Galaxy A08
Gallery popup
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Xususiyatlari
Yupqa korpus. Nafis dizayn.
Qalinligi atigi 8,0 mm bo‘lgan yupqa korpusli Galaxy A08 bilan mobil qurilmadan foydalanishning yangi darajasini kashf eting. To‘q ko‘k, kumushrang va yashil ranglardan o‘zingizga mosini tanlang.1
RAM Plus yordamida tezkor xotirani kengaytiring.
Galaxy A08 bilan har kuni ko‘proq imkoniyatlardan foydalaning. Takomillashtirilgan LPDDR5X xotirasi va RAM Plus funksiyasi bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarish uchun kengroq imkoniyat yaratadi. Video tomosha qiling, o‘yin o‘ynang yoki ijtimoiy tarmoq ilovalari o‘rtasida almashing — smartfon ravon ishlashda davom etadi.2
Sevimli mashg‘ulotlaringizdan zavqlanishda davom eting.
Galaxy A08 smartfonining uzoq vaqt ishlaydigan, sig‘imi 6000 mA·soat (odatdagi qiymat) bo‘lgan akkumulyatori bilan zavqlanishda davom eting. Kontent tomosha qiling, ijtimoiy tarmoqlardan foydalaning yoki o‘yin o‘ynang — akkumulyator quvvati haqida xavotir olmang.3
50 MP professional darajadagi kamera. Yorqin kadrlar.
Galaxy A08 smartfonidagi 50 MP professional darajadagi kamera to‘yingan ranglar va mayda detallarni aniq aks ettiradi. Tasvirlarni qayta ishlovchi ilg‘or protsessor turli sharoitlarda tiniq tasvirlar olish uchun yorug‘lik va soyalarni muvozanatlashtiradi. Aniq fokuslangan, professional darajada tiniq va yorqin suratlar oling.4
IP64 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoya.
Galaxy A08 bilan kuningizni xotirjam boshlang. IP64 darajasidagi himoya tufayli smartfon kir va suv sachrashidan himoyalangan, mustahkam ramka esa Galaxy A08 smartfonining ozoda ko‘rinishini saqlashga yordam beradi.5
Operatsion tizimning 6 tagacha yangilanishi va xavfsizlik yangilanishlari.
Yangiliklardan foydalaning va himoyada bo‘ling. Galaxy A08 operatsion tizimning 6 tagacha yirik yangilanishini va 6 yilgacha xavfsizlik yangilanishlarini oladi. Shu tufayli smartfoningiz yillar davomida zamonaviy imkoniyatlarga ega bo‘lib, ishonchli himoyalanadi.6
Maxfiyligingiz himoyalangan.
Galaxy A08 smartfonidagi EAL5+ standarti bo‘yicha sertifikatlangan Knox Vault shaxsiy ma’lumotlaringizni ishonchli himoya qiladi. Maxfiy ma’lumotlar aks etgan suratlarni shaxsiy albomlarda saqlang va ulardan xavfsiz foydalaning.7
Aylana chizib qidiring.
Google bilan «Aylana chizib qidirish» funksiyasi ekrandagi istalgan obyekt haqida ma’lumot qidirish va AI Overviews yordamida kerakli ma’lumotni tezroq olish imkonini beradi. Barmog‘ingiz bilan rasm, video yoki matnni shunchaki aylanaga oling — natijalar darhol ekranda paydo bo‘ladi.8
Galaxy imkoniyatlari
Ko‘p beriladigan savollar
Galaxy A08 IP64 himoya darajasiga ega bo‘lib, chang va suv sachrashidan ishonchli himoyalangan. Yengil yomg‘ir, tasodifan to‘kilgan suyuqlik yoki changli sumka — smartfon bunday kundalik sharoitlarga bardosh beradi va tashvishlaringizni kamaytiradi.13
Galaxy A08 Android operatsion tizimining 6 tagacha yirik yangilanishini va 6 yilgacha xavfsizlik yangilanishlarini oladi. Smartfoningiz yillar davomida yangi funksiyalarga ega bo‘lib, rivojlanib borayotgan raqamli tahdidlardan ishonchli himoyalanadi.14
Galaxy A08 samarali sakkiz yadroli protsessor va RAM Plus funksiyasiga ega. RAM Plus tezkor xotirani virtual ravishda kengaytirib, ko‘proq ilovaning fon rejimida faol va foydalanishga tayyor turishiga yordam beradi. Ijtimoiy tarmoq lentalarini ko‘rish, onlayn video tomosha qilish, xabar almashish va oddiy o‘yinlarni o‘ynash jarayonlari ravon kechadi. Unumdor apparat ta’minoti va energiya tejamkor dizayn uyg‘unligi esa kun davomida barqaror ishlashni ta’minlaydi.15
Galaxy A08 Galaxy imkoniyatlaridan foydalanishga yo‘l ochadi va Galaxy taqiladigan qurilmalari, Galaxy Buds Core quloqchinlari hamda boshqa Galaxy qurilmalariga oson ulanadi. Quick Share kabi Galaxy ilovalari va xizmatlari kundalik hayotda — uyda, yo‘lda yoki istalgan joyda — kontent almashish va qurilmalar bilan qulay ishlashga yordam beradi.16
Galaxy A08 to‘q ko‘k, kumushrang va yashil ranglarda mavjud — o‘zingizga mosini tanlang. Har bir rang Galaxy A08 smartfonining yupqa korpusi va nafis dizaynini to‘ldiradi.17
Galaxy A08 smartfonidagi RAM Plus ichki xotiraning bir qismini qo‘shimcha virtual tezkor xotira sifatida ishlatib, ko‘proq ilovaning fon rejimida faol va foydalanishga tayyor turishiga yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqlar, xabar almashish va onlayn video tomosha qilish ilovalari o‘rtasida almashish kamroq kutish bilan yanada ravon kechadi.18
Galaxy A08 50 MP professional darajadagi asosiy kamera bilan jihozlangan bo‘lib, kundalik vaziyatlarda tiniq va detallarga boy suratlar olish imkonini beradi. Sun’iy intellekt (AI) funksiyalari esa kamera imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bundan tashqari, «Aylana chizib qidirish» funksiyasi ekrandagi kerakli obyektni shunchaki aylanaga olib, u haqidagi ma’lumotni bir zumda qidirish imkonini beradi.19
Texnik xususiyatlari
-
Protsessor tezligi
2.2GHz, 2GHz
-
Protsessor turi
Octa-Core
-
O'lchami (asosiy displey)
171.3 mm (6.7")
-
Aniqligi (asosiy displey)
720 x 1600 (HD+)
-
Texnologiyasi (asosiy displey)
PLS LCD
-
Rang ravshanligi (asosiy displey)
16M
-
Orqa kamera - aniqligi (bir nechta)
50.0 MP + 2.0 MP
-
Orqa kamera - Diafragma (bir nechta)
F1.8 , F2.4
-
Orqa kamera - avto fokus
Ha
-
Orqa kamera - Tasvirning optik stabilizatori (OIS)
Yo'q
-
Orqa kamera kattalashtirish
10x gacha Raqamli Zoom
-
Old kamera - aniqligi
8.0 MP
-
Old kamera - Diafragma
F2.0
-
Old kamera - Avto Fokus
Yo'q
-
Old kamera - Tasvirning optik stabilizatori (OIS)
Yo'q
-
Orqa kamera - Miltillash
Ha
-
Old kamera - Miltillash
Yo'q
-
Video yozib olishdagi aniqlik
FHD (1920 x 1080)@30fps
-
Sekin harakat
120fps @HD
-
Operativ xotira_(GB)
4
-
Xotira (GB)
128
-
Mavjud xotira (GB)
109.3
-
Tashqi xotirani qo'llab-quvvatlash
MicroSD (2TB gacha)
-
SIM-kartalar soni
Ikkitalik SIM karta
-
SIM-karta o'lchami
Nano-SIM (4FF)
-
SIM-karta uyasining turi
SIM 1 + SIM 2 + MicroSD
-
Infra
2G GSM, 3G WCDMA, 4G LTE FDD, 4G LTE TDD
-
2G GSM
GSM850, GSM900, DCS1800
-
3G UMTS
B1(2100), B5(850), B8(900)
-
4G FDD LTE
B1(2100), B3(1800), B5(850), B7(2600), B8(900), B20(800), B28(700)
-
4G TDD LTE
B38(2600), B40(2300), B41(2500)
-
USB interfeysi
USB Type-C
-
USB versiyasi
USB 2.0
-
Joylashuv texnologiyasi
GPS, Glonass, Beidou, Galileo, QZSS
-
Eshitish vositasi
3.5mm Stereo
-
MHL
Yo'q
-
Wi-Fi
802.11a/b/g/n/ac 2.4GHz+5GHz, VHT80
-
Wi-Fi Direct
Ha
-
Bluetooth versiyasi
Bluetooth v5.3
-
Personal kompyuter bilan ma'lumotlar almashish
Smart Switch (PK avlodi)
-
Android
-
Rang
To‘q ko‘k
-
Shakl omili
Touch Bar
-
Akselerometr, Barmoq izi sensori, Yorug'lik sensori, Yaqinlashish sensori
-
O'lchamlar (BxKxCh, mm)
167.4 x 77.4 x 8.0
-
Og'irlik (g)
197
-
Batareya quvvati (mAh, odatiy qiymat)
6000
-
Olinadigan
Yo'q
-
Stereoni qo'llab-quvvatlash
Yo'q
-
Videoni ijro etish formati
MP4, M4V, 3GP, 3G2, AVI, FLV, MKV, WEBM
-
Videoni ijro etish aniqliligi
FHD (1920 x 1080)@60fps
-
Audio ijro etish formati
MP3, M4A, 3GA, AAC, OGG, OGA, WAV, AMR, AWB, FLAC, MID, MIDI, XMF, MXMF, IMY, RTTTL, RTX, OTA
-
Gearni qo'llab-quvvatlash
Galaxy Ring, Galaxy Buds Core, Galaxy Buds4 Pro, Galaxy Buds3 Pro, Galaxy Buds2 Pro, Galaxy Buds Pro, Galaxy Buds Live, Galaxy Buds+, Galaxy Buds4, Galaxy Buds3, Galaxy Buds2, Galaxy Buds, Galaxy Buds3 FE, Galaxy Buds FE, Galaxy Fit3, Galaxy Fit2, Galaxy Watch FE, Galaxy Watch Ultra2, Galaxy Watch Ultra, Galaxy Watch9, Galaxy Watch8, Galaxy Watch7, Galaxy Watch6, Galaxy Watch5, Galaxy Watch4, Galaxy Watch3, Galaxy Watch, Galaxy Watch Active2, Galaxy Watch Active
-
Samsung DeXni qo'llab-quvvatlash
Yo'q
-
SmartThings'ni qo'llab-quvvatlash
Ha
-
Mobil TV
Yo'q
-
Xavfsizlikni yangilash muddati (qadar amal qiladi)
30 sentyabr 2032
Foydalanuvchi uchun qo'llanma va yuklab olish uchun materiallar
Yechimlar va maslahatlar
- Galaxy qurilmasi uchinchi tomon ilovalarini oʻrnatgandan soʻng sekinlashadi, muzlaydi yoki reklama koʻrsatadi
- Samsung Galaxy qurilmangizda Wi-Fi ulanmayotgandek ko‘rinsa, nima qilish kerak
- One UI 9.0 qulflash xavfsizlik siyosati o'zgarishlari
- Samsung Galaxy qurilmalaringizda Kafolat va parvarish dan qanday foydalanish kerak
- Samsung Galaxy qurilmangizda zavod sozlamalarini qanday tiklash mumkin
- * Bu yerda keltirilgan barcha texnik xususiyatlar va tavsiflar mahsulotning haqiqiy xususiyatlari va tavsiflaridan farq qilishi mumkin. Samsung ushbu hujjatga va unda tavsiflangan mahsulotga istalgan vaqtda, bunday o‘zgarishlar haqida xabar berish majburiyatisiz o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Ushbu hujjatda keltirilgan barcha funksiyalar, imkoniyatlar, texnik xususiyatlar, grafik foydalanuvchi interfeysi va mahsulot haqidagi boshqa ma’lumotlar, jumladan, mahsulotning afzalliklari, dizayni, narxi, tarkibiy qismlari, unumdorligi, mavjudligi va imkoniyatlari bilan bog‘liq, ammo ular bilan cheklanmagan ma’lumotlar oldindan xabar berilmasdan va hech qanday majburiyatsiz o‘zgartirilishi mumkin. Ekrandagi tasvirlar modellashtirilgan bo‘lib, faqat namoyish maqsadida taqdim etilgan.
- * Tasvir modellashtirilgan. Galaxy Buds Core ranglarining mavjudligi mamlakat yoki mobil operatorga qarab farq qilishi mumkin. Galaxy Buds Core alohida sotiladi.
-
1.
* Tasvirlar faqat namoyish maqsadida modellashtirilgan.
* Diagonal bo‘yicha o‘lchangan ekran o‘lchami to‘liq to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida 6,7 dyuymni, yumaloqlangan burchaklar hisobga olinganda esa 6,6 dyuymni tashkil etadi. Yumaloqlangan burchaklar va kamera uchun ajratilgan o‘yiq sababli ekranning amalda ko‘rinadigan maydoni kichikroq bo‘ladi. Go to feature -
2.
* Foydalanish mumkin bo‘lgan tezkor va ichki xotira hajmi oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta’minotga bog‘liq. Tezkor va ichki xotira hajmi variantlari hamda ularning mavjudligi mamlakat, hudud yoki mobil operatorga qarab farq qilishi mumkin. Tasvir faqat namoyish maqsadida modellashtirilgan.
* 4/6/8 GB tezkor xotirali modellar ilovalar unumdorligini oshirish uchun ichki xotiraning mos ravishda 4/6/8 GB gacha bo‘lgan qismini virtual tezkor xotira sifatida ishlatishni qo‘llab-quvvatlaydi. Go to feature - 3. * Tasvir faqat namoyish maqsadida modellashtirilgan. Amaldagi foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin. Odatdagi qiymat – IEC 61960 standartiga muvofiq sinovdan o‘tkazilgan akkumulyator namunalarining sig‘imidagi farqlarni hisobga olgan holda hisoblangan o‘rtacha qiymat. Nominal (minimal) sig‘im 5 830 mA·soatni tashkil etadi. Akkumulyatorning haqiqiy ishlash vaqti tarmoq muhiti, foydalanish usuli va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. Akkumulyatorning ishlash vaqti Samsung tomonidan odatiy foydalanish ssenariylari asosida o‘tkazilgan ichki laboratoriya sinovlari natijalariga asoslangan. Go to feature
- 4. * Haqiqiy mahsulot tasvirdagidan farq qilishi mumkin. 50 MP aniqlik faqat Galaxy A08 smartfonining keng burchakli orqa kamerasida mavjud. Natijalar suratga olish sharoitlariga, jumladan, kadrda bir nechta obyektning mavjudligiga, obyektlarning fokusdan tashqarida yoki harakatda bo‘lishiga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
-
5.
* Tasvir faqat namoyish maqsadida modellashtirilgan.
* Ramka haqidagi ma’lumot ovoz balandligini sozlash tugmalari, yon tugma va SIM-karta uyasining tortmasiga taalluqli emas. Galaxy A08 IP64 himoya darajasiga ega. Ushbu daraja qurilmaga barcha tomondan 5 daqiqa davomida daqiqasiga 10 litr chuchuk suv purkalgan laboratoriya sinovlari natijalariga asoslangan. Qurilmadan plyajda yoki basseynda foydalanish tavsiya etilmaydi. Qurilmaning suv va changdan himoyasi doimiy emas va tabiiy eskirish tufayli vaqt o‘tishi bilan pasayishi mumkin. Go to feature -
6.
* Galaxy A08 ilk bor jahon bozoriga chiqarilgan sanadan boshlab operatsion tizimning 6 tagacha yangi avlodiga yangilanish va 6 yilgacha xavfsizlik yangilanishlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
* Tasvir faqat namoyish maqsadida modellashtirilgan.
* Yuqorida ko‘rsatilgan operatsion tizim va xavfsizlikni yangilash siyosati o‘zgarishi mumkin.
* Haqiqiy mahsulot tasvirdagidan farq qilishi mumkin. Go to feature - 7. * Tasvir faqat namoyish maqsadida modellashtirilgan. Samsung Galaxy A seriyasidagi smartfonlarda Samsung Knox Vault tizimining xavfsizlik funksiyalari yoki apparat va dasturiy ta’minot arxitekturasi 2021-yildan boshlab chiqarilgan Samsung Galaxy flagman qurilmalari, jumladan, S, Z, S FE seriyali smartfonlar va Tab S seriyali planshetlardagidan farq qilishi mumkin. Samsung Knox Vault tizimining mavjudligi qurilma modeliga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Go to feature
- 8. * Google — Google LLC kompaniyasining savdo belgisi. Ko‘rsatilgan amallar ketma-ketligi qisqartirilgan va modellashtirilgan. Natijalar faqat namoyish maqsadida taqdim etilgan. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til va qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Funksiya ayrim qurilmalarda mavjud va internetga ulanishni talab qiladi. Mos ilovalar va interfeyslarda ishlaydi. Natijalar tasvirlarning o‘zaro mosligiga qarab farq qilishi mumkin. Android operatsion tizimi va Google ilovasini so‘nggi versiyaga yangilash talab qilinishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Ekran tasvirini olishni taqiqlovchi ilovalarda funksiya mavjud emas. Google bilan «Aylana chizib qidirish» funksiyasi qo‘llab-quvvatlaydigan tillar ro‘yxatini quyidagi veb-sahifada ko‘ring: https://support.google.com/websearch/answer/16011537?visit_id=638863890792571848-2380469398&p=aimode&rd=1#zippy=%2Csupported-countries-territories%2Csupported-languages Go to feature
- 9. * Ayrim funksional vidjetlar tarmoqqa ulanishni va/yoki Samsung akkauntiga kirishni talab qilishi mumkin. Ilovalarda qo‘llab-quvvatlanadigan funksiyalarning mavjudligi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
- 10. * Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin. Tasvir faqat namoyish maqsadida modellashtirilgan. Mavjud funksiyalar qurilma, mamlakat, hudud, mobil operator yoki One UI versiyasiga qarab farq qilishi mumkin. Galaxy qurilmalari o‘rtasida Quick Share funksiyasi Android 10.0 (Q) yoki undan keyingi versiya hamda One UI 2.1 yoki undan keyingi versiyaga ega smartfon va planshetlarda, shuningdek, 2020-yilda yoki undan keyin chiqarilgan Galaxy Book qurilmalarida mavjud. Samsung akkaunti hamda Wi-Fi va Bluetooth orqali ulanish talab etiladi. Go to feature
-
11.
* Android™ qurilmalaridan kabel orqali ma’lumot uzatish uchun qabul qiluvchi va yuboruvchi qurilmalarda Android™ 6.0 yoki undan keyingi versiya o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni simsiz ulanish orqali kabelsiz ham uzatish mumkin. Simsiz ulanishda ham qabul qiluvchi va yuboruvchi qurilmalarda Android™ 6.0 yoki undan keyingi versiya o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Qabul qiluvchi Galaxy qurilmasidagi «Sozlamalar» bo‘limida Smart Switch Mobile ilovasini oching yoki uni Galaxy Store do‘konidan yuklab oling. Ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar, kontent va ilovalar uzatish usuliga qarab farq qilishi mumkin.
* Takomillashtirilgan usul orqali iOS qurilmasidan Galaxy qurilmasiga ma’lumot uzatish uchun Galaxy qurilmasida Android™ 17 yoki undan keyingi versiya va One UI 9 yoki undan keyingi versiya, iOS qurilmasida esa iOS 26.6 yoki undan keyingi versiya o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Go to feature - 12. * Foydalanish mumkin bo‘lgan tezkor va ichki xotira hajmi oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta’minotga bog‘liq. Tezkor va ichki xotira hajmi variantlari hamda ularning mavjudligi mamlakat, hudud yoki mobil operatorga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
- 13. * Galaxy A08 IP64 himoya darajasiga ega. Ushbu daraja qurilmaga barcha tomondan 5 daqiqa davomida daqiqasiga 10 litr chuchuk suv purkalgan laboratoriya sinovlari natijalariga asoslangan. Qurilmadan plyajda yoki basseynda foydalanish tavsiya etilmaydi. Qurilmaning suv va changdan himoyasi doimiy emas va tabiiy eskirish tufayli vaqt o‘tishi bilan pasayishi mumkin. Go to feature
- 14. * Yuqorida ko‘rsatilgan operatsion tizim va xavfsizlikni yangilash siyosati o‘zgarishi mumkin. Go to feature
- 15. * Foydalanish mumkin bo‘lgan tezkor va ichki xotira hajmi oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta’minotga bog‘liq. Tezkor va ichki xotira hajmi variantlari hamda ularning mavjudligi mamlakat, hudud yoki mobil operatorga qarab farq qilishi mumkin. Tasvir faqat namoyish maqsadida modellashtirilgan. 4/6/8 GB tezkor xotirali modellar ilovalar unumdorligini oshirish uchun ichki xotiraning mos ravishda 4/6/8 GB gacha bo‘lgan qismini virtual tezkor xotira sifatida ishlatishni qo‘llab-quvvatlaydi. Go to feature
- 16. * Qurilmalar alohida sotiladi. Galaxy qurilmalari o‘rtasida Quick Share funksiyasi Android 10.0 (Q) yoki undan keyingi versiya hamda One UI 2.1 yoki undan keyingi versiyaga ega smartfon va planshetlarda, shuningdek, 2020-yilda yoki undan keyin chiqarilgan Galaxy Book qurilmalarida mavjud. Samsung akkaunti hamda Wi-Fi va Bluetooth orqali ulanish talab etiladi. Go to feature
- 17. * Ranglarning mavjudligi mamlakat, hudud yoki mobil operatorga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
- 18. * Foydalanish mumkin bo‘lgan tezkor va ichki xotira hajmi oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta’minotga bog‘liq. Tezkor va ichki xotira hajmi variantlari hamda ularning mavjudligi mamlakat, hudud yoki mobil operatorga qarab farq qilishi mumkin. Tasvir faqat namoyish maqsadida modellashtirilgan. 4/6/8 GB tezkor xotirali modellar ilovalar unumdorligini oshirish uchun ichki xotiraning mos ravishda 4/6/8 GB gacha bo‘lgan qismini virtual tezkor xotira sifatida ishlatishni qo‘llab-quvvatlaydi. Go to feature
- 19. * 50 MP aniqlik faqat Galaxy A08 smartfonining keng burchakli orqa kamerasida mavjud. Google — Google LLC kompaniyasining savdo belgisi. Ko‘rsatilgan amallar ketma-ketligi qisqartirilgan va modellashtirilgan. Natijalar faqat namoyish maqsadida taqdim etilgan. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til va qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Funksiya ayrim qurilmalarda mavjud va internetga ulanishni talab qiladi. Mos ilovalar va interfeyslarda ishlaydi. Natijalar tasvirlarning o‘zaro mosligiga qarab farq qilishi mumkin. Android operatsion tizimi va Google ilovasini so‘nggi versiyaga yangilash talab qilinishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Ekran tasvirini olishni taqiqlovchi ilovalarda funksiya mavjud emas. Google bilan «Aylana chizib qidirish» funksiyasi qo‘llab-quvvatlaydigan tillar ro‘yxatini quyidagi veb-sahifada ko‘ring: https://support.google.com/websearch/answer/16011537?visit_id=638863890792571848-2380469398&p=aimode&rd=1#zippy=%2Csupported-countries-territories%2Csupported-languages Go to feature
*E’tiboringizni shunga qaratamizki, ushbu veb-sayt va undagi ma’lumotlar faqat axborot berish xususiyatiga ega bo‘lib, hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.
*Barcha tasvirlar namuna maqsadida modellashtirilgan, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.
*Ayrim AI funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab qilinishi mumkin.
*Samsung tomonidan taqdim etiladigan asosiy Galaxy AI funksiyalari bepul. Kelgusi versiyalarda pullik asosda taqdim etiladigan kengaytirilgan funksiyalar yoki yangi xizmatlar paydo bo‘lishi mumkin. Uchinchi tomonlar taqdim etadigan sun’iy intellekt funksiyalariga boshqa shartlar qo‘llanilishi mumkin. Asosiy Galaxy AI funksiyalari — bu Samsung kompaniyasining amaldagi Foydalanish shartlarida Kengaytirilgan intellekt bo‘limida keltirilgan xizmatlardir.
*Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik tavsiflari e’lon qilingan paytda amal qiladi, ammo keyinchalik oldindan ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.
*Batareyaning haqiqiy quvvati tarmoq muhiti, ishlatiladigan funksiyalar va ilovalar, amalga oshirilgan qo'ng'iroqlar va yuborilgan xabarlar chastotasi, zaryadlanish/zaryadsizlanish sikllari soni va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq.
*Foydalanuvchi uchun mavjud ichki xotira hajmi qurilmaning to‘liq xotirasidan kamroq bo‘lishi mumkin, chunki uning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashi uchun zarur bo‘lgan ilovalar tomonidan band qilingan. Haqiqiy foydalanuvchi xotirasi hajmi mobil operatorga bog‘liq bo‘lishi va qurilma dasturiy ta’minoti yangilangandan so‘ng o‘zgarishi mumkin.
*Tarmoq: Qurilma tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan o‘tkazuvchanlik hudud yoki xizmat ko‘rsatuvchi provayderga qarab farq qilishi mumkin.
*Wi-Fi 7 (802.11be) tarmog‘ining mavjudligi bozor, tarmoq provayderi va foydalanuvchi muhitiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Optimal ulanish talab etiladi. Wi-Fi 7 routeri kerak bo‘ladi.
*Ranglarning mavjudligi mamlakat va yetkazib beruvchiga bog'liq.