Photography

Biz go'zal xonimlar uchun maxsus yoqimli sovg'alarni tayyorladik: uchta Galaxy A01 Core smartfoni va beshta Samsung Power Bank! O'z muvaffaqiyat hikoyangiz bilan o'rtoqlashing va tanlovda ishtirok eting!

8 mart — bu go'zallik, nafislik, ko'rkam joziba ramzi hisoblanuvchi kun bo'libgina qolmay, barcha ayollarga bag'ishlangan yorqin bahor bayrami hamdir.

Bajarishingiz kerak bo'lgan shartlar:

1. 8-martdan 21-mart kunigacha o'z sahifangizda erishgan muvaffaqiyatingiz haqidagi hikoyangiz bilan o'rtoqlashing;
2. Samsung Uzbekistan sahifasini belgilang;
3. #FemaleTeamGalaxy xeshtegini qo'ying;
4. Tanlov mobaynida shaxsiy sahifangiz ochiq bo'lishi kerak.



G'oliblarni tanlash ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1. Har bir ta'sis etuvchi, ishtirokchilar ichida o'ziga yoqqan hikoyani tanlab olado..

2. 25-mart kuni saralab olingan ishtirokchilar orasidan tasodifiy 8 ta g'oliblar tanlanadi!

Sovg'alar

#FemaleTeamGalaxy

Nozik bir ayol — ulkan qudratga ega bo'lib, quyidagicha bo'lishga qodir: yumshoq va mehribon inson, sadoqatli xotin, g'amxo'r ona, sodiq dugona. Shu bilan birga — dono rahbar, malakali xodim va iste'dodli ijodkor.

Biz, hayotingizni o'zgartirib yuboruvchi o'zbek qizlarining qiziqarli va ilhomlantiruvchi hikoyalarini maxsus sizlar uchun tayyorladik.

Bizning sovrinli tanlovimizda ishtirok eting – mini-intervyularni tomosha qiling, loyiha qahramonlarining sahifalariga o'ting va o'zingizning muvaffaqiyat hikoyangiz bilan o'rtoqlashing!

Шахзода Мухамедова Шахзода Мухамедова
1

Shahzoda Muxamedova
Dizayner, tele-boshlovchi va kinoaktrisa

Bolalikdagi sevimli mashg’ulotlar, qanday qilib butun umrlik kasbga aylandi? Martaba va oilani qanday qilib muvaffaqiyatli birlashtirish mumkin? Kasbi va oilasiga nisbatan sodiq qolgan holda, ayol kishi qanday qilib aktrisa bo’lishi mumkin? Shahzoda Muxamedova bilan intervyuni tomosha qiling

Nora Mirzaahmedova Nora Mirzaahmedova
2

Nora Mirzaahmedova
Tadbirkor, «Alladan boshlanuvchi martaba» va «Happy Time» ta’lim muassasalarining asoschisi.

Aniq belgilab olingan maqsadlar o’ylagan barcha narsalarga erishishga yordam beradi. Muvaffaqiyatga erishgach, barcha narsani yo’qotib qo’yish mumkin, ammo eng asosiysi, bunda kishining o’zi sinmaydi! Shu va boshqa ko’plab ma’lumotlar Nora Mirzaahmedova bilan suhbatda batafsil yoritilgan.

Нигора Акилова Нигора Акилова
3

Nigora Akilova
Arzon Apteka loyihasining hamkori, Nestle Uzbekistan kompaniyasining muvaffaqiyatli sobiq PR-menejeri

Muvaffaqiyatning boshqa tomoni, o’zingizga va biznesingizga bo’lgan ishonch, katta kompaniyadagi faoliyat va 2 yil ichida bozorning yetakchisiga aylanish, xalqaro startap maqomiga ega bo’lgan va ko’p odamlarga bergan ko’magi. Nigora Akilovaning hikoyasini tomosha qiling.

Madina Ro’zmatova Madina Ro’zmatova
4

Madina Ro’zmatova
PR-Adviser, bloger

Barcha narsadan voz kechib, noshirlik martabasiga erishish yo’lida O’zbekistonga butkul ko’chib o’tish Madina uchun eng qiyin yo’llardan biri bo’lgan. Suhbat orqali seksizm, tengsizlik va psixologik qiyinchiliklarni yengib o’tgan nihoyatda kuchli qiz haqidagi hikoyani bilib olasiz.

Tatyana Allaberganova Tatyana Allaberganova
5

Tatyana Allaberganova
Fitness murabbiy, to’g’ri ovqatlanish tizimi bo’yicha mutaxassis, bloger

Muhandislikdan – fitnes murabbiyigacha. Erkinlik istagi qanday qilib sevimli mashg’ulotni – kasbga aylantirdi, Tatyana bilan bo’lgan suhbatni tomosha qiling.

To’xtasinova Go’zal To’xtasinova Go’zal
6

To’xtasinova Go’zal
Marketing menejeri

O’z kasbini topishi, realiti-shoudagi ishtiroki, SMM menejeri sifatida faoliyati va blogerlikning mashaqqatli yo’li. Go’zal To’xtasinova - qanday qilib o’zingizga ishonishni va shaxsiy blogni yuritishni boshlash mumkinligi haqida aytib beradi.

Умида Рахматуллаева Умида Рахматуллаева
7

Umida Rahmatullaeva
Psixolog, murabbiy, HR-mutaxassis

Ba’zilar bolaligidanoq kim bo’lishini yaxshi biladi. Qiyinchilik to’siqlari, onadan boshqa, biron kim tomonidan qo’llab-quvvatlanmagan holatlarga qaramay, ulkan cho’qillarni zabt eta olgan hayotiy hikoya haqida.


Dinara Ibragimova Dinara Ibragimova
8

Dinara Ibragimova
Sinxron suzish bo’yicha xalqaro sport ustasi va terma jamoa murabbiyi

Bir umrlik orzuga yetish uchun 20 yillik mashaqqatli mehnat. Dinara, o’zi va boshqalarga nisbatan qarshi kurashuvi va qiyinchiliklarga qaramay professional sinxron suzish sportchisiga aylanganligi haqida hikoya qiladi.

Irina Salixova Irina Salixova
9

Irina Salixova
Afisha Media kompaniyasining tijorat direktori, Zira va Zira bakery loyihalarining rahbari.

Uchta yirik loyihalar ishi nozik bir ayol zimmasida va nima uchun faqatgina ayol - xizmat va sifatni yaxshilashga qodir. Bularning barchasi haqida Irinaning muvaffaqiyat hikoyasi orqali bilib olasiz.

Rushana Maksumova Rushana Maksumova
10

Rushana Maksumova
Body-fitnes bo’yicha 2019-yilning Jahon va Osiyo chempioni

O’zi yoqtirgan ish bilan shug’ullanishi va jahon chempioniga aylanishi uchun direktorlik lavozimini tark etgani. O’z orzusi va o’ziga bo’lgan ishonchi uchun qilgan qurbonligi, shu va boshqa ko’plab narsalar haqida so’zlab beradi.

Nigina Faxriddinova Nigina Faxriddinova
11

Nigina Faxriddinova
Model

Miss Uzbekistan-2019, bolalikdagi og’ir operatsiya va hayotini butkul o’zgartirib yuborgan tasodifiy modellar kastingi. Nigina Faxriddinovaning muvaffaqiyat hikoyasini tomosha qiling.

Nadejda Riksiyeva Nadejda Riksiyeva
12

Nadejda Riksiyeva
Rassom - dekorator

Nadejda, hozirgi zamon rassomi sifatida ijod qilishi, ota-onaning qo’llab-quvvatlashi naqadar muhim ahamiyatga egaligi va buyurtmachilar tomonidan yuzaga keluvchi tushunmovchiliklarni qanday hal qilish haqida hikoya qiladi.

Динара Трибунская Динара Трибунская
13

Dinara Tribunskaya
Food-bloger

Taomga bo’lgan muhabbat, blog ochilishi, xeyterlar va bola sog’ligidagi jiddiy muammolar. Dinara barchasini yengib o’tdi va o’z orzusini ro’yobga chiqara oldi, intervyuni batafsil tomosha qiling.

Oynisa Gulyamova Oynisa Gulyamova
14

Oynisa Gulyamova
Bloger, fotosur’atchi

Qanday qilib sevimli mashg’ulot, sevimli kasbga aylandi? Oynisa biz bilan fotosur’atchiga aylanish yo’lidagi qiyinchiliklar va mijozlar bilan ishlashda uchrab turuvchi g’ayrioddiy holatlar haqida yoritilgan hikoyasi bilan o’rtoqlashadi.

Читайте также