Samsung Galaxy'ga eSIM qo'shishda xatolik chiqsa, nima qilish kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 19.10.2026

Agar Galaxy smartfoni yoki planshetiga eSIM qo'sha olmasangiz yoki jarayon davomida "Xotira to'ldi", "Boshqa qurilmada ishlatilmoqda" yoki "QR-kod muddati tugagan" degan xabar chiqsa, quyidagi maqoladagi tavsiyalardan foydalaning.

Smartfonga eSIM qo'shish
1 Agar qurilmangizda allaqachon bir nechta eSIM qo'shilgan bo'lsa, bir yoki ikkita eski eSIM'ni o'chirib tashlang va qayta urinib ko'ring.

Telefon modeliga qarab unga 2 dan 10 gacha virtual SIM-karta qo'shish mumkin. Ba'zi operatorlarning eSIM'lari boshqalariga qaraganda ko'proq xotira egallashi mumkin. Shu sababli, qo'shiladigan eSIMlar soni doimiy emas va farq qilishi mumkin.

Yangi eSIM uchun joy yetarli bo'lmasa, "Xotira to'ldi" xatosi chiqadi.

2 Agar eSIM profilini uchinchi tomon ilovasida qo'shishda xatolik yuz bersa, "Parametrlar" > "Ulanishlar" > "SIM-karta menejeri" bo'limiga o'ting va eSIM'ni yoqing. Profil 1-2 daqiqa ichida yuklanishi kerak.

Eslatma: eSIM qo'shilayotgan paytda qurilmani qayta ishga tushirmang.

3 Agar EID raqami yo'qolishi tufayli eSIM'ni faollashtira olmasangiz, quyidagi amallarni bajaring:
  1. "Parametrlar" > "Ulanishlar" > "SIM-karta menejeri" > "eSIM qo'shish" bo'limiga o'ting.
  2. Keyin "Parametrlar"ning asosiy ekraniga qayting.
  3. "Parametrlar" > "Telefon haqida" > "Holat haqidagi ma'lumot" bo'limiga o'ting. "EID" maydonida sizga kerakli raqam ko'rsatiladi.
4 Virtual SIM-karta qo'shilishida muammo yuzaga kelishining sabablarini aniqlash uchun operatoringizga murojaat qiling.
  • Tarmoq ishlashida uzilishlar bo'lsa — keyinroq qayta sozlashni bajaring.
  • QR-kod yoki qo'shish kodi muddati tugagan — yangi kodni so'rang va uni qo'shishga urinib ko'ring.
5 Mobil tarmoq parametrlarini tiklang. Keyin ulanishga qayta urinib ko'ring.
Telefon xotiradan barcha qo'shilgan tarmoq ulanish sozlamalarini o'chiradi — bu ularning ishlashida xatoliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
"Parlametrlar" >"Umumiy boshqaruv"ni oching "Parlametrlar" >"Umumiy boshqaruv"ni oching

1. Telefon "Parlametrlar" oching. "Umumiy boshqaruv" bo'limiga o'ting.

"Tashlash"ni oching "Tashlash"ni oching

2. "Tashlash" bo'limini oching.

"Mobil tarmoq sozlama-ni tasgla" bandini bosing "Mobil tarmoq sozlama-ni tasgla" bandini bosing

3. "Mobil tarmoq sozlama-ni tasgla" yoki "Barcha parametrlarni tiklash" bandini bosing.

Parametrlarni qayta o'rnatmoq Parametrlarni qayta o'rnatmoq

4. "Parametrlarni qayta o'rnatmoq" tugmasini bosing.

6 Agar ushbu qurilmada hali ro'yxatdan o'tmagan ikkinchi eSIM'ingiz bo'lsa, uni qo'shishga urinib ko'ring.

Agar boshqa virtual SIM-karta qo'shilishida qiyinchilik bo'lmasa, demak, telefon normal ishlayapti va muammolar tarmoq ishlashiga bog'liq.

Bunday holda mobil operatoringiz bilan bog'laning va muammolar nima bilan bog'liq ekanligini aniqlang.

7 Agar oldingi qadamlar yordam bermasa, smartfoningiz sozlamalarini tiklashga urinib ko'ring.

Sozlamalarni tiklash qurilmangizdagi barcha ma'lumotlarni o'chiradi.
Tiklashdan oldin barcha muhim ma'lumotlarning zaxira nusxasini yaratishni qattiq tavsiya etamiz.

Agar sizga hech qanday tavsiya yordam bermasa, ehtimol, smartfoningizda nosozlik bor. Samsung Galaxy'ingiz ta'mirlashni talab qilishini aniq bilish uchun yaqin atrofdagi xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qilishni maslahat beramiz.


Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!