Galaxy Watch3




Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Sening shaxsiy salomatlik datchiging
Endi salomatlik holatini nazorat qilish osonroq boʻlib qoldi. Mumtoz dizaynidagi Galaxy Watch3 innovatsion qurilmasida smartfonning funksiyalarga boyligi foydalanuvchi salomatligi monitoringining eng yangi texnologiyasi bilan uyg‘unlik kasb etadi. O‘ziga xos noyob Galaxy Watch3 senga o‘z faolligingni va sog‘lig‘ing holatini osonlik bilan nazorat qilishga ko‘maklashadi. Endi o‘zingni qanday his qilishing o‘z qo‘lingda.1, 2, 3, 4
Istalgan ikki muqobilidan - 45 mm yoki 41 mm siferblatli o‘lchamdan unutib bo‘lmaydiganini tanla. Taqiladigan moslama to‘rt mukammal rangda taklif etiladi: Qora, Kumuashrang va Bronza rangida Noyob aylanuvchi bezel dizaynning xushbichimliligni yanada bo‘rttirdi.5
Siferblat aylanadigan bezel bilan o‘rab olingan. Endi salobatli ekranda eng muhimlarini osonlik bilan ko‘rish mumkin. Galaxy Watch3 avvalgi modeliga qaraganda 15%ga yupqaroq va yengilroq bo‘lib qoldi. Devays xushbichim dizayni bilan ajralib turadi, bilagingizda qulay his qilinadi.6
Galaxy Watch3ning chinakam teridan tayyorlangan tasmasi mukammal dizaynini bo‘rttiradi. Mukammal sifat teridan ekanligi innavatsion devaysga ajoyib kvars soati ko‘rinishini baxsh etadi, maxus berilgan ishlov esa tasmani rangi o‘chib ketishidan saqlaydi.
Sen Galaxy Watch3 siferblatlarining dizayni moslamaning nafis tashqi ko‘rinishiga uyg‘un bo‘lgan ko‘p sonli istagan muqobilini tanlashing mumkin. Siferblatda aks etgan 40ta taklif qilingan elementlardan o‘zingning kombinatsiyangni tuz, uning ko‘magida bir qarashda kerakli axborotni olasan va tezda o‘zingning sevimli ilovalaringdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasan.
Salomatliging o‘z qo‘lingda, aniqrog‘i, bilagingda
Samsung Health Monitor ilovasi yordamida shishiriladigan yengchasiz o‘z qon bosimingizni tekshiring. Birinchi marta qo‘llashdan oldin odatdagi yengchali tanometr yordamida moslamani xolos kalibrlang, shundan so‘ng soat datchiklari sizning qon bosimingizni tomir urushi tezligidagi o‘zgarish tahlili orqali o‘lchaydi. Har kuni qon bosimingiz va uning alomatlarini telefoningizda tekshiring.7, 8, 9, 10, 11
Mosalamaning orqa panelidagi tugmachani bosing va 30 soniya davomida o‘rnatilgan datchik yurak urushi sur’atini tahlil qilishi uchun ushlab turing. Ushbu datchik yo‘l-yo‘lakay tebranuvchi aritmiya borligini tekshiradi va o‘lchov natijalarini ekranda aks ettiradi. Vaqti-vaqti bilan natijlrni o‘z telefoningizda tekshiring, hisobotlarni tahlil qiling va zarurat tug‘ilsa shifokor bilan maslahatlashing.12, 13, 14
Galaxy Watch3 moslamasi SpO2 ko‘rsatkichi, ya’ni qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasini nazorat qilish uchun qizil yorugʻlik dioti va infraqizil (issiqlik) nurlanishdan foydalanadi. Qonning kislorod bilan to‘yinganligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri organizmning jismoniy holati bilan bog‘langaligi tufayli siz Galaxy Watch3dan moslamasidan o‘z ahvolingizning monitoringi uchun foydalanishingiz mumkin.15, 16
Angled view of a 45mm Galaxy Watch3 in Mystic Black with Blood Oxygen measurement GUI.
Side view of a 45mm Galaxy Watch3 in Mystic Black with fall detection GUI.
Front view of a 45mm Galaxy Watch3 in Mystic Black with sleep score measurement GUI.
Ushbu vazifani bexafv yiqilish holatida tekshrib ko‘ring. Galaxy Watch3 odamning kutilmaganda yiqlishini avtomatik ravishda akselerometr yordamida qayd etadi va oldindan qayd etilgan sizga ko‘makka kelishi mumkin bo‘lgan abonentga SOS signali yuboradi.17, 18, 19, 20
Galaxy Watch3 uyqu bosqichlarini, aniqrog‘i, siz qattiq yoki mudroq uyqu holati bosqichida bo‘lgan vaqt oralig‘ini qayd etadi, ushbu ma’lumotlar tahlili sizning hordiq chiqarish sifatingizni yaxshilash imkonini beradi. Samsung kompaniyasi Milliy uyqu fondi (National Sleep Foundation) bilan hamkorlikda foydalanuvchilarga uyqungiz fizikasini tushunish va uning sifatini yaxshilash imkonini beruvchi ta’lim kontenti va maslahatlar tayyorladi.21
Galaxy Watch3ga uydagi sport mashqlarining 120 ta dasturi yuklangan bo‘lib, ular sizning qomatingizni saqlab turishingizga ko‘maklashadi. Telefoningizni yoqing va ekranda aniq vaqtda tomir urish tezligini ko‘rish uchun uni televizorga ulang. O‘lchanayotgan mezonlarni aniq nazorat qilish uchun sport tasmasidan foydalaning.22, 23, 24, 25, 26
Galaxy Watch3 ga kiritilgan yugurish texnikasi bo‘yicha maslahatlar sizga yugurish texnikasining har bir elementini yo‘l-yo‘lakay takomillashtirish imkonini beradi. Mukammal algoritm sizga qomatingizni yaxshilash va shikastlanishlarning oldini olish uchun ko‘maklashish maqsadida harakatlaringizni tahlil qiladi.27
Smartfonning butun vazifaviy quvvati endi bilakda
Yangi ma’lumot olganda, Galaxy Watch3 sizga butun chat tarixini aks ettiradi, bu bemalol muloqotni davom ettirish mumkin demakdir. Bundan tashqari, sen tasvirlarni ekranni qo‘shimcha ravishda bosmasdan ko‘rib chiqishing va ekarndan ortiqcha foydalanishga chalg‘imasdan yaxshi kayfiyatda yugurishda davom etishing mumkin.28,29
Hatto yugurayotganingda xabarga qanday qilib tez va maqbul javob berish to‘g‘risida o‘ylamasdan aloqada qol. Galaxy Whatch 3 sotaida “aqlli javob” vazifasi kiruvchi xabarlar va fotosuratlarni tahlil qiladi va masala mavzusini, jumladan, ovqat, sanalarni nishonlash, selfi va ko‘plab shu kabilarni hisobga olgan holda, ehtimoli bo‘lgan javoblarni taklif etadi.30, 31
O‘z xabarlaringga selfimodji yordamida kayfiyat qo‘sh. Qanday qilib? Juda oson. Kulyapsanmi? Buni emodjida namoyish qil. Shunda seni yaxshiroq tushunadilar.32, 33, 34, 35, 36
Sening sevimli musiqang bir moslamadan boshqasiga o‘tganda uzilmaydi. Sportify xizmati orqali o‘z Galaxy Note20da qo‘shiq tingla, so‘ng boshqasini yoqish uchun Galaxy Whatch3dagi Spotifay ilovasi belgisini bos. Yoki Galaxy Buds Livega barmog‘ingni tekkizib ushlab qolishing va musiqani endi quloqchin orqali tinglashing mumkin.37, 38, 39, 40
Telefon va moslama sening kundalik hayotingda ajralmas yo‘ldoshing bo‘lishi uchun Galaxy App ilovalarini bur jamoaga to‘pla. Sen soat ekranida telefondagi fotosuratlarni osonlik bilan ko‘rishing yoki musiqa tinglayotganda bir moslamadan boshqasiga o‘tishing yoki istalgan mosalamadagi eslatmalarga e’tiboringni ko‘chirishing mumkin. Juda bir biriga mos sheriklar va hammasi sening bilagingda.41
Yangi taassurotlar uchun telefonsiz otlan. Soating orqali sen qo‘ng‘iroq qilishing, video oqimini namoyish qilsihing va qadamlaring sonini sanashing mumkin. Telefoningdan yiroqda sen hamisha aloqada qolasan.42
Galaxy Watch3 aqlli soatlarning muhim afzalliklari
Oddiiygina Galaxy Watch3 soatlarni o‘zingizning Galaxyingizga mos keluvchi moslaamaga Samsung Cloud akkaunti orqali ulang Agar siz ishga yoki sport mashg‘ulotlariga otlangan bo‘lsangiz, soat orqali tez va osonlik bilan Galaxy Note 20 smartfoniga yoki soatdan Bluetooth orqali Galaxy Buds Live quloqchiniga oʻtishingiz mumkin.47
Galaxy Watch3 yuqori darajada moslashuvchanligi bilan ajralib turadi va xilma-xil Galaxyga va boshqa brendlar moslamalariga oson ulanadi.