• Home /
  • Televizorlar

What is 4K TV?

4K televizor nima?

4K televizorlarining afzalliklari nimada?

Oʻqishda davom eting va 4K televizorlari haqida hamma narsani bilib oling.
На экране закрепленного на бетонной стене телевизора с большим экраном отображается пейзаж с разрешением 4K. На экран слева падают лучи солнца.

4K televizor nima?

4K Ultra HD televizor - bu 4K aniqlikka ega televizordir. Bu televizor ekranida gorizontaliga 3840 piksel va vertikaliga 2160 piksel mavjudligini anglatadi: hammasi boʻlib taxminan 8,3 million piksel. 4K televizorlarining aniqligi odatda quyidagicha koʻrsatiladi: 3840 x 2160.

Aniqlik nima? Bu piksellar – ekrandagi tasvirni tashkil etuvchi mayda nuqtachalar joylashuvining zichligidir. Piksellar qanchalik koʻp boʻlsa, tasvir aniqligi shunchalik yuqori boʻladi. "4K" belgisidagi "K" harfi "Kilo" (1000) soʻzining oʻrnini bosadi. Bu shuni anglatadiki, televizor ekranida gorizontaliga taxminan 4000 piksel joylashgan.

4к что такое в телевизоре самсунг

4K sifat nimani anglatadi?

4K televizor Full HD televizordan yuqori tasvir sifati bilan ajralib turadi. 4K bu Full HD (1920 x 1080) aniqlikdan 4 barobar koʻproq pikseldir. Pikselning yuqori zichligi 4K tasvirni yanada yorqinroq va ravshanroq qiladi.

4K va Full HD oʻrtasidagi farq ayniqsa katta oʻlchamli ekranlarda seziladi. Oddiy 65" Full HD televizor bilan 65" 4K UHD televizordagi tasvir sifatini solishtiring. Yuqori aniqlikka ega (4K) ekrandagi piksel oʻlchami xuddi shunday oʻlchamdagi (Full HD) pastroq aniqlikdagi ekrandagiga qaraganda kichikroq boʻladi. Shu sababli, 4K televizor yordamida siz ekrandan istalgan masofada u yerda sodir boʻlayotgan narsalarga maksimal darajada gʻarq boʻlishingiz mumkin. Bu tomosha qilish paytida siz ekranda alohida piksellarni emas, balki toʻliq tasvirni koʻrishingiz bilan bogʻliqdir.

4к разрешение

4K televizor uchun qancha kontent mavjud?

4K televizorlari birinchi marta paydo boʻlgan vaqtda, ular uchun kontent miqdori cheklangan edi. Shuning uchun, ayrimlar bunday televizorni xarid qilishga ikkilanishgan edi. Hozirgi vaqtda 4K sifatidagi kontent shunchalik koʻpki, bu muammo uzoq vaqtdan beri oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.

Hozirda 4K kontentning koʻpgina turlari mavjud: televizion dasturlar, striming-servislar, Blu-ray pleyerlar va disklardan tortib 4K tasvirni qoʻllab-quvvatlovchi kameralar va smartfonlarda olingan videokontentlargacha. Vikipediya ma’lumotlariga koʻra, hozirgi kunda dunyo boʻylab 4K aniqlik bilan translyatsiya qilinuvchi 80 ga yaqin telekanallar mavjud. Bundan tashqari, sizning sevimli Netflix, Amazon Prime va boshqa xizmatlaringiz sizga 4K sifatdagi filmlar va teleshoularni taqdim etishga tayyor. Agar sizda 4K-Blu-ray pleyer boʻlsa, masalan, Amazon.com saytidan yuklab olingan 4K videokontentni osongina tomosha qilishingiz mumkin.

Koʻproq kontent xohlaysizmi? Soʻnggi paytlarda koʻpchilik 4K smartfonlar yoki kameralarda video suratga olib, YouTube va Vimeo tarmoqlarida ulashishmoqda. Sizni qiziqtirgan narsani toping va yuqori sifatda tomosha qiling.

контент 4к

Kontentingizni 4K sifatda tomosha qiling

Agar barcha videokontentingiz 4K yuqori aniqlikda boʻlsa, albatta, bu juda yaxshi. Biroq, siz tomosha qilishni istagan kontentning hammasi ham ushbu aniqikda suratga olinmagan. Agar siz videoni yuqori sifatda tomosha qilishni xohlasangiz nima qilish kerak? Masshtablash texnologiyasi bilan bu endi muammo emas.

4K masshtablash nima va u nima uchun kerak?

4K televizorda FHD (nisbatan past sifatli kontent) kontentni tomosha qilayotgan paytingizda, yuqori masshtablash texnologiyasi videosignalni oʻzgartiradi va uning aniqligini 4K darajaga oshiradi. Boshqacha qilib aytganda, u nafaqat tasvirni ekranga mos ravishda choʻzadi, balki uning sifatini ham yaxshilaydi.

Bu qanday sodir boʻladi? Masshtablash texnologiyasi aniqlikni avtomatik ravishda tahlil qiladi, shovqinni pasaytiradi, tafsilotlarning aniqligini yaxshilaydi, optimal kontrastlik va rangni ta’minlaydi hamda kontent sifatini 4K aniqlikka yaqinlashtiradi. Har bir televizor ishlab chiqaruvchisi turli xil masshtablash texnologiyasidan foydalanadi - oʻzingiz uchun eng yaxshi variantni tanlaganingizga ishonch hosil qiling.

телевизор 4к преимущества
Видео, иллюстрирующее процесс 4K Upscaling. Слева представлено Full HD изображение городского пейзажа в низком разрешении. Справа изображение с качеством близким к 4К после преобразования с помощью технологии 4K Upscaling.

4K nima? UHD nima?

UHD - bu oʻta yuqori aniqlik (Ultra High Definition), 4K esa uning bir koʻrinishidir.

Ishlab chiqaruvchilar bir xil texnologiya uchun turli xil belgilardan foydalanishadi: Ultra HD, 4K televizor, Ultra High Definition televizor, 4K UHD televizor...
Vaqt oʻtishi bilan, 4K hamma uchun eng sodda va tushunarli nom ekanligi aniq boʻldi. Bugungi kunda aksariyat ishlab chiqaruvchilar oʻta yuqori aniqlikka ega televizorlar uchun 4K televizor yoki 4K UHD televizor atamalaridan foydalanadilar.
Yaqinda bozorda UHD televizorining yangi turi paydo boʻldi: 8K televizor.

4K televizorni tanlaymiz

Sizga uzoq yillar davomida xizmat qiladigan yuqori aniqlikka ega televizorga egalik qilishni xohlaysizmi? 4K televizor – bu sizning eng yaxshi tanlovingizdir.

На  экране 4K телевизора представлено изображение высокого разрешения смеси синих, желтых, оранжевых и красных цветов на черном фоне.

Ko'proq ma'lumot