Layfxaklar

Qanday qilib mobil qurilmani
butunlay ish stansiyasiga aylantirish mumkin

O‘zingizning mobil qurilmalaringizda masofadan turib ishlang,
Microsoft ilovalari esa o‘zingizni to‘la-to‘kis kompyuterda ishlayotdek his qilishingizni ta’minlaydi.

Siz doimiy tarzda masofadan ishlashingiz yoki vaqtinchalik ishlaringizni uydan turib bajarishingizga to‘g‘ri kelganligidan qat’iy nazar, sizning yangi uy idorangiz samaradorligingizni oshirishda juda muhim hisoblanadi. Biz quyida samarali va osonlik bilan ishlashingiz uchun sizning Galaxy qurilmalaringizni optimallashtiradigan ba’zi maslahatlar va Microsoft vositalarini taqdim etamiz.

1

Yaxshi eshitilishi (va ko‘rinishi) kerak!

Uydan ishlayotganda, siz doimo video-konferensiyalar qurshovida bo‘lishingiz kerakligini his qilmasligingiz kerak. Microsoft Teams kabi ilovalar jamoada ishlashni xuddi idorada bo‘lganidek osonlashtiradi - siz xabarlar almashish, video-konferensiyalar va uchrashuvlar o‘tkazishni bir joyda amalga oshirishingiz mumkin. Sizga oddiy qoidalarga rioya qilishni maslahat beramiz: video-muloqot qilishdan oldin, orqangizdagi fon suhbatdoshlaringizni chalg‘itmasligiga ishonch hosil qiling, kamerani ko‘zlaringiz darajasida joylashtiring va gapirishni to‘xtatgandan so‘ng mikrofonni o‘chirishni unutmang. Taqdimotni boshlash kerakmi? O‘z Galaxy Tab S6 qurilmangizdagi S Penni masofadan boshqarish pulti sifatida ishlating - tugmachani bosish slaydlarni almashtirish, videofilmlarni ijro etish va boshqalarga imkon beradi.

2

Asosiy narsaga e’tiboringizni qarating

Ish stolingizda tartib saqlashdan vaqtni samarali boshqarishgacha bo‘lgan jarayonlar yuqori samaradorlikka erishishda har doim muhim hisoblanadi. Buning uchun ba’zan detallarni ko‘rib chiqishingiz kerak bo‘ladi. Masalan, agar siz diqqatni jalb qilmoqchi va kelgusi yig‘ilishda to‘liq ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, o'zingizning yozma qaydlaringizni olib, Galaxy Note10 qurilmangizdagi S Pen va Microsoft Word, Excel, PowerPoint va boshqa shu kabi oldindan o‘rnatilgan dasturlar yordamida ularni osonlik bilan bosma matnga o‘zgartiring. Keyin esa siz qaydlaringizni Microsoft Word hujjati yoki Outlook orqali elektron pochta ko‘rinishida baham ko‘rishingiz mumkin. Bu vaqtni tejash va chalg‘ishuvchi omillarni kamaytirishga imkon beradi.

3

Telefoningiz va kompyuteringizni sinxronlashtiring

Telefoningiz va kompyuteringiz orasida sarsonmisiz? Ekranda vaqtni yanada samarali tashkil etishga harakat qiling. O‘zingizga bildirishnomalar yuborish uchun kompyuteringizdagi “Your Phone” ilovasidan foydalaning - shunda siz bitta qurilma orqali ish jarayonini boshqarishingiz va xabarlarga javob berishingiz mumkin. Qurilmalaringizning umumlashgan holda ishlashini baholash uchun turli imkoniyatlarni - ekranni aks ettirishdan tortib parollar, yorliqlarni sinxronlashtirish va boshqa narsalarni sinab ko‘ring.*

4

Masofaviy ish chegaralaringizni o‘rnating

Ko‘pchilik uydan ishlayotganda, ish va shaxsiy hayot muvozanatini aniq belgilab olishi yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. Turli noxushliklarning oldini olish uchun chegaralarni belgilang - tanaffuslar va “o‘zingiz uchun” vaqt ajrating. Outlook taqvimidan foydalaning, siz uning yordamida “uchrashuv imkoniyati yo‘q”ligini va “ta’til” vaqtlarini belgilaysiz. Shuningdek, sizning Galaxy Note10 ingizda “Bezovta qilinmasin” rejimini faollashtirishni unutmang, shunda qo‘ng‘iroqlar va bildirishnomalar ovozsiz bo‘lib qoladi.

* Xizmat mavjudligi mamlakat va xizmat ko‘rsatuvchiga qarab farq qilishi mumkin.
*Qurilma mosligi va mavjudligi dasturga qarab farq qilishi mumkin.
*Telefoningizni va kompyuteringizni ulash uchun “Link to Windows”ni yoqing va kompyuterdagi “Your Phone” dasturidan foydalaning. “Your Phone” ilovasi yangilanish versiyasi 2018-yil oktabr yoki undan keyingi davrdagi Windows 10 kompyuterlarida oldindan o‘rnatilgan. Uni, shuningdek, yangilash versiyasi 2018-yil aprel yoki undan keyingi versiyalardagi Windows 10 uchun yuklab olishingiz mumkin. Microsoft hisob qaydnomasi zarur hisoblanadi.

Sizning masofaviy ish rejimidagi yordamchilaringiz

Ushbu vositalar sizga ishingizni oson, tabiiy va samarali bajarishga yordam beradi.

Endi quyidagi hikoyalar o'qing