Tadqiqotlar va ishlanmalar markazi

Tadqiqotlar va ishlanmalar markazi

Kelajakni innovatsiya va aql bilan shakllantirish

Kelajakni innovatsiya va aql bilan shakllantirish

Samsung Research bu kelajak texnologiyalarini uzluksiz innovatsiyalar va aql-idrok orqali yangi qiymat yaratishi sari yetaklash uchun Samsung Electronics kompaniyasining ilg‘or tadqiqotlar va ishlanmalar xabi bo‘lib hisoblanadi

Samsung Research Samsung kompaniyasining Maishiy elektronika (CE) bo‘limi va AT va mobil aloqalar bo‘limining ilg‘or tadqiqotlar va ishlanmalar (R&D) xabi bo‘lib hisoblanadi. Samsung Research xorijdagi Tadqiqotlar va ishlanmalar markazlarida ishlovchi 10000 dan ortiq tadqiqotchi va ishlab chiquvchilar bilan Samsung mahsulotlari va xizmatlari uchun kelajakdagi texnologiyalarni ishlab chiqishda yetakchilik qiladi.

Kelajakni innovatsiya va aql bilan shakllantir" g‘oyasi ostida u yangi qadriyatlarni yaratish va odamlar hayotini yaxshilash uchun kelajakda o‘sish yo‘nalishlarini aniqlash hamda o‘z mahsulot va xizmatlari uchun ilg‘or texnologiyalarni ta’minlash uchun izlanishlar hamda ishlanmalarni faol ravishda olib bormoqda.

Samsung Research asosiy tadqiqot mavzulariga sun’iy intellekt (SI), ma’lumotlar intellekti, yangi avlod aloqalari, robot, Tizen, hayotni saqlash va yangi tajribalar, keyingi avlod ommaviy axborot vositalari va xavfsizlik kiradi. Xususan, u sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan yangi turmush tarzini amalga oshirish uchun tadqiqotlar ko‘lamimi yangi istiqbolli sohalarga kengaytirmoqda.

Xab innovatsion texnologiyalarni ta’minlash va global ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish salohiyatini oshirish uchun dunyoning 12 mamlakatidagi 14 ta xorijiy Tadqiqotlar va ishlanmalar markazlari va 7 ta global sun’iy intellekt markazlari bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda. Bu dunyodagi eng yaxshi texnologiyalarga ega bo‘lgan taniqli universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va global hamkor kompaniyalar bilan faol ochiq innovatsiyalar orqali texnologik hamkorlikni bir xilda maksimal darajaga ko‘tarishdir.

Samsung Research kompaniyasi to‘xtovsiz innovatsiyalar va aql-idrok orqali kelajak uchun yangi qadriyatlarni yaratuvchi jahon miqyosidagi eng yaxshi tadqiqot institutiga aylanish uchun astoydil ishlashni va’da qilmoqda.

Samsung Research