• Home /
  • Televizorlar

What is 8K TV?

8K televizor nima?

TV-sanoati sohasidagi eng yangi texnologiyalar haqida koʻproq bilmoqchimisiz? 8K televizorlari haqidagi barcha ma’lumotlarni bu yerdan topasiz.
На экране 8K телевизора показано увеличенное изображение розовой и желтой маргаритки с синим мотыльком на лепестках. Цветок и часть бабочки выходят за пределы рамки экрана и поэтому не видны на экране телевизора.

8K nima?

8K televizor - bu gorizontaliga 7680 piksel va vertikaliga 4320 piksel joylashgan ekranga ega televizordir. Piksellarning umumiy soni taxminan 33 millionni tashkil qiladi. "8K" belgisidagi "K" harfi "Kilo" (1000) ma’nosini, ya’ni, 8000 piksel aniqlikni bildiradi.

8K televizor bugungi kunda eng yuqori aniqlikka ega televizor hisoblanadi. U UHD TV - oʻta yuqori aniqlikka ega televizorlar qatorida yaqinda paydo boʻldi. 8K televizor ekranida 4K televizordagiga qaraganda 4 barobar koʻproq piksel mavjud, shuning uchun uning ekranidagi tasvir yanada aniqroq va batafsilroqdir. Bu 8K televizor ekranidagi piksellar juda kichikligi sababli sodir boʻladi: ularni hatto yaqin masofadan turib ham farqlash qiyin. Aynan shuning uchun 8K tasvir nihoyatda realligi bilan ajralib turadi.

8к разрешение

Tasvir sifatidagi farqni baholang

8K televizorlari boshqa televizor modellaridan nimasi bilan ajralib turadi? Keling, ularni Full HD va 4K UHD televizorlari bilan taqqoslaymiz.

8K aniqligi 4K UHD dan 4 baravar va Full HDdan 16 baravar yuqoridir. Aniqlik qanchalik yuqori boʻlsa, ekranga shuncha koʻp piksel sigʻadi. Ularning zichligi oshadi va tasvir yanada aniqroq va real boʻladi. Bu ekranda sodir boʻlayotganlar tasvirlarga yanada chuqurroq shoʻngʻish effektini ta’minlaydi.

Uzunlik birligidagi piksellar sonini koʻrsatish uchun PPI (Pixel Per Inch - piksellarning dyuymdagi soni) atamasi qoʻllaniladi. PPI qiymati qanchalik yuqori boʻlsa, ekranning uzunlik birligiga shunchalik koʻp piksel toʻgʻri keladi. Qoida tariqasida, kontentni qulay idrok etish uchun, PPI qiymati 50 yoki undan ortiq boʻlishi kerak. 75 dyuymli 8K televizorning ekranidagi PPI qiymati 117 ga, 4K televizor va FHD televizor ekranidagi PPI qiymati esa tegishli ravishda 59 va 29 ga teng.

Для сравнения на иллюстрации представлено одно и то же изображение собаки, видимое на экране 4K и 8K телевизоров. Изображение с разрешением 8K, показанное справа, отличается большей четкостью по сравнению с изображением на экране с разрешением 4K, представленным слева.
Изображение гончей, представленное на разделенном экране, наглядно иллюстрирует разницу в качестве изображения на экране с разрешением 4K и 8K. Как видно из сравнения изображений с разрешением 4K и 8K, на экране 8К телевизора можно различить больше мельчаших деталей.

8K sifatga ega
kontentni tomosha qiling

Barcha 8K televizorlari masshtablash texnologiyasi bilan jihozlangan. Biroq har bir ishlab chiqaruvchida u oʻzgacha.

2019-yilda Samsung kompaniyasi oʻzining 8K masshtablash texnologiyasini taqdim etdi. U kontent xarakteristikalarini jamlash va tahlil qilish uchun sun’iy ongdan foydalanadi va olingan natijalarni ma’lumotlar bazasida saqlaydi. Shundan keyin bu ma’lumotlar bazasi oʻxshash tasvirlarni qayta ishlash va takomillashtirish uchun ishlatadi, natijada tasvirlar yanada aniqroq va batafsilroq boʻladi.

Masshtablash texnologiyasiga ega turli xil televizorlarni solishtiring va aynan oʻzingiz uchun mos keladiganini tanlang.

самсунг кьюлед 8к

8K TV - bugungi kunda eng zoʻr televizorlardan biridir

8K televizorini ishlab chiqarishda eng zamonaviy materiallar va eng yangi texnologiyalar qoʻllaniladi. Shuning uchun Samsung, boshqa yetakchi ishlab chiqaruvchilar singari, oʻzining eng yaxshi televizorlarini yaratishda 8K aniqlikdan foydalanadi. Siz bugungi kunda eng munosib televizor modeli egasiga aylanishni xohlaysizmi? Sizning eng yaxshi tanlovingiz - Samsung QLED 8K.

На экране 8K телевизора изображена крупным планом голова ястреба с белыми и коричневыми перьями.

Ko'proq bilib oling