Mazmunli innovatsiya
"Hamma uchun texnologik innovatsiya" - bu hayotimizga ma’no beradigan va quvonch keltiradigan idealdir. Samsungning barcha mahsulotlari, kontenti va xizmatlari turli-tumanlikka asoslangan va farqlanishni qamrab oladigan “insonga yo‘naltirilgan falsafa” atrofida yaratilgan. Samsung barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lgan texnologik yangiliklarni izlaydi.
Foydalanish imkoniyatlar falsafasi
tamoyillari
Mulohaza
Barcha foydalanuvchilarimiz uchun tafsilotlarga e’tibor berish bilan yaratilgan
Biz Samsungda doimo dizayn interfeysimizni foydalanuvchining ehtiyojlari va istaklariga moslashtirish uchun turli xil tadqiqot usullarini qo‘llagan holda mahsulotimiz interfeysini soddalashtirishga harakat qilmoqdamiz. Biz barcha foydalanuvchilarimizni tushunish uchun ularni tinglashga va samimiyat bilan musosabat ko‘rsatishga intilamiz.
Keng qamrovli yondashuv
Muvozanatlashgani va barcha uchun teng ravishda yaratilgan
Biz barcha foydalanuvchilarga mos dizaynga intilamiz. Biz Samsungda texnologiya sanoatida diskrimatsiya qiluvchi tendensiyalarni yengib o'tishga harakat qilamiz va mahsulotimizdan foydalanishda jismoniy yoki kognitiv kamchilikka ega har qanday foydalanuvchi to‘sqinlikka uchramasligini qat'iyan istaymiz. Biz rioya qiladigan qat’iy ko‘rsatmalar to‘plamiga egamiz. Har bir mahsulotni rejalashtirish bosqichidan boshlab, biz mahsulotlarimiz barcha foydalanuvchilar uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlaymiz.
Hamjihatlik
Barcha mahsulotlar uchun uyg‘un dizayn tajribasi
Samsung mahsulotlari harakati cheklangan odamlar uchun turli xil qo‘shimcha funksiyalarni taqdim etadi. Foydalanish imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha doimiy izlanishlar va rivojlanishlar barcha Samsung mahsulotlarining barcha foydalanuvchilariga teng darajadagi funksional imkoniyatlarni ta’minlaydi.
Birgalikda yaratish
Birgalikda loyihalashtirilgan
Samsung kompaniyasida mahsulotlarga xizmat ko‘rsatish-o‘qitish tajribasini ta’minlovchi turli sohalardagi mutaxassislardan iborat maxsus guruh mavjud. Nogironligi bo‘lgan xodimlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va hamfikr bo‘lgan hamjamiyatlar va guruhlar loyihalash jarayonida yuqori darajada amaliy yondashuvni ta’minlash uchun birgalikda harakat qilishadi. Biz, shuningdek, nafaqat mahsulotni ishlab chiqarish, balki jamiyatga qaytarib berish uchun kelgusi innovatsiyalar uchun imkoniyatlar yaratish uchun ichki musobaqalarni tashkillashtiramiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.