Oʻyinlar uchun eng yaxshi televizor
Qanday qilib oʻyinni iloji boricha real qilish mumkin? Televizor sizning oʻyin tajribangizni yaxshilashga qanday yordam berishi mumkinligini bilib oling.
Oʻyinlar uchun qaysi televizorni tanlash lozim? Bizning tavsiyalarimiz:

Oʻyin boshlanmoqda - toʻgʻri tanlov qilishga ulguring!

Qulay ulanish
Agar siz Xbox One, PS4 yoki Nintendo Switch konsollarida oʻynaydigan boʻlsangiz, Oʻyin rejimiga oʻtish sizga qulaymi yoki yoʻqligini tekshirib koʻring. Televizorning oʻzi unga ulangan oʻyin konsolini taniy olsa bu juda ajoyib, yoki darhol uni kerakli portga ulash mumkin boʻlsa, bu yanada yaxshi. Qurilmani avtomatik tanib olish funksiyasi sizga oʻyinni tez va qulay boshlashga yordam beradi.


Optimallashtirilgan tasvir va ovoz
Qorongʻuda yashirinib turgan dushmanlarni koʻrish hech qachon oson boʻlmagan. Ammo Dynamic black equalizer (Qora rangning dinamik balansi) texnologiyasi bilan bu endi muammo boʻlmaydi. Qora rangning dinamik balansi qorongʻu sahnalarni tahlil qiladi va u yerdagi obyektlarni taniydi. Shundan soʻng u qora ranglarni optimallashtiradi va ilgari koʻrish qiyin boʻlgan tafsilotlarni ochib beradi. HDR texnologiyasi obyektni koʻproq reallashtirgan holda effektni toʻldiradi, ovozning oʻyin janrini hisobga olgan holda optimallashtirilishi esa oʻyin seansidan maksimal darajada zavq baxsh etadi.


Kirish paytidagi kutish vaqtining qisqaligi
Koʻz qismang. Agar siz sport turidagi, ekshn-oʻyinlar yoki shuter oʻynasangiz, hatto bir soniya kechikish ham kimning gʻalaba qozonishi va kimning magʻlubiyatga uchrashini hal qilishi mumkin. Shuning uchun televizoringizning javob qaytarish vaqti juda muhim va oʻyin uchun kirish paytidagi kutish vaqtining qisqaligi juda zarur. Kirishning kechikishi – bu sizning geympadingizdagi tugmani bosish va ekranning javob qaytarishi orasidagi millisekundlarda oʻlchanadigan vaqtdir. Kirish kechikishi qanchalik qisqa boʻlsa, ekran shunchalik tez javob beradi. Shuning uchun dinamik sahnalarni bir tekisda, tasvirni uzmasdan (FreeSync texnologiyasi) aks ettiruvchi va qisqa kechikish vaqtiga ega televizor sizning eng yaxshi tanlovingizdir.


Oʻyin rejimi
"Oʻyin rejimi" funksiyasi oʻyinni siz xohlagan vaqtda boshlashga imkon beradi. U tasvir va ovoz sifatini avtomatik ravishda optimallashtiradi, shu bilan birga qisqa kirish vaqtini saqlab qoladi. Esingizda boʻlsin: haqiqiy oʻyin rejimi – bu kirish lagini oshirmagan holdagi yuqori tasvir sifatidir.


Katta ekran
Televizor sotib olayotganda, biz koʻpincha ekran qancha katta boʻlsa shuncha yaxshi ekanligini eshitamiz. Xuddi shu narsa oʻyin televizorlari uchun ham amal qiladi - ayniqsa, siz koʻp foydalanuvchili poyga oʻynasangiz yoki doʻstlaringiz bilan raqs janglarida qatnashayotgan boʻlsangiz. Katta ekran - bu har qanday oʻyindan koʻproq taassurot va zavq olish demakdir.


