Samsung Galaxy smartfoni yoki planshetida Google hisob qaydnomasiga qanday kirish mumkin
Ushbu maqolada sizda allaqachon mavjud bo'lgan Google hisob qaydnomasini Samsung Galaxy smartfoni yoki planshetiga qanday qo'shish haqida ma'lumot berilgan.
Agar hisob qaydnomasi hali yo'q bo'lsa, uni ro'yxatdan o'tkazing.
Mavzu bo'yicha:
Google hisob qaydnomasiga kirish ro'yxatdan o'tishdan qanday farq qiladi
Hisob qaydnomasini ro'yxatdan o'tkazish — bu Google xizmatlari tomonidan tanilishingiz uchun noyob ismni band qilishdir. Ro'yxatdan o'tish jarayonida yangi hisob qaydnomasi yaratiladi.
Hisob qaydnomasiga kirish — bu oldin yaratilgan hisob qaydnomasini qurilmaga qo'shishdir. Uni qo'shish uchun ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan elektron pochta manzilingiz va parolingizni bilishingiz kerak.
Google hisob qaydnomasiga kirishning maqsadi
Siz Google Play'dan ilovalarni yuklab olishingiz, shuningdek, elektron pochtangiz, aloqalar va taqvimga tezda kirish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Galaxy smartfoni yoki planshetiga qo'shilgan barcha hisob qaydnomalari ma'lumotlari avtomatik ravishda sinxronlashtiriladi.
Google hisob qaydnomasiga qanday kirish mumkin
«Hisob qaydnomasiga kirib bo'lmadi» xatosi paydo bo'lsa nima qilish kerak
Xato internet aloqasi bilan bog'liq muammolarni anglatadi. Uni bartaraf etish uchun:
- Qurilmada to'g'ri sana, vaqt va vaqt mintaqasi o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
- Mobil qurilmani qayta ishga tushiring.
- Internetning boshqa manbasiga ulaning (boshqa Wi-Fi yoki mobil internet).
- Hisob qaydnomasiga yana bir bor kirishga harakat qiling.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.