Life Hacks

Sog‘lom hayotning
besh qoydasi

Hayotingizni yaxshilashga yordam beruvchi kichik maslahatlar

Qorong'u tungacha ishlash, erta tongdan uyg‘onish va voqealarga boy dam olish kunlari… Natijada charchoq va stress. Hayotingizda kuniga 10 daqiqadan ko‘p vaqt talab etmaydigan va kuchni tiklashga yordam beradigan bir nechta odatlar uchun joy toping!

Use the Samsung Health app to become more mindful of your breathing Use the Samsung Health app to become more mindful of your breathing
Samsung Health
Samsung Health mashqlari yordamida maromida nafas oling
1

To'g'ri nafas olishni unutmang

Stress vaqtida inson nafas olishida uzilishlar holatlari kuzatiladi. Diqqatni jamlash qiyinlashib, miyaning ish faoliyati sustlashadi. Bu jarayon deyarli har kuni bo'lib turadi. Kislorod almashinuvini yaxshilash maqsadida nafas olish mashqlariga bir necha daqiqa ajrating. Bu sizga stressdan oson qutilishga va ish qobiliyatingizni tiklashga yordam beradi. Hadeb soatga qarayvermaslik uchun Galaxy S20 smartfoningizdan taymerni sozlab qo'ying.

Making breakfast can be a form of morning meditation Making breakfast can be a form of morning meditation
Tavsiya
Ertalab mazali va to'yimli nonushta uchun oqsilga boy "Chia" pudingini tanavvul qiling. U faqat ikki asosiy tarkibiy qism – sut va urug‘lardan iborat bo'lib, uni uhlashdan oldin tayyorlab qo'yish maqsadga muvofiq bo'ladi.
2

Nonushta qilishni unutmang

“Nonushta qilishni o‘tkazib yuborish mumkin emas!” — deyishadi zamonaviy diyetologlar. Agar nonushta tayyorlashga erinsangiz, nonushta tayyorlashning noodatiy yo'llarini sinab ko'ring. Masalan, quymoq tayyor bo'lgunicha meva, sabzavot va ko‘katlardan biror qiziqarli mix tayyorlang. Emotsional va jismoniy energiya oqimi kelishi kafolatlanadi!

Micro workouts get your endorphins going with cardio Micro workouts get your endorphins going with cardio
3

To‘g‘ri dam olishni o‘rganing

O‘ng qo‘lingiz charchagan bo‘lsa, yukni chap qo'lingizga oling. Ushbu qoida intelektual faoliyatga ham tegishli — miya charchagan bo‘lsa, mushaklarni ishlating! Bir necha oddiy jismoniy harakatlarni amalga oshiring. Masalan plankada turish, arqon osha sakrash yoki oyoq qo'llarni ishlatib oddiy harakatlar amalga oshirish, qisqa vaqt ichida maksimal darajada ko'p mushaklarni faollashtirishga yordam beradi. O'zingiz yoqtirgan sho'x musiqani yoqing va maroq bilan raqsga tushing, Bu qo‘l-oyog‘ingizning chigalini yozadi va emotsional hursandchilik olib keladi.

Listening to music with headphones on can help you meditate and be present Listening to music with headphones on can help you meditate and be present
4

Pleylistingizni shakllantiring

Hozirda zamonaviy musiqa yo'nalishlari va janrlarining soni chegara bilmaydi, shu bilan birga turli xil uslublar ham mavjud. Musiqadan bahramand bo'lish uchun yulduzlarning kontsertlariga borish shart emas. Musiqiy ilovalar va saytlar sizning xohishingizga ko‘ra ijrochi va janrlarni tavsiya etadi, bu esa osonlikcha kayfiyatingizga mos pleylistni tanlashga yordam beradi! Effektni kuchaytirish uchun Galaxy Buds+ quloqchinlarini taqing, ko‘zingizni yuming va musiqadan lazzatlaning.

Drawing on a tablet or smartphone can spark your creativity Drawing on a tablet or smartphone can spark your creativity
5

Bolalikga qaytishdan uyalmang!

Biz jiddiy va mas’uliyatli bo‘lishga odatlanganmiz, lekin ba’zida hamma narsani unutib, yana o‘zimizning beg‘am va ilhomlangandek his qilishni xohlaymiz! Ijodkorlik va oddiy narsalarga kreativ yondashish bolalik eyforiyasini eslashga yordam beradi. Kuniga kamida bir necha daqiqa o‘zingizga bola bo‘lishga imkon bering: chizish, ahmoqona va kulgili she’rlar to‘qish va shunchaki orzu qilish. Bolalikka tushishdan uyalmang, va tanangiz ko'tarinki kuch va ijobiy his-tuyg‘ular bilan javob beradi!

Zamon bilan hamnafas bo'ling

Qilayotgan ishingizdan faqat zavq va energiya olib yashang. Qayerda bo'lishingizdan qat'iy nazar Galaxy Note10 va S Pen elektron qalami yordamida yozish, chizish, shuningdek chizmalar va eskizlar yaratish zavqli ijodiy jarayonga aylanadi.

Endi quyidagi hikoyalarni o‘qing