Boʻsh ish o‘rinlari

Boʻsh ish o‘rinlari

Karyerangizni yangi yuksakliklarga koʻtaring

Karyerangizni yangi yuksakliklarga koʻtaring

Samsung Electronics 70 dan ortiq mamlakatda 200 dan ziyod korxonaga ega va xodimlarimiz har bir faoliyat sohasida dunyodagi millionlab kishilar har kuni foydalanadigan yangi mahsulotlar va yechimlarni yaratadigan innovatsion ishlarni amalga oshiradi.

Sotuv va marketing

Samsung butun dunyoda tan olingan brend bo'lib, biz bir qator mahsulot toifalarida, jumladan, smartfonlar, televizorlar va yarimoʻtkazgichlar bozorida yetakchi hisoblanamiz. Savdo-sotiq va marketing boʻyicha jamoalarimizda B2C va B2B yo'nalishlarida mahsulotlarni va tajribalarni butun dunyo boʻylab yanada koʻpchilikka yetkazish ustida ishlash imkoniyatlari mavjud.

Ilmiy tadqiqot va rivojlanish

Tadqiqot va rivojlanish kompaniyamiz asosini tashkil etadi va biz tarmoqda yangi texnologiyalar ustida izlanish va rivojlantirishga boshqalarga qaraganda koʻproq mablagʻ sarflaymiz. Siz qurilma boʻyicha muhandis yoki dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi (yoki har ikkisi birda) boʻlishingizdan qatʼiy nazar Samsungda yangi avlod qurilmalari va innovatsion mahsulotlarga kiritiladigan yechimlar ustida ishlash imkoniyati mavjud.

Dizayn

Barcha odamlar bir xil emas, shuning uchun biz dizayn yaratishda barcha kishilar uchun umumiy bo‘lgan bitta oʻlcham yondashuvidan foydalanmaymiz. Bizda eng yaxshi mahsulotlar va yechimlar yaratish uchun oʻz gʻoyalarini mijozlarning talablarini yaxshi tushunish bilan uygʻunlashtirgan va dunyoning barcha nuqtalarida ishlayidagn dizaynerlar bor. Samsung kompaniyasida mahsulot, UI/UX va grafik dizayn singari turli yoʻnalishlarda ishlash uchun ajoyib imkoniyatlar mavjud.

Umumiy boshqaruv

"Biz kabi yirik kompaniyalarda resurslarni boshqaradigan hamda biznes amaliyotlarni qoʻllab-quvvatlaydigan jamoalar juda muhim sanaladi. Samsung kompaniyasidagi rejalashtirish, moliya, kommunikatsiyalar, inson resurslari, CSR, yuridik yoki xaridlar yoʻnalishlarida
siz Samsung kompaniyasining kelgusi muvaffaqiyati uchun oʻta muhim boʻlgan dunyo darajasida taʼsir kuchiga ega ishlarni amalga oshirish imkoniyatiga egasiz."

Ajoyib imkoniyatlar bilan tanishib chiqing va safimizga qoʻshiling.