Televizor pulti bilan
aqlli hayot

Aqlliroq hayot kechira olishingiz uchun
bir qator qulay xususiyatlarga ega
televizor pultini tanishtirish.
Batafsil maʼlumot uchun davomini oʻqing.

Tezkorlik bilan kontentingizga kiring

Smart TV qurilmalaridan keng ravishda foydalanilmoqda va endilikda siz umumiy translyatsiyadan tortib, kinolar, dramalar, musiqa, oʻyinlar, sport oʻyinlari va hatto Netflix va YouTube kabi toʻlqinli xizmatlargacha boʻlgan keng qamrovli video kontentdan zavqlanishingiz mumkin. Televizorlarda turli kontentlarni tomosha qilish kontentni tez va oson topishda sizga yordam beruvchi masofadan boshqarish pultining ahamiyati yanada oshganini anglatadi.
Optimal pultini tashkil qiluvchi bir nechta narsalar mavjud. U keraksiz tugmalar bilan murakkablashib ketmasligi va intuitiv navigatsiyaga ega ixcham dizaynli boʻlishi kerak. U nomlarni tezkorlik bilan izlashda ularni harf terib yozib oʻtirmaslik uchun ovozni tanish xususiyatiga ega boʻlishi, shuningdek, unda tez-tez foydalaniladigan ilovalar uchun tezkor tugmalar boʻlishi kerak, shunda bu ilovalarga tugmani bir marta bosish orqali kirishingiz mumkin. Bularning barchasi qulay foydalanish va tezkor qidiruv uchun pultni optimallashtiradi.

пульт one remote пульт one remote

Endi bor-yoʻgʻi bitta pult

Televizoringizga ulangan turli qurilmalardan foydalanayotganda pultdan pultga oʻtish tajribasini boshingizdan oʻtkazgandirsiz. Mazkur noqulaylikni hal qilish yoʻllaridan biri – universal pult sotib olishdir. Lekin bunda uni sozlash muammosi bilan duch kelasiz – uni faqatgina televizorga emas, qoʻshmoqchi boʻlgan har bir qurilmangizga ulab chiqish talab etiladi.

Shunday ekan, murakkab va keraksiz ulanishlar zaruratisiz atigi birgina pult yordamida koʻp sonli qurilmalarni boshqara olish qulayroq boʻlmasmidi? Yaxshi, Samsung One Remote Control pulti bilan buni bajara olasiz. Bu Auto Detection (avtomatik aniqlash) funksiyasi orqali ulangan barcha tashqi qurilmalarni hech qanday qoʻshimcha sozlashlarsiz boshqara oladi. Barcha ulangan tashqi qurilmalaringiz va kontentingizni tezkor boshqarish uchun bor-yoʻgʻi birgina televizor pultidan foydalanish orqali har safar toʻgʻri pultni topishga harakat qilish muammosidan qutilishingiz mumkin.

Smartfoningiz, yana bir pult

Eng soʻngi Smart TV qurilmalari ularni mobil telefoningizga oʻrnatib olishingiz mumkin boʻlgan pult ilovalari orqali boshqarish qulayligini taqdim etadi. Demak, endilikda qoʻlingizda telefon bilan divanda yotganingizda televizorni yoqish uchun turib pultni ishlashingiz shart emas, chunki televizor pulti ilovasi yordamida, shunchaki, “Yoqish” tugmasini bosish orqali televizorni yoqa olasiz. Va televizor yongach, telefoningizdagi ushbu ilova orqali osonlik bilan kanallarni almashtirishingiz, ovozni oʻzgartirishingiz va boshqa koʻplab amallarni bajarishingiz mumkin.

* Pult ilovalaridan foydalanish uchun mobil telefonga maxsus ilova oʻrnatilishi lozim.* Televizor ham, mobil telefon ham bitta tarmoqda boʻlishi lozim.* Samsung televizorlari uchun “SmartThings” ilovasini oʻrnating. Bunda bir qancha funksiyalar, jumladan, rasmlar ulashish, telefonda televizor koʻrish va koʻzgu ekran (aqlli tomosha) funksiyalari ishlaydi.* Mazkur xususiyatning mavjudligi mintaqa va/yoki modelga qarab farq qilishi mumkin. Batafsil maʼlumot olmoqchi boʻlsangiz, har bir modelning mahsulot tafsilotlari sahifasini koʻrib chiqing.

one remote control что это one remote control что это