QLED televizor nima?
QLED televizor nima ekanligini va kvant nuqtalar texnologiyasi qanday ishlashini bilmoqchimisiz? Keling, buni bilib olamiz.
QLED televizor va kvant nuqtalari nima?
QLED televizor – bu kvant nuqtalar texnologiyasi asosida ishlovchi, shu sababli boshqa televizor
modellaridan ajralib turuvchi televizordir.
Kvant nuqtalari nima?
Ular yarimoʻtkazgichli materialdan tayyorlangan mayda sharchalar boʻlib, oʻlchamiga qarab har xil rangda yorugʻlik chiqarishlari mumkin. Nuqta qanchalik katta boʻlsa, u qizil spektrga, qanchalik kichik boʻlsa, koʻk spektrga shunchalik yaqin boʻladi. Nima uchun bu nuqtalar u yoki bu rangda nur chiqaradi? Ularning zarralari kvant darajada ishlaydi va aniqlik bilan kerakli rangni uzata oladi. Kvant nuqtalari texnologiyasi ekranning yuqori yorqinligini, demakki tasvirning oʻta yuqori sifatini ta’minlaydi.

QLED televizorlarining oʻziga xos xususiyati nimada?
QLED televizorining asosiy afzalligi - kvant nuqtalarining yuqori yorqinligidir. Yorqinlik – bu tasvir sifatiga ta’sir etuvchi muhim omildir. Yuqori darajadagi yorqinlik ekrandagi tasvirni avtomatik ravishda kontrastlashtiradi. Tasvirni yanada kontrastlashtirish - ya’ni, tasvirning eng qorongʻi va eng yorqin joylari orasidagi yorqinlik diapazonini kengaytirish - HDR
texnologiyasidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. Bu tasvirning aniqligi va rang-barangligini yaxshilaydi hamda eng qorongʻi va yorqin sahnalarda tafsilotlarni yanada batafsil namoyon qilishga imkon beradi.
Yorqinlikning rangga qanday ta’sir qilishini koʻrib chiqamiz.
Mana bir misol: qizil rang spektri qizil rangning har xil tuslarini oʻz ichiga olishi mumkin. QLED televizorlari
shunisi bilan yaxshiki, ular ushbu ranglarning barcha turlarini toʻliq aks ettiradi. Noyob QLED texnologiyasi boshqa rang uzatish texnologiyalari bilan uygʻunlikda boshqa televizorlarga nisbatan tasvirning oʻta yuqori sifati va maksimal reallikni ta’minlaydi.


QLED va OLED: farq nimada?
QLED OLED dan nimasi bilan farqlanadi? Hammasi rang olishning turli texnologiyalari bilan bogʻliq. QLED televizorida turli xil ranglarda yorqin yorugʻlik chiqaradigan va hayratomuz yorqinlik va rang uzatilishini ta’minlaydigan kvant nuqtalari – nano oʻlchamdagi qattiq noorganik sharchalar ishlatiladi. OLED televizorida esa qoldiq tasvirni ekranda ushlab turadigan va piksellarning soʻnishi kabi yoqimsiz effekt beradigan oʻz-oʻzidan nur chiqaruvchi organik materiallar qoʻllaniladi.
Soʻnish effekti - bir xil elementlaning televizor ekranida uzoq vaqt davomida namoyish etilishi oqibatida yuzaga keladigan nuqsondir. Vaziyatni tasavvur qiling: siz qiziqarli dasturni tomosha qildingiz, televizorni oʻchirdingiz va hozirgina tomosha qilgan kanal logotipini koʻrishda davom etayapsiz. Bu logotip bir joyda uzoq vaqt davomida aks etganligi sababli sodir boʻladi. Bu esa oʻsha joydagi ekran piksellari soʻna boshlashi uchun yetarlidir. Piksellar soʻnganida esa, u endi yetarli darajada yorqin nur tarata olmaydi.
OLED televizorlari piksellarning soʻnish effektidan himoyalanmagan, ayni paytda QLED televizorlarida bunday nuqson kuzatilmaydi, bu esa ularning xizmat qilish muddatini sezilarli darajada oshiradi. Ular yordamida siz piksellarning soʻnish muammosidan xavotirlanmasdan kontentingizni uzoq vaqt davomida tomosha qilishingiz mumkin.
Siz qaysi televizor turini afzal koʻrgan boʻlardingiz – QLED yoki OLED?

Foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari
QLED televizor haqida
QLED televizorini xarid qilishni rejalashtiryapsizmi? Foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari bilan tanishib chiqing va tanlovlaridan qanchalik mamnun ekanliklarini bilib oling.

Shunchalik yorqin va aniq tasvir.”
75” Q950R QLED / 2019 may / UK / samsung.com

65" Q90R QLED / 2019 aprel / USA / samsung.com

65" Q80R QLED / 2019 iyul / Avstralia / samsung.com

