Unumdorlik / Hayot tarzi

Sog‘lom hayotning
besh qoydasi

Sizning hayotingizni yaxshilovchi kichik hiylalar

Image

Kechgi tungacha ish, erta tongda uyg‘onish va mazmunli dam olish kunlari... Natijada charchoq va stress. Kuniga 10 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt sarflanadigan va kuchni tiklashga yordam beradigan bir nechta sog‘lom odatlar uchun hayotingizda joy toping!

Image
Use the Samsung Health app to become more mindful of your breathing
Samsung Health

Samsung Health mashqlari yordamida nafasingizni tiklang

batafsil
1

Nafas olish haqida unutmang!

Stress paytida yuzaki nafas olayotganingizni yoki nafasingiz tiqilganini sezyapsizmi? Diqqatning jamlanishi pasayadi, miya biror bir sababsiz bema’ni holatga tushadi ... Va bu biz bilan har kuni sodir bo‘ladi! Kislorod almashinuvini to‘ldirish uchun nafas olish mashqlariga bir necha daqiqa sarflang, — shunda siz stress qanday bartaraf etilishini his etasiz va ish qobiliyati tiklanadi.

Use the Samsung Health app to become more mindful of your breathing
Samsung Health

Samsung Health mashqlari yordamida nafasingizni tiklang

batafsil
Making breakfast can be a form of morning meditation
Maslahat

Chia pudingi oqsilga boy va faqat ikkita asosiy tarkibiy qism – sut va urug‘lardan iborat. Uni yotishdan oldin pishiring va ertalab o‘zingizni mazali va to‘yimli nonushta bilan siylashingiz mumkin.

2

Nonushtani unutmang

“Nonushtani o‘tkazib yuborish mumkin emas!” — deyishadi zamonaviy ovqatlanish mutaxassilari. Va siz uni pishirishga dangasalik qilsangiz, tasavvuringizni ishlating va bu jarayonni odatiy hol bo‘lmasligiga harakat qiling. Masalan, quymoq yoki suli yormasi pishguncha, tavoqda meva, sabzavot yoki ko‘katlardan qiziqarli tarkibni yarating. Hissiy va jismoniy energiya oqimi kafolatlanadi!

Maslahat

Chia pudingi oqsilga boy va faqat ikkita asosiy tarkibiy qism – sut va urug‘lardan iborat. Uni yotishdan oldin pishiring va ertalab o‘zingizni mazali va to‘yimli nonushta bilan siylashingiz mumkin.

Micro workouts get your endorphins going with cardio
3

To‘g‘ri dam olishni o‘rganing

O‘ng qo‘lingiz charchagan bo‘lsa, yukni chap tomonga oling. Ushbu qoyda aqliy ishlarga ham tegishli — bosh “charchagan” bo‘lsa, mushaklarni yuklang! Bir nechta berpi qiling, arqon bilan sakrang, plankada bir daqiqa turing, hamda qo‘l va oyoqlarni chozing — bunday mashqlar qisqa vaqt ichida ko‘proq mushaklarni ishlatishga yordam beradi. Faol musiqani yoqing va so‘nggi marta bo‘lgani kabi bu musiqaga raqs tushing — qoshimchasiga qo‘l-oyog‘ingizning chigilini yozasiz va endorfinlarning davolovchi dozasini olasiz.

Listening to music with headphones on can help you meditate and be present
4

Pleylistni tanlang

Zamonaviy musiqa ishlatiladigan asboblar va sadolar sonining chegaralarini bilmaydi, shuningdek, uslublarning g‘ayrioddiy turlarini taklif etadi. Uni tinglash uchun yulduzlarning kontsertlariga borish shart emas. Musiqiy ilovalar va oqimli saytlar sizning xohishingizga ko‘ra ijrochilar va janrlarni tavsiya etadi, shuning uchun kayfiyatingizga mos pleylistni tanlash unchalik ham qiyin emas! Effektni kuchaytirish uchun quloqchinni kiying, ko‘zingizni yuming va sadodan lazzatlaning.

Drawing on a tablet or smartphone can spark your creativity
5

Bolalikka tushishdan uyalmang

Biz jiddiy va mas’uliyatli bo‘lishga odatlanganmiz, lekin ba’zida hamma narsani unutib, yana o‘zimizni beg‘am va ilhomlangan his qilishni juda xohlaymiz! Ijodkorlik va oddiy narsalarga ijodiy yondashish bolalik eyforiyasining holatini eslashga yordam beradi. Kuniga kamida bir necha daqiqa o‘zingizga bola bo‘lishga imkon bering: chizish, ahmoqona va kulgili she’rlar to‘qish — va shunchaki orzu qilish. Bolalikka tushishdan uyalmang va badaningiz ko‘tarilgan kuch va ijobiy his-tuyg‘ular bilan javob beradi!

Oqimda yashang

Oqimli holatda yashash — qilayotgan ishingizdan zavq va energiya olishni anglatadi. Qaerda bo‘lsangiz ham, yozing, chizing, chizmalar va eskizlar yarating – Galaxy Note9 va S Pen elektron qalami bilan, hatto eng oddiy odatiy vazifalar ham qiziqarli ijodiy jarayonga aylanadi.

Galaxy Note9

Galaxy Note9

Shuningdek, qarang