Galaxy A27 5G
Gallery popup
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Xususiyatlari
Ajoyib smartfon
Galaxy A27 5G — hayot tarzingizga mos hamroh! Yupqa korpus, zamonaviy dizayn va 6,7 dyuymli displey kontentdan chalg'imasdan zavq olishingizni ta'minlaydi. Uchta kamera esa yuqori sifatli surat va videolar oladi. "Obyekt o'chirg'ich" va "Ovozni matnga aylantirish" kabi AI funksiyalar esa ko'proq vazifalarni oson bajarishga yordam beradi.
Zamonaviy dizayn
Galaxy A27 5G yangi dizayni ko'rinishingizga ko'rk qo'shadi. Yupqa korpusi tufayli 7,8 mm li smartfon qo'lga mos joylashadi, foydalanishda ham qulay. Yupqa ramkali 6,7 dyuymli katta displey bejirim ko'rinadi. Yaltiroq shisha yuza va orqa paneldagi kameralarning ixcham joylashuvi qurilmaga yanada maftunkor ko'rinish beradi. O'zingizga mos rangni tanlang: qora, ko'k yoki och pushti.1
Sevimli kontentingiz uchun yanada kengroq ekran
6,7" FHD+ Super AMOLED displey va juda yupqa ramkalar bilan kontentdan chalg'imasdan zavq oling. Strimlar qilishingiz, o'yin o'ynashingiz yoki ma'lumot izlashingiz mumkin — Vision Booster texnologiyasi ekranning ravshan va yorqin bo'lishini ta'minlaydi.2
6 yillik OT hamda xavfsizlik tizimi yangilanishlari tufayli uzoq muddat ishlaydi
Galaxy A27 5G sizni uzoq yillar davomida xursand qiladi — u muntazam yangilanib turadi va xavfsiz qoladi. Operatsion tizimning 6 ta avlodgacha yangilanish va 6 yillik xavfsizlik tizimi yangilanishlarini olishi qurilmaning funksionalligi va xavfsizligini ta'minlaydi.3
Ajoyib kamera
Galaxy A27 5G yordamida yorqin quyosh nurlari ostida ham muhim lahzalaringizni muhrlang. 12 Mp selfi kamera surat va videolaringizning aniq va tiniq chiqishini ta'minlaydi.4
Uchta kamera. Bitta kuchli tizim
Galaxy A27 5G bilan doimo ajoyib surat olishga tayyorsiz. Smartfon 50 Mp keng burchakli kameraga ega bo'lib, yaqinlaringizga ko'rsatishga arziydigan surat va videolar olishingizga yordam beradi.5
Aylana chizib qidirish
Videoda yoqib qolgan narsani topish uchun "Aylana chizib qidirish" funksiyasidan foydalaning — shunchaki kerakli narsani aylanaga oling va AI yordamida kiyimdan to poyabzalgacha — istagan narsangizni toping.6
Kundalik ilovalar uchun uzluksiz ishlash
Galaxy A27 5G bilan hayotingizni osonlashtiring. Snapdragon® 6 Gen 3 protsessori bilan Galaxy A27 5G kundalik vazifalaringizni oson bajarishga yordam beradi. Uzluksiz strimlar, o'yinlar va turli ilovalardagi unumdorlikdan zavq oling. 9
Kun davomida yetarli quvvat
5000 mAs (odatdagi qiymat) sig‘imli batareya bilan Galaxy A27 5G smartfonidan maksimal darajada foydalaning. O‘yin o‘ynang, video tomosha qiling va ijtimoiy tarmoqlarda bemalol vaqt o‘tkazing — batareya quvvati haqida xavotir olmang. To‘liq quvvatlangan batareya videolarni 23 soatgacha tomosha qilish imkonini beradi. Tezda quvvatlash kerak bo‘lsa, atigi 30 daqiqada 45% gacha quvvatlang.10
IP64 suvga chidamlilik himoyasi bilan uzoq xizmat qilish uchun yaratilgan
Kuningizni xotirjam boshlang. IP64 himoyasi smartfonni chang, kir va suv sachrashidan asraydi. Corning® Gorilla® Glass Victus+® oynasi esa tirnalishlardan himoya qilib, qurilmangizning uzoq vaqt yangi holatda qolishiga yordam beradi.11
Sizning yangi One UI 8.5. Sizning o'ziga xosligingiz
Yangi One UI 8.5 bilan bu oddiy smartfon bo'lib qolmaydi. U sizning ehtiyojlaringizga moslashadi, foydali tavsiyalar beradi va Galaxy AI imkoniyatlari yordamida kundalik ishlar hamda ijod jarayonlarini yanada osonlashtiradi. Yangi Galaxy texnologiyalarini kashf eting va ko‘proq imkoniyatlardan foydalaning.12
Maxfiyligingiz va ma'lumotlaringiz Samsung Knox himoyasi ostida
Galaxy A27 5G smartfonining EAL5+ standarti bo‘yicha sertifikatlangan Knox Vault himoyalangan xotirasi shaxsiy ma'lumotlaringizni ishonchli tarzda himoya qiladi. Maxfiy ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan suratlarni shaxsiy albomlarda saqlang va ularga xavfsiz kirishni ta'minlang. Ilovalar zaruratsiz aniq joylashuvingiz yoki maxfiy ma'lumotlaringizdan foydalanishga urinsa, maxfiylik buzilishi haqida aqlli bildirishnomalar orqali doimo himoya ostida bo'lasiz.13
Fayllarni tezkor ulashish
Fayllaringizni Galaxy qurilmalari bilan va ekotizim tashqarisida ham Quick Share funksiyasi yordamida tezda ulashing. Hujjatlarni shaxsiy kompyuterga yoki boshqa operatsion tizimli qurilmaga yuborish mumkin. Yuzni aniqlab, manzil yuborish funksiyasi hayotingizni osonlashtiradi.14
Yangi qurilmaga o'tganda ma'lumotlaringizni saqlang
Eski smartfon yoki planshet, hattoki iOS qurilmangizdan yangi Galaxy A27 5G smartfoningizga oson va tez o'ting. Smart Switch ilovasi surat, video, kontakt va ilovalarni bir nechta sodda harakatlar bilan, hech narsani yo'qotmagan holda ko'chirish imkonini beradi. 15
Smartfonlarni taqqoslash
Ko'p beriladigan savollar
Kuchli protsessor va chidamli batareya uzoq vaqt davomida uzluksiz video tomosha qilish, o'yin o'ynash va internetdan foydalanish imkonini beradi. Super AMOLED FHD+ displeyi kinoteatr effektini yaratadi. Takomillashtirilgan kamera esa ijtimoiy tarmoqlarda ulashishga arziydigan yuqori sifatli surat va videolar olishga yordam beradi.
Galaxy A27 5G 6 ta avlodgacha OT yangilanishlari va 6 yillik xavfsizlik tizimi yangilanishlarini oladi.19
Optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega 50 Mp keng burchakli kamera, 5 Mp ultrakeng burchakli kamera va 2 Mp makroobyektiv kamera.20
Unda 5000 mAs sig'imli (odatiy ko'rsatkich) batareya o'rnatilgan bo'lib, 23 soatgacha video ko'rish mumkin. Atigi 30 daqiqada 45% quvvat oladi.
Galaxy Buds va Galaxy Watch qurilmalarini oson ulashingiz va boshqarishingiz mumkin.21
Galaxy A Series narx va samaradorlik o‘rtasidagi optimal muvozanatni taqdim etadi. Agar hamyonbop narxda zamonaviy imkoniyatlarga ega Galaxy smartfonini izlayotgan bo‘lsangiz, Galaxy A Series eng yaxshi tanlov bo‘ladi. U bilan sifatli suratlar oling, sevimli seriallaringizni qayta quvvatlamasdan tomosha qiling va boshqa ko‘plab imkoniyatlardan foydalaning.
Texnik xususiyatlari
-
Protsessor
2.4GHz, 1.8GHz
-
Og'irlik (g)
200
-
Protsessor tezligi
2.4GHz, 1.8GHz
-
Protsessor turi
Octa-Core
-
O'lchami (asosiy displey)
169.1mm (6.7")
-
Aniqligi (asosiy displey)
1080 x 2340 (FHD+)
-
Texnologiyasi (asosiy displey)
Super AMOLED
-
Rang ravshanligi (asosiy displey)
16M
-
Maksimal yangilanish tezligi (Asosiy displey)
120 Hz
-
Orqa kamera - aniqligi (bir nechta)
50.0 MP + 5.0 MP + 2.0 MP
-
Orqa kamera - Diafragma (bir nechta)
F1.8 , F2.2 , F2.4
-
Orqa kamera - avto fokus
Ha
-
Orqa kamera - Tasvirning optik stabilizatori (OIS)
Ha
-
Orqa kamera kattalashtirish
10x gacha Raqamli Zoom
-
Old kamera - aniqligi
12.0 MP
-
Old kamera - Diafragma
F2.2
-
Old kamera - Avto Fokus
Yo'q
-
Old kamera - Tasvirning optik stabilizatori (OIS)
Yo'q
-
Orqa kamera - Miltillash
Ha
-
Old kamera - Miltillash
Yo'q
-
Video yozib olishdagi aniqlik
UHD 4K (3840 x 2160)@30fps
-
Sekin harakat
240fps @HD
-
Operativ xotira_(GB)
8
-
Xotira (GB)
256
-
Mavjud xotira (GB)
233.2
-
Tashqi xotirani qo'llab-quvvatlash
MicroSD (2TB gacha)
-
SIM-kartalar soni
Ikkitalik SIM karta
-
SIM-karta o'lchami
Nano-SIM (4FF)
-
SIM-karta uyasining turi
SIM 1 + Gibrid (SIM yoki MicroSD)
-
Infra
2G GSM, 3G WCDMA, 4G LTE FDD, 4G LTE TDD, 5G Sub6 FDD, 5G Sub6 TDD
-
2G GSM
GSM850, GSM900, DCS1800, PCS1900
-
3G UMTS
B1(2100), B2(1900), B4(AWS), B5(850), B8(900)
-
4G FDD LTE
B1(2100), B2(1900), B3(1800), B4(AWS), B5(850), B7(2600), B8(900), B12(700), B13(700), B17(700), B20(800), B26(850), B28(700), B66(AWS-3)
-
4G TDD LTE
B38(2600), B40(2300), B41(2500)
-
5G FDD Sub6
N1(2100), N3(1800), N5(850), N7(2600), N8(900), N20(800), N26(850), N28(700), N66(AWS-3)
-
5G TDD Sub6
N38(2600), N40(2300), N41(2500), N77(3700), N78(3500)
-
USB interfeysi
USB Type-C
-
USB versiyasi
USB 2.0
-
Joylashuv texnologiyasi
GPS, Glonass, Beidou, Galileo, QZSS
-
Eshitish vositasi
USB Type-C
-
MHL
Yo'q
-
Wi-Fi
802.11a/b/g/n/ac 2.4GHz+5GHz, VHT80
-
Wi-Fi Direct
Ha
-
Bluetooth versiyasi
Bluetooth v5.1
-
NFC
Ha
-
Personal kompyuter bilan ma'lumotlar almashish
Smart Switch (PK avlodi)
-
Android
-
Rang
Qora
-
Shakl omili
Touch Bar
-
Akselerometr, Barmoq izi sensori, Gyro sensori, Geomagnit sensor, Yorug'lik sensori, Virtual yaqinlik sensori
-
O'lchamlar (BxKxCh, mm)
162.4 x 78.2 x 7.8
-
Og'irlik (g)
200
-
Videoni ijro etish vaqti_(Soat)
Maksimal 23
-
Batareya quvvati (mAh, odatiy qiymat)
5000
-
Olinadigan
Yo'q
-
Stereoni qo'llab-quvvatlash
Yo'q
-
Videoni ijro etish formati
MP4, M4V, 3GP, 3G2, AVI, FLV, MKV, WEBM
-
Videoni ijro etish aniqliligi
UHD 4K (3840 x 2160)@30fps
-
Audio ijro etish formati
MP3, M4A, 3GA, AAC, OGG, OGA, WAV, AMR, AWB, FLAC, MID, MIDI, XMF, MXMF, IMY, RTTTL, RTX, OTA
-
Gearni qo'llab-quvvatlash
Galaxy Ring, Galaxy Buds Core, Galaxy Buds4 Pro, Galaxy Buds3 Pro, Galaxy Buds2 Pro, Galaxy Buds Pro, Galaxy Buds Live, Galaxy Buds+, Galaxy Buds4, Galaxy Buds3, Galaxy Buds2, Galaxy Buds, Galaxy Buds3 FE, Galaxy Buds FE, Galaxy Fit3, Galaxy Fit2, Galaxy Watch FE, Galaxy Watch Ultra, Galaxy Watch8, Galaxy Watch7, Galaxy Watch6, Galaxy Watch5, Galaxy Watch4, Galaxy Watch3, Galaxy Watch, Galaxy Watch Active2, Galaxy Watch Active
-
Samsung DeXni qo'llab-quvvatlash
Yo'q
-
Bluetooth® Eshitish vositasini qo'llab-quvvatlash
Eshitish apparati uchun Android Audio oqimi (ASHA)
-
SmartThings'ni qo'llab-quvvatlash
Ha
-
Mobil TV
Yo'q
-
Xavfsizlikni yangilash muddati (qadar amal qiladi)
31 iyul 2032
Foydalanuvchi uchun qo'llanma va yuklab olish uchun materiallar
Yechimlar va maslahatlar
- Agar grafik kalit, PIN-kod yoki parol esdan chiqqan bo‘lsa, Samsung Galaxy qulfini qanday ochish mumkin
- Samsung Galaxy qurilmasini qanday qilib yangilash mumkin
- Samsung Galaxy smartfonida qo'ng'iroq ekranining fonini qanday o'zgartirish mumkin
- Samsung Galaxy’da zavod sozlamalarini qanday tiklash mumkin (hard reset, factory reset)
- Samsung Galaxy ni xavfsiz rejimga qanday o'tkazish va nima uchun kerak
-
* Tasvir namuna sifatida modellashtirilgan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin.
* Rang va modellarning mavjudligi mamlakat, mintaqa yoki sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin. - 1. * Rang va modelning mavjudligi mamlakat, mintaqa yoki sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
-
2.
* 5G tarmog'iga optimal sifatda ulanish talab etiladi. 5G tarmog'ining mavjudligi mamlakat, mintaqa va yetkazib beruvchiga bog'liq.
* Tasvir namuna sifatida modellashtirilgan.
* AI yordamida yaratilgan va tahrirlangan tasvirga ega.
* Displey ko'k yorug'likning zararli ta'sirini kamaytirish imkoniyati asosida ko'zni himoyalash bo'yicha SGS sertifikatiga ega bo'ldi.
* Ekran o'lchani to'g'ri to'rtburchak ekran uchun diagonal bo'ylab 6,7 dyuym va aylanasimon burchaklarni inobatga olganda 6,5 dyuymga teng. Haqiqiy ko'rish maydoni aylanasimon burchaklar va kamera o'rni tufayli biroz kichikroq. Go to feature - 3. * Android OT va xavfsizlik tizimi yangilanishlarini olishi va vaqti qurilma modeli, mamlakat, mintaqa hamda yetkazib beruvchiga bog'liq. Go to feature
-
4.
* Tasvir namuna sifatida modellashtirilgan.
* Natijalar suratga olish sharoiti, jumladan bir nechta obyektning mavjudligi, fokusdan chiqish va harakatdagi obyektlarga bog'liq. Go to feature -
5.
* Haqiqiy mahsulot tasvirda keltirilganidan farq qilishi mumkin.
* 50 Mp aniqlik faqat Samsung Galaxy A27 5G orqa keng burchakli kamerasiga tegishli
* Natijalar suratga olish sharoiti, jumladan bir nechta obyektning mavjudligi, fokusdan chiqish va harakatdagi obyektlarga bog'liq. Go to feature - 6. * Ketma-ketliklar qisqartirilgan va modellashtirilgan. Natijalar faqat namuna sifatida ko'rsatilgan. Natijalar vizual tasodiflar tufayli farq qilishi mumkin. Internet tarmog'iga ulanish talab etiladi. Android so'nggi yangilanishi talab qilishi mumkin. Qurilma funksional imkoniyatlari ilova va qurilma sozlamalariga bog'liq bo'lishi mumkin. Ayrim funksiyalar ma'lum ilovalar bilan ishlamasligi mumkin. Xizmat mavjudligi mamlakat va tilga bog'liq bo'lishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Go to feature
- 7. * Natijalar suratga olish sharoiti, jumladan bir nechta obyektning borligi, fokusdan chiqish va harakatdagi obyektlarga bog'liq. Go to feature
-
8.
* "Ovozni matnga aylantirish" funksiyasi uchun Samsung hisobiga kirish talab etiladi. Funksiya faqat oldindan o'rnatilgan Samsung Voice Recorder ilovasida yoki oldindan o'rnatilgan Samsung Phone ilovasida yozib olingan fayllar uchun amal qiladi. Oldindan o'rnatilgan Samsung Phone ilovasida ovozni yozib olish funksiyasi ayrim mamlakatlarda ishlamasligi mumkin. Matnga aylantirish kerak bo'lgan audio fayllar davomiyligi 3 soatdan oshmasligi kerak. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
* Til va xizmatlarning ishlashi mamlakat, mintaqa va tilga qarab farq qilishi mumkin. Ayrim tillarga tarjima qilmasligi mumkin. Go to feature -
9.
* Mavjud ichki/tezkor xotira hajmi oldindan o'rnatilgan dasturiy ta'minotga bog'liq.
* Ichki/tezkor xotira parametrlari va ularning mavjudligi mamlakat, mintaqa va yetkazib beruvchiga bog'liq bo'lishi mumkin.
* Tasvir namuna sifatida modellashtirilgan. Go to feature -
10.
* Tasvir namuna sifatida modellashtirilgan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin.
* Odatiy qiymat mustaqil laboratoriyada sinovdan o‘tkazilgan. Nominal qiymat IEC 61960 standarti bo‘yicha sinovdan o‘tgan namunalar orasidagi batareya sig‘imidagi og'ishni hisobga olgan holda aniqlangan o‘rtacha qiymatdir. Nominal (minimal) sig‘im — 4860 mAs. Batareyaning amaldagi ishlash muddati tarmoq muhiti, foydalanish usuli va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
* Batareyaning amaldagi ishlash muddati tarmoq muhiti, foydalanilayotgan funksiyalar va ilovalar, qo‘ng‘iroqlar va xabar almashish chastotasi, zaryadlashlar soni hamda boshqa omillarga bog‘liq. Go to feature -
11.
* Tasvir namuna sifatida modellashtirilgan.
* Qurilmaning old va orqa qismi Corning® Gorilla® Glass Victus®+ oynasi bilan himoyalangan.
* Orqa paneldagi Corning® Gorilla® Glass Victus® himoyasi kamera linzalari oynasini o'z ichiga olmaydi. Shuningdek, ramka ovoz balandligi tugmalari, yon tugma va SIM-karta o'rnini ham himoya qilmaydi.
* Samsung Galaxy A27 5G IP64 standarti bo‘yicha sertifikatlangan. Sertifikat laboratoriya sinovlari asosida olingan bo‘lib, qurilma 5 daqiqa davomida har tomondan daqiqasiga 10 litr chuchuk suv purkash asosida sinovidan o‘tkazilgan. Qurilmadan plyaj yoki basseynda foydalanish tavsiya etilmaydi. Suv va changdan himoya darajasi vaqt o‘tishi bilan tabiiy eskirish sababli pasayishi mumkin. Go to feature - 12. * Internet tarmog'iga ulanish talab etiladi. Ayrim funksiyalar ma'lum ilovalar bilan ishlamasligi mumkin. Xizmatlarning mavjudligi mamlakat va tilga bog'liq bo'lishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Go to feature
-
13.
* Tasvir namuna sifatida modellashtirilgan.
* Samsung Galaxy A Series qurilmalaridagi Samsung Knox Vault apparat/dasturiy arxitekturasi va xavfsizlik funksiyalari 2021-yildan boshlan ishlab chiqarilayotgan Samsung Galaxy flagman qurilmalardagidan, jumladan S Series, Z Series, S FE series va Tab S Series planshetlardagidan farq qilishi mumkin. Go to feature -
14.
* Tasvir namuna sifatida modellashtirilgan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin.
* Ayrim funksiyalar va vidjetlardan foydalanish uchun internetga ulanish hamda Samsung hisobiga kirish talab etilishi mumkin.
* Ayrim funksiyalar mavjudligi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.
* Quick Share haqida batafsil ma’lumotni samsung.com/uz saytidan olishingiz mumkin. Go to feature -
15.
* Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin. Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
* Smart Switch va Quick Share haqida batafsil ma'lumot olish uchun Samsung.com saytiga kiring.
* Funksiyalarning mavjudligi qurilma, mamlakat, mintaqa, mobil operator va One UI versiyasiga bog'liq. Go to feature - 16. *Galaxy Watch alohida sotiladi. Go to feature
- 17. *Galaxy Buds alohida sotiladi. Go to feature
- 18. * Alohida sotiladi Go to feature
- 19. * Android OT va xavfsizlik tizimi yangilanishlarini olishi va vaqti qurilma modeli, mamlakat, mintaqa va yetkazib beruvchiga bog'liq. Go to feature
- 20. * Natijalar suratga olish sharoiti, jumladan bir nechta obyektning mavjudligi, fokusdan chiqish va harakatdagi obyektlarga bog'liq. Go to feature
- 21. * Galaxy Watch va Galaxy Buds Core alohida sotiladi. Go to feature
*E’tiboringizni shunga qaratamizki, ushbu veb-sayt va undagi ma’lumotlar faqat axborot berish xususiyatiga ega bo‘lib, hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.
*Barcha tasvirlar namuna maqsadida modellashtirilgan, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.
*Ayrim AI funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab qilinishi mumkin.
*Samsung tomonidan taqdim etiladigan asosiy Galaxy AI funksiyalari bepul. Kelgusi versiyalarda pullik asosda taqdim etiladigan kengaytirilgan funksiyalar yoki yangi xizmatlar paydo bo‘lishi mumkin. Uchinchi tomonlar taqdim etadigan sun’iy intellekt funksiyalariga boshqa shartlar qo‘llanilishi mumkin. Asosiy Galaxy AI funksiyalari — bu Samsung kompaniyasining amaldagi Foydalanish shartlarida Kengaytirilgan intellekt bo‘limida keltirilgan xizmatlardir.
*Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik tavsiflari e’lon qilingan paytda amal qiladi, ammo keyinchalik oldindan ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.
*Batareyaning haqiqiy quvvati tarmoq muhiti, ishlatiladigan funksiyalar va ilovalar, amalga oshirilgan qo'ng'iroqlar va yuborilgan xabarlar chastotasi, zaryadlanish/zaryadsizlanish sikllari soni va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq.
*Foydalanuvchi uchun mavjud ichki xotira hajmi qurilmaning to‘liq xotirasidan kamroq bo‘lishi mumkin, chunki uning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashi uchun zarur bo‘lgan ilovalar tomonidan band qilingan. Haqiqiy foydalanuvchi xotirasi hajmi mobil operatorga bog‘liq bo‘lishi va qurilma dasturiy ta’minoti yangilangandan so‘ng o‘zgarishi mumkin.
*Tarmoq: Qurilma tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan o‘tkazuvchanlik hudud yoki xizmat ko‘rsatuvchi provayderga qarab farq qilishi mumkin.
*Wi-Fi 7 (802.11be) tarmog‘ining mavjudligi bozor, tarmoq provayderi va foydalanuvchi muhitiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Optimal ulanish talab etiladi. Wi-Fi 7 routeri kerak bo‘ladi.
*Ranglarning mavjudligi mamlakat va yetkazib beruvchiga bog'liq.