• Home /
  • Televizorlar

What is Smart TV?

Smart televizor nima?

Nafaqat sevimli kotentingizni namoyish qiladigan, balki uni oʻzi izlab topadigan televizor qidiryapsizmi? Smart TV siz uchun qanday foyda keltirishi mumkinligini aytib oʻtmoqchimiz.
смарт тв что это

Smart televizor nima?

Smart TV ning koʻplab ta’riflari mavjud. Ammo ularning umumiy jihati - bu Internetga ulanish, operatsion tizim, oʻrnatilgan ilovalar va xizmatlar mavjudligidir.

Smart TV = TV + Internet + Ilovalar.

Компьютерное моделирование понятия Smart телевизора. Телевизор с Интернет-значком слева и значком Apps справа перемещается в центр ТВ экрана и, сливаясь вместе, образуют термин "Smart TV", иллюстрируя тот факт, что Smart ТВ это телевизор с Интернетом и приложениями.

Xarid qilish uchun beshta maslahat

Чек-лист с отмеченными позициями, необходимыми при покупке Smart ТВ. Не отмеченные позиции включают: наличие разнообразного контента, быстрый поиск, рекомендованный контент, удобство использования и простота подключения.

Kontentning xilma-xilligi

Smart TV ning asosiy afzalligi shundaki, u odatdagi telekanallardan tashqari, sizga qoʻshimcha kontentni tomosha qilish imkoniyatini beradi. Smart TV sizga Netflix, Amazon, YouTube kabi sevimli xizmatlardan, musiqiy striming xizmatlaridan va hatto oʻyin va sport kontentlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, siz shunchaki kontent-provayderlardan ilovalarni yuklab olish orqali pullik kabel va sun’iy yoʻldosh dasturlarini tomosha qilishingiz mumkin.

* Internet tarmoqqa ulanish va kontent-provayderlarga obuna boʻlish talab qilinadi.
iptv smart tv

Tezkor qidiruv

Asosiysi, kontent miqdori emas, balki keragini bu yerda va aynan hozir topa olish imkoniyatidir. Bugun biz cheksiz koʻp sonli filmlar va seriallarni tomosha qilish imkoniyatiga egamiz, ammo aynan nimani tomosha qilishni xohlashimizni aniqlash oson emas. Shuning uchun televizorning qulay qidiruv funksiyasiga ega boʻlishi muhimdir.

смарт тв преимущества
Изображение Smart ТВ, на экране которого пользователь осуществляет поиск нужного контента на разных стриминговых сервисах. Контент классифицирован в категориях "Что нового" и "Рекомендованное видео", благодаря чему пользователь может быстро найти требуемый контент.

Kontent boʻyicha tavsiyalar

Smart TV ning yana bir muhim xususiyati shundaki, u sevimli kontentingizni siz hali qidirishni boshlamasingizdan oldin ham taqdim eta oladi. Keling, tasavvur qilamiz: agar televizor siz koʻrgan kontentni va soʻrovlarni tahlil qilib, kerakli filmlarni qidirib topishi va sevimli serialingizning yangi mavsumi boshlanishi toʻgʻrisida sizga xabar berishi mumkin boʻlsa-chi? Ideal Smart TV – bu sizga kerak boʻlgan narsani sizdan yaxshiroq biladigan va sizning shaxsiy xohishingizga mos kontentni taqdim etishga tayyor televizordir.

На экране Smart телевизора показан текст "Это мы" и текущее время. Вокруг текста с резюме показан различный ТВ контент для демонстрации рекомендованного контента, предложенного универсальным гидом.

Foydalanishning qulayligi

Yaxshi Smart TV HDMI-port orqali ulangan qurilmani avtomatik ravishda taniydi va sizni turli xil masofadan boshqarish pultlarini ishlatishdagi qiyinchiliklardan xalos qiladi. Endi siz kerakli qurilmaning masofadan boshqarish pultini boshqa koʻpchilik pultlar orasidan izlashingiz shart emas. Birgina Samsung One Remote pulti yordamida sevimli kontentingizni tanlang va tomosha qiling.

Smart TV ning yana bir mashhur xususiyati - ovozli buyruqlarni tanishidir. Oʻzingiz ishonch hosil qiling: televizoringizni boshqarish va kerakli kontentni qidirish uchun ovozingizdan foydalanish shunchaki matn terish yoki harakat sensorlaridan foydalanishdan koʻra ancha qulay.

смарт тв что такое в телевизоре

Oson ulanish

Smart TV ni tanlashda qurilmalarga tezda ulanish qobiliyati muhim talab hisoblanadi. Smartfonni televizorga ulang hamda rasm va videolarni katta ekranda tomosha qilishning mutlaqo yangi tajribasini qoʻlga kiriting.

Internet buyumlar (Internet of Things) - bu qurilmalaringizning bir-biri bilan aloqa qilishiga imkon beruvchi rivojlanib borayotgan texnologiyadir. Bunday "aqlli uy" ni yaratish uchun sizga qurilmalar oʻrtasidagi oddiy aloqa va Internetning qoʻllab-quvvatlanishi zarurdir. Ishdan uyga ketayotganingizda smartfoningizda filmlarni tomosha qiling va uyga kelgan paytingizdan boshlab tomosha qilishni televizorning katta ekranida davom ettiring.

смарт тв плюсы

Televizion kanallardan tashqariga chiqing.

Целая стена разного контента, доступного для просмотра на Smart ТВ видна за прозрачным изображением на переднем плане. В центре виден белый текст "За пределами ТВ каналов (Beyond TV channels). Мир контента ждет вас.

Ko'proq bilib oling