Oldindan buyurtma bering va
Galaxy Buds+ sovg'asiga ega bo'ling

Aksiya Galaxy S20, S20+ va S20 ultra uchun mavjud va 12.02.2020 dan 09.03.2020 ga qadar davom etadi

Galaxy S20 | 20+ | S20 Ultra
oldindan buyurtma berish

12.02.20 – 09.03.20

Правила участия в промо-акции Предзаказ Samsung Galaxy S20 | S20+ | S20 Ultra


С 12 февраля 2020 года по 9 марта 2020 года (включительно), делая предварительный заказ на новый смартфон Samsung Galaxy S20, можно стать участником промо-акции и получить в подарок новые Galaxy Buds+.

Galaxy S20 | 20+ | S20 Ultra oldindan buyurtma berish promo aksiyasida ishtirok etish qoidalari

2020 yil 12-fevraldan 2020 yil 9-martgacha (shu kuni ham) yangi Samsung Galaxy S20 smartfoniga oldindan buyurtma berish orqali siz promo aksiya ishtirokchisiga aylanishingiz va yangi Galaxy Buds+ qurilmasini sovg‘a sifatida olishingiz mumkin.

Quyidagi shartlarga binoan hamma aksiyada ishtirok etishi mumkin:

• 2020 yil 12-fevraldan 9-martgacha yangi Samsung Galaxy S20 smartfoniga 1000000 so‘m miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish orqali quyidagi do‘konlarda buyurtma berish kerak. Ishtirokchilarga oldindan to‘lov kuponi beriladi.
• 2020 yil 10-martdan 11-martgacha siz smartfon va oldindan to‘lov kuponini sotib olganingizda, siz yangi Galaxy Buds+ qurilmasini sovg‘a sifatida olasiz

Aksiya quyidagi do‘konlarda o‘tkaziladi:

1. Radius Malika (Toshkent sh., Kichik Xalqa Yo'li k., «Fleshka» Savdo Markazi, A-34 do’kon)
2. Radius Qo'yliq (Toshkent sh., Farg‘ona Yo'li k., 730)
3. Radius Vega (Toshkent sh., Usmon Nosir k., 150)
4. Radius Makro (Toshkent sh., Turkiston k., 12)
5. Elmakon Malika (Toshkent sh., Kichik Xalqa Yo'li k., «Fleshka» Savdo Markazi, 31 do’kon)
6. Elmakon Mega (Toshkent sh., Ahmad Donish k., 2B)
7. Elmakon Qo'qon (Qo'qon sh., Shohruhobod k., 39)
8. Elmakon Farg’ona (Farg’ona sh., Dehqon k., 17)
9. Elmakon Samarkand (Samarkand, Buyuk Ipak Yuli k., 17)
10. Media Park Qoratosh (Toshkent sh., Qoratosh k., 11A)
11. Media Park Rohat (Toshkent sh., Toshkent Xalqa Avtomobil Yo'li k., 2)
12. Media Park Qarshi (Qarshi sh., Islom Karimov k., 17)
13. Media Park Nukus (Nukus sh., Ellikqal’a k., 2A)


Do‘konlarning qo‘llab-quvvatlash markazlari telefonlari:

Mediapark: +99871 203 33 33;
Elmakon: +99871 203 12 03;
Radius: +99871 200 31 00.

Diqqat: sovg‘alar miqdori cheklangan!

Sovg‘a olinganda, sovg‘ani qabul qilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani to‘ldirish kerak bo‘ladi. Sovg‘ani taqdim etish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishdan yoki imzolashdan bosh tortish, uni olishdan bosh tortish sifatida qabul qilinishi mumkin.

Aksiyada ishtirok etish shartlari buzilgan taqdirda, shu jumladan, quyidagi hollarda,lekin ular bilan cheklanmagan holda:
• agar aksiyaning amal qilish muddati shartlari buzilgan bo‘lsa
• agar ishtirokchi bilan bog‘lanish uchun noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan bo‘lsa
• agar g‘olibning aloqaga chiqish ma’lumotlari noto‘g‘ri bo‘lsa va 2020 yil 10-martdan boshlab 30 kun ichida g‘olib bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmasa, ishtirokchi sovg‘a olish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Agar g‘olib sovg‘a berish muddati tugashidan oldin uni olish uchun murojaat qilmagan bo‘lsa, bu holat ishtirokchining sovg‘ani olishdan bosh tortishi hisoblanadi.
Sovg‘a olish huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazish mumkin emas.
Sovg‘ani boshqasiga almashtirish amalga oshirilmaydi.
Haqiqiy qurilma rasmda ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin.

Ishtirokchilar

Aksiyada faqat 18 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ("ishtirokchi") ishtirok etish mumkin, bu shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish va Ishtirok etish shartlarini bajarish bilan tasdiqlanadi.

Aksiyada ishtirok etgan holda, aksiya ishtirokchisi o‘z aloqa va shaxsiy ma’lumotlarini quyidagi darajada ochiqlashga rozilik beradi: reklama, marketing va axborot ma’lumotlari, shuningdek marketing maqsadlarida va xizmat sifatini tekshirish uchun boshqa bevosita aloqalarni amalga oshirish uchun telefon raqami,familiya va ismi. Aloqa va shaxsiy ma’lumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qo‘shimcha haq to‘lamasdan foydalanilishi mumkin.

Aksiyada ishtirok etish orqali aksiya ishtirokchisi reklama kompaniyalarining sovg‘a topshirish marosimi fotosuratlari va videolarida va boshqa marketing tadbirlarida bepul ishtirok etishga rozilik bildiradi.

Ishtirokchilar xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish maqsadida izohlar uchun Sifat bo‘limi tomonidan chaqirilishi mumkin. Ishtirokchi o‘z fikrini berishdan bosh tortishi mumkin.