada boʻlishga undaydi. Galaxy Watch Active sizning maqsadlaringizga ishonch bilan va tezroq erishishga yordam beradigan oddiy, chalgʻituvchi elementlarsiz, aqlli, yengil dizayni bilan ajralib turadi. Turli xil rangdagi tasmalarning katta tanlovi sizga kayfiyat va vaziyatga qarab uslub va imidjni osongina oʻzgartirishga yordam beradi.

Hayot tarzingizga ideal darajada to'g'ri keladigan stil

* Modellarining mavjudligi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.

Oddiylikdagi goʻzallik

Har kimning faol turmush tarzini olib borishda oʻziga xos yondashuvi mavjud. Shuning uchun Galaxy Watch Active uslubi va funksiyaliligini uygʻunlashvchi siferblatning har xil vizual variantlarini taklif etadi. Sizning oldingizga qoʻygan maqsadingizdan qat'iy nazar, har doim unga toʻliq mos keladigan dizayn variantlari mavjud.

Oddiylikdagi go'zallik
  • *Suzishni kuzatish funksiyasi may oyidan keyin taqdim etiladi. Mamlakat yoki mintaqaga qarab mavjud boʻlishi yoki boʻlmasligi mumkin. *Galaxy Watch Active mdoelining suvga chidamlilik darajasi ISO 22810: 2010 boʻyicha 50 metr chuqurlikka teng. Galaxy Watch aqlli soatlari dayving yoki yuqori bosimli suv turizmiga toʻgʻri kelmaydi. Agar qurilma yoki qoʻllaringiz nam boʻlsa, uni ishlatishdan oldin yaxshilab quritilishi kerak. * AQSh harbiy standartiga mos keladi (MIL-STD-810G). * Samsung Health ilovasini Galaxy Watch Active'da ishlatish uchun roʻyxatdan oʻtish va mos keladigan smartfon bilan ulanish talab etiladi. *Faqat salomatlik va fitnes maqsadlari uchun moʻljallangan. *Ushbu funksiyaning grafik interfeysi oldindan ogohlantirmasdan oʻzgarishi mumkin. *GPS funksiyasidan foydalanish batareya quvvatining sarfi oshishiga olib kelishi mumkin.

Stress darajasini boshqaring

Galaxy Watch Active modelida oʻrnatilgan yurak urish sensori sizning yurak urishingizni kuzatadi va anomal oʻzgarishlar kuzatilsa sizga xabar yuboradi. Galaxy Watch Active, shuningdek, sizning stress darajangizni aniqlashi va zarur paytlarda dam olish uchun nafas olish mashqlarini bajarishni taklif qilishi mumkin. Nafas olishdan oldin va keyin stress darajasini kuzating.

*Samsung Health ilovasidan Galaxy Watch orqali foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish va mos keladigan smartfon bilan ulanish talab etiladi. *Faqat salomatlik va fitnes maqsadlari uchun moʻljallangan. * Stress and Meditation (Stress va meditasiya) funksiyasining mavjudligi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. *Ushbu funksiyaning grafik interfeysi oldindan ogohlantirmasdan oʻzgarishi mumkin.
Stress darajasini boshqaring

Salomatligingizni kuzatib boring

Galaxy Watch Active modelida oʻrnatilgan Samsung Health ilovasi sizning salomatligingizni doimiy ravishda kuzatib borishga yordam beradi. Soat ekranida sogʻligʻingiz haqida qisqacha ma'lumotni koʻring va nafaqat jismoniy faoliyatingizni, balki umumiy ahvolingizni boshqarish uchun koʻplab vositalardan foydalaning.

* Ushbu funksiyaning grafik interfeysi oldindan ogohlantirmasdan oʻzgarishi mumkin.
Salomatligingizni kuzatib boring

Aloqani toʻxtatmang

Har doim, kechayu kunduz aloqada qoling. Smartfoningiz quvvat olayotgan boʻlsa-da, Galaxy Watch Active orqali smayliklar, matnli yoki ovozli xabarlarni yuboring.

Aloqani to'xtatmang

Muvozanatli hayot

Tun boʻyi sizning ahvolingizni kuzatadigan qurilma. Toʻliq tungi dam olishga yordam berish uchn Galaxy Watch Active sizning uyquingizning toʻrt bosqichini kuzatib boradi. Ertasi kuni ertalab siz uyquning qanchalik chuqur va sogʻlom ekanligini aniq tushunish bilan uygʻonasiz.

* Samsung Health ilovasidan Galaxy Watch Active orqali foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish va mos keladigan smartfon bilan ulanish talab etiladi. * Ushbu funksiyaning grafik interfeysi oldindan ogohlantirmasdan oʻzgarishi mumkin.
Muvozanatli hayot kechiring

Bugun yoqing va ertaga quvvatlang

Yuz foiz ishonchli va toʻxtovsiz. Galaxy Watch Active sizning faoliyatingizni 45 soat davomida zaryadlashsiz kuzatib boradi. Simsiz zaryadlashning Wireless Power Share innovatsion texnologiyasi qurilmangizni tez zaryadlashga yordam beradi.

Yoqing va foydalaning. Bugun va ertaga

*Batareya alohida sotiladi. 3. Wireless PowerShare texnologiyasi Samsung smartfonlarida va WPC Qi simsiz zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydigan boshqa markalarda ishlaydi, masalan, Galaxy S9, S9 +, S8, S8 +, S8 Active, S7, S7 edge, S7 Active, S6, S6 edge, S6 Active, S6 edge +, Note9, Note8, Note FE, Note5, shuningdek, Galaxy Watch Active, Gear Sport, Gear S3, Galaxy Watch va Galaxy Buds kabi taqiladigan qurilmalarda. Ayrim aksessuarlari, gʻiloflari yoki boshqa markadagi qurilmalar bilan ishlamasligi mumkin. Tarmoq muhitingizga qarab qoʻngʻiroqlarni qabul qilish yoki ma'lumot uzatishga taʼsir qilishi mumkin.

Oʻyin-kulgi bilagingizda

Galaxy Watch Active sizni bevosita koʻngil ochish dunyosiga bogʻlaydi. Koʻplab taklif qilingan motivatsion dasturlar tufayli siz kundalik harakatlaringiz va maqsadlaringiz roʻyxatini sozlashingiz mumkin.

O'yin-kulgiga tez kirish

*Galaxy Watch Active uchun ilovalarning mavjudligi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. Ilovani yuklab olishingiz, roʻyxatdan oʻtishingiz va mos keladigan smartfon bilan ulanishingiz talab etilishi mumkin.

Oʻz ehtiyojlaringizga
eʼtibor bering

Oʻzingizning qulayligingiz uchun shaxsiy sozlama yangilangan One UI foydalanuvchi interfeysi tufayli, Galaxy Watch Active namoyish qilinayotgan maʼlumotni intuitiv ravishda tartibga soladi va siz koʻrmoqchi boʻlgan narsangizni koʻrsatadi. Endi istalgan vaqtda kerakli ma'lumotlarni darhol tekshirishingiz mumkin.

O'z ehtiyojlaringizga e'tibor bering
  • Ha NFC
  • Bluetooth v4.2 Bluetooth versiyasi
  • 1.1" (28.1мм) O'lchami (Asosiy displey)
  • 1.15 GGs CPU chastotasi
  • 25 Og'irligi (gr)
  • 230 mAsoat Akkumulyatorning standart sig‘imi

* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin
* Barcha tasvirlar faqat rasmlardir, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.
* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.
* Foydalanuvchi uchun mavjud bo'lgan ichki xotira miqdori qurilmaning umumiy xotirasidan kamdir, chunki xotiraning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashini ta'minlaydigan ilovalar tomonidan egallaydi. Fotosurat dasturini yangilaganidan so'ng ham, foydalanuvchi xotirasining haqiqiy miqdori tashuvchiga bog'liq bo'lishi mumkin.
* Batareyaning haqiqiy sig'imi (Wh) kuchlanish qiymati bo'yicha iste'mol qilinadigan mahsulot bilan aniqlanadi. Ushbu qiymat qurilmada ko'rsatilgan sig'imning qiymatidan (Wh) farq qilishi mumkin, chunki birinchisi ushbu qurilma tomonidan iste'mol qilingan haqiqiy quvvat, ulangan qurilmalarning mavjudligi va ish sharoitlariga bog'liq.
* Tarmoq: Qo'llab-quvvatlanadigan chastota diapazoni mintaqaga va tarmoq provayderiga qarab farq qilishi mumkin.

* Время работы от аккумулятора с использованием GPS основано на наших собственных лабораторных измерениях и может варьироваться в зависимости от таких факторов, как настройки устройства, схемы использования и условия эксплуатации.