Layfxaklar

Ma`lumotlarni zararli unsurlardan tozalash:
o'z raqamli xavfsizligingiz darajasini
oshirish yo'llari

O'zingiz qoldiradigan raqamli izlaringizni imkoni boricha minimal darajaga tushiring va mobil qurilmalarning xavfsizlik darajasini oshiring.

Ma`lumotlarning keng ko'lamli sizib chiqib ketishi, maxfiylik shartlarining buzilishi, parollarning yo'qolishi, va bularning oqibatida paydo bo'ladigan umumjahon vahima. Odatda, raqamli xavfsizlikka munosabatimizni "Boshiga tushmaguncha aql kirmaydi" degan maqolga taqqoslasa bo'ladi. Matbuot yangiliklarida hayratda qoldiruvchi sarlavhalarini ko'rmagunimizcha (yoki ushbu muammo o'z boshimizga balo olib kelmaguncha) raqamli xavfsizlik haqida o'ylamaymiz ham. Biroq agar o'zingiz shuni xohlamasangiz – siz umringizni elektron pochta manzilingizni qayddan o'tkazmasdan yoki smartfon kamerasini yopib yurish bilan o'tkazishga majbur bo'lmaysiz. Quyida tarmoqlarda o'zingizga boshqalarning diqqatini jalb qilmay, Internetda ishlashda maksimal darajadagi xavfsizlikka erishishga yordam beruvchi bir necha tavsiyalar keltirilgan.

Izlaringizni tozalab yuring

Balki hayot tajribangizda qaysi bir onlayn do'konda o'ta chiroyli bir juft etikni ko'rib, ularning havolasini qulayroq mavridgacha (masalan, maosh olish kunigacha) saqlab qo'yib, va bir muddat vaqt o'tgach ushbu havola bilan tarmoqqa kirganingizda o'z yangiliklar qatoringizga tushib qolgan holatlarni boshdan kechirgan bo'lsangiz ehtimoldan xoli emas. Bu ayyor, biroq mahorat bilan o'ylab chiqilgan marketing tuzog'i siz uchun Internet tarmog'ida izlash urinishlaringiz hecham maxfiy emasligi haqida eslatma bo'lsin. Internet brauzeringiz tarixini, cookies fayllarini (saytlar tomonidan sizning faolligingizni kuzatib borish uchun qo'llaniladigan jajji ma`lumot qismlarini) va kesh (keraksiz) fayllarni muntazam tozalab turish bilan bir qatorda, siz brauzerda "inkognito" (yashirin) rejimini yoqib qo'yishingiz mumkin. Ushbu xususiy ko'rish, tomosha qilish funktsiyasi har bir seansdan keyin cookie fayllarini o'chiradi, ya`ni, brauzerni yopganingiz zahoti, sizning shaxsiy ma`lumotlaringiz va oldingi izlash faoliyatingiz haqidagi ma`lumotlar o'chiriladi. Bu funktsiya ko'p, masalan, elektron pochtani tekshirishni xohlaganigizda yoki sizga yoqib qolgan bir juft etik sizni Internetda ta`qib qilib yurishini xohlamagan holatlarda kerak bo'lib qolishi mumkin.

TAVSIYA
Garchi saytlarni inkognito rejimida ochish xavfsizroq boʻlsa ham, u sizni zararli dasturlardan himoya qilmaydi Operatsion tizim dasturi yangilangan va antivirus dasturi faol ekaniga ishonch hosil qiling.

Shubhali manbalardan ehtiyot boʻling

Uydagi signal barqaror emasmi? Mahalliy qahvaxonangizning simsiz tarmogʻiga ulanish vasvasasi paydo boʻlishi mumkin, ayniqsa, u parolni talab qilmasa. Ammo bepul va jamoat Wi-Fi tarmogʻining zarari bu qulaylikdan koʻproq boʻlishi mumkin. Himoyalanmagan Wi-Fi tarmogʻiga ulanish xavfsizlikni shifrlash usulini ishlatmagani sababli, internetda foydalanadigan har qanday shaxsiy ma’lumotlaringiz (login, uy manzilingiz va bank ma’lumotlari kabi) oshkor qilinishi mumkin. Rasmiy ruxsat berilmagan ilovalarga maxfiy ma’lumotlarni kiritish ham xuddi shunday oqibatlarga olib kelishi mumkin. Iloji boʻlsa, himoyalangan jamoat tarmogʻiga ulaning va telefoningizdagi yuklab olingan narsalar rasmiy ilovalar doʻkonidan ekaniga ishonch hosil qiling. Qurilmangizdagi zaifliklarni tuzatadigan va shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiladigan telefoningizdagi muntazam operatsion tizim va xavfsizlik yangilanishlarini oʻrnatishni unutmang.

Maslahatlarni izlang

Koʻpincha sizdagi elektron pochta xizmati sizning pochta qutingizdagi shubhali (yoki fishing) elektron pochta xabarlarini filtrlash uchun yetarlicha aqlli boʻladi, ammo koʻzdan qochiriladigan holatlari ham boʻlib turadi. Oʻsha havolani bosish yoki unga biriktirilgan fayllarni ochishdan oldin, elektron xatni diqqat bilan oʻqing. Yuboruvchining sizni aldab biror bir saytga kirishga undashi yoki shaxsiy ma’lumot / pul bilan ta’minlashingizni soʻrashi "yoki boshqa" harakatlarga undashga urinishlariga e’tibor bering. Hatto yuboruvchining elektron pochta manzili qonuniydek tuyulsa, u siz doimiy ravishda foydalanadigan ijtimoiy media platformasi, brendi yoki muassasasidan boʻlsa ham, veb-saytga toʻgʻridan-toʻgʻri tashrif buyurganingiz yoki ishonchli ma’lumot olish uchun tasdiqlangan elektron manzilga yangi elektron pochta xabarini yuborganingiz yaxshi. Bunga ishonchli manzillar kitobingizdagi ma’lumotlar kiradi. Sizning maʼlum boʻlishicha, doʻstingizning hisob qaydnomasi buzib kirilgan boʻlishi mumkin. Shunday qilib, onlayn qidiruv orqali fishing hujumlar va qizil bayroqchalar haqida koʻproq bilib oling va shubhali elektron pochta xabarlarini rasmiylarga yuboring.

Xatda keltirilgan havolani bosishdan yoki ilova qilingan faylni ochishdan avval, xatni diqqat bilan o'qib chiqing.

Maxfiy josus ishini o'zingiz bajaring.

Ba`zan inson o'zini hakerlar o'rniga qo'yib ko'rishi zarur. Google tizimida siz haqingizdagi ma`lumotlarni muntazam izlash siz qoldirgan "raqamli izlar" (ya`ni, sizning onlayn obro', mavqeingizga ta`sir qiluvchi har qanday ommaga ma`lum ma`lumotlar) haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Voqe dunyoda obro'yingiz qanchalar baland, mustahkam bo'lishidan qat'iy nazar, tarmoqda sizni butunlay o'zgacha qilib taqdim etadigan yoki siz haqingizda siz xohlagandan ko'proq ma`lumot oshkora qiluvchi narsa-vositalar bo'lishi mumkin. Xoh u uy manzilingiz bo'lsin, yoki mol-mulkingiz baholanishi yoki siz o'qib chiqqan maqolalar ro'yxati bo'lsin, tegishli sayt ma'murlariga o'zingiz o'chirib tashlashni xohlagan ma`lumotlarni olib tashlashni so'rab murojaat qiling. Buning ustiga, bunday xizmatlrani taklif qiladigan ixtisoslashgan kompaniyalarga murojaat qilishingiz mumkin. Ular vaqtingizni tejashga va qalbingizda xotirjamlikka erishishga yordam berishadi.

Dalillarni o'chirib tashlang

Qog'ozlarda chop qilingan muloqot xatlarini tashlab yuborishdan oldin ularni qog'ozni maydalaydigan shrederdan o'tkazgannigiz kabi, raqamli fayllarga ham xuddi shunday amalni qo'llash lozim. Afsuski, barcha "o'chirilgan" fayllarni osonlik bilan qayta tiklash mumkin. Xavfsizlikni ta`minlash uchun ishlab chiqarilgan mobil ilovalar fayllarni qayta tiklashga imkon qoldirmasdan o'chirish imkoniyatini beradi. Elektron xatlarga kelsak, pochta dasturida "xatni savatga jo'natish" yoki "batamom o'chirish" variantlarini tanlashingiz mumkin. Shuning uchun variantni aql ishlatib tanlaganingiz ma`qul.

Galaxy S20
Tizimga kiring va barmoq izlarini tekshiruvchi ultra-tovush skaneri kabi mobil xavfsizlik funktsiyalari yordamida xaridlaringiz uchun pul to'lang.

Mudofaa darajasidagi xavfsizlik.
Oʻzingiz uchun muhim boʻlgan narsani himoya qiling.

Hammamizning sirlarimiz bor. Siz Galaxy S20 seriyasidagi qurilmalarga narsalaringizning xavfsizligiga ishonishingiz mumkin. Ulardagi qalqon singari axborotni mustahkam himoyalovchi Knox platformasi bilan jihozlangan Ultratovushli barmoq izi skaneri orqali siz maxfiy narsalaringizni qulfini ochish uchun barmoq izi bilan bir marta bosishingiz kifoya, hech qanday parolni eslab qolish talab qilinmaydi.

Ushbu hikoyalarni o'qing