Galaxy qurilmasida Samsung Members ilovasida diagnostikadan qanday foydalanish
Samsung Members — bu telefoningizni servis markaziga borish shart bo'lmagan holda diagnostika qilish imkonini beradigan ilova.
Samsung Members telefoningizning 20 dan ortiq funksiyasi ishini tahlil qiladi:
- Batareya holati va quvvat darajasi
- SIM-karta va mobil tarmoq ishi
- Bluetooth va Wi-Fi signali
- Yuzni va barmoq izini aniqlash
- Ekran sensori
- Dinamiklar va mikrofon
- Kameralar va boshqalar.
Ilovada siz tez-tez so'raladigan savollarga javoblarni, Galaxy qurilmangizdan foydalanish bo'yicha maslahatlarni topasiz va kerak bo'lganda xato haqida hisobot yubora olasiz.
Samsung Members ilovasida diagnostikani qanday ishga tushirish mumkin?
Agar Galaxy qurilmasidan foydalanishda muammolar yuzaga kelsa, Samsung Members orqali xato haqida hisobot yuborishingiz mumkin. Arizangizga avtomatik ravishda tizim jurnali biriktiriladi – bu muammo sabablarini tahlil qilishga yordam beradi. Sizning murojaatingizni o'rganib chiqamiz va javobni yuboramiz, uni Samsung Members ilovasida ko'rishingiz mumkin.
Samsung Members ilovasi Galaxy qurilmalariga standart ravishda o'rnatiladi yoki Galaxy Store yoki Google Play orqali yuklab olinishi mumkin.
Samsung Members ilovasini yuklab olish uchun shu yerni bosing.
Eslatma. Ekran tasvirlari va qurilma menyusi qurilma modeli va dasturiy ta'minot versiyasiga qarab farq qilishi mumkin.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.