Yangilik

Galaxy A37 5G

Binafsha 128 GB 8 GB
SM-A376ELVDSOZ

{{priceAnchor.priceWrapper.info.noLineOrignal}}

{{priceAnchor.priceWrapper.info.totalPrice}}
{{priceAnchor.priceWrapper.info.totalPriceMonthly}}

{{priceAnchor.priceWrapper.info.ceExchangePrice}}

{{priceAnchor.priceWrapper.info.orignalPriceAddText}}
{{priceAnchor.priceWrapper.info.lowestWasPricetext}}
{{priceAnchor.priceWrapper.info.orignalPrice}}
{{priceAnchor.priceWrapper.info.savePrice}}
{{priceAnchor.priceWrapper.info.disclaimer}}

Rang tanlang

Rang :

Ichki xotira tanlang

Tezkor xotira tanlang

Galaxy A37 5G
Binafsha 128 GB 8 GB

{{item.name}}

{{item.summaryPrice}}

Samsung Reward points

{{rewards.formatted.totalPoint}}

* Actual Samsung Rewards points earned may differ from the estimate provided.

{{price.priceWrapper.info.totalPrice}} {{price.priceWrapper.info.vatText}}

{{price.priceWrapper.info.orignalPriceAddText}}

{{price.priceWrapper.info.lowestWasPricetext}}

{{price.priceWrapper.info.orignalPrice}} {{price.priceWrapper.info.savePrice}}

Earn 5% back in rewards

{{price.priceWrapper.info.walkoutQtyText}}

{{price.priceWrapper.info.homeDeliveryQtyText}}

{{price.priceWrapper.info.salesPitch}}

{{price.priceWrapper.info.text}}

{{price.priceWrapper.info.text2}}

{{price.priceWrapper.info.text3}}

{{price.priceWrapper.info.shippingOrBack}}

{{price.priceWrapper.info.taxPriceDisplay}}

{{upgrade.title}}

{{upgrade.learnMoreCta.text}}

{{upgrade.description}}

{{upgradeResult.displayModelName}}

{{upgradeResult.discountText1}}

{{upgradeResult.description1}}

{{upgradeResult.description2}}

{{offerFinance.title}}

{{offerFinance.learnMoreCta.text}}

{{offerFinance.description}}

{{galaxyForever.title}}

{{galaxyForever.learnMoreCta.text}}

{{galaxyForever.description}}

{{galaxyForeverResult.displayModelName}}

{{galaxyForeverResult.discountText1}}

{{galaxyForeverResult.description1}}

{{galaxyForeverResult.description2}}

Bezel_Choose your color

Customizable bezels sold separately

Choose your skin color

Customizable skin sold separately

  • {{item.name}}

    Mahsulot tugadi

Modern Type

  • {{item.name}}

    Mahsulot tugadi

Beveled Type

  • {{item.name}}

    Mahsulot tugadi

Skin color

  • {{item.name}}

    Mahsulot tugadi

{{shippingOrBack.shippingOrBack}}
{{deliveryMessage.deliveryMessage}}

{{tradeIn.title}}

{{tradeIn.learnMoreCta.text}}

{{tradeIn.description}}

You have maximum number of Trade-in in cart already. If you wish to add in Trade-in, please remove from cart.

{{tradeInResult.displayModelName}}

{{tradeInResult.discountText1}}

{{tradeInResult.discountText2}}

{{tradeInResult.discountText3}}

{{tradeInResult.discountText4}}

{{tradeInResult.discountText5}}

{{tradeInResult.discountText6}}

{{tradeInResult.specialDiscountText}}

{{tradeInResult.description}}

{{tradeInResult.contentText}}

Dealer stock quantity

You can check the stock quantity for each region

Please select city

Only {0} left in stock.

Sorry, this product is not currently available in selected city.

{{assuredBuyBack.title}}

{{newAssuredBuyBack.title}}

{{newAssuredBuyBack.learnMoreCta.text}}

{{newAssuredBuyBack.description}}

Please select Samsung Assured Buyback or no coverage

{{care.title}}

{{care.learnMoreCta.text}}

{{care.description}}

Please select Samsung Care+ or No to continue

  • {{item.specialText}}

{{warranty.title}}

{{warranty.learnMoreCta.text}}

{{warranty.description}}

{{warrantyResult.displayModelName}}

{{warrantyResult.discountText1}}

{{warrantyResult.description1}}

{{warrantyVd.description}}

{{warrantyVdResult.title}}

{{warrantyVdResult.priceDisplay}}

{{delivery.headline}}

{{delivery.errorMessage}}

Apply

{{deliveryResult.priorityText}}

{{deliveryResult.mainText}}

{{deliveryResult.subText}}
Standard installation charges may apply.Click here for more details.

{{deliveryResult.decText}}

{{item.disclaimer}}

{{tariffOption.headline}}

Batafsil

{{tariffOption.description}}

{{tariffOptionResult.displayModelName}}

{{tariffOptionResult.discountText1}}

{{tariffOptionResult.description1}}

{{tariffOptionResult.description2}}

{{tariffOptionResult.description}}

{{tariffOptionResult.price}}

{{tariffOptionResult.disclaimer}}

{{embedAddon.title}}

{{embedAddon.description}}

  • {{item.imgAlt}} {{item.imgAlt}}
    {{item.iconTitle}}

    {{item.name}}

    {{item.modelCode}}

    {{item.description}}

    {{item.finalPrice}}

    {{item.originalPrice}} {{item.savePrice}} Mahsulot tugadi
  • {{item.imgAlt}} {{item.imgAlt}}
    {{item.iconTitle}}

    {{item.name}}

    {{item.modelCode}}

    {{item.description}}

    • {{item.dotList1}}
    • {{item.dotList2}}
    • {{item.dotList3}}

    {{item.finalPrice}}

    {{item.originalPrice}} {{item.savePrice}} Mahsulot tugadi
{{message.item.offerTitle}}
{{message.item.offerTooltip}}
{{message.item.linkText}}

{{message.item.tcCTAText}}

{{message.item.periodText}}

{{finance.item.emiText}} {{finance.item.emiText}}
{{finance.item.offerTooltip}}
{{finance.item.cta.label}}

Xususiyatlari

Barchaga mos ajoyib tanlov

Ingichka va nafis – yangi Galaxy A37 5G bilan tanishing. Yaxshilangan kameralar yordamida ajoyib video va fotosuratlarni muhrlang. Obyektlarni o‘chirish va Tahrir taklifi kabi AI funksiyalari fotosuratlarni oson tahrirlashga yordam beradi. Quvvati 2 kungacha yetadigan akkumulyator kundalik samaradorlikni oshiradi. OS'ning 6 avlodgacha hamda xavfsizlik tizimining 6 yilgacha yangilanishi tufayli smartfoningiz ishonchli himoyada bo‘ladi va uzoq vaqt davomida sizni yangi funksiyalari bilan xursand qiladi.

Ingichka ramka. Yaltiroq shishali qoplama

Old va orqa panelida bejirim detallarga ega ingichka hamda nafis Galaxy A37 5G bilan tanishing. Jozibali ko‘rinishi va silliq keramikani eslatuvchi yaltiroq shisha yuzasi e'tiborni tortish uchun yaratilgan. Orqa paneldagi o‘ziga xos kameralar bloki esa o‘zining yarim shaffof dizayni bilan yaqqol ajralib turadi.1

Galaxy A37 5G ajoyib lavanda rangida aylanib, nafis telefon dizaynini namoyish etmoqda. Galaxy A37 5G ning orqa va old qismining ajoyib lavanda rangida, yaltiroq shisha qoplamada yarqirab turgan yorug'lik bilan yaqindan ko'rsatilgan. Galaxy A37 5G ajoyib lavanda rangida aylanib, nafis telefon dizaynini namoyish etmoqda. Galaxy A37 5G ning orqa va old qismining ajoyib lavanda rangida, yaltiroq shisha qoplamada yarqirab turgan yorug'lik bilan yaqindan ko'rsatilgan.

Uslubingizga mos ranglar

Galaxy A37 5G'ning urfdagi ranglari bilan doim e'tibor markazida bo‘lasiz. Yorqin va to‘q ranglar orasidan o‘zingizga mosini tanlang. Galaxy A37 5G quyidagi ranglarda taqdim etiladi: binafsharang, to‘q kulrang va to‘q yashil.2

IP68 suvdan himoyasi tufayli mustahkamlik va chidamlilik

Sarguzashtlardan zavqlaning va Galaxy A37 5G bilan xotirjam bo‘ling. IP68 himoyasi tufayli smartfon chang va suv tomchilaridan ishonchli himoyalangan. Corning® Gorilla® Glass Victus®+ shishasi esa uzoq muddatli ishlashni hamda tirnalishlarga chidamlilikni ta'minlaydi.3

Uzoq muddatli xizmat

Dasturiy ta'minotni uzoq yillar qo‘llab-quvvatlash orqali Galaxy A37 5G smartfoningiz doim yangilangan va xavfsiz holatda qoladi. Galaxy A37 5G OS'ni 6 avlodgacha yangilaydi: qurilmani boshqarishning qulay amallari va funksiyalari orqali oson ijod qiling, muloqotda bo‘ling va samarali ishlang. Shuningdek, 6 yilgacha xavfsizlik yangilanishlarini taqdim etish orqali ishonchli himoya kafolatlanadi.4

Uchta linza. Bitta kuchli kamera

Yangi Galaxy A37 5G ajoyib suratlarni olishga yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqlarda ulashishni xohlaydigan yorqin rasm va videolarni tasvirga olishingiz uchun Galaxy A37 5G orqa panelida 50 MP keng burchakli, 8 MP ultra keng burchakli va makro tasvir uchun 5 MP kamera mavjud. Old kamera Super HDR formatida video olish imkoniyatiga ega – u xotiralaringizni jonli va tabiiy holatda saqlab qoladi.5

Doim tiniq. Tungi suratga olish rejimi bilan qorong‘ida ham

Galaxy A37 5G smartfonining tungi suratga olish rejimi past yoritilgan sharoitlarda yorqin lahzalarni muhrlashga yordam beradi. Piksellar o‘lchami 1,0 mkm bo‘lgan keng burchakli kamera qorong‘ida ham aniq detallarga ega jonli videolarni suratga olish uchun ilg‘or ISP texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 6

Yorqin selfilar

Galaxy A37 5G old kamerasi yordamida kundalik sarguzashtlaringizdagi betakror lahzalarni muhrlang. Selfi uchun Super HDR video yozish rejimining qo‘llab-quvvatlanishi sizga haqqoniy detallar, aniq va jonli fon hamda yaxshilangan rang uzatish va kontrastga ega dinamik kontentni suratga olish imkonini beradi.7

Sizning mukammal fotoportretingiz

Galaxy A37 5G yordamida suratlardagi detallarni tez va oson yaxshilang. Orqa kameralar tizimi kadrdagi old va orqa fonni, shuningdek, osmonni avtomatik aniqlaydi hamda yuz, teri, soch va maysa kabi elementlarning sifatini o‘zi mukammallashtiradi.8

Aylana chizib qidirish

Turli kiyim-kechak buyumlarini topish uchun Aylana chizib qidirish funksiyasidan foydalaning: shunchaki ekrandagi qiyofani aylanaga oling va bitta qidiruv natijasida uning barcha elementlarini – topdan tortib poyabzalgacha ko‘rib chiqing. Qayerda bo‘lishingizdan qat'i nazar, istalgan elementni aylanaga olishingiz, qidirishingiz va kerakli ko‘rinishni topishingiz mumkin.9

Obyektlarni o‘chirish. Tezkor tahrirlash

Obyektlarni o‘chirish funksiyasi orqali fotosuratlardagi keraksiz obyektlarni olib tashlang. AI xohlanmagan elementlarni o‘chirib, bo‘shliqni to‘ldiradi va tasvir sifatini yaxshilaydi. Ortiqcha harakatlarsiz mukammal suratlardan bahramand bo‘ling! 10

Tahrir taklifi. Aqlli tahrirlash

Tahrir taklifi funksiyasi yordamida suratlarga yuqori sifatli ishlov bering. Sun'iy intellekt kadrlarni tahlil qilib, ularni yaxshilash yo‘llarini taklif etadi. Bir necha oddiy harakat bilan fonni xiralashtiring, tiniqlikni oshiring hamda soya va akslarni olib tashlang. 11

Sevimli kontentingiz katta ekranda

Galaxy A37 5G bilan kontentga to‘liq sho‘ng‘ing. Ingichkaroq ramkali 6,7 duym diagonalga ega FHD+ Super AMOLED displeyi videolarni uzilishlarsiz tomosha qilish imkonini beradi. Siz jonli efirlar olib borishingiz, o‘yin o‘ynashingiz yoki ma'lumot qidirishingiz mumkin – Vision Booster ekranning aniqlik va yorqinligini ta'minlaydi.12

Ekranda "Go'zal manzara" yozuvi bilan Galaxy A37 5G telefonida landshaft rejimida ijro etilayotgan video. Videoda daryo bo'yidagi shaharning keng ko'rinishi, uning zich binolariga asta-sekin yaqinlashib borayotgani ko'rsatilgan. Ekranda "Go'zal manzara" yozuvi bilan Galaxy A37 5G telefonida landshaft rejimida ijro etilayotgan video. Videoda daryo bo'yidagi shaharning keng ko'rinishi, uning zich binolariga asta-sekin yaqinlashib borayotgani ko'rsatilgan.

2 kungacha quvvatlashsiz ishlash

5000 mA·soat (odatiy qiymat) sig‘imli akkumulyator bilan ishingizni to‘xtatmang. Kontent bilan ishlang, ijtimoiy tarmoqlar tasmasini o‘qing va smartfonni quvvatlamasdan 2 kungacha o‘yin o‘ynang. Agar quvvat zarur bo‘lsa, smartfonni atigi 30 daqiqa ichida 60% gacha to‘ldirish uchun yangilangan 45 Vt o‘ta tezkor quvvatlash funksiyasidan foydalaning.13

Yuqori unumdorlik

Galaxy A37 5G smartfoni kun davomida kuchli unumdorlikni ta'minlaydigan ilg‘or 8 yadroli protsessor bilan jihozlangan. O‘ynang, yarating va kontentni tahrirlang – ishonchlilik hamda barqarorlik kafolatlangan: markaziy hamda grafik protsessor unumdorligi oldingi modelga nisbatan mos ravishda 12% va 19% ga oshgan. Yaxshilangan LPDDR5X xotirasi sizga ko‘p vazifali rejimda ishlashga yordam beradi, kattaroq o‘lchamdagi bug‘lanish kamerasi esa smartfonning qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi – qizg‘in o‘yin jarayonida ham xotirjamlikni saqlang.14

Har kuningizning ajoyib lahzalarini muhrlang

Galaxy A37 5G ikki xil variantda taqdim etiladi: 8 GB + 128/256 GB. O‘z maqsadlaringiz uchun maqbul xotira va saqlash hajmini tanlang. Sevimli fotosuratlar hamda kundalik foydalanishga mo‘ljallangan asosiy ilovalarni saqlash uchun 128 GB hajmni tanlang. Agar o‘yin o‘ynashni, yuqori ruxsatdagi fotosuratlar tushirishni yoki smartfon ishini sekinlashtirmasdan katta hajmli ilovalarni yuklab olishni yoqtirsangiz, 256 GB hajmni tanlang. 15

Samsung Knox bilan ma'lumotlar maxfiyligi va xavfsizligi

Galaxy A57 5G smartfonidagi EAL5+ standarti bo‘yicha sertifikatlangan Knox Vault tizimi shaxsiy ma'lumotlaringizni ishonchli himoya qiladi. Maxfiy ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan fotosuratlarni shaxsiy albomlarga guruhlang va ulardan xavfsiz foydalaning. Shuningdek, ilovalar aniq joylashuvingiz yoki maxfiy ma'lumotlaringizga asossiz ravishda kirishga urinsa, maxfiylikka tahdid haqidagi aqlli bildirishnomalar sizni himoya qiladi. 16

Sizning yangi One UI 8.5 tizimingiz. Sizning o‘ziga xosligingiz

Yangi One UI 8.5 operatsion tizimi bilan u shunchaki smartfon emas. U sizning ehtiyojlaringizga moslashadi, shaxsiylashtirilgan tavsiyalarni hamda sun'iy intellektning chuqur integratsiyasini taklif etib, ish va ijod jarayonini osonlashtiradi. Ko‘proq ko‘rish, yaratish va tushunishga yordam beradigan ilg‘or Galaxy texnologiyalarini sinab ko‘ring. 17

Quick Share icon is shown with a list of four recipient icons on top with their profile photos, names and devices. Sent status is shown under the first three recipient icons. Quick Share icon is shown with a list of four recipient icons on top with their profile photos, names and devices. Sent status is shown under the first three recipient icons.

Quick Share

Fayllar bilan tezkor almashish

Tezkor almashish funksiyasi tufayli Galaxy qurilmalari va ekotizimdan tashqaridagi qurilmalar bilan fayllarni oson almashing. Hujjatlarni shaxsiy kompyuter va boshqa operatsion tizimlarga yuborish mumkin, yuzni tanish xususiyatiga ega fotosuratlar hamda qabul qiluvchilar bo‘yicha tavsiyalar esa hayo18

Ekranda Smart Switch belgisi bo'lgan smartfon qurilmasi silueti ko'rsatiladi, u ma'lumotlarni bir nechta ma'lumotlar qatlamlariga ega boshqa mos keladigan smartfon qurilmasiga uzatadi. Ekranda Smart Switch belgisi bo'lgan smartfon qurilmasi silueti ko'rsatiladi, u ma'lumotlarni bir nechta ma'lumotlar qatlamlariga ega boshqa mos keladigan smartfon qurilmasiga uzatadi.

Yangi qurilmaga o‘ting

Ma’lumotlarni saqlab o‘ting

Yangi Galaxy A37 5G smartfoningizga eski smartfon, planshet yoki hatto iOS tizimidan tez va oson o‘ting. Smart Switch ilovasi bir necha oddiy qadamda fotosuratlar, videolar, kontaktlar va ilovalarni hech narsani yo‘qotmagan holda ko‘chirib o‘tkazish imkonini beradi. 19

Smartfonlarni taqqoslash

Ko‘p beriladigan savollar

Galaxy A37 5G smartfoni Obyektlarni o‘chirish, Tahrir taklifi va boshqa shunga o‘xshash Galaxy AI intellektual funksiyalari yordamida kuningizni osonlashtiradi. Optimallashtirilgan kameralar kundalik hayotning yorqin lahzalarini muhrlash imkonini beradi: 12 MP old kamera to‘yingan va jonli videolar uchun Super HDR formatini qo‘llab-quvvatlaydi, asosiy kamera esa yaxshilangan Nightography rejimiga ega bo‘lib, portret suratlarini yanada ifodali qiladi. Galaxy A37 5G IP68 standarti bo‘yicha himoyasi tufayli yuqori mustahkamligi bilan ajralib turadi. Sizning fayllaringiz va maxfiy ma'lumotlaringiz EAL5+ sertifikatiga ega Samsung Knox Vault tizimi bilan ishonchli tarzda himoyalangan, shuningdek, u OSni 6 avlodgacha yangilash hamda 6 yillik xavfsizlik yangilanishlari bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

Galaxy A37 5G smartfoni Aylana chizib qidirish, Obyektlarni o‘chirish, Tahrir taklifi, Filtrlar va Auto Trim kabi intellektual funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Galaxy A37 5G yangilangan asosiy kameralar tizimi bilan jihozlangan: optik barqarorlashtirishga (OIS) ega 50 MP keng burchakli kamera, 8 MP ultra keng burchakli kamera va 5 MP makrokamera – bularning barchasi yorqin, aniq hamda batafsil suratlar va videolarni yaratishga imkon beradi. Keng burchakli kamera ilg‘or Nightography rejimi uchun yaxshilangan ISP ni qo‘llab-quvvatlaydi, bu ko‘proq yorug‘likni ushlaydi va past yoritilgan sharoitda suratga olishda yanada yorqin va aniq videolarni ta'minlaydi. Old kameradagi 12 MP Super HDR ko‘magi tufayli esa selfi-videolaringiz yaxshilangan rang uzatish, kontrast hamda ranglar chuqurligi bilan yanada to‘yingan chiqadi. 23

Galaxy A37 5G odatiy foydalanish holatida quvvatlamasdan 2 kungacha ishlashni ta'minlaydigan 5 000 mA·soat (odatiy qiymat) sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Tez quvvatlash uchun Super Fast Charging 2.0 texnologiyasidan foydalaniladi – atigi 30 daqiqa ichida 60% gacha quvvatlanadi 24

Galaxy A37 5G kontent tomosha qilish, o‘yin o‘ynash yoki ijtimoiy tarmoqlarni varaqlashda jarayonga to‘liq sho‘ng‘ish effektini ta'minlovchi o‘ta ingichka ramkali 6,7 duym FHD+ Super AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Vision Booster texnologiyasi tufayli tasvir turli yorug‘lik sharoitlarida ham yorqin va aniq saqlanadi. 25

Galaxy A37 5G IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan, bu uning suv hamda chang ta'siriga chidamliligini anglatadi. 26

Galaxy A37 5G operatsion tizimning 6 avlodgacha hamda xavfsizlik tizimining 6 yilgacha yangilanishini qo‘llab-quvvatlaydi. 27

Galaxy A37 5G smartfoni 5G tarmog‘iga ulanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq, 5G tarmog‘ining mavjudligi mamlakat, hudud yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin.

Galaxy A37 5G to‘plami USB-C – USB-C kabeli, SIM-kartani chiqarish uchun qisqich va qisqacha foydalanuvchi qo‘llanmasini (Quick Start Guide) o‘z ichiga oladi. 28

Ha, siz Smart Switch yordamida ma'lumotlarni iOS tizimidan Galaxy A37 5G smartfoniga tez va oson ko‘chirib o‘tkazishingiz mumkin. Smart Switch – bu kontaktlar, fotosuratlar, videolar, qaydlar, taqvimdagi voqealar hamda boshqa ko‘plab ma'lumotlarni muammosiz ko‘chirib o‘tkazish imkonini beruvchi, ma'lumotlarni bir qurilmadan boshqasiga uzatishni osonlashtiradigan vosita hisoblanadi. Yangi Galaxy A37 5G smartfonini eski qurilmangizga sim orqali ulashingiz yoxud uzatishni Smart Switch ilovasi orqali simsiz amalga oshirishingiz mumkin. 29

U to‘rtta jozibali rangda mavjud: och binafsharang, to‘q kulrang, kulrang-yashil va oq 30

Texnik xususiyatlari

  • Protsessor

    2.75GHz, 2GHz

  • Og‘irlik (g)

    196

  • Protsessor tezligi

    2.75GHz, 2GHz

  • Protsessor turi

    Octa-Core

  • O'lchami (asosiy displey)

    170.1 mm (6.7")

  • Aniqligi (asosiy displey)

    1080 x 2340 (FHD+)

  • Texnologiyasi (asosiy displey)

    Super AMOLED

  • Rang ravshanligi (asosiy displey)

    16M

  • Maksimal yangilanish tezligi (Asosiy displey)

    120 Hz

  • Orqa kamera - aniqligi (bir nechta)

    50.0 MP + 8.0 MP + 5.0 MP

  • Orqa kamera - Diafragma (bir nechta)

    F1.8 , F2.2 , F2.4

  • Orqa kamera - avto fokus

    Ha

  • Orqa kamera - Tasvirning optik stabilizatori (OIS)

    Ha

  • Orqa kamera kattalashtirish

    10x gacha Raqamli Zoom

  • Old kamera - aniqligi

    12.0 MP

  • Old kamera - Diafragma

    F2.2

  • Old kamera - Avto Fokus

    Yo'q

  • Old kamera - Tasvirning optik stabilizatori (OIS)

    Yo'q

  • Orqa kamera - Miltillash

    Ha

  • Old kamera - Miltillash

    Yo'q

  • Video yozib olishdagi aniqlik

    UHD 4K (3840 x 2160)@30fps

  • Sekin harakat

    240fps @HD

  • Operativ xotira_(GB)

    8

  • Xotira (GB)

    128

  • Mavjud xotira (GB)

    105.0

  • SIM-kartalar soni

    Ikkitalik SIM karta

  • SIM-karta o'lchami

    Nano-SIM (4FF)

  • SIM-karta uyasining turi

    SIM 1 + SIM 2

  • Infra

    2G GSM, 3G WCDMA, 4G LTE FDD, 4G LTE TDD, 5G Sub6 FDD, 5G Sub6 TDD

  • 2G GSM

    GSM850, GSM900, DCS1800, PCS1900

  • 3G UMTS

    B1(2100), B2(1900), B4(AWS), B5(850), B8(900)

  • 4G FDD LTE

    B1(2100), B2(1900), B3(1800), B4(AWS), B5(850), B7(2600), B8(900), B12(700), B17(700), B20(800), B25(1900), B26(850), B28(700), B66(AWS-3)

  • 4G TDD LTE

    B38(2600), B40(2300), B41(2500)

  • 5G FDD Sub6

    N1(2100), N3(1800), N5(850), N7(2600), N8(900), N20(800), N28(700), N66(AWS-3)

  • 5G TDD Sub6

    N38(2600), N40(2300), N41(2500), N77(3700), N78(3500)

  • USB interfeysi

    USB Type-C

  • USB versiyasi

    USB 2.0

  • Joylashuv texnologiyasi

    GPS, Glonass, Beidou, Galileo, QZSS

  • Eshitish vositasi

    USB Type-C

  • MHL

    Yo'q

  • Wi-Fi

    802.11a/b/g/n/ac/ax 2.4GHz+5GHz, HE80, MIMO, 1024-QAM

  • Wi-Fi Direct

    Ha

  • Bluetooth versiyasi

    Bluetooth v5.3

  • NFC

    Ha

  • Personal kompyuter bilan ma'lumotlar almashish

    Smart Switch (PK avlodi)

  • Android

  • Rang

    Binafsha

  • Shakl omili

    Touch Bar

  • Akselerometr, Barmoq izi sensori, Gyro sensori, Geomagnit sensor, Yorug'lik sensori, Virtual yaqinlik sensori

  • O'lchamlar (BxKxCh, mm)

    162.9 x 78.2 x 7.4

  • Og'irlik (g)

    196

  • Videoni ijro etish vaqti_(Soat)

    Maksimal 29

  • Batareya quvvati (mAh, odatiy qiymat)

    5000

  • Olinadigan

    Yo'q

  • Stereoni qo'llab-quvvatlash

    Ha

  • Videoni ijro etish formati

    MP4, M4V, 3GP, 3G2, AVI, FLV, MKV, WEBM

  • Videoni ijro etish aniqliligi

    UHD 4K (3840 x 2160)@60fps

  • Audio ijro etish formati

    MP3, M4A, 3GA, AAC, OGG, OGA, WAV, AMR, AWB, FLAC, MID, MIDI, XMF, MXMF, IMY, RTTTL, RTX, OTA

  • Gearni qo'llab-quvvatlash

    Galaxy Ring, Galaxy Buds Core, Galaxy Buds4 Pro, Galaxy Buds3 Pro, Galaxy Buds2 Pro, Galaxy Buds Pro, Galaxy Buds Live, Galaxy Buds+, Galaxy Buds4, Galaxy Buds3, Galaxy Buds2, Galaxy Buds, Galaxy Buds3 FE, Galaxy Buds FE, Galaxy Fit3, Galaxy Fit2, Galaxy Watch FE, Galaxy Watch Ultra, Galaxy Watch8, Galaxy Watch7, Galaxy Watch6, Galaxy Watch5, Galaxy Watch4, Galaxy Watch3, Galaxy Watch, Galaxy Watch Active2, Galaxy Watch Active

  • Samsung DeXni qo'llab-quvvatlash

    Yo'q

  • Bluetooth® Eshitish vositasini qo'llab-quvvatlash

    Eshitish apparati uchun Android Audio oqimi (ASHA)

  • SmartThings'ni qo'llab-quvvatlash

    Ha

  • Mobil TV

    Yo'q

  • Xavfsizlikni yangilash muddati (qadar amal qiladi)

    31 mart 2032

  • * Tasvir modellashtirilgan. Haqiqiy interfeys (UX/UI) farq qilishi mumkin.
    * Ranglar va modellarning mavjudligi mamlakat, hudud yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin.
    * Ayrim Samsung intellektual funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung akkauntiga kirish talab etilishi mumkin.
    * Samsung intellektual funksiyalar taqdim etadigan natijalarning aniqligi, to‘liqligi yoki ishonchliligi yuzasidan hech qanday va'da yoki kafolat bermaydi.
  • 1. * Ranglarning mavjudligi mamlakat, hudud yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 2. * Ranglarning mavjudligi mamlakat, hudud yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 3. * Tasvir namoyish maqsadida yaratilgan.
    * Qurilmaning old va orqa panellarida Corning® Gorilla® Glass Victus®+ shishasidan foydalanilgan.
    * Orqa tarafdagi Corning® Gorilla® Glass Victus®+ shishasiga kamera shishasi kirmaydi. Ramkaga ovoz balandligini moslash, yon tugmalar va SIM-karta bloki kirmaydi.
    * Galaxy A37 5G IP68 himoya darajasiga ega. Baholash 1,5 metrgacha chuchuk suvga 30 daqiqagacha tushirish kabi laboratoriya sinovlariga asoslangan. Qurilmadan plyaj yoki hovuzda foydalanish tavsiya etilmaydi. Qurilmaning suv va changdan himoyasi doimiy xususiyat emas hamda tabiiy eskirish oqibatida vaqt o‘tishi bilan pasayib borishi mumkin. Go to feature
  • 4. * Android operatsion tizimi va xavfsizlik tizimi yangilanishlarining mavjudligi hamda chiqish muddatlari qurilma modeli va bozorga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 5. * Haqiqiy mahsulot tasvirdagidan farq qilishi mumkin.
    * 50 MP faqat Galaxy A37 5G asosiy keng burchakli kamerasida mavjud.
    * Natijalar suratga olish sharoitlariga, jumladan, kadrda bir nechta obyektlarning mavjudligi, fokusning yo‘qolishi yoki harakatga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 6. * Natijalar suratga olish sharoitlariga, jumladan, kadrda bir nechta obyektlarning mavjudligi, fokusning yo‘qolishi yoki harakatga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 7. * Natijalar suratga olish sharoitlariga, jumladan, kadrda bir nechta obyektlarning mavjudligi, fokusning yo‘qolishi yoki harakatga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 8. * Natijalar suratga olish sharoitlariga, jumladan, kadrda bir nechta obyektlarning mavjudligi, fokusning yo‘qolishi yoki harakatga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 9. * Android va Google, Google LLC kompaniyasining savdo belgilaridir. Kadrlar qisqartirilgan va modellashtirilgan. Natijalar namoyish maqsadlarida tayyorlangan. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til va qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Funksiya ayrim qurilmalarda ishlaydi va internetga ulanishni talab etadi. Mos keluvchi ilovalar va interfeyslarda ishlaydi. Natijalar vizual moslikka qarab farq qilishi mumkin. Foydalanuvchilardan Android va Google ilovasini so‘nggi versiyasigacha yangilash talab etilishi mumkin. Natijalarning aniqligiga kafolat berilmaydi. Funksiya ekrandan nusxa olishni taqiqlovchi ilovalarda ishlamaydi. Qo‘llab-quvvatlanadigan tillar va mamlakatlar ro‘yxati Google sahifasida mavjud: https://support.google.com/websearch/answer/16011537 Go to feature
  • 10. * Natijalar suratga olish sharoitlariga, jumladan, kadrda bir nechta obyektlarning mavjudligi, fokusning yo‘qolishi yoki harakatga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 11. * Tahrir taklifi funksiyasi JPG, PNG va GIF formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Yakuniy natijalar va sifat asl tasvirga qarab farq qilishi mumkin.
    * Natijalarning aniqligiga kafolat berilmaydi.
    * Ekran va interfeys tasvirlari ko‘rgazmali maqsadlarda modellashtirilgan. UX/UI OS/One UI versiyasi, qurilma modeli va hududga, shuningdek boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
    * Tahrirlash bo‘yicha tavsiyalar tasvir mazmuniga qarab farq qilishi mumkin.
    AI xususiyatlari tufayli natijalar va sifat har bir foydalanishda farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 12. * 5G tarmog‘iga ulanish talab qilinadi. 5G tarmog‘ining mavjudligi va haqiqiy tezlik mamlakat, hudud, operator hamda foydalanish sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin.
    * Tasvir ko‘rgazmali maqsadlarda modellashtirilgan.
    * AI yordamida yaratilgan va ishlov berilgan tasvirni o‘z ichiga oladi.
    * Displey ko‘k nurning zararli ta'sirini kamaytirish xususiyati uchun SGS tomonidan Eye Care sertifikatiga ega bo‘lgan.
    * Diagonal bo‘yicha o‘lchanganda, ekran o‘lchami to‘liq to‘rtburchakda 6,7” va yaxlitlangan burchaklar hisobga olinganda 6,5” ni tashkil qiladi. Yaxlitlangan burchaklar va kamera bloki tufayli haqiqiy ko‘rish maydoni kichikroq bo‘ladi. Go to feature
  • 13. * Tasvir ko‘rgazmali maqsadlarda modellashtirilgan. Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin.
    * Odatiy qiymat mustaqil tashkilot laboratoriyasi sharoitlarida olingan. U IEC 61960 standarti bo‘yicha sinovdan o‘tgan akkumulyatorlar sig‘imidagi og‘ishlarni hisobga olgan holdagi o‘rtacha qiymatni anglatadi. Nominal (minimal) sig‘im – 4 905 mA·soat. Haqiqiy ishlash vaqti tarmoq sharoitlari, foydalanish ssenariylari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
    * Akkumulyatorning haqiqiy ishlash vaqti tarmoq sharoitlari, foydalanilayotgan funksiya va ilovalar, qo‘ng‘iroq hamda xabarlar chastotasi, quvvatlash sikllari soni hamda boshqa omillarga bog‘liq. Baholash UX Connect Research tomonidan tuzilgan o‘rtacha foydalanish profiliga asoslangan. Mustaqil sinovlar UX Connect Research tomonidan 08.01.2026 dan 18.01.2026 gacha Buyuk Britaniyada SM-A376 seriyadan oldingi qurilmalarida LTE va 5G Sub6 tarmoqlari orqali standart sozlamalarda o‘tkazilgan. 5G mmWave tarmog‘ida sinov o‘tkazilmagan. Go to feature
  • 14. * Tasvir ko‘rgazmali maqsadlarda modellashtirilgan.
    * Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan va keyinchalik ishlov berilgan tasvirni o‘z ichiga oladi.
    * Oldingi modelga nisbatan.
    * 5G tarmog‘iga barqaror ulanish talab qilinadi. 5G tarmog‘ining mavjudligi va haqiqiy tezlik mamlakat, hudud, operator hamda foydalanish sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin.
    * Xotira/to‘plovchi xotira variantlari va ularning mavjudligi mamlakat, hudud yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin. Haqiqiy foydalanish mumkin bo‘lgan xotira/to‘plovchi xotira hajmi oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta'minotga bog‘liq. Go to feature
  • 15. * Tasvir ko‘rgazmali maqsadlarda modellashtirilgan.
    * Xotira variantlari va ularning mavjudligi operator, mamlakat yoki hududga qarab farq qilishi mumkin. Foydalanish mumkin bo‘lgan haqiqiy xotira hajmi oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta'minotga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 16. *Tasvir namuna sifatida tayyorlangan.
    *Samsung Galaxy A seriyasi smartfonlaridagi Samsung Knox Vault xavfsizlik funksiyalari yoki apparat va dasturiy arxitekturasi 2021-yildan boshlab ishlab chiqarilgan Samsung Galaxy flagman qurilmalari, jumladan, S, Z va S FE seriyasi smartfonlari hamda Tab S seriyasi planshetlari xususiyatlaridan farq qilishi mumkin.
    *Samsung Knox Vault tizimidan foydalanish imkoniyati qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 17. * Ba'zi funksional vidjetlar tarmoqqa ulanishni va/yoki Samsung akkauntiga kirishni talab qilishi mumkin. Ilovalardagi funksiyalarning mavjudligi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 18. * Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin; tasvirlar faqat illustrativ maqsadlarda keltirilgan.
    * Funksiyalar qurilma, mintaqa, operator va One UI versiyasiga bog‘liq.
    * Quick Share One UI 2.1+ va Android 10+ qurilmalarida mavjud. Bluetooth va Wi-Fi talab qilinadi. PC, jumladan Galaxy Book hamda Qualcomm asosidagi qurilmalar (2020 yildan boshlab) qo‘llab-quvvatlanadi. Qabul qiluvchilar soni va uzatish tezligi qurilma va tarmoqqa bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida 1 000 tagacha fayl yuborish mumkin: har bir fayl 10 GB gacha, kuniga jami 10 GB gacha. Havola 2 kun amal qiladi. Ikkala qurilmada ham Samsung Account va internet talab qilinadi. Go to feature
  • 19. * Simli uzatish (Android™) ikkala qurilma uchun Android™ 4.3 yoki undan keyingi versiyasini talab qiladi. * Simsiz uzatish Wi-Fi orqali ulanishni talab etadi: ikkala qurilma uchun Android™ 4.0 yoki undan keyingi versiyasi. Go to feature
  • 20. *Galaxy Watch8 alohida sotiladi. Go to feature
  • 21. *Galaxy Buds3 FE alohida sotiladi. Go to feature
  • 22. *Barcha aksessuarlar alohida sotiladi. Ularning ranglari, modellari va dizaynlari mamlakat yoxud operatorga qarab farq qiladi. Go to feature
  • 23. * Natijalar suratga olish sharoitlariga, jumladan, kadrda bir nechta obyektlarning mavjudligi, fokusning yo‘qolishi yoki harakatga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 24. * Akkumulyatorning haqiqiy ishlash vaqti tarmoq sharoitlari, foydalanilayotgan funksiya va ilovalar, qo‘ng‘iroq hamda xabarlar chastotasi, quvvatlash sikllari soni hamda boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. Baholash UX Connect Research tomonidan tuzilgan o‘rtacha foydalanish profiliga asoslangan. Mustaqil sinovlar UX Connect Research tomonidan 08.01.2026 dan 18.01.2026 gacha Buyuk Britaniyada SM-A376 seriyadan oldingi qurilmalarida LTE va 5G Sub6 tarmoqlari orqali standart sozlamalarda o‘tkazilgan. 5G mmWave tarmog‘ida sinov o‘tkazilmagan. Go to feature
  • 25. * 5G tarmog‘iga barqaror ulanish talab qilinadi. 5G tarmog‘ining mavjudligi va haqiqiy tezlik mamlakat, hudud, operator hamda foydalanish sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin.
    * Displey ko‘k nurning zararli ta'sirini kamaytirish xususiyati uchun SGS tomonidan Eye Care sertifikatiga ega bo‘lgan.
    * Diagonal bo‘yicha o‘lchanganda, ekran o‘lchami to‘liq to‘rtburchakda 6,7” va yaxlitlangan burchaklar hisobga olinganda 6,5” ni tashkil qiladi. Yaxlitlangan burchaklar va kamera uyasi tufayli haqiqiy ko‘rish maydoni kichikroq bo‘ladi. Go to feature
  • 26. * Galaxy A37 5G IP68 himoya darajasiga ega. Laboratoriya sinovlari natijalariga ko‘ra, qurilma 1,5 metrgacha chuchuk suvga 30 daqiqagacha tushirishga bardosh beradi. Qurilmadan plyaj yoki hovuzda foydalanish tavsiya etilmaydi. Suv va changdan himoya doimiy xususiyat emas hamda tabiiy eskirish oqibatida vaqt o‘tishi bilan pasayishi mumkin. Go to feature
  • 27. * Android operatsion tizimi va xavfsizlik tizimi yangilanishlarining mavjudligi hamda chiqish muddatlari qurilma modeli va bozorga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 28. * To‘plam tarkibi mamlakat yoki hududga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
  • 29. * Smart Switch haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun Samsung.com saytidagi xizmat sahifasiga kiring.
    * Android™ qurilmalaridan simli uzatish qabul qiluvchi va yuboruvchi qurilma uchun Android™ 4.3 yoki undan keyingi versiyasini talab qiladi. Shuningdek, uzatishni simsiz ulanish orqali ham amalga oshirish mumkin. Simsiz uzatish uchun ikkala qurilmada Android™ 4.0 yoki undan keyingi versiyasi talab qilinadi.
    * iOS dan simli uzatish qabul qiluvchi qurilma uchun Android™ 4.3 yoki undan keyingi versiyasini, yuboruvchi qurilma uchun esa iOS 5 yoki undan keyingi versiyasini talab etadi. Uzatishni simsiz ulanish yoki iCloud orqali ham amalga oshirish mumkin. Simsiz uzatish uchun qabul qiluvchi qurilmada Android™ 4.0 yoki undan keyingi versiyasi hamda yuboruvchi qurilmada iOS 12 yoki undan keyingi versiyasi talab qilinadi. iCloud orqali uzatish uchun qabul qiluvchi qurilmada Android™ 4.0 yoki undan keyingi versiyasini hamda yuboruvchi qurilmada iOS 5 yoki undan keyingi versiyasini talab qiladi. Qabul qiluvchi Galaxy qurilmasida Sozlamalar bo‘limida Smart Switch Mobile ilovasini oching yoki Galaxy Store do‘konidan Smart Switch Mobile ilovasini yuklab oling. Simsiz uzatish uchun iPhone yoki iPad qurilmasiga App Store orqali iOS uchun Smart Switch ilovasini yuklab oling. Uzatish mumkin bo‘lgan ma'lumotlar, kontent hamda ilovalar uzatish usuliga qarab farq qilishi mumkin. Kontaktlar, galereya, video, taqvim va eslatmalarni iOS qurilmasidan simsiz ulanish orqali uzatish mumkin. Go to feature
  • 30. *Ranglar va modellarning mavjudligi mamlakat, mintaqa yoki aloqa operatoriga qarab o‘zgarishi mumkin. Go to feature

*E’tiboringizni shunga qaratamizki, ushbu veb-sayt va undagi ma’lumotlar faqat axborot berish xususiyatiga ega bo‘lib, hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.

*Barcha tasvirlar namuna maqsadida modellashtirilgan, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.

*Ayrim AI funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab qilinishi mumkin.

*Samsung tomonidan taqdim etiladigan asosiy Galaxy AI funksiyalari bepul. Kelgusi versiyalarda pullik asosda taqdim etiladigan kengaytirilgan funksiyalar yoki yangi xizmatlar paydo bo‘lishi mumkin. Uchinchi tomonlar taqdim etadigan sun’iy intellekt funksiyalariga boshqa shartlar qo‘llanilishi mumkin. Asosiy Galaxy AI funksiyalari — bu Samsung kompaniyasining amaldagi Foydalanish shartlarida Kengaytirilgan intellekt bo‘limida keltirilgan xizmatlardir.

*Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik tavsiflari e’lon qilingan paytda amal qiladi, ammo keyinchalik oldindan ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.

*Batareyaning haqiqiy quvvati tarmoq muhiti, ishlatiladigan funksiyalar va ilovalar, amalga oshirilgan qo'ng'iroqlar va yuborilgan xabarlar chastotasi, zaryadlanish/zaryadsizlanish sikllari soni va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq.

*Foydalanuvchi uchun mavjud ichki xotira hajmi qurilmaning to‘liq xotirasidan kamroq bo‘lishi mumkin, chunki uning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashi uchun zarur bo‘lgan ilovalar tomonidan band qilingan. Haqiqiy foydalanuvchi xotirasi hajmi mobil operatorga bog‘liq bo‘lishi va qurilma dasturiy ta’minoti yangilangandan so‘ng o‘zgarishi mumkin.

*Tarmoq: Qurilma tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan o‘tkazuvchanlik hudud yoki xizmat ko‘rsatuvchi provayderga qarab farq qilishi mumkin.

*Wi-Fi 7 (802.11be) tarmog‘ining mavjudligi bozor, tarmoq provayderi va foydalanuvchi muhitiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Optimal ulanish talab etiladi. Wi-Fi 7 routeri kerak bo‘ladi.

*Ranglarning mavjudligi mamlakat va yetkazib beruvchiga bog'liq.