Samsung Galaxy qurilmangizni avvalgi ekran bloklash usuli yordamida qanday blokdan chiqarish mumkin
Ekran blokini o'rnatish telefoningizdagi shaxsiy ma'lumotlaringiz va berilmalaringizni himoya qilishga yordam beradi. Agar joriy ekran bloklash usulini unutib qo'ysangiz, avval o'rnatgan chizma, PIN-kod yoki parolingiz yordamida telefoningizni tez va oson blokdan chiqarishingiz mumkin. Telefoningizni avvalgi ekran bloklash usuli bilan qanday blokdan chiqarishni o'rganish uchun ushbu qo'llanmaga amal qiling.
Eslatma:
- Avvalgi ekran bloklash usuli (PIN-kod/parol/chizma) bilan blokdan chiqarish One UI 6.1 yoki undan keyingi versiyada ishlaydigan Galaxy modellarida qo'llab-quvvatlanadi.
- Bu funksiya avval PIN-kod, parol yoki chizma yordamida ekran bloki o'rnatilgan va parol yangisiga o'zgartirilgan taqdirda ishlaydi.
Avvalgi ekran bloklash usulini (PIN-kod, parol yoki chizma) o'rnatish haqida bilish kerak bo'lgan narsalar
Agar ekran blokingizni mavjud PIN-kod, parol yoki chizmadan yangi PIN-kod, parol yoki chizmaga o'zgartirsangiz, avvalgi ekran bloklash usuli 72 soat davomida vaqtincha saqlanadi. Bu davr mobaynida, agar joriy ekran blokini unutib qo'ysangiz, avvalgi usuldan foydalanib uni tashlashingiz mumkin.
Eslatma: Avvalgi ekran bloki ma'lumotlari PIN-kod, parol yoki chizma o'zgartirilgandan keyin 72 soat davomida saqlanadi, so'ngra o'chiriladi.
Avvalgi ekran bloklash usulini o'chirish
Agar avvalgi PIN-kod, parol yoki chizmangiz 72 soatlik davr mobaynida saqlanishini istamasаngiz, uni Xavfsiz bloklash parametrlaridan o'chirib tashlang. Avvalgi ekran bloklash usulini o'chirish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.
Qurilmangizni avvalgi ekran bloki yordamida blokdan chiqarish
Agar yangi PIN-kod, parol yoki chizmani o'rnatgandan keyin 72 soat ichida unutib qo'ysangiz, qurilmangizni avvalgi ekran bloklash usuli yordamida blokdan chiqarish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.
Eslatma:
- PIN-kodni unutdingizmi?, Parolni unutdingizmi? yoki Chizmani unutdingizmi? opsiyasi besh yoki undan ko'p marta noto'g'ri blokdan chiqarish urinishidan keyin paydo bo'ladi.
- Agar avvalgi PIN-kod, parol yoki chizma uch marta noto'g'ri kiritilsa, boshqa urinish qilish mumkin bo'lmaydi.
- Tavsiflangan funksiyalar yoki xizmatlarning nomlari, menyu yo'llari va ekran konfiguratsiyalari model, dasturiy ta'minot versiyasi va ilova versiyasiga qarab farq qilishi mumkin.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.