Layfxaklar

Bahorgi taʼtilni uyda ajoyib
tarzda oʻtkazishning 5 usuli

Bu yil (koʻproq) lokal darajada koʻngil ochmoqchimisiz? Bizda siz uchun kerak boʻlgan uydagi taʼtil gʻoyalari bor.

Tirband plyaj bazmlari va oʻta shovqinli klublar kimga kerak? Bu yil bahorgi taʼtilda barcha eng yaxshi anʼanalarni qayta yaratishingiz hamda uyingizdan chiqmagan holda xohlaganingizcha sershovqin (yoki xotirjam) tarzda hordiq chiqarishingiz mumkin. Kerak boʻladigan bor-yoʻq narsa – bir oz tasavvur va Galaxy S21 qurilmasining bir oz koʻmagidir.

BYOB: Oʻz plyajingizni yarating

Uyda salqin okean muhitini yaratish sira qiyin emas. Agar basseyningiz boʻlsa, masala hal. Agar boʻlmasa, plastikdan boʻlgan kichik bolalar basseyni, orqa hovlidagi suv purkagich yoki sokin koʻl bilan ham masalani hal qilish mumkin. Quyosh nurlari ogʻushiga choʻmgan selfilar olish yoki bugʻlangan elektron kitob oʻqish uchun S21 qurilmangizdan foydalaning. S21 ham IP68 suvga qarshi himoya tizimiga ega, shu sababli suv bilan bogʻliq bazmlardagi koʻngilsizliklarning aksariyatiga dosh bera oladi.¹

¹Galaxy S21 5G, S21+ 5G va S21 Ultra 5G qurilmalarining himoya toifasi – IP68. Sinov natijalariga koʻra, 1,5 metrgacha chuqurlikda 30 daqiqagacha suv oʻtkazmaydi. Plyaj, basseyn va sovunli suvda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Oʻz klubingizni yarating

Bu klubda uzun qatorlar yoki terga botgan begonalar mavjud emas va superyulduz DJ – sizning oʻzingiz. TikTok harakatlari yoki oilaviy raqs seshini bajarish jarayonida musiqani telefoningizdan tinglaysiz. Bir oz sokinroq narsa xohlayapsizmi? “Koʻpikli bazm” uyushtiring, yaʼni sokinlik bagʻishlovchi kokos yongʻogʻi iforini taratuvchi shamlar va tropik kuy bilan koʻpikli vanna tashkillashtiring.

Mahalliy taomlardan tatib koʻring

Agar sayohat qilayotganingizda edi, shubhasiz, yangi restoranlarga tashrif buyurar va barcha mahalliy taomlardan tatib koʻrardingiz. Uydagi bahorgi taʼtilda bu nega oʻzgarishi kerak ekan? Baʼzi yangi taomlarni sinab koʻring. S21 qurilmangizdan foydalanib, ovqatini tatib koʻrishni anchadan beri xohlab yurgan yangi joydan taomni yetkazib berish yoki olib ketish uchun buyurtma bering. Yoki, shunchaki, odatdagi joyingizdan sevimli taomingizni oling. Bu “zerikarli” emas; aksincha, 100% lik qoniqish hissini taqdim etadi.

Maqsadli bazm

Bahorgi taʼtil, shunchaki, tanani oftobda chiroyli qoraytirish ustida ishlashdan iborat emas. Maqsadli xizmat safari anʼanaviy sayohat muqobili sifatida vujudga keldi. Hatto oʻzingiz safar qila olmagan taqdiringizda ham muhtoj guruhlarga mablagʻ xayriya qilishingiz mumkin. Telefoningizda takrorlanuvchi xayriya mablagʻlarini oʻrnating. Oziq-ovqat bankida koʻngilli boʻling. Baʼzida hordiq chiqarishning eng yaxshi yoʻli boshqalarni baxtli qilishdir.

Videoni tahrirlash

Galaxy S21 Ultra qurilmangiz yordamida oʻtish sahnalari, musiqa, matn va boshqalarni qoʻshing.

Avvalgi sayohatlaringizni qayta jonlantiring va keyingilari haqida oʻylab, hayajon tuying

Uyda hordiq chiqayotganda siz va doʻstlaringiz oʻzingizni haqiqiy muhitdan ajrab qolgandek his qilishingiz mumkin. Bunday hollarda virtual gurungga toʻplaning. Galaxy S21 Ultra qurilmasidagi videoni tahrirlash xususiyatlari yordamida oʻtmishdagi barcha sarguzashtlaringiz majmuasidan iborat ajoyib video yaratishingiz mumkin. Xotiralar va xijolatli hikoyalarni qoʻzgʻang – va kelgusi yildagi bahorgi taʼtilda borishni xohlovchi manzillaringiz roʻyxatini boshlang. Bu nihoyatda hayajonli tajriba boʻladi.

“Sayohatingiz” uchun narsalarni hozirlashni boshlang

Galaxy S21 uydagi unutilmas bahorgi taʼtil uchun kalitdir.

Endi bu hikoyalarni oʻqing